Soxibov salohiddin anvar o‘G‘li jamiyatda korrupsiyadan xavfsizlik: ijtimoiy-falsafiy tahlil (Monografiya)


-§. Manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaviy munosabatlarni


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/19
Sana12.10.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1700175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
2.2-§. Manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaviy munosabatlarni
oldini olishning falsafiy-analitik tahlili 
Jamiyatning yangi taraqqiyot bosqichida korrupsiyaga qarshi kurash yangi 
bosqichga olib chiqldi. Ayniqsa, O‘zbekistonning yangi taraqqiyot strategiyasida 
korrupsiyaga qarshi murosasizlikni shakllantirish, davlat miqiyosida kuchli kurash 
mexanizmlarini yaratish, jamiyatda jamoatchilik monitoringini takomillashtirishga 
qaratilgan bir qancha ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Zero, «yangi O‘zbekiston 
strategiyasi korrupsiyadan holi mamlakat barpo etishni nazarda tutadi. Ushbu 
maqsad bugun butun jamiyatimizni jipslashtiruvchi omilga aylanmoqda. 
Korrupsiya balosini jamiyatimiz hayotidan yo‘q qilishga qaratilgan siyosat 
kelgusida 
ham 
qat’iy davom ettiriladi»
75

Shuningdek, 
korrupsiyaviy 
munosabatlarning ochiq-oydin tan olinishi, xalqaro tashkilotlar tomonidan 
baholangan vaziyatni to‘g‘rilash uchun davlat siyosati darajasida chora-
tadbirlarning belgilanayotganligi e’tirfga sazovordir. Jumladan, «Bu borada 
Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq 
elektron reestri»ning yuritilishi, «Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-
75
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. –T.: O‘zbekiston. 2022. – 428-430 b.


61 
mulkini deklaratsiya qilish to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi olib 
borayotgan sa’y-harakatlarimizning samarasini oshirishga xizmat qiladi. 
«Korrupsiyani qabul qilish indeksi» reytingida mamlakatimizning egallayotgan 
o‘rinlari bu boradagi harakatlarimizni baholovchi asosiy ko‘rsatkichlar sirasiga 
kiradi»
76
. Bu esa, korrupsion xavfsizlikni shakllantirishda nimalarga e’tibor 
qaratish, qanday kurash usullarini ishlab chiqsh, jilovlash mexnaizmlarini yaratish 
borasida rivojlangan davlatlar tajribasi asosida aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab 
chiqishga imkon beradi.
Mazkur paragrafda korrupsiyaviy xavfsizlikni shakllantirishda, manfaatlar 
to‘qnashuvini oldini olishga doir istiqboldagi vazifalar, davlat tomonidan aniq 
belgilab olingan strategik rejalar, istiqboldagi majburiyatlar tadqiq etilgan.
Bugungi kunda jamiyatda korrupsiya xavfsizligini shakllantirishda 
manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va uni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar 
rejasini ham aniq va izchillikda belgilab olishni talab etmoqda. Bu orqali 
korrupsiyaviy munosabatlarni yuzaga kelishini oldini olish mumkin bo‘ladi, shu 
bilan birga turli zanjirli korrupsiyaviy munosabatlar asosida iqtisodiy barqarorlikka 
salbiy ta’sir o‘tkaza oladigan, davlat budjetini noto‘g‘ri yo‘anltirilishiga, noto‘g‘ri 
sarflanishiga olib keladigan sharoitni yaratilishiga qarshi kurashish mumkin 
bo‘ladi.
«Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, manfaatlar 
to‘qnashuvini oldini olish uchun «davlat organlarining davlat xizmatchilari 
mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida manfaatlar to‘qnashuviga 
olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l 
qo‘ymasligi»
77
kerakligi aniq belgilangan. Bu esa, davlat organlari davlat 
xizmatchilari, mansabdor shaxslar faoliyatini tartibga solish zaruratini ham keltirib 
chiqaradi. Unga ko‘ra, mansabdor shaxslarni turli sohalarda tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug‘ullanishni cheklashi, yoki yaqin qarindoshlarini tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug‘ullanishiga doir aniq qoidalarni ham ishlab chiqishni talab etardi. 
76
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. –T.: O‘zbekiston. 2022. – 433 b 
77
O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni. 2017. 4 yanvar// 
http://parlament.gov.uz/uz/laws/adopted/253/19165 


62 
Mazkur qonunga ko‘ra, davlat organlari davlat xizmatchilari yoki mansabdor 
shaxslar faoliyatida «manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, bevosita 
rahbarni darhol xabardor qilishi kerak. Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi 
to‘g‘risida ma’lumotlar olgan rahbar bu to‘qnashuvning oldini olish yoki uni 
bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shart»ligi belgilangan 
bo‘lsada, bu qoida bajarilmaganda qanday huquqbuzarliklar sodir bo‘lishi, qanday 
jazo qo‘llanishi aniq belgilab qo‘yilmagan. Shuning uchun korrupsiya xavfsizligini 
shakllantirishda manfaatlar to‘qnashuvi holati kuzatilishi mansabdor shaxs 
faoliyatini so‘roq ostida qoldiradigan darajada munosabatga tortilsa, jamoatchilik 
monitoringi bunday holatlarda yuqori mas’uliyat bilan ishlasa maqsadga muvofiq 
bo‘lardi. 
Manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasini quyidagicha ta’riflash mumkin. 
Davlat tashkiloti xodimining, uning yaqin qarindoshlarining va unga aloqador 
shaxslarning shaxsiy manfaatlari bilan fuqarolarning, tashkilotning yoki davlatning 
huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelgan va 
kelayotgan (mavjud manfaatlar to‘qnashuvi) yoxud yuzaga kelishi mumkin 
bo‘lgan (taxmin qilinayotgan manfaatlar to‘qnashuvi) vaziyatga nisbatan 
manfaatlar to‘qnashuvi ishlatiladi. Demak, manfaatlar to‘qnashuvi deganda 
shaxsiy manfaatdorlik tashkilot xodimining mansab yoki xizmat majburiyatlarini 
lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoki ta’sir ko‘rsatishi mumkin 
bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan tashkilotning huquqlari va qonuniy 
manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi 
mumkin bo‘lgan vaziyat tushuniladi. 
Korrupsiya xavfsizligini shakllantirishda, korrupsiyaga qarshi kurash 
samaradorligini oshirishda boshqaruv sohasidagi korrupsiyaviy munosabatlarni, 
manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda 
davlat siyosati darajasida ma’muriy tartib-taomillar sohasida korrupsiyaning oldini 
olishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi talab etiladi. Fikrimizcha, 
ma’muriy tartib-taomillar sohasida korrupsiyaning oldini olish uchun qonuniylik 
va adolatlilik prinsiplarini ta’minlash, ma’muriy-boshqaruv jarayonining 


63 
beg‘arazligi kafolatlarini yaratish, ushbu jarayonning shaffofligini, tashqi va ichki 
nazorat uchun ochiqligini oshirish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu 
esa, davlat boshqaruvida, davlat organlari faoliyatida adolatlilik va qonuniylikni 
ta’minlash, davlat organlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini yo‘lga qo‘yish, shu 
bilan 
birga 
ma’muriy boshqaruvdagi nazorat qilish mexanizmlarini 
takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda korrupsiyaga 
qarshi kurashishni yangi bosqichga olib chiqishda davlat xizmatlari va davlat 
organlari faoliyati ochiqligini, qonunlar doirasida ishlashlarini, ulardan axborot 
olish erkinligini yo‘lga qo‘yish talab etiladi.
Shuningdek, 
ma’muriy tartib-qoidalarni qat’iylashtirish va jazo 
muqarrarligini shakllantirish orqali mansabdorlar o‘rtasida o‘z ixtiyoricha harakat 
qilish vakolatlarini cheklagan holda ma’muriy tartib-taomillarni batafsil tartibga 
solish, byurokratik rasmiyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik va bu orqali turli 
rasmiyatchiliklar, buyruqbozliklarni bartaraf etish ham ustuvor vazifalardan bo‘lib 
qoladi.
Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq, unga aloqador va uni namoyon 
qiluvchi harakatlarni anglatuvchi tushunchalar tahlilini ko‘rib chiqish ham 
maqsadga muvofiq ish hisoblanadi: 
Urug‘ aymoqchilik – davlat xizmatchisining umumiy ajdodga ega bo‘lgan 
muayyan qarindoshga mansubligi asosida uchinchi shaxslarga nisbatan sub’ektiv, 
iltifotli va noxolis munosabatda bo‘lish shaklidagi shaxsiy manfaatini namoyon 
etilishi; 
Kronizm – do‘stlar yoki ishonchli shaxslarga noqonuniy imtiyozlar taqdim 
etish maqsadida hokimiyat (lavozim mavqesidan) va obro‘sidan foydalanish; 
Maxalliychilik – shaxsni faqatgina qarindoshligi (qarindoshni hamma 
bilishi, mashhurligi va uning jamoatchilik tomonidan keng e’tirof etilgan) va 
bunday 
shaxsning 
hokimiyat 
vakolatiga 
ega 
bo‘lgan 
organlardagi 
qarindoshlarining xizmat mavqei sababli lavozimga qo‘yiladigan malaka 
talablarini hisobga olmasdan ishga yollash, rotatsiya qilish, lavozimga tayinlash; 


64 
Davlat xizmatchisining shaxsiy manfaatdorligi – davlat xizmatchisi 
tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida uning yaqin qarindoshi yoki 
davlat xizmatchisiga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan davlat xizmatchisining 
mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarilishiga ta’sir qilishi 
mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy qimmatliklar, boshqa 
mol-mulk, boylik va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, 
ijtimoiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa tijorat yoki notijorat manfaatlari); 
Manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish – davlat organlari tomonidan davlat 
xizmatchilarining xizmat majburiyatlari lozim darajada bajarilmasligi holati va 
manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganda ularning manfaatlari (shu jumladan 
shaxsiy, ijtimoiy, mulkiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa tijorat yoki notijorat 
manfaatlar) davlat va jamiyat manfaatlaridan ustun kelishi xavfini kamaytirish yoki 
bartaraf etish. 
«Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonunda davlat boshqaruvi 
sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir aniq va strategik chora-tadbirlar 
belgilab berilgan. Unga ko‘ra, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni 
ta’minlash, ular bilan erkin axborot almashish imkonyatini yuzaga keltirish, 
ularning hisobdorligini ta’minlash va bu orqali ularda mas’uliyatni oshirish, davlat 
organlarining, ular mansabdor shaxslarining va boshqa davlat xizmatchilarining 
o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan mas’uliyatini 
kuchaytirish, o‘z vazifasiga nisbatan, xalq manfaatlarini amalga oshirishga 
nisbatan chuqur hurmatni shakllantirish kerakligi belgilangan.
Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish sohasidagi asosiy prinsiplar 
quyidagilardan iborat: 
− qonuniylik; 
− fuqarolar, tashkilot va davlat qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; 
− ochiqlik va shaffoflik; 
xolislik
− korrupsiyaga nisbatan murosasizlik. 


65 
Fikrimizcha, davlat tashkiloti manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish 
bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishi juda zarur: 
− xodimlar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar berish 
tizimini samarali yo‘lga qo‘yish; 
− manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalar va xabarnomaning 
belgilangan shaklini o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtirish; 
− manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holda qabul qilingan qarorlarni 
belgilangan tartibda o‘zgartirish yoki bekor qilish; 
− manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holda tuzilgan bitimlarni 
o‘zgartirish yoki bekor qilish, bunday bitimlarni haqiqiy emas deb topish bo‘yicha 
belgilangan tartibda sudga da’vo kiritish; 
− odob-axloq komissiyasi faoliyatini samarali tashkil etish. 
− davlat tashkilotida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha 
samarali ichki idoraviy tartiblarni belgilash; 
− aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha xizmat tekshiruvlarining 
xolis tashkil etish hamda uning natijalarining odob-axloq komissiyasi tomonidan 
ko‘rib chiqilishiga erishish;
− manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishda o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni 
rag‘batlantirish choralarini ko‘rish; 
− manfaatlar to‘qnashuvi natijasida davlat tashkilotiga yetkazilgan zararning 
qoplanilishini ta’minlash, shuningdek, aholi ishonchini tiklash choralarini ko‘rish. 
Misol uchun, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi «jismoniy va yuridik 
shaxslarning murojaatlaridan kelib chiquvchi davlat organlari va tashkilotlarining 
ochiqligi va shaffofligiga oid dolzarb masalalarni «Mening fikrim» veb-portali 
orqali umumxalq muhokamasiga chiqaradi. Ochiq ma’lumotlar shaklida 
joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxatini 
uzluksiz to‘ldirib, takomillashtirib boradi va yangilash bo‘yicha takliflar ishlab 
chiqadi hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashadi. OAV orqali davlat 
organlari va tashkilotlari xizmatchilariga «davlat organlari faoliyati ochiqligi, 
shaffofligi va hisobdorligi» madaniyatini singdirish bo‘yicha chora-tadbirlarni 


66 
amalga oshiradi hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarning xalq oldida 
hisobdorligini ta’minlash muhimligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilishini 
tashkil etadi. Bundan tashqari, Agentlik tuzilmasida Davlat organlari 
va tashkilotlari faoliyati ochiqligini ta’minlash boshqarmasi tashkil etiladi»
78

Agentlik tomonidan yuqorida belgilangan ishlarni amalga oshirish orqali jamiyatda 
korrupsiyaga qarshi murosasizlik ruhiyatini shakllantirish ochiqlik siyosatini 
rivojlantirish va hisobdorlikni oshirish mumkin bo‘ladi. 
Shuningdek, davlat organlarida korrupsiyaviy munosabatlarni oldini olish, 
nazorat o‘rnatish uchun parlament nazorati va jamoatchilik monitoringini 
shakllantirish ham belgilangan. Bu borada ko‘plab ishlar amalga oshirilgan 
bo‘lsada, muammolar saqlanib qolmoqda. Chunki korrupsiyani jilovlash 
qonunlarning mustahkamligi va jamoatchilik nazoratining kuchligiga chambarchas 
bog‘liq hisoblanadi. Shu bois jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish muhim 
vazifalardan biridir.
Korrupsiyaga 
qarshi 
kurashda 
mansabdor 
shaxslar 
va 
davlat 
xizmatchilarining mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarilishi samaradorligi 
mezonlarini, standartlarini va uning sifatini baholash tizimlarini joriy etish va bu 
orqali ularning faoliyatiga baho berish chora-tadbirlari belgilash zarur. 
Fikrimizcha, davlat tashkiloti xodimlari manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish 
sohasida quyidagi huquqlarga ega bo‘lishi lozim: manfaatlar to‘qnashuvini tartibga 
solish bo‘yicha ko‘rilgan choralar ustidan yuqori turuvchi davlat tashkilotiga, 
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yoki sudga 
shikoyat qilish; manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish maqsadida maxsus 
bo‘linmadan maslahat olish; taxmin qilinayotgan manfaatlar to‘qnashuvi 
to‘g‘risidagi deklaratsiyada taqdim qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlardan 
tashqari qo‘shimcha ma’lumotlarni ko‘rsatish. 
Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashda davlat organlari davlat 
xizmatchilarining huquqiy maqomini belgilash ham usutvor vazifalardan biri 
78
Davlat organlari ochiqligini ta’minlash uchun Antikorrupsiya agentligiga yangi vazifalar yuklatildi //
https://www.gazeta.uz/uz/2021/06/17/anti-corruption. 


67 
bo‘lib qolmoqda. Bu orqali ularning xizmat vazifalarini bajarishdagi xavfsizligi, 
daxlsizligi va kafolatlangan huquqlarini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Bu esa 
ularni huquqlarini belgilash bilan birga burch va majburiyatlarini ham qayd etishga 
imkon beradi. Shuningdek, davlat organlari davlat xizmatchilari kasbiy faoliyatida 
xizmatni o‘tashning shaffof tartibini o‘rnatish va bu boradagi faoliyat 
samaradorligini 
oshirish, 
davlat 
xizmatlarini 
raqamlashtirish, 
mahorat 
mexanizmlarini takomillashtirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan 
birga, ularning shaxsiy va kasbiy sifatlar, ochiqlik, beg‘arazlik, adolatlilik va 
xolislik prinsiplari asosida tanlov bo‘yicha saralash hamda xizmatda ko‘tarilish 
tizimini joriy etish orqali ham ularni «halollik vaksina»si bilan emlashga harakat 
qilinmoqda. Davlat organi davlat xizmatchilarida adolatlilik va xolislikni 
shakllantirish, halol xizmatni olib borishga doir axloqiy ta’sir va tarbiya 
mexanizmlarini yaratish, shuningdek, davlat xizmatlarida ochiqlik va beg‘razlilik, 
shaffoflikni shakllantirishga doir yangicha ishlash usullarini tadbiq etilayotganligi 
ham muhim ahamiyatga sazovor ishlardan biri bo‘lmoqda. 
Jamiyatda korrupsiyaviy xavfsizlikni shakllantirishda jismoniy va yuridik 
shaxslarning huquq va erkinliklari kafolatlanishi, ularning faoliyatiga hech bir 
to‘siqlar mavjud bo‘lmasligi, mavjud muammolar doirasida yo‘llangan murojaatlar 
ochiq va shaffoflik bilan, qonun talablari asosida olib borilishi talab etiladi. Bu esa 
ularda o‘z faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun ishonch, uni himoya qila 
oladigan qonun mavjud ekanligi hamda erkinliklarini kafolatlanganini amaliyotda 
ko‘rish imkoniyatini yaratadi. «Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonunga 
ko‘ra, «davlat organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari 
to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, murojaatlarning to‘liq, xolisona 
va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, ular tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning 
buzilgan huquqlari, erkinliklarini tiklash hamda qonuniy manfaatlarini himoya 
qilish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida choralar ko‘rilishi ustidan nazoratni 
ta’minlash»
79
ham ko‘zda tutilgan. Bu qonunchilik asoslari orqali jismoniy va 
79
O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni. 2017. 4 yanvar // 
http://parlament.gov.uz/uz/laws/adopted/253/19165 


68 
yuridik shaxslar va davlat idoralari yoki organlari o‘rtasidagi munosabatlar 
nazoratga olinadi, raqamlashtiriladi va qonunlar bilan qat’iy tartibga solinadi. Bu 
esa ularning faoliyatida korrupsiyaviy munosabatlarni yuzaga keltirolmaydi. 
Bundan kelib chiqadiki, qonunlar o‘z vazifasini aniq bajargan va fuqarolar 
tomonidan uni buzish imkoniyati umuman qolmagan sharoitda jamiyatda unga 
nisbatan hurmat bilan birga mustahkam ishonch ham shakllandi. 
Bu ishlarni amalga oshirish, davlat organlari faoliyatida qonuniylik va 
adolatlilik tamoyillarni to‘la shakllantirish va korrupsiyaviy munosabatlarni 
yuzaga kelmasligi uchun tizimli va doimiy monitoring nazoratini yo‘lga qo‘yish va 
bu borada vakolatli organlar faoliyatini qonuniylashtirish, turli byurokratik 
to‘siqlardan tozalash ishlari ham olib borilishi lozim. Bu masala «Korrupsiyaga 
qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, «davlat organlari faoliyatida 
korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan ushbu 
organlar tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholagan holda 
muntazam ravishda monitoring o‘tkazish»
80
muhim ijtimoiy talab ekanligi 
belgilangan. Bu esa, davlat organlarini nazorat qiluvchi boshqa bir yuqoriroq organ 
orqali monitoring qilish, shu bilan birga jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish 
ham kerak bo‘ladi. 
Davlat tashkiloti xodimlariga manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish 
maqsadida quyidagilarni taqiqlash maqsadga muvofiq: 
▪ o‘z xizmat mavqe’ini suiiste’mol qilgan holda shaxsiy manfaat ko‘rish; 
▪ manfaatlar to‘qnashuvini ma’lum qilishda bila turib yolg‘on yoki 
noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim qilish yoxud bunday ma’lumotlarni yashirish; 
▪ davlat tashkilotiga bo‘ysunuvchi yoki bir-birining nazoratidagi tashkilotda 
o‘rindoshlik asosida ishlash; 
▪ tijorat tashkilotlarining ta’sischisi (aksiyadori, ishtirokchisi) bo‘lish; 
▪ o‘zi mehnat faoliyatini yuritayotgan davlat tashkilotining nazorat ob’ekti 
hisoblangan tijorat tashkilotlarining aksiyalariga yoki ustav fondidagi (ustav 
80
O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni. 2017. 4 yanvar// 
http://parlament.gov.uz/uz/laws/adopted/253/19165 


69 
kapitalidagi) ulushlariga o‘zi yoki yaqin qarindoshlari egalik qilishi, shuningdek, 
ularning boshqaruv organlari va kuzatuv kengashi a’zosi bo‘lishi, bundan mazkur 
faoliyat qonunchilikka muvofiq lavozim majburiyatlari hisoblanadigan hollar 
mustasno. Bunda shaxs o‘zi yoki yaqin qarindoshlari tegishli tijorat 
tashkilotlarining aksiyalariga yoki ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga 
egalik qilgan, shuningdek, ularning boshqaruv organlari va kuzatuv kengashi 
a’zosi bo‘lgan holda davlat tashkilotida lavozimni egallagan hollarda bir oy 
muddatda ushbu aksiya yoki ulushlarni belgilangan tartibda realizatsiya qilishi 
yoxud boshqaruv organlari va kuzatuv kengashi a’zoligidan ketishi lozim; 
▪ o‘zi faoliyat yuritayotgan davlat tashkilotida o‘zining, yaqin qarindoshlari 
yoki unga aloqador shaxslarga taalluqli ishlarni ko‘rib chiqishda vakil sifatida 
ishtirok etish, agarda qonunchilik hujjatlariga muvofiq qonuniy vakili 
hisoblanmasa; 
▪ o‘zi faoliyat yuritayotgan davlat tashkilotining mulkini sotish va sotib 
olishda, ijaraga berish va ijaraga olishda ishtirok etishi yoxud ushbu savdolarda 
yaqin qarindoshlarining ishtirok etishi. 
Davlat organlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini yuzaga 
kelmasligini nazorat qilish, korrupsiya xavfsizligi shakllantirishda huquqiy-
normativ hujjatlarning o‘zaro bir-biriga zid kelib qolmasligini oldini olish, ularni 
ekspertizadan o‘tkazish mexanizmlarini takomillashtirish va bu orqali manfaatlar 
to‘qnashuviga huquqiy asos bo‘luvchi qonunchilik normalarini tizimli to‘g‘rilab 
borish masalalari ham dolzarblik kasb etmoqda. Bugungi kunda qonunchlilikdagi 
«bo‘shliq»lar yoki to‘ldirilmagan jihatlar asosida korrupsiyaviy xavfsizlikka 
tahdidlar kelib chiqmoqda-ki ochiq-oydin manfaatlar to‘qnashuvi holatlari 
kuzatilmoqda. Korrupsiya xavfsizligi yaratishga doir qonunchlilik asoslarini 
rivojlantirish, muttasil takomillashtirib borishni talab etadi. Bu esa, «normativ-
huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini 
tashkil etishni, davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa davlat 


70 
xizmatchilarining samarali ijtimoiy himoya qilinishini, moddiy ta’minot olishini va 
rag‘batlantirilishini ta’minlash»
81
ni dolzarb vazifalardan biriga aylantiradi.
Shuningdek, bugungi islohotlar sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga va 
tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlashga doir chora-tadbirlar tizimini ham ishlab chiqish 
va mavjud islohotlarni rivojlantirish talab etiladi. Bu orqali iqtisodiy munosabatlar 
va tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘siq bo‘luvchi turli ma’muriy va byurokratik 
to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish yoki ruxsat berish bilan bog‘liq turli 
xizmatlardagi korrupsiyani tugatishga qaratilgan tizimli ishlarni ham amalga 
oshirish kerak bo‘ladi. Jamiyatimizning yangi taraqqiyot bosqichida turli ma’muriy 
va byurokratik to‘siqlar olib tashlandi, qog‘ozbozlik va turli ma’lumotnomalar 
yig‘ish ishlariga chek qo‘yildi. Ko‘plab davlat xizmatlari raqamlashtirildi, 
«Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, ijtimoiy iqtisodiy 
rivojlanishga erishish uchun bir qancha tashkiliy-huquqiy masalalarga yechim 
topildi va mavjud ildizlari chuqur ijtimoiy masalalarga borib taqaladiganlariga 
sekin-astalik bilan yechimlar ishlab chiqilmoqda. Bu esa davlat xizmatlari 
faoliyatidagi turli korrupsiyaviy munosabatlarni bartaraf etish, tanish-bilishlik, 
oshna-og‘aynigarchilik kabi illatlarni yo‘q bo‘lib ketishiga sharoit yaratdi.
Boshqa tomondan, tadbirkorlikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlarga 
ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun teng shart-sharoitlar yaratish va 
insofsiz raqobatga yo‘l qo‘ymaslik orqali monopoliyaga qarshi kurashish, insofsiz 
raqobatga chek qo‘yish, davlat xaridlari ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, shu 
bilan birga ijtimoiy soha va xizmat ko‘rsatish sohalari faoliyatida ham adolatli 
shart-sharoitlarni yaratishga erishish mumkin bo‘ladi. Bu esa, korrupsiya 
xavfsizligini yangi bosqichga olib chiqishga imkoniyatni yaratadi. Adolatli shart-
sharoitning yaratilishi hamda nodavlat tashkilotlari faoliyati orqali korrupsiyaga 
qarshi 
kurashish 
mexanizmlarini 
taomillashtirish 
bu 
boradagi 
ishlar 
samaradorligini oshiradi.
81
O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni. 2017. 4 yanvar// 
http://parlament.gov.uz/uz/laws/adopted/253/19165 


71 
Davlat organlari faoliyatida ham soddalashtirilgan ma’muriy tartib-
tamoyillarni joriy etish orqali ham korrupsiyaviy munosabatlarni yuzaga kelishini 
oldini olish va fuqarolarda ilojsizlikdan ta’magirlikkka sherik bo‘lib qolish 
holatlarini bartaraf etish mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga davlat organlari faoliyati 
ochiqligi va shaffofligini ta’minlash uchun davlat organlarining qarorlari ustidan 
shikoyat qilishning va yetkazilgan zarar o‘rnini qoplashning samarali 
mexanizmlarini ishlab chiqish va bu orqali yuqoridan nazorat va jamoatchilik 
nazoratini yo‘lga qo‘yish imkoniyati yuzaga keladi.
Korrupsiya xavfsizligini shakllantirishda davlat byudjetini to‘g‘ri sarflanishi, 
to‘g‘ri yo‘naltrilishi, bu borada korrupsiyaviy munosabatlarni yuzaga kelishini 
oldini olish uchun ham bir qancha chora-tadbirlar belgilanmoqda. Misol uchun, 
davlat byudjetining to‘g‘ri yo‘naltirilishi, asosli muammolarni bartaraf etishga 
qaratilishi va korrupsiyaviy munosabatlarni oldini olish uchun «Ochiq byudjet» 
loyihasining ham yo‘lga qo‘yilganligi, shu bilan birga davlat xaridlarini amalga 
oshirish sohasida korrupsiyaviy munosabatlarni oldini olishga ham alohida e’tibor 
qaratilayotganligi ham diqqatga sazovordir. 
Korrupsiyaga qarshi kurash strategiyasi axborot bilan ishlashda yangicha 
formatga o‘tishni talab etadi. «Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonunga 
ko‘ra, «davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillari to‘g‘risidagi axborotning 
shaffofligi va ochiqligini ta’minlash» va bu orqali davlat xaridlarini 
korrupsiyalashuvidan asrash, manfaatlar to‘qnashuvini yuzaga kelishini oldini 
olishga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirilishi kerak. Bu jarayonda 
Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi va huquqbuzarliklarni oldini olishga vakolatli 
organlar faoliyatini takomillashtirish, ularningsh ish smaradorligini oshirish talab 
etiladi.
Shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda adolatli raqobatni va 
qarorlar qabul qilish chog‘ida xolisona mezonlardan foydalanilishini ta’minlash 
ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. bu orqali sog‘lom raqobatni yaratish, 
korrupsiyaviy munosabatlarga yo‘l qo‘ymaslik, shu bilan birga davlat xaridlarini 


72 
amalga oshirishda xolislikni ta’minlanishiga yo‘l ochish mumkin bo‘ladi. Buning 
uchun davlat xaridlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish, undan 
inson omilini uzoqlashtirish, raqamlashtirish bilan birga kuchli nazoratni o‘rnatish 
ham kerak bo‘ladi. Bu esa, «ichki nazoratning samarali tizimini, davlat xaridlarini 
o‘tkazish natijalari yuzasidan shikoyat qilish va nizolashishning samarali tartib-
taomilini yaratish»ning huquqiy asoslari va tashkiliy jarayonlarini tartibga solish, 
soddalashtirish, ochiqlik va shaffoflikda olib borish tizimini yo‘lga qo‘yish talab 
etiladi.
Bu borada davlat elektron savdolarining samarali ishlashini ta’minlashga 
doir tashkiliy islohotlarni olib borilayotganligini alohida ta’kidlash mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligini oshirishda, jamiyatda 
korrupsiyaga murosasizlikni shakllantirishda normativ-huquqiy hujjatlarning va 
ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini yo‘lga qo‘yish, bu borada 
jamoatchilik monitoringini yo‘lga qo‘yish muhim vazifalardan biridir. Normativ-
huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi orqali 
korrpsiyaga sabab bo‘ladigan omillar, manfaatlar to‘qnashuvi uchun sharoit 
yaratilgan normativ hujjatlar va korrupsiyaviy munosabatlardan boshqa chora 
qoldirilmagan huquqiy asoslarni tekshirish, ekspertizadan o‘tkazish amaliyotini 
takomillashtirish dolzarb vazifalardan biridir. 
Iqtisodiy erkinlik, iqtisodiy demokratiya to‘g‘risida gap ketgan zahoti 
AQShlik siyosatshunos Robert Dalni esga olishadi va uning «plyuralistik 
demokratiya» g‘oyasiga murojaat qilishadi. Uning ilmiy g‘oyasiga ko‘ra, tenglik 
har doim erkinlikka, iqtisodiy demokratiya har doim siyosiy demokratiyaning 
rivojlanishiga olib kelavermaydi. Sanoatning rivojlanishi, mulkiy plyuralizmning 
rang-baranglashuvi «siyosiy hayotda foydalanadigan resurslarga teng ega 
bo‘lmagan fuqarolar korpusini shakllanishiga olib keldi»
82
. Siyosiy hayotda faol 
qatnashishini ta’minlaydigan resurslarga (mulkka, mavqega va b.) ega bo‘lmaslik 
kishilarning ijtimoiy-siyosiy hayotga ta’sirini susaytiradi, hatto siyosiy 
82
Dal R. Vvedenie v ekonomicheskuyu demokratiyu. Per. s angl. –M.: Nauka; SP IKPA, 1991. 15 s. 


73 
demokratiyani fiksiyaga aylantiradi. Bu o‘rinda AQSh prezidentligiga, mer 
lavozimlariga mudom yirik mulk egalari, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda yuqori 
mavqega ega bo‘lgan shaxslar da’vogar bo‘lib kelganini eslash o‘rinlidir. Demak, 
iqtisodiy demokratiya hamma vaqt ham siyosiy demokratiyaga xizmat qilavermas 
va jamiyatda tenglik, adolat tamoyillarining qaror topishiga xizmat qilavermas 
ekan. 
Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi rahbari A.Burxonov fikricha, «so‘nggi 
yillarda davlat organlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlash 
mexanizmlari, 
shuningdek, 
jamoatchilik 
nazorati 
institutlari 
tubdan 
takomillashtirildi. Raqamli va onlayn texnologiyalarning keng qo‘llanilishi davlat 
organlarining jamiyat oldidagi hisobdorligini oshirdi. Yer uchastkalari va davlat 
aktivlarini, shuningdek, avtotransport vositalari uchun davlat raqam belgilarini 
onlayn auksionda sotish tizimi yo‘lga qo‘yildi hamda doimiy takomillashtirilib 
borilmoqda»
83
. Mana shunday tashkiliy masalalarni yangicha munosabat asosida 
hal etilishi ham jamiyatda korrupsiyaviy munosabatloarga bo‘lgan fikrlash tarzini 
tubdan o‘zgartirdi. Shu bilan birga davlat xizmatlaridan raqamlashtirish va inson 
omilini chiqarib tashlanishi ham o‘z samarasini ko‘rsata boshladi.
Bugungi kunda jamiyatimizning yangi rivojlanish bosqichida korrupsiyaga 
qarshi kurashni yangi bosqichga olib chiqish borasida ko‘plab ishlar amalga 
oshirilmoqda. Bu borada korrupsiyaga qarshi jazo choralarini qat’iylashtirish 
choralarini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Bu borada korrupsiyaga oid 
huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yishga, korrupsiyaga 
oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi 
prinsipini ta’minlashga doir aniq chora-tadbirlar ham bu boradagi ishlarning 
tarkibiy qismi hisoblanadi.
Korrupsiyaga 
qarshi 
kurash 
tizimini 
takomillashtirish, 
jamiyatda 
korrupsiyaga murosasizlik munosabatini shakllantirishda korrupsiyaga doir ilmiy 
83
Korrupsiyaga 
qarshi 
kurashish 
umummilliy 
birdamlikni 
talab 
etadi. 
https://anticorruption.uz/uzc/item/2021/04/06/2021. 6 aprel. 


74 
tadqiqot ishlarini rivojlantirish, rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish va ularni 
korrupsiyaga qarshi milliy kurash strategiyasiga olib kirish, shu bilan birga 
korrupsiya xavfsizligini shakllantirishga qaratilgan qonunchilik asoslarini 
takomillashtirish ham dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmqoda.
Darhaqiqat, davlat xizmati institutining vazifasi ijtimoiy taraqqiyot 
qonunlari va uning ehtiyojlari bilan belgilanishi, davlat apparati faoliyatining 
strategik maqsadlariga muvofiq bo‘lishi, faoliyatning muayyan davridagi 
vazifalarga qarab unga aniqlik kiritilishi lozim. Bu esa «Davlat xizmati 
to‘g‘risida»gi qonun har tomonlama, chuqur asoslangan takliflar asosida keng 
muhokama etilishini talab qiladi. 
Davlat xizmatida xizmatchilarning manfaatlar to‘qnashuvi jarayonidagi 
xulq-atvorini tartibga soluvchi normalar muhim o‘rin tutadi. 
«Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunning 3-moddasiga 
muvofiq manfaatlar to‘qnashuvi deganda shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) 
manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada 
bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda 
shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki 
davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga 
kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat tushuniladi. Qonunning 
19-moddasiga ko‘ra davlat organlari xodimlari manfaatlarining to‘qnashuvini hal 
qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, ularga rioya etilishi 
yuzasidan monitoring o‘tkazish lozim. Shuningdek, qonunning 21-moddasiga 
binoan davlat organlarining xodimlari mansab yoki xizmat majburiyatlarini 
bajarish chog‘ida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi 
mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymasligi kerak. 
Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganda davlat organlarining xodimlari 
o‘zining bevosita rahbarini darhol xabardor qilishi zarur. Manfaatlar to‘qnashuvi 
mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot olgan rahbar bu to‘qnashuvning oldini olish yoki 
uni bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida chora ko‘rishi shart. Davlat organlarining 


75 
maxsus bo‘linmalari yoki odob komissiyalari manfaatlar to‘qnashuvini hal etish 
qoidasiga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi. 
Korrupsiyaga 
qarshi 
kurash 
samaradorligini 
oshirish, 
jamiyatda 
korrupsiyaga qarshi murosasizlikni shakllantirish, shu bilan birga huquqni 
muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirish, korrupsiyaga qarshi 
kurashda vakolatli bo‘lgan organlarning o‘zaro hamkorligini yangicha tartibda 
yo‘lga qo‘yish kabi ishlarni innovatsion asosda tartibga solish ish samaradorligiga 
ta’sir hisoblandi. Jamiyatning yangi rivojlanish bosqichida korrupsiyaga qarshi 
kurashning istiqboldagi vazifalarini belgilab olish va bu borada aniq rejalar asosida 
ish olib borish samara berishi ham ma’lum bo‘ladi.
Davlat organlarining manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish yoki uni 
bartaraf etish talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan xodimlari, shuningdek ularning 
rahbarlari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. 
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, O‘zbekistonda davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvini yuzaga keltiradigan 
sabablarni o‘z vaqtida aniqlash, uning oqibatini oldindan ko‘ra bilish, manfaatlar 
to‘qnashuvining oldini olishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni 
takomillashtirish, sohaga oid muammolar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ular 
asosida tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish davlat xizmati 
samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling