Soxibov salohiddin anvar o‘G‘li jamiyatda korrupsiyadan xavfsizlik: ijtimoiy-falsafiy tahlil (Monografiya)


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana12.10.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1700175
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Sakkizinchi 
savol: 
«Siz 
ishingizni 
(muammoni) 
korrupsiyaviy 
munosabatlar(pora berish, mahalliychilik, tanish-bilishlik, sovg‘a berish, boshqa 
hizmat taklif qilish, dasturxon yozish, firibgarlik) orqali hal etasizmi?», - degan 
savolga ishtirokchilarning 30 %i 91 nafari «Menga farqi yo‘q, ishim hal bo‘lsa 
bo‘ldi» degan javobni bergan bo‘lsa, 22 %i 66 nafari «Ha, har doim shunday 
qilaman» degan javobni, 19,3 %i yoki 58 nafari «yo‘q, umuman korrupsiyaviy 
munosabatlarga kirishmayman. Umuman bunga qarshiman» degan javobni, 17,4%i 
yoki 51 nafari «faqat majbur bo‘lib qolganimda, ilojsiz vaziyatlarda» degan 
javobni bergan.
To‘qqizinchi savol: «Sizningcha, eng kuchli korrupsiyalashgan soha 
qaysi?», - degan savolga ishtirokchilarning 29,6 %i yoki 89 nafari «barcha 
sohalar korrupsiyaga botganligini» bildirgan bo‘lsa, 22,6%i yoki 68 nafari 
«korrupsiya mavjud emas, bu shunchaki odat» degan javobni bildirib o‘tgan.
O‘ninchi savol: «Siz Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi faolyatini 
samarali deb o‘ylaysizmi», - degan savolga ishtirokchilarning 29,6 %i yoki 89 
nafari mazkur tashkilot tuzilgandan keyin korrupsiya sezilarli jilovlanganini 
bildirgan bo‘lsa, 60,6 %i yoki 182 nafari mazkur tashkilot shunchaki statistik 
ma’lumotlarni taqdim qilish bilan kifoyalanayotganini bildirgan, 9,8 %i yoki 29 
nafari bunday tashkilot borligini bilmaligini ta’kidlagan. 


93 
Yuqoridagi ijtimoiy so‘rovnomaning umumiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, 
so‘rovnoma o‘tkazish mutloq xulosa chiqarishga asos bo‘lmasada, undan olingan 
xulosalar korrupsiya xavfsizligini shakllantirishda ijtimoiy ongda ishonchsizlik 
mavjud ekanligini, buning uchun kuchli ijtimoiy siyosat kerakligini anglash 
mumkin.
Xulosa qilganda, korrupsiyaga qarshi kurashni yangi bosqichga olib 
chiqishda, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishda 
davlat organlari oldiga muntazam takomillashtirishni nazarda tutuvchi qonunchilik 
va ijro faoliyati va bu faoliyatni takomillashtirish mexanizmlari talab qilinmoqda. 
Mamlakatimizda rivojlanish strategiyasini belgilashda ham korrupsiyaga qarshi 
murosasiz kurashish ustuvor vazifa sifatida belgilanganligi, bu boradagi faoliyatni 
takomillashtirish ustuvor vazifa sifatida aniqlashtirib olganligi bu boradagi ishlarga 
yangicha mas’uliyat yuklaydi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling