Soxibov salohiddin anvar o‘G‘li jamiyatda korrupsiyadan xavfsizlik: ijtimoiy-falsafiy tahlil (Monografiya)
I BOB. JAMIYATDA KORRUPSIYADAN XAVFSIZLIKNI
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
I BOB. JAMIYATDA KORRUPSIYADAN XAVFSIZLIKNI
SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI 1.1-§. Korrupsiya tushunchasining mazmun-mohiyati va unga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari Bugungi kunda jamiyatlarda korrupsiyaviy xavfsizligini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Chunki korrupsiya jamiyatni barqarorlikdan beqarorlikka olib boradigan, uni yemiradigan jamiyat a’zolarini axloqiy jihatdan tubanlashtiradigan va ularda halollikka doir qarashlarini o‘zgartirib yuboradigan ijtimoiy illatdir. Mazkur paragrafda korrupsiya tushunchasining mazmun-mohiyati, lug‘atlarda tariflanishi, uni o‘rgangan olimlarning fikr-mulohazalarini ko‘rib chiqish va tizimlashtirish maqsad qilingan. Shuningdek, korrupsiya tushunchasini yuridik, sotsiologik, psixologik, falsafiy man’nolari, ularning qo‘llanishi va namoyon bo‘lishiga ko‘ra farqlanishini tadqiq etish maqsad qilingan. O‘zbekiston Respublikasida 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risi» gi qonunda korrupsiyaga «shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish» 6 sifatida tariflangan bo‘lsa, manfaatlar to‘qnashuviga «shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat» 7 sifatida baho beriladi. 6 O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni. 4 yanvar 2017// http://parlament.gov.uz/uz/laws/adopted/253/19165 7 O‘sha joyda 9 Etimologik jihatdan «korrupsiya» tushunchasi «buzish, pora evaziga og‘dirish» degan ma’noni anglatadigan lotincha «corruptio» so‘zidan kelib chiqqan. Demak, korrupsiyaning etimologik ma’nosi pora evaziga og‘dirish, tartib- qoidani buzish degan ma’nolarni anglatadi. Korrupsiyaning tizimli xarakteri uning korrupsiya qamrab olgan davlat tashkilotlarida ishlaydigan shaxslar uchun majburiy xarakterda ekanligida ham namoyon bo‘ladi. Makroiqtisodiy va siyosiy iqtisodga oid tadqiqotlarga ko‘ra, korrupsiya jiddiy ziyon yetkazib 8 , iqtisodiy o‘sishga va butun jamiyat manfaatlarida rivojlanishga to‘sqinlik qiladi 9 . Ko‘plab mamlakatlarda korrupsiya jinoiy jazoga tortiladi va murosasizlik bilan munosabatda bo‘linadi. «Qomus. Info: online ensiklopediyasi»da korrupsiyaga «mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi. Korrupsiya davlat apparati va parlament faoliyatida ayniqsa, avj oladi. Saylanadigan lavozimlarga nomzodlar saylov kampaniyasini o‘tkazish xarajatlarini ko‘tarish» 10 sifatida tariflanadi. Korruspiya tushunchasining mazmuni va mohiyatini tahlil qilganda pora va poraxo‘rlik tushunchalarini ham ko‘rib o‘tish lozim. Bu ikki tushunchalar bir-biri bilan bog‘liq, muloqot nutqida sinonim so‘zlar sifatida tilga olinadi. Pora korrupsiyaning bir turi bo‘lib, bunda mansabdor shaxsning harakatlari unga belgilangan foyda taqdim etish evaziga yuridik yoki jismoniy shaxsga xizmat ko‘rsatishni anglatadi. Aksariyat hollarda agar pora berish tamagirlikning oqibati bo‘lmasa, asosiy foydani pora beruvchi oladi 11 . Qattiq jinoyatlar qatoriga, shuningdek, saylovchilar ovozini sotib olish ham kiradi. Poraxo‘rlik bo‘lsa - pora olish, pora berish, bu ishda vositachilik qilish kabi mansabdorlik 8 Rumyanseva Y. Y. Kakov v sovokupnosti i po yego chastyam uщerb ot korrupsii — kto predstavit obshestvu samuyu vernuyu metodiku yego rascheta?//Ekspertnaya set po voprosam gosudarstvennogo upravleniya «Gosbuk»// http://www.gosbook.ru/node/81444. 9 Bardhan P. Corruption and development // Journal of Economic Literature. — 1997. — Vol. 25. — P. 1320. [1] (angl.) 10 Korrupsiya//https://qomus.info/?s=%D0%BA%D0%BE%D1%80%D1%80%D1%83%D0%BF%D1%86%D0%B 8%D1%8F&submit. 11 Bardhan P. Corruption and development // Journal of Economic Literature. — 1997. — Vol. 25. — P. 1320. 10 jinoyati ekanligi, poraxo‘rlik moddiy boylik yoki mulkiy manfaat evaziga muayyan harakatlarni bajarish yoki bajarmaslik 12 sifatida tavsiflanishi keltiriladi. Zamonaviy ilmiy tadqiqotlarda korrupsiyaga nisbatan ijobiy munosabat ham uchraydi. Ularga ko‘ra, «korrupsiyani qonun rivoji sust bo‘lgan joylarda qonun ustunligini foydali almashtirish deb hisoblash mumkin. Boshqacha qilib aytganda, korrupsion faoliyatdan foyda – u amalga oshirishga imkon beradigan qo‘shimcha unumli transaksiyalar natijasida yaratiladigan qiymat – xarajatlardan katta bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyat ehtimoli biznes bilan shug‘ullanish uchun qonuniy imkoniyatlar juda cheklangan holatlarda eng yuqori bo‘ladi» 13 , - shunday hisoblaydi Kanzas universiteti biznes kafedrasining professori, iqtisodchi Duglas Xyuston. Demak, korrupsiya qonun ustuvor bo‘lmagan mamlakatlarda, byurokratik to‘siqlar ko‘p bo‘lgan jamiyatlarda muammoga tez va oson yechim hisoblanadi. Byurokratik to‘siqlar borligi uchun fuqarolar korrupsiyaviy munosabatlardan ko‘proq manfaatdor bo‘ladi. Korrupsiyaviy xavfsizlik tushunchasini mazmun-mohiyatini aniqlashtirib olishda, xavfsizlik tushunchasining tarifini ham ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. «Chembers lug‘ati»da «xavfsizlik» tushunchasini «holat, xavfsizlikka keltiruvchi vositalar yoki sezgi» deb talqin qilingan. Mazkur tushuncha «besaranjomlilik, tashvishlilik», «ishonch», «barqarorlik»ning yo‘qolishi bilan bog‘lab tushuntirilgan» 14 . Demak, zamonaviy adabiyotlarda «xavfsizlik» tushunchasi ob’ektning o‘z funksiyalarini cheklashi va o‘zining ichki qonunlari asosida rivojlanadigan shart-sharoitlar va omillar tizimi sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, «xavfsizlik individ yoki jamiyatga xavf-xatar tug‘diruvchi shart- sharoit va omillardan himoyalanish tarzida ham tavsif etiladi» 15 . Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, «xavfsizlik» tushunchasiga berilgan ko‘plab ta’riflar olimlar va amaliyotchilar tomonidan tanqidga uchramoqda. Bizningcha, ko‘plab ta’riflarda aniqlik yetishmasligining asosiy sababi tushunchaga ta’rif berishda 12 O‘sha joyda. 13 Duglas Xyuston. Sposobna li korrupsiya uluchshit polojenie del v ekonomike?. inLiberty.ru. 14 Jon Lackie. Chambers Dictionary of science and technology. – Edinburgh: Chambers, 2007. –268 s. 15 Dzliev M.I., Romanovich A.L., UrsulA.D. Problemi bezopasnosti: teoretiko-metodologicheskie aspekti. – Moskva: MGUK, 2001. –9 s. 11 xavfsizlikning dialektik ziddi hisoblangan xavfni hisobga olinmasligi bilan bog‘liq. Aynan xavf-xatarning yuzaga kelish sabablarini o‘rganish «xavfsizlik» tushunchasiga aniqroq ta’rif berish imkonini beradi. Tadqiqotchi olim G.A.Atamanov ta’kidlaganidek, xavfsizlik uning hosilasi sifatida xavf-xatar bilan aloqadorlikda mazmun kasb etadi» 16 . Muallifning fikricha, «xavfsizlik» ichki va tashqi ta’sirlarning mavjudligi sharoitida tizimning hayotiy mavjudlik mexanizmining buzilishiga doir ob’ekt holatini ifoda etadi. Uning har qanday tahdidni xavf-xatar sifatida qabul qilishi o‘rinli bo‘lmaydi, xavfsizlik xavf-xatarni yengib o‘tish natijasida yuzaga keladi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, shunday xulosaga kelish mumkin: xavfsizlik tizimning xavf-xatarlarga qarshi kurashish imkoniyatiga egaligi, shuningdek, o‘z rivojining yuqori darajasini egallash qobiliyatidir. Bizningcha, xavfsizlik istalgan ob’ektning mavjudligi tavsifini, mazkur ob’ektning o‘z qadriyatlari, maqsadlari, qiziqishlarini himoya qilish, boshqacha aytganda, tizimning mavjudligini ta’minlovchi asoslarga, tahdid soluvchi kuchlarga qarshi kurashish qobiliyatidir. «Xavfsizlik» tushunchasining mohiyatini aniqlashtirish asosida «korrupsiya xavfsizligi» atamasining mazmun-mohiyatini izohlashga harakat qilamiz. Bizningcha, korrupsiya xavfsizligi butun insoniyat uchun global inqirozni keltirib chiqaruvchi, uning ob’ektiv va amaliy ta’rifini shakllantirishning hayotiy zaruriyat ekanligi bilan tavsiflanuvchi zamonaviy jamiyatning noyob hodisasidir. Umuman olganda, mazkur tushuncha mansab vakolatidan shaxsiy maqsadlari yo‘laida foydalanish va boylik ortirish va bu orqali xufiyoni iqtisodiyotni tashkil etuvchi asosiy omillardan biri sifatida tariflanadi. Aksar hollarda davlat amaldorlari yoki boshqaruv kadrlarining pora olish, manfaatlar to‘qnashuvini yaratish va qonunga xilof pul va moddiy daromadlarni qo‘lga kiritishga nisbatan ishlatiladi. Biroq, bugungi kunda nafaqat amaldorlar, balki davlat va nodavlat tashkilot xodimlari ham o‘z vakolat imkoniyatlarini suiiste’mol qilishi, uni pora evaziga buzishi, korrupsion munosabatlarning tashabbuskori sifatida namoyon bo‘lmoqda. 16 Atamanov G. A. Informatsionnaya bezopasnost: sushnost i soderjanie // Biznes i bezopasnost v Rossii. – 2007. – № 47. –106 s. 12 Korrupsiya xavfsizlik bo‘lsa, mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyatlarni oldini olish, rivojlanib ketishidan asrash, shart-sharoitlarni yuzaga kelishiga qarshi kurashish, shuningdek, mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishiga qarshi kurashni anglatadi. Umuman olganda, korrupsiya xavfsizligi korrupsion munosabatlarni oldini olish, unga qarshi kurashish va jazolash mexanizmlarini ishlab chiqish va bu boradagi faoliyat mexanizmini yaratishdan iboratdi. Korrupsiya va korrupsiyaviy munosabatlarga doir atamalar jamiyat a’zolari va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan juda ko‘p qo‘llanilayotgan tushuncha hisobalandi. Lekin fuqarolar ushbu atamani kundalik hayotda ko‘p ishlatsada, barcha uning mazmuni to‘g‘risida yetali tugunchaga ega emas. Quyida korrupsiyaviy munosabatlarga bevosita va bilvosita aloqador tushunchalar va ularning mazmuni, namoyon bo‘lishini tahli qilingan. Axloqiy korrupsiya – bu davlat, yoki mahalliy hokimiyat organi mansabdor shaxsining shaxsiy ta’siri vositasida o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilishiga nisbatan ishlatiladi. Rivojlanmagan mamlakatlarda, qonun ustuvor bo‘lmagan, davlat organlarining bir birini tiyib turish funksiyasi qonuniy ishlamaydigan davlatlarda axloqiy korrupsiya keng quloch yoygan bo‘ladi. Uning aniq huquqbuzarlik elementlari namoyon bo‘lib tursada, bu o‘sha millatning milliy xususiyati yoki an’nalar tizimi maxsuli sifatida baholanadi. Brilliant yoqalilar – davlat boshqaruvi, siyosiy va iqtisodiyotning yuqori eshelondagi mansabdor shaxsning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq korrupsiyani, davlat boshqaruvi, iqtisodiy va siyosiy sohadagi jinoyatlarni ortiqcha shov- shuvsiz sodir etishiga nisbatan ishlatiladi. Mazkur tushuncha «elitar korrupsiya»ning mohiyatini, uning namoyon bo‘lishini ko‘rsatib beruvchi, ishlash prinsiplariga ishora qiluvchi tushuncha hisoblanadi. Mansabdor shaxslarning sirli jinoyatlari, kelishuvlari, lobbizm bilan bog‘liq munosabatlarga nisbata ishlatiladi. 13 Vertikal korrupsiya – bu atama ikki ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, yuridik va jismoniy shaxslardan olingan noqonuniy mukofotning bir qismini yuqori darajadagi mansabdor shaxslarga o‘z xavfsizligini ta’minlash va korrupsiya faoliyatini davom ettirish uchun berib borishdir. Ikkinchidan, davlat organida korrupsiyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi har ikki tomon ham bir sohaga mansub bo‘lib, quyi davlat organining mansabdor shaxsi porani o‘z boshlig‘iga berib boradi, boshliq esa quyi organ rahbarini korrupsiya faoliyatini himoyalaydi yoki unga qo‘shimcha moliyaviy, moddiy va boshqa resurslar, vakolat va boshqa imkoniyatlar berilishini ta’minlaydi. Bu korrupsiyaning eng xavfli turi bo‘lib, ushbu turdagi korrupsiya, odatda, yuqori va quyi korrupsiya o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaradi. Natijada korrupsiyaning uyushgan shakllari va korrupsiya tarmoqlarini shakllanishiga sabab bo‘ladi. Gorizontal korrupsiya – turli idoralarning bir xil darajadagi rasmiy bir- birlari bilan o‘zaro va xizmat bo‘yicha bog‘liq bo‘lmagan mansabdor shaxslari o‘rtasidagi korrupsiyaviy munosabatlar. Jerrimenderin – (inglizcha-«Gerrymandering», saylov firibgarligi ma’nosini anglatadi) saylov kampaniyasi ishtirokchilari tomonidan saylovchilarni shaxsiy yoki guruh manfaatlariga yo‘naltirish maqsadida amalga oshiriladigan noqonuniy harakatlarning bir turi, ya’ni saylov korrupsiyasi hisoblanadi. Bir guruh olimlar saylov korrupsiyasini korrupsiyani ichiga kiritishmaydi. Bu jarayonda korrupsiya bilan bog‘liq boshqa bir jarayon yuzaga kelishiga ishora qilgan holda shunday mulohazani ilgari suradilar. Korrupsiyachi – (korrumpator) – alohida «nozik qobiliyat»ga ega bo‘lgan davlat xodimlari va boshqa shaxslarga noqonuniy mablag‘ yoki mulk (huquq) beruvchi shaxsga nisbatan ishlatiladi. Korrupsiyalashish – mamlakatdagi davlat xizmatchilari, deputatlar, jamoat tashkilotlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining ayrim jismoniy, yuridik shaxslar, jinoiy guruhlar, jamoalar manfaatlari uchun ikki tomonlama kelishuv asosida 14 noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanishni shakllantirish bilan bog‘liq axloqiy va huquqiy buzilish jarayoniga nisbatan ishlatiladi. Korrupsiyalashish jarayonining shakllanishi jamiyatning barcha tarmoqlarida korrupsiyaviy munosabatlarning yuzaga kelib bo‘lgani, uni nazoratga olish mexanizmlarini ishlamayotgani va axloqiy madaniy inqirozni shakllanishini anglatadi. Korrupsioner atamasi davlat yoki jamoat xodimi, o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki boshqa tashkilotda boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi shaxsning shaxsiy, tor guruh yoki korporativ maqsadlarga erishish uchun ma’lum bir haq evaziga vakolatlari, xizmatlari, aloqalari yoki lavozimidan foydalanadigan xususiy yoki yuridik shaxsga nisbatan ishlatiladi. Korruptolog – korrupsiya munosabatlarini o‘rganish asosida korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, korrupsiyani keltirib chiqarayotgan omillar, ishtirokchilar shaxsiyatining o‘ziga xos xususiyatlari, jismoniy va yoki yuridik shaxslarning xarakterlari, xususiyatlarini tadqiq etish, jinoyatlarni hisobga olish, tasniflashni turli xil usullar bilan ilmiy jihatdan o‘rganib, korrupsiyaga qarshi kurash choralarini tavsiya etish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis sifatida tariflanadi. Korrupsioner – keng ma’noda hokimiyat va xizmat vakolatini shuningdek, jamiyat va davlatning o‘ziga bo‘lgan ishonchini shaxsiy yoki korporativ manfaatlar uchun suiiste’mol qilgan shaxsdir. Korrupsiyaviy boshqaruv – muayyan jismoniy yoki yuridik shaxs manfaati uchun ijtimoiy boshqaruv guruhlar tomonidan davlat organlari, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga ma’lum bir qarorni qabul qilish jarayonida norasmiy ravishda bosim o‘tkazishi. Korrupsiya mimikriyasi – korrupsiyaga oid xatti-harakatlari va xulq atvorni qonuniy, foydali xatti-harakatlarga o‘xshatib yuzaga chiqarish qobiliyatidir. 15 Korrupsiyaga qarshi kurash siyosati tamoyillari – bu milliy, xalqaro, idoraviy yoki mintaqaviy korrupsiyaga qarshi kurash siyosati qandayligi yoki qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi asosiy g‘oyalardir. Mutaxassislar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash siyosati bo‘yicha quyidagi tamoyillar tavsiya qilinadi: a) korrupsiyaga qarshi kurash siyosatini ishlab chiqish, amalga oshirish va nazorat qilish funksiyalarini birlashtirishga yo‘l qo‘yilmaslik; b) korrupsiyaga qarshi kurash siyosatni amalga oshirish uchun byudjetdan maqsadli mablag‘lar ajratilishi; v) korrupsiya huquqbuzarliklari uchun huquqiy javobgarlik tartibini cheklaydigan, imtiyoz beradigan yoki murakkablashtiradigan dahlsizlik huquqi saqlab qolinishiga yo‘l qo‘ymaslik. Korrupsiya viktimligi – jismoniy yoki yuridik shaxsning moyilligi yoki qobiliyati tufayli muayyan xususiyatlar (sifatlar, fazilatlar yoki kamchiliklar) ta’- sirida korrupsiya harakati (jinoyati yoki huqubuzarligi)ning bevosita yoki bilvosita qurboni bo‘lishi. Karusel – saylov korrupsiyasi shakllaridan biri bo‘lib, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga saylovlarda saylovchilarni pora berish evaziga o‘ziga og‘dirish shaklida namoyon bo‘ladi. Ushbu noqonuniy «saylov texnologiyasi»da saylov uchastkasi atrofida saylov byulletenlarini yig‘ish «punkt»i tashkil etiladi va saylovchi ma’lum bir «haq» yoki «to‘lov» evaziga «punkt»dan saylov byulletenini olib, saylov uchastkasidan o‘ziga berilgan byulletenga almashtiradi va o‘z byuletenini «punkt»ga olib kelib beradi va uning evaziga aroq yoki pul oladi. Bu yerda byulleten tashkilotchilar tomonidan kerak yo‘sinda to‘ldiriladi. Lobbizm – siyosiy ma’no va huquqiy asosga ega bo‘lgan, odamlarning yuqori malakali faoliyati. Bu faoliyat siyosiy demokratik tizimning integral elementi bo‘lib xizmat qiladi. Korrupsiyani lobbizmdan farqlay olish lozim. Lobbizmda mansabdor shaxs ham o‘z xizmat vakolatlaridan belgilangan guruh manfaatlaridagi harakatlar evaziga lavozim pillapoyasi bo‘ylab harakatlanish 16 yoki tayinlanish imkoniyatini oshirish uchun foydalanadi. Asosiy farq shundaki, lobbizm uchta shartga javob beradi 17 . Birinchisi, mansabdor shaxsga ta’sir etish jarayoni raqobatli xarakterga ega bo‘lib, barcha qatnashchilarga ma’lum bo‘lgan qoidalarga rioya qiladi; Ikkinchisi, sir tutilgan yoki qo‘shimcha (ikkinchi darajali) to‘lovlar mavjud emas. Uchinchisi, mijozlar va agentlar bir- biridan shu ma’noda mustaqilki, hech qanday guruh boshqa guruh ishlab topgan foydadan ulush olmaydi. Maishiy korrupsiya – fuqarolarga davlat va uning organlari, muassasalari yoki davlat nomidan ish yuritadigan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tibbiy, ma’rifiy va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda namoyon bo‘ladigan korrupsiya holati. Manfaatlar to‘qnashuvi – shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’-sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolar, tashkilotlar, jamiyat yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat. Mahalliychilik – davlat manfaatlaridan ko‘ra o‘zi tug‘ilgan (o‘sgan) hududning manfaatlarini qo‘llab-quvvatlashga moyillik qilish. Nepotizm – zamonaviy jamiyatda qarindoshlik yoki boshqa belgilariga ko‘ra muayyan mansabdor shaxsga nisbatan yuqori rahbar tomonidan ustunlik berish sifatida ko‘riladigan korrupsiya shaklidir. Nepotizm – bu jamiyatdagi korrupsiyaning eng xavfli va yashirin shakllaridan biri. Uning ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlar ishonchli «o‘zaro javobgarlikni» ta’minlaydigan va korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bilan shug‘ullanuvchi maxsus qarindoshlar yoki ichki yaqinlik asosida quriladi. Begona odamlar «oila a’zolari» uchun «oila» farovonligini shakllantirish va ta’minlashda vosita yoki vositalar rolini o‘ynaydi. Professor B.Omonovning fikricha, «korrupsiya keng qamrovli tushuncha bo‘lib, u jamiyatning ayrim qatlamlari, toifalari, guruhlari kundalik faoliyatiga 17 Jain A. K. Corruption: a review // Journal of Economic Surveys. — 2001. — Vol 15, No. 1. — P. 71. 17 aylanib, o‘zaro bir-biriga bog‘lanib, chirmashib ketganligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. «Nozik», «chigalroq» ushbu masalada davlatning huquq-tartibot idoralari birmuncha hushyor, ziyrak bo‘lishi, shuningdek, nodavlat tashkilotlari, turli komissiyalar, jurnalistlar, mustaqil sudlar tizimi faolroq ishlashi haqida tadqiqotchilar anchadan beri yozib keladi. Siyosatchilar, sotsiologlar, psixologlar, tarixchilar, davlat hamda jamoat organlari, siyosiy partiyalar, eng muhimi, amaliyotchilar masalani tahlil etish va yechimini topish ustida bosh qotirishi lozim» 18 . Boshqa bir tadqiqotchi, professor K.R.Abdurasulovaning fikriga ko‘ra, «korrupsiya (lotin tilidan olingan bo‘lib, «corruptio» – «og‘dirib olish», «buzilish» «degradatsiya qilish» ma’nolarini anglatadi) – bu mas’ul mansabdor shaxslari hamda muayyan vakolatlar va vazifalar yuklatilgan mas’ul shaxslar tomonidan o‘zining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlagan holda (aksariyat hollarda moddiy shaklda) mansab vakolatini suiist’emol qilish jinoyati tushuniladi» 19 . Demak, mazkur tushuncha vakolatlarni suiist’emol qilish asosida yuzaga kelishi oydinlashadi. Rossiyalik olim A.V.Kurakinning fikricha, «korrupsiya davlat xizmati tizimidagi hodisa sifatida davlat xizmatchilari yoki ularning vositachilari yordamida mulkiy boylik orttirishga qaratilgan, o‘z mavqeidan qonunga hilof ravishda foydalanish, davlat xizmatchilarini, jismoniy va yuridik shaxslarni sotib olish kabi turli huquqqa zid harakatlarni o‘z ichiga oladi» 20 . «Korrupsiya keng ma’noda mansabdor shaxslarning shaxsiy va guruhiy manfaatlari yo‘lida o‘z mansab vakolatlari va mavqelarini suiiste’mol qilishi bilan ifodalangan qilmishdir» 21 . Tadqiqotchi olim K.Tojiboevning fikriga ko‘ra, «korrupsiya jinoyatchiligi natijasida davlatning iqtisodiy negiziga mansabdorlik jinoyatlarining kiritilishi bu jinoyatlarning davlat boshqaruvining imkoniyatlaridan foydalanish, 18 Korrupsiya-va-milliy-taraqqiyot-muammo-va-yechim // https://xs.uz/uzkr/post. 19 Abdurasulova K.R. Ponyatie korrupsii i aktualnыe voprosы borbы s ney. Korrupsiyaga qarshi kurash muammolari: milliy va xalqaro tajriba. Xalqaro ilmiy-amaliy seminar materiallari 2009 yil 20-21 oktabr. – Toshkent.: «CHASHMA PRINT», 2010. 39 b. 20 Kurakin A.V. Administrativno-pravovыe sredstva preduprejdeniya i presecheniya korrupsii v sisteme gosudarstvennoy slujbi Rossiyskoy Federatsii. Avtoreferat. Dissertatsii na soiskanie uchenoy stepeni doktora yuridicheskix nauk. – Lyubersi: 2008. 9 s. 21 Meliyev X. Korrupsiyaga qarshi kurash muammolari: milliy va xalqaro tajriba. Xalqaro ilmiy-amaliy seminar materiallari 2009 yil 20-21 oktabr. –T.: «CHASHMAPRINT», 2010. –139 s. 18 uni o‘z manfaatlariga bo‘ysindirilgan holda tashkil etilishi asosida vujudga keladi» 22 . Boshqa bir olim K.Y.Igoshev esa «mansabdorlik jinoyatlarining kelib chiqishining asosiy sabablariga barham berish jinoyat siyosati doirasidan ancha chetga chiqadi, u bunday murakkab jarayonda faqat yordamchi vazifasinigina bajara oladi deb xisoblaydi» 23 . Shuningdek, tadqiqotchi M.Sh.Usmanov ta’kidlashicha, «bugungi kunda korrupsiyaning iqtisodiy ildizlarini bartaraf qilish uchun muntazam ravshida iqtisodiy islohotlar olib borilmoqda va davlat boshqaruvini takomillashtirish dasturi hayotga tatbiq etilmokda. Ammo hali amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, yechimini kutayotgan muammolar ham ko‘p» 24 . Shunday ekan, korrupsiya xavfsizligini shakllantirishda uning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy asoslarini aniqlashtirib olish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Korrupsiya xavfsizligini shakllantirishda «mansabdorlik jinoyatlarini o‘rgangan olimlar bu jinoyatlarni davlat apparatining o‘zidan kelib chiquvchi va uning o‘ziga jiddiy zarar tug‘diruvchi ekanligini aytib, uni atroflicha o‘rganishni, keyingi tarqalishi va ko‘payishini oldini olish choralarini ishlab chiqish kerakligini ta’kidlaydilar. Lekin bunday fikrlarni ham ko‘p uchratib bo‘lmaydi» 25 . Aksariyat hollarda, «mansabdorlik jinoyatlari o‘tmishdan qolgan degan fikrlarni qaytarib, uni bartaraf etish mumkin emas degan fikrlarni aytadilar» 26 . Bunday ta’kidlashlar aksariyat hollarda «kuchli va mustahkam davlat hokimyatini o‘rnatish va bunday davlat hokimiyati qisqa vaqt ichida davlat apparati tizimida tartib o‘rnata oladi, mansabdorlik yoki korrupsiya jinoyatlariga barham beradi, deb uqtiradilar» 27 . Mana shunday fikrlash tarzi ham korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligini kamaytiradi. 22 Tojiboyev K. Mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zgalar mulkini talon–taroj qilganlik uchun javobgarlik. – T.: TDYI. 2004. 13 b. 23 Igoshev K.Y. Metodologiya i metodika prognozirovaniya v sfere borbы s prestupnostyu. – Moskva.: 1989. 29–30 s. 24 Usmonov M.Sh. Xalqaro huquq normalari va milliy qonunchilikda korrupsiyaga qarshi kurash masalalari. Korrupsiyaga qarshi kurash muammolari: milliy va xalqaro tajriba. Xalqaro ilmiy-amaliy seminar materiallari 2009. 20-21 oktabr. –T.: «CHASHMA PRINT», 2010. 79-80 b. 25 Galperin I. Organizovannaya prstupnost, korrupsiya i ugolovnыy zakon. // J.Zakonnost.1989.№4. 34–37 s; Karpes I.I. Prestupnost: illyuziya i. – M.:1992. 410 s.; Kirpichnikov A.I. Vzyatka i korrupsiya vaRosii. –M.,1997.350 s; Baybolov K., Sidikova L., Sidikova A. Korrupsiya. Vzyatochnichestvo. Otvestvennost (voprosi teorii i praktiki). – Bishkek:KRSU,1999.120 s. 26 Sarkisova E.A. Obshestvennoe mnenie v borbe s prestupnostyu. –Minsk,1975.80 s.; Zaingraev G.G.Borba s alkogolizmom. – Moskva.: Nauka.: 1986. 76 s. 27 Kabanov P.A. Korrupsiya i vzyatochnichestvo s Rossii. – Moskva.: Nauka 1995. 76 s. 19 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasiga binoan «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar» 28 , deyiladi. Asosiy qonunning bunday talablari davlat hokimyati, davlat xizmati va mahalliy o‘zini- o‘zi boshqarish organlarining faoliyat mexanizmlarida yoki ularning sohalarida mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshiradi, davlat apparatining fuqarolar oldidagi majburiyatlarini belgilab beradi. Davlat apparati tizimida mansab suiiste’molchiligi, poraxo‘rlik, uyushgan yoki korrupsiyaviy jinoyatchilikning ijtimoiy xavfliligi aynan shu tizim buzilishiga yoki zararlanishiga sabab bo‘ladi. Davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiya tizimiga putur yetkazadi. Korrupsiya jinoyatchiligini mansabdor jinoyatlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Mansabni suiiste’mol qilish orqali mulkni talon-taloj qilish yoki poraxo‘rlik jinoyatlari korrupsiya jinoyatchiligining eng xavfli ko‘rinishlari bo‘lib hisoblanadi. «Hozirgi vaqtda korrupsiya davlat, jamiyat va shaxs xavfsizligiga real tahdid solmoqda. Shuning uchun ham, ishonch bilan aytish kerakki, agar ushbu korrupsiya jinoyatiga qarshi rejali va tizimli kurash olib borilmasa, davlatning inqiroziga olib keladi» 29 . Ko‘pchilik huquqshunos olimlar korrupsiyaning kelib chiqish sabablari haqida turlicha fikrlarni bildirishgan. Tadqiqotchi olim M.Sh.Usmonov korrupsiyaning oldini olish va yo‘q qilish uchun uni yuzaga keltiruvchi omillarni aniqlash – unga qarshi kurashdagi muhim vazifa bo‘lishini aytadi. Korrupsiya va korrupsiyaviy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi omillarni quyidagicha tasniflaydi: 1. Iqtisodiy omillar. «Tarixan korrupsiya iqtisodiy hodisadir va tovar-pul munosabatlari bor joyda mavjud bo‘lib kelgan. Ayniqsa, ijtimoiy va iqtisodiy hayotni bevosita ma’muriy yo‘l bilan boshqarishga intilgan hokimiyat va byurokratiyaning mavqei baland bo‘lgan davlat sharoitida u rivoj topadi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan o‘rnatilgan turli xildagi cheklashlar, amaldorlarning keng, nazoratdan holi, cheklanmagan yo ruxsat berish, yo taqiqlash vakolati 28 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: O‘zbekiston, 2018.4 b. 29 Kurakin A.V. Administrativno-pravovыe sredstva preduprejdeniya i presecheniya korrupsii v sisteme gosudarstvennoy slujbi Rossiyskoy Federatsii. Avtoreferat. Dissertatsii na soiskanie uchenoy stepeni doktora yuridicheskix nauk. – Lyubersi: 2008. 17 s. 20 poraxo‘rlikka zamin yaratadi. Shu bilan bog‘liq holda, yirik mablag‘larga ega bo‘lgan ayrim ishbilarmonlar o‘z daromadlarini ko‘paytirish maqsadida va raqobatda alohida imtiyozlarga ega bo‘lish uchun hukumat amaldorlarini pora evaziga sotib olib, ularni o‘z ixtiyorlariga bo‘ysundirishga intiladilar» 30 . Iqtisodiy munosabatlardagi cheklovlar va erkinlikning yo‘qligi korrupsiyaviy munosabatlarga yo‘l ochadi. Shuning uchun ham korrupsiyaga qarshi kurashda ijtimoiy sohani liberallashtirish, uni raqamlashtirish va inson omilini cheklash orqali iqtisodiy munosabatlarni yaratish mexanizmlarini takomillashtirish talab etiladi. 2. Huquqiy omillar. «Korrupsiyaning rivoji qonunlarning sifatiga bog‘liqdir. Nomukammal qonun ishlamaydi va poraxo‘rlar bundan ustalik bilan foydalanadilar» 31 . Demak, qonunlarning mukammalligi va puxtaligi, ularning qat’iy bajarilishini nazorat qilish instituti faoliyatini takomillashtirmasdan turib jamiyatda korrupsiya xavfsizligini shakllantirish mumkin emas. 3. Institutsional omillar. Bu sabablar jumlasiga, avvalo, «davlat boshqaruvi tizimidagi nuqsonlar, demokratik institutlarning kuchsizligi, shuning natijasida, xukumat faoliyatining yopiqligi, fuqarolik nazoratidan holiligi yoki boshqa so‘z bilan aytganda, notransparentligi kiradi» 32 . Shunday ekan, davlat organlari faoliyati qonuniyligi va kuchli faoliyat mexanizmlarini yaratish dolzarblik kasb etadi. 4. Ijtimoiy omillar yoki jamiyatdagi muhit. Bunga aholining «huquqiy bilimi va madaniyat darajasi, ma’naviyati, uyushqoqligi va jamoat faolligi kabi omillar sabab bo‘ladi» 33 . Shu bois, jamiyatda korrupsiya xavfsizligini shakllantirish uchun aholining huquqiy ongi va madaniyatini o‘stirish, ularda jamoatchilik nazorati mas’uliyatini shakllantirish dolzarb vazifalardan biridir. Korrupsiyaga qarshi kurash jarayonining boshlanishi insoniyat tarixining eng olis nuqtalariga borib taqaladi. Eng qadimgi davlatlarda ham korrupsiyaviy 30 Usmonov M.Sh. Xalqaro huquq normalari va milliy qonunchilikda korrupsiyaga qarshi kurash masalalari. Korrupsiyaga qarshi kurash muammolari: milliy va xalqaro tajriba. Xalqaro ilmiy-amaliy seminar materiallari 2009. 20-21 oktabr. –T.: «CHASHMA PRINT», 2010. –76-77 b. 31 O‘sha asar. –76-77 b. 32 Usmonov M.Sh. Xalqaro huquq normalari va milliy qonunchilikda korrupsiyaga qarshi kurash masalalari. Korrupsiyaga qarshi kurash muammolari: milliy va xalqaro tajriba. Xalqaro ilmiy-amaliy seminar materiallari 2009. 20-21 oktabr. –T.: «CHASHMA PRINT», 2010. –76-77 b. 33 O‘sha manbaa. – 76-77 b. 21 munosabatlarni oldini olish va bu munosabatga kirishganlarni jazoga tortishning turli yo‘llari qo‘llangan. Shu bilan birga tarixiy taraqqiyotda turli millat va elatlarning, davlat va ittifoqlarning korrupsiyaviy munosabatlarga, amaldorlarning ta’magirligi bilan bog‘liq jarayonlarga qarshi kurashish turli yo‘llari, jazolash mexanizmlarini qo‘llaganligi bilan diqqatga sazovordir. Misol uchun, «Qadimgi Bobilda amaldor va sudyalar, shuningdek, podsho xizmatkorlari hisoblanadigan ibodatxona ruhoniylarining tovlamachilik yo‘li bilan g‘ayriqonuniy mukofot olishlarining oldini olish choralari ko‘rilgan. Podshoh Hammurapi qonunlariga ko‘ra, «agar sudya ishni ko‘rib chiqib, qaror qabul qilgan va hujjatni muhrlagan bo‘lsa-yu, so‘ngra qarorini o‘zgartirsa, unda bu sudya fosh etilishi kerak va u ish bo‘yicha da’vo summasini o‘n ikki baravar miqdorda to‘lashi kerak» bo‘lgan. Bundan tashqari, u lavozimidan chetlatilib, unga kelajakda sudya lavozimini egallash taqiqlangan» 34 . Bundan ko‘rinadiki, korrupsiyaviy munosabatlarni oldini olish, amaldorlarning ta’magirligiga qarshi kuchli jazolash choralarini ko‘rish orqali jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlik, korrupsiyaning ijtimoiy taraqqiyotga ko‘rsatadigan ta’sirlariga qarshi kurash yo‘llari yaratilgan. Demak, davlatchilikning ilk davrlaridanoq, korrupsiyaga qarshi kurash va davlat amaldorlarining halolligini shakllantirish ustuvor vazifalar va hukumdorlarning alohida e’tiboridagi masala bo‘lgan. Shuningdek, tarixiy taraqqiyotda diniy ta’limotlarda ham korrupsiyaga qarshi keskin munosabatlar bildirilgan. Jumladan, zardushtiylikda ham ta’magirlik va korrupsiyaviy munosabatlarga qarshi keskin munosabatlar bildirilgan va insonlarni halol bo‘lishlari va bu orqali erishishlari mumkin bo‘lgan fazilatlarga alohida e’tibor qaratiladi. Zero, «olis o‘tmishda mintaqamizda dunyoga kelgan zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestoda «haqqoniy hukm chiqarish, pora olmaslik, to‘g‘ri guvohlik berish va to‘g‘ri gapirish» ijobiy xislatlar sifatida ulug‘langan bo‘lsa, aksincha, «ko‘rib turib adolatsizlik, nohaqlik» qilgan amaldorlarning «aytgan va qilgan yomon fikr, yomon kalom va yomon amallari» 34 Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. –T.: O‘zbekiston. 2022. – 417 b 22 qattiq qoralangan» 35 . Shu bilan birga zardushtiylik ta’limoti g‘oyalariga ko‘ra, halolikdan uzoqlashgan insonlar jamiyatdan ajratib qo‘yilgan va ular ijtimoiy munosabatlarda yolg‘izlantirish orqali jamoatchilik nazorti o‘rganilishining muhimligi alohida ta’kidlangan. Muqaddas dinimiz bo‘lgan islom aqidalarida ham ta’magirlik, turli korrupsiyaviy munosabatlarga kirishish qattiq qoralangan. Har bir inosn halolu- pok tarzda yashashlari, boshqalarning mulkini o‘zlashtirmasliklari, tovlamachilik va firibgarlik qilmaligi shart qilib qo‘yilgan. Jumladan, «Qur’oni karimda: «Bir- birlaringizning mollaringizni botil yo‘l bilan yemang. Bilib turib odamlarning mollaridan bir qismini yeyishingiz uchun uni hokimlarga gunohkorona tashlamang», deb uqtirilgani albatta bejiz emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan: «Alloh pora berganni ham, pora olganni ham la’natlagandir»; «Boshliqlarning hadya va sovg‘alar olishlari haromdir»; «Biz biror ishga boshliq qilib tayinlagan odam unga belgilangan maoshdan ortiq mol topsa, bu uning uchun haromdir», kabi hadislarni ajdodlarimiz o‘z hayoti va faoliyatida dasturilamal deb bilganlar» 36 . Demak, dinimizda ham pora berish va olish la’natlanganligi va bunday illatlarga aloqadorlik gunoh amal ekanligi turli shakllarda qayd etilgan. Shu bilan birga, islom dinida bir insonning boshqa bir insonning molini olib qo‘ishi, uni norozi qilgan holda o‘zlashtirib olishi, biror bir ishga mas’ul qilingan insonning halolu-pok bo‘lib ishlashi, ishni tashkil etishi, belgilangan miqdordan ortiqcha xizmat haqi olishi harom ekanligi belgilab qo‘yilgan. Islom ta’limotlaridan uzoqlashish oqibatida, korrupsiya deb atalgan og‘ir kasallik bilan juda ko‘p musulmon mamlakatlari ham xastalanib qolgan. Quyida keltirilgan hadislar Islom korrupsiyaga qarshi ekanini hamda har bir musulmon va butun ummat bu illatni fosh qilishi va jamiyatni undan tozalashni o‘ylab ko‘rishi kerak. Misol uchun: Nu’mon ibn Bashir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Alloh qo‘ygan chegaralarga rioya qilib turgan kishi 35 Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. –T.: O‘zbekiston. 2022. – 418 b. 36 Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. –T.: O‘zbekiston. 2022. – 418 b 23 bilan, ularga rioya qilmayotgan kimsaning misoli, xuddi bir kemaga mingan, o‘rtalarida qur’a tashlab bir qismi kemaning yuqori qismiga, boshqa bir qismi esa quyi qismiga joylashgan odamlar kabidir. Kemaning quyi qismiga joylashganlar - suvga muhtoj bo‘lsalar, kemaning yuqori qismida joylashganlarning oldilaridan o‘tishardi. Shunda pastdagilar: biz oladigan suvimizni shu yerdan teshib olaversak va tepadagilarga ozor bermasak? - deb maslahat qilishdi. Agar yuqoridagilar bularni o‘z xohishlariga tashlab qo‘ysalar barchalari (g‘arq bo‘lib) halok bo‘lishadi, ammo ularning qo‘llaridan tutsalar hammalari (g‘arq bo‘lishdan) najot topishadi». Boshqa bir hadisda keltirilishicha, «Abu Humayd as-So’diy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar alayhissalom A’ddan ibn Lutayba degan odamni sadaqaga ishga qo‘ydilar. U qaytib kelganida: «Bu narsa sizlarga. Bu narsa menga hadya qilindi», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rinlaridan turib, Allohga hamdu sano aytdilar va so‘ngra: «Ammo ba’d. Men sizlardan bir kishini Alloh menga topshirgan ishda bir ishga qo‘yaman. U esa kelib: «Bu narsa sizlarga. Bu narsa menga hadya qilindi», deydi. Ota-onasining uyida o‘tirib ko‘rsin-chi, unga hadya kelarmikin?! Ko‘ramiz, gapi to‘g‘rimikan! Allohga qasamki, Sizdan kimki, biror narsani nohaqdan olsa, albatta, qiyomat kuni uni ko‘targan holida keladi. Zinhor birortangizni Allohga muloqot bo‘lganingizda pishqirib turgan tuyami, bo‘kirib turgan sigirmi yoki ma’rab turgan qo‘yni-mi yelkasida ko‘tarib yurganini bilmayman», dedilar-da, qo‘llarini qo‘ltiqlarini oqi ko‘ringuncha baland ko‘tarib: «Ey bor Xudoyo! Yetkazdimmi?!» dedilar». Yana boshqa bir hadisda «Adiy ibn Umayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kimni bir ishga qo‘ysagu u bizdan bitta ignani yoki undan ko‘proq narsani berkitsa ham xiyonat qilgan bo‘ladi», deganlarini eshitdim. Shunda ansoriylardan bir qora kishi turib oldilariga bordi-da: «Ey Allohning Rasuli, mendan ishingizni qabul qilib oling. Men sizning bundoq-bundoq deganingizni eshitdim», dedi. «Men hozir yana aytaman. Sizdan kimni bir ishga qo‘ysak ozini ham, ko‘pini ham olib kelsin. 24 Unga nima berilsa, oladi. Nima berilmasa, olmaydi», dedilar»- sifatida korrupsiyaga munosabat bildiriladi. Tarixdan ma’lumki, jamiyatlar o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda korrupsiyaga qarshi kurash eng ustuvor vazifa sifatida ko‘rilgan. Chunki, barcha islohotlar bu illat orqali o‘zining samarasini yo‘qotgan. Ijtimoiy munosabatlardagi korrupsiyaviy aloqalar olib borilayotgan islohotlar, xalq manfaati uchun chiqazilan qonunlarning to‘g‘ri ishlashiga to‘sqinlik qilib kelgan. Asrlar davomida to‘plangan tajribaga ko‘ra, korrupsiyaviy munosabatlarni bartaraf etmasdan, poraxorlik va tovlamachilik bilan bog‘liq voqelikni nazoratga olmasdan turib va qat’iy qonunlar ishlaydigan va xalq manfaatlari qadrlanadigan jamiyatni yaratmasdan turib iqtisodiy-ijtimoiy farovonlikni ta’minlash, fuqarolik jamiyatini qurish imkonsizdir. Zero, «har qanday jamiyat alohida insonlardan tashkil topadi. Adolatli va yetuk, komil jamiyatni faqatgina komil insonlarni tarbiyalash orqali qurish mumkin. Insoniyat, jumladan, bizning buyuk ajdodlarimiz ham, qadim zamonlardan beri poraxo‘rlik va korrupsiyadan holi davlat va jamiyat qurish orzusi bilan yashab kelganlar» 37 . Shunday ekan, jamiyatda korrupsiyaviy xavfsizlikni shakllantirishning eng samarali yo‘li, ma’rifatli, adolatli, iynomu-diyonatli insonlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratish va komil insonnni tarbiyalashdir. Xulosa qilib aytganda, o‘tgan salkam olti yil ichida O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning zamonaviy huquqiy asoslari ishlab chiqildi, ular amaliyotda qo‘llana boshlandi. Muhimi, aholining Prezident va Xalq qabulxonalari vositasida yuz berayotgan korrupsiyaviy jinoyatlarni davlat hokimiyati organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish imkoniyati yaratildi. Korrupsiyaga barham berish uchun maxsus davlat hokimiyati organlari tuzilmalari shakllandi, ularning xalq oldidagi mas’ulligi oshirildi. Qisqa davr ichida korrupsiyaviy jinoyatlar ancha kamaydi. Mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashning fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan shakllari va taribotlari shakllantirildi, bu sohadagi muhim vazifa sifatida aholi huquqiy madaniyatini rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. 37 Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. –T.: O‘zbekiston. 2022. – 418 b. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling