Soxibov salohiddin anvar o‘G‘li jamiyatda korrupsiyadan xavfsizlik: ijtimoiy-falsafiy tahlil (Monografiya)
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar
1. Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini kuchaytirish, jamoatchilikning korrupsiyaga qarshi murosasizlik kayfiyatini shakllantirish hamda ijro hokimiyati organlari faoliyatining yanada ochiq va shaffofligini ta’minlash uchun shart-sharoit yaratish, qolaversa, fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kabi sa’y-harakatlar ham korrupsiyaga qarshi kurashda davlat siyosatining istiqboldagi ustuvor vazifalari sifatida belgilanishi ma’lum bo‘lmoqda. 2. Yuksak aqliy salohiyatga ega yoki teran tafakkurli rahbar kadrlar va mansabdor shaxslar bilan bog‘liq korrupsiyaviy holatlar va jinoyatlar kadrlar tayyorlash masalasiga yangicha yondashuvni va maxsus metodikani zaruratga aylantirmoqda. Bu esa, O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosiqchida yuqori intellektual salohiyatga, teran tafakkur va keng dunyoqarashga ega bo‘lish bilan birga yuksak axloqiy sifatlarni o‘zida mujassam etgan kadrlarni tayyorlash zaruratini yuzaga chiqarmoqda. 3. Korrupsiya xizmat vakolatini suiiste’mol qilish orqali yuzaga kelsa, rahbar kadrlar va davlat xizmatchilarida yuksak axloqiy fazilatlar, xususan, halollik, vijdonlilik va mas’uliyatni oshirish orqali kurash yo‘llarini kengaytirish mumkin bo‘ladi. 4. Halol kadrlarning yangi avlodini yaratish uchun inson kapitaliga alohida e’tibor qaratish, yoshlarni tom ma’noda ma’rifatli qilish, ilmli va dinu-diyonatli qilib tarbiyalash mexanizmlarini takomillashtirish talab etilmoqda. 5. Nafaqat kadrlar tayyorlashda, balki kadrlarni o‘z lavozimiga tayinlashda ham ijtimoiy adolat mezonlarini ishlab chiqish lozim. Chunki halol va sadoqatli kadrlar avlodi halollik va qadr mavjud bo‘lgan ijtimoiy muhitda shakllanadi. Halollik qadrlanmaydigan jamiyatda ulg‘aygan avlodlardan halollikni talab qilishning o‘zi adolatsizlik ekanligi xulosa qilindi. 114 6. Mamlkatimizda kadrlar tayyorlash va ularning mehnatidan samarali foydalanishda ushbu jarayonga ta’sir qiladigan ob’ektiv va sub’ektiv omillarni chuqur o‘rganish asosida ikki jihat ko‘zga tashlanadi: Bir holatda kadrlarga adolatli shart-sharoitning mavjud emasligi muammo bo‘lsa, boshqa vaziyatda kadrlar darajasiga yarasha maosh to‘lanmasligi ularning salohiyatidan yetarlicha foydalana olmaslikni keltirib chiqarmoqda. Boshqa tomondan aqliy salohiyati yuqori kadrlarda axloqiy fazilatlar, yuksak vijdon, insofning yetishmasligi ularning korrupsiyaviy holatlarga aloqadorligini keltirib chiqarmoqda. 115 XULOSA «Jamiyatda korrupsiyadan xavfsizlik: ijtimoiy-falsafiy tahlil» mavzusidagi tadqiqi asosida quyidagi xulosa va takliflar ishlab chiqildi: 1. Korrupsiyaviy munosabatlarga sabab bo‘ladigan ijtimoiy omillarni tizimli tahlil etish asosida uni shakllantiruvchi vaziyatlarning oldini olish hamda ijtimoiy institutlar faoliyatini erkinlashtirish asosida korrupsiya xavfsizligini shakllantirish lozim; 2. Jamiyatda korrupsiya xavfsizligini shakllantirishda davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nomarkazlashtirish va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik asosida korrupsiyaviy munosabatlarning oldini olish zarur; 3. Uzluksiz ta’lim tizimida huquqiy madaniyatni rivojlantirishning innovatsion tizimini yaratish, huquqiy ta’lim va tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish hamda aholining huquqiy ongini o‘stirish asosida jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish mumkin; 4. Davlat xizmatlari faoliyatida ochiqlikni shakllantirish, mansabdor shaxslarning hisobdorligini oshirish, ularning mansab mas’uliyatini kuchaytirish asosida korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish kerak; 5. Korrupsiyaviy xavfsizlikni keltirib chiqaruvchi muammolar va shart- sharoitlarni yo‘q qilish bilan korrupsiyani bartaraf etish mumkin bo‘ladi. Buning uchun korrupsiyaga qarshi kurashda sabab va oqibat aloqadorligi tamoyili asosida ish olib borish samarali bo‘ladi; 6. Har qanday ijtimoiy muammolar qonunlarning yaxshi ishlamasligi, qonunchilikdagi bo‘shliqlarning ko‘pligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Qonunlarning takomillashtirilmasligi va qonunchilik tizimi yetarli darajada rivojlanmaganligi korrupsiyaviy munosabatlar uchun yo‘l ochishi ma’lum bo‘ladi; 7. Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini kuchaytirish, jamoatchilikda korrupsiyaga qarshi murosasizlik kayfiyatini shakllantirish uchun shart-sharoit yaratish korrupsiyaga qarshi kurashda davlat siyosatining istiqboldagi ustuvor vazifalari hisoblanadi; 116 8. Intellektual salohiyati yuqori bo‘lgan teran tafakkurli rahbar kadrlar va mansabdor shaxslarni yuksak axloqiy qarashlar va halollik fazilati bilan tarbiyalash asosida korrupsiyaviy munosabatlarga murosasiz bo‘ladigan kadrlar avlodini tarbiyalash mumkin; 9. Korrupsiyaga qarshi kurashga doir xorij tajribasini muntazam o‘rganib borish, yangicha kurash mexanizmlarini tezkorlik bilan joriy qilish va qonunchilik asoslarini mustahkamlash zarur; 10. Iqtisodiyotga legal mablag‘lar oqimini oshirish, byudjet taqsimotining ochiqligi, soliqlarning o‘z vaqtida to‘lanishi, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar sarflanishining ta’minlanishiga qaratilgan ochiq jamoatchilik nazorati va shaffof davlat xizmatlarini shakllantirish korrupsiyaviy munosabatlarni kamaytirishning muhim omili hisoblanadi. Tadqiqot natijalaridan quyidagi tavsiyalarni havola etish mumkin: 1. Korrupsiyaga qarshi kurashga doir zamonaviy tadqiqotlarni kengaytirish, moliyalash va turli sohalar integratsiyasi va hamkorligi asosida korrupsiyaviy munosabatlarning analitik tahliliga doir ochiq elektron platformani shakllantirish maqsadga muvofiq. 2. Korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligiga qaratilgan ta’limiy va o‘quv dasturlarini, maxsus kurslarni tashkil etish, bo‘lajak kadrlarni tarbiyalashda korrupsiyaviy munosabatlarga jazo muqararligi tamoyilini singdirish kerak. 3. Jamiyatda korrupsiya xavfsizligini shakllantirishga qaratilgan tizimli va izchil tashkiliy-profilaktik tadbirlarni, jamoatchilik nazoratini o‘rnatish talab etiladi. 4. Korrupsiyaga qarshi kurashda qonunlarning ishlash mexanizmini takomillashtirish, adolatni ta’minlashga qaratilgan mezonlarni yaratish, shuningdek, davlat xizmatlarida inson omilini chetlashtirishga qaratilgan innovatsiyalarni muntazam joriy etish maqsadga muvofiq. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling