Soxibov salohiddin anvar o‘G‘li jamiyatda korrupsiyadan xavfsizlik: ijtimoiy-falsafiy tahlil (Monografiya)


I BOB. JAMIYATDA KORRUPSIYADAN XAVFSIZLIKNI


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/19
Sana12.10.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1700175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
I BOB. JAMIYATDA KORRUPSIYADAN XAVFSIZLIKNI 
SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI 
1.1-§. Korrupsiya tushunchasining mazmun-mohiyati va unga qarshi 
kurashishning asosiy prinsiplari 
Bugungi kunda jamiyatlarda korrupsiyaviy xavfsizligini shakllantirish 
dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Chunki korrupsiya jamiyatni 
barqarorlikdan beqarorlikka olib boradigan, uni yemiradigan jamiyat a’zolarini 
axloqiy jihatdan tubanlashtiradigan va ularda halollikka doir qarashlarini 
o‘zgartirib yuboradigan ijtimoiy illatdir.
Mazkur 
paragrafda 
korrupsiya 
tushunchasining 
mazmun-mohiyati, 
lug‘atlarda tariflanishi, uni o‘rgangan olimlarning fikr-mulohazalarini ko‘rib 
chiqish va tizimlashtirish maqsad qilingan. Shuningdek, korrupsiya tushunchasini 
yuridik, sotsiologik, psixologik, falsafiy man’nolari, ularning qo‘llanishi va 
namoyon bo‘lishiga ko‘ra farqlanishini tadqiq etish maqsad qilingan. 
O‘zbekiston Respublikasida 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan 
«Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risi» gi qonunda korrupsiyaga «shaxsning o‘z 
mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning 
manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof 
ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda 
taqdim etish»
6
sifatida tariflangan bo‘lsa, manfaatlar to‘qnashuviga «shaxsiy 
(bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat 
majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, 
tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari 
o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
vaziyat»
7
sifatida baho beriladi. 
6
O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni. 4 yanvar 2017// 
http://parlament.gov.uz/uz/laws/adopted/253/19165 
7
O‘sha joyda 



Etimologik jihatdan «korrupsiya» tushunchasi «buzish, pora evaziga 
og‘dirish» degan ma’noni anglatadigan lotincha «corruptio» so‘zidan kelib 
chiqqan. Demak, korrupsiyaning etimologik ma’nosi pora evaziga og‘dirish, tartib-
qoidani buzish degan ma’nolarni anglatadi. Korrupsiyaning tizimli xarakteri uning
korrupsiya qamrab olgan davlat tashkilotlarida ishlaydigan shaxslar uchun 
majburiy xarakterda ekanligida ham namoyon bo‘ladi. Makroiqtisodiy va siyosiy 
iqtisodga oid tadqiqotlarga ko‘ra, korrupsiya jiddiy ziyon yetkazib 
8
, iqtisodiy
o‘sishga va butun jamiyat manfaatlarida rivojlanishga to‘sqinlik qiladi
9
. Ko‘plab 
mamlakatlarda korrupsiya jinoiy jazoga tortiladi va murosasizlik bilan 
munosabatda bo‘linadi. 
«Qomus. Info: online ensiklopediyasi»da korrupsiyaga «mansabdor 
shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi. 
Korrupsiya davlat apparati va parlament faoliyatida ayniqsa, avj oladi. 
Saylanadigan lavozimlarga nomzodlar saylov kampaniyasini o‘tkazish xarajatlarini 
ko‘tarish»
10
sifatida tariflanadi.
Korruspiya tushunchasining mazmuni va mohiyatini tahlil qilganda pora va 
poraxo‘rlik tushunchalarini ham ko‘rib o‘tish lozim. Bu ikki tushunchalar bir-biri 
bilan bog‘liq, muloqot nutqida sinonim so‘zlar sifatida tilga olinadi. Pora
korrupsiyaning bir turi bo‘lib, bunda mansabdor shaxsning harakatlari unga
belgilangan foyda taqdim etish evaziga yuridik yoki jismoniy shaxsga xizmat
ko‘rsatishni anglatadi. Aksariyat hollarda agar pora berish tamagirlikning
oqibati bo‘lmasa, asosiy foydani pora beruvchi oladi
11
. Qattiq jinoyatlar 
qatoriga, shuningdek, saylovchilar ovozini sotib olish ham kiradi. Poraxo‘rlik 
bo‘lsa - pora olish, pora berish, bu ishda vositachilik qilish kabi mansabdorlik 
8
Rumyanseva Y. Y. Kakov v sovokupnosti i po yego chastyam uщerb ot korrupsii — kto predstavit 
obshestvu samuyu vernuyu metodiku yego rascheta?//Ekspertnaya set po voprosam gosudarstvennogo upravleniya 
«Gosbuk»// http://www.gosbook.ru/node/81444.
9
Bardhan P. Corruption and development // Journal of Economic Literature. — 1997. — Vol. 25. — P. 1320.
[1] (angl.) 
10
Korrupsiya//https://qomus.info/?s=%D0%BA%D0%BE%D1%80%D1%80%D1%83%D0%BF%D1%86%D0%B
8%D1%8F&submit. 
11
Bardhan P. Corruption and development // Journal of Economic Literature. — 1997. — Vol. 25. — P. 1320. 


10 
jinoyati ekanligi, poraxo‘rlik moddiy boylik yoki mulkiy manfaat evaziga 
muayyan harakatlarni bajarish yoki bajarmaslik
12
sifatida tavsiflanishi keltiriladi.
Zamonaviy ilmiy tadqiqotlarda korrupsiyaga nisbatan ijobiy munosabat
ham uchraydi. Ularga ko‘ra, «korrupsiyani qonun rivoji sust bo‘lgan joylarda
qonun ustunligini foydali almashtirish deb hisoblash mumkin. Boshqacha qilib
aytganda, korrupsion faoliyatdan foyda – u amalga oshirishga imkon
beradigan qo‘shimcha unumli transaksiyalar natijasida yaratiladigan qiymat – 
xarajatlardan katta bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyat ehtimoli biznes bilan 
shug‘ullanish uchun qonuniy imkoniyatlar juda cheklangan holatlarda eng 
yuqori bo‘ladi»
13
, - shunday hisoblaydi Kanzas universiteti biznes 
kafedrasining professori, iqtisodchi Duglas Xyuston. Demak, korrupsiya qonun 
ustuvor bo‘lmagan mamlakatlarda, byurokratik to‘siqlar ko‘p bo‘lgan jamiyatlarda 
muammoga tez va oson yechim hisoblanadi. Byurokratik to‘siqlar borligi uchun 
fuqarolar korrupsiyaviy munosabatlardan ko‘proq manfaatdor bo‘ladi.
Korrupsiyaviy xavfsizlik tushunchasini mazmun-mohiyatini aniqlashtirib 
olishda, xavfsizlik tushunchasining tarifini ham ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. 
«Chembers lug‘ati»da «xavfsizlik» tushunchasini «holat, xavfsizlikka 
keltiruvchi vositalar yoki sezgi» deb talqin qilingan. Mazkur tushuncha 
«besaranjomlilik, tashvishlilik», «ishonch», «barqarorlik»ning yo‘qolishi bilan 
bog‘lab tushuntirilgan»
14
. Demak, zamonaviy adabiyotlarda «xavfsizlik» 
tushunchasi ob’ektning o‘z funksiyalarini cheklashi va o‘zining ichki qonunlari 
asosida rivojlanadigan shart-sharoitlar va omillar tizimi sifatida ko‘rib chiqiladi. 
Shuningdek, «xavfsizlik individ yoki jamiyatga xavf-xatar tug‘diruvchi shart-
sharoit va omillardan himoyalanish tarzida ham tavsif etiladi»
15
. Shuni alohida 
ta’kidlab o‘tish lozimki, «xavfsizlik» tushunchasiga berilgan ko‘plab ta’riflar 
olimlar va amaliyotchilar tomonidan tanqidga uchramoqda. Bizningcha, ko‘plab 
ta’riflarda aniqlik yetishmasligining asosiy sababi tushunchaga ta’rif berishda 
12
O‘sha joyda. 
13
Duglas Xyuston. Sposobna li korrupsiya uluchshit polojenie del v ekonomike?. inLiberty.ru. 
14
Jon Lackie. Chambers Dictionary of science and technology. – Edinburgh: Chambers, 2007. –268 s.
15
Dzliev M.I., Romanovich A.L., UrsulA.D. Problemi bezopasnosti: teoretiko-metodologicheskie aspekti. – 
Moskva: MGUK, 2001. –9 s. 


11 
xavfsizlikning dialektik ziddi hisoblangan xavfni hisobga olinmasligi bilan bog‘liq. 
Aynan xavf-xatarning yuzaga kelish sabablarini o‘rganish «xavfsizlik» 
tushunchasiga aniqroq ta’rif berish imkonini beradi. Tadqiqotchi olim 
G.A.Atamanov ta’kidlaganidek, xavfsizlik uning hosilasi sifatida xavf-xatar bilan 
aloqadorlikda mazmun kasb etadi»
16
. Muallifning fikricha, «xavfsizlik» ichki va 
tashqi 
ta’sirlarning mavjudligi sharoitida tizimning hayotiy mavjudlik 
mexanizmining buzilishiga doir ob’ekt holatini ifoda etadi. Uning har qanday 
tahdidni xavf-xatar sifatida qabul qilishi o‘rinli bo‘lmaydi, xavfsizlik xavf-xatarni 
yengib o‘tish natijasida yuzaga keladi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, 
shunday xulosaga kelish mumkin: xavfsizlik tizimning xavf-xatarlarga qarshi 
kurashish imkoniyatiga egaligi, shuningdek, o‘z rivojining yuqori darajasini 
egallash qobiliyatidir. Bizningcha, xavfsizlik istalgan ob’ektning mavjudligi 
tavsifini, mazkur ob’ektning o‘z qadriyatlari, maqsadlari, qiziqishlarini himoya 
qilish, boshqacha aytganda, tizimning mavjudligini ta’minlovchi asoslarga, tahdid 
soluvchi kuchlarga qarshi kurashish qobiliyatidir. 
«Xavfsizlik» tushunchasining mohiyatini aniqlashtirish asosida «korrupsiya 
xavfsizligi» atamasining mazmun-mohiyatini izohlashga harakat qilamiz. 
Bizningcha, korrupsiya xavfsizligi butun insoniyat uchun global inqirozni keltirib 
chiqaruvchi, uning ob’ektiv va amaliy ta’rifini shakllantirishning hayotiy zaruriyat 
ekanligi bilan tavsiflanuvchi zamonaviy jamiyatning noyob hodisasidir. Umuman 
olganda, mazkur tushuncha mansab vakolatidan shaxsiy maqsadlari yo‘laida 
foydalanish va boylik ortirish va bu orqali xufiyoni iqtisodiyotni tashkil etuvchi 
asosiy omillardan biri sifatida tariflanadi. Aksar hollarda davlat amaldorlari yoki 
boshqaruv kadrlarining pora olish, manfaatlar to‘qnashuvini yaratish va qonunga 
xilof pul va moddiy daromadlarni qo‘lga kiritishga nisbatan ishlatiladi. Biroq, 
bugungi kunda nafaqat amaldorlar, balki davlat va nodavlat tashkilot xodimlari 
ham o‘z vakolat imkoniyatlarini suiiste’mol qilishi, uni pora evaziga buzishi, 
korrupsion munosabatlarning tashabbuskori sifatida namoyon bo‘lmoqda.
16
Atamanov G. A. Informatsionnaya bezopasnost: sushnost i soderjanie // Biznes i bezopasnost v Rossii. – 2007. – 
№ 47. –106 s. 


12 
Korrupsiya xavfsizlik bo‘lsa, mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan 
huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun 
foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy 
faoliyatlarni oldini olish, rivojlanib ketishidan asrash, shart-sharoitlarni yuzaga 
kelishiga qarshi kurashish, shuningdek, mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning 
poraga sotilishiga qarshi kurashni anglatadi. Umuman olganda, korrupsiya 
xavfsizligi korrupsion munosabatlarni oldini olish, unga qarshi kurashish va 
jazolash mexanizmlarini ishlab chiqish va bu boradagi faoliyat mexanizmini 
yaratishdan iboratdi.
Korrupsiya va korrupsiyaviy munosabatlarga doir atamalar jamiyat a’zolari 
va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan juda ko‘p qo‘llanilayotgan 
tushuncha hisobalandi. Lekin fuqarolar ushbu atamani kundalik hayotda ko‘p 
ishlatsada, barcha uning mazmuni to‘g‘risida yetali tugunchaga ega emas. Quyida 
korrupsiyaviy munosabatlarga bevosita va bilvosita aloqador tushunchalar va 
ularning mazmuni, namoyon bo‘lishini tahli qilingan. 
Axloqiy korrupsiya – bu davlat, yoki mahalliy hokimiyat organi 
mansabdor shaxsining shaxsiy ta’siri vositasida o‘z mansab vakolatini suiiste’mol 
qilishiga nisbatan ishlatiladi. Rivojlanmagan mamlakatlarda, qonun ustuvor 
bo‘lmagan, davlat organlarining bir birini tiyib turish funksiyasi qonuniy 
ishlamaydigan davlatlarda axloqiy korrupsiya keng quloch yoygan bo‘ladi. Uning 
aniq huquqbuzarlik elementlari namoyon bo‘lib tursada, bu o‘sha millatning 
milliy xususiyati yoki an’nalar tizimi maxsuli sifatida baholanadi. 
Brilliant yoqalilar – davlat boshqaruvi, siyosiy va iqtisodiyotning yuqori
eshelondagi mansabdor shaxsning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq korrupsiyani, 
davlat boshqaruvi, iqtisodiy va siyosiy sohadagi jinoyatlarni ortiqcha shov-
shuvsiz sodir etishiga nisbatan ishlatiladi. Mazkur tushuncha «elitar 
korrupsiya»ning mohiyatini, uning namoyon bo‘lishini ko‘rsatib beruvchi, ishlash 
prinsiplariga ishora qiluvchi tushuncha hisoblanadi. Mansabdor shaxslarning sirli 
jinoyatlari, kelishuvlari, lobbizm bilan bog‘liq munosabatlarga nisbata ishlatiladi. 


13 
Vertikal korrupsiya – bu atama ikki ma’noda ishlatiladi. Birinchidan,
yuridik va jismoniy shaxslardan olingan noqonuniy mukofotning bir qismini 
yuqori darajadagi mansabdor shaxslarga o‘z xavfsizligini ta’minlash va korrupsiya 
faoliyatini davom ettirish uchun berib borishdir. Ikkinchidan, davlat organida 
korrupsiyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi har ikki tomon ham bir sohaga mansub 
bo‘lib, quyi davlat organining mansabdor shaxsi porani o‘z boshlig‘iga berib 
boradi, boshliq esa quyi organ rahbarini korrupsiya faoliyatini himoyalaydi yoki 
unga qo‘shimcha moliyaviy, moddiy va boshqa resurslar, vakolat va boshqa 
imkoniyatlar berilishini ta’minlaydi. Bu korrupsiyaning eng xavfli turi bo‘lib, 
ushbu turdagi korrupsiya, odatda, yuqori va quyi korrupsiya o‘rtasida ko‘prik 
vazifasini bajaradi. Natijada korrupsiyaning uyushgan shakllari va korrupsiya 
tarmoqlarini shakllanishiga sabab bo‘ladi. 
Gorizontal korrupsiya – turli idoralarning bir xil darajadagi rasmiy bir-
birlari bilan o‘zaro va xizmat bo‘yicha bog‘liq bo‘lmagan mansabdor
shaxslari o‘rtasidagi korrupsiyaviy munosabatlar. 
Jerrimenderin – (inglizcha-«Gerrymandering», saylov firibgarligi ma’nosini 
anglatadi) saylov kampaniyasi ishtirokchilari tomonidan saylovchilarni shaxsiy
yoki guruh manfaatlariga yo‘naltirish maqsadida amalga oshiriladigan
noqonuniy harakatlarning bir turi, ya’ni saylov korrupsiyasi hisoblanadi. Bir 
guruh olimlar saylov korrupsiyasini korrupsiyani ichiga kiritishmaydi. Bu 
jarayonda korrupsiya bilan bog‘liq boshqa bir jarayon yuzaga kelishiga ishora 
qilgan holda shunday mulohazani ilgari suradilar. 
Korrupsiyachi – (korrumpator) – alohida «nozik qobiliyat»ga ega bo‘lgan 
davlat xodimlari va boshqa shaxslarga noqonuniy mablag‘ yoki mulk (huquq) 
beruvchi shaxsga nisbatan ishlatiladi. 
Korrupsiyalashish – mamlakatdagi davlat xizmatchilari, deputatlar,
jamoat tashkilotlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va huquqni muhofaza
qiluvchi organlar xodimlarining ayrim jismoniy, yuridik shaxslar, jinoiy 
guruhlar, jamoalar manfaatlari uchun ikki tomonlama kelishuv asosida


14 
noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanishni shakllantirish bilan bog‘liq axloqiy va 
huquqiy buzilish jarayoniga nisbatan ishlatiladi. Korrupsiyalashish jarayonining 
shakllanishi jamiyatning barcha tarmoqlarida korrupsiyaviy munosabatlarning 
yuzaga kelib bo‘lgani, uni nazoratga olish mexanizmlarini ishlamayotgani va 
axloqiy madaniy inqirozni shakllanishini anglatadi.
Korrupsioner atamasi davlat yoki jamoat xodimi, o‘zini o‘zi boshqarish
organlari yoki boshqa tashkilotda boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi 
shaxsning shaxsiy, tor guruh yoki korporativ maqsadlarga erishish uchun ma’lum 
bir haq evaziga vakolatlari, xizmatlari, aloqalari yoki lavozimidan foydalanadigan 
xususiy yoki yuridik shaxsga nisbatan ishlatiladi.
Korruptolog – korrupsiya munosabatlarini o‘rganish asosida korrupsiyaning
kelib chiqish sabablari, korrupsiyani keltirib chiqarayotgan omillar,
ishtirokchilar shaxsiyatining o‘ziga xos xususiyatlari, jismoniy va yoki yuridik 
shaxslarning xarakterlari, xususiyatlarini tadqiq etish, jinoyatlarni hisobga olish, 
tasniflashni turli xil usullar bilan ilmiy jihatdan o‘rganib, korrupsiyaga qarshi
kurash choralarini tavsiya etish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis sifatida 
tariflanadi. 
Korrupsioner – keng ma’noda hokimiyat va xizmat vakolatini shuningdek, 
jamiyat va davlatning o‘ziga bo‘lgan ishonchini shaxsiy yoki korporativ manfaatlar 
uchun suiiste’mol qilgan shaxsdir. 
Korrupsiyaviy boshqaruv – muayyan jismoniy yoki yuridik shaxs
manfaati uchun ijtimoiy boshqaruv guruhlar tomonidan davlat organlari, 
mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga ma’lum bir qarorni qabul qilish 
jarayonida norasmiy ravishda bosim o‘tkazishi. 
Korrupsiya mimikriyasi – korrupsiyaga oid xatti-harakatlari va xulq
atvorni qonuniy, foydali xatti-harakatlarga o‘xshatib yuzaga chiqarish 
qobiliyatidir. 


15 
Korrupsiyaga qarshi kurash siyosati tamoyillari – bu milliy, xalqaro, 
idoraviy yoki mintaqaviy korrupsiyaga qarshi kurash siyosati qandayligi yoki
qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi asosiy g‘oyalardir.
Mutaxassislar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash siyosati bo‘yicha 
quyidagi tamoyillar tavsiya qilinadi:
a) korrupsiyaga qarshi kurash siyosatini ishlab chiqish, amalga oshirish va 
nazorat qilish funksiyalarini birlashtirishga yo‘l qo‘yilmaslik;
b) korrupsiyaga qarshi kurash siyosatni amalga oshirish uchun byudjetdan 
maqsadli mablag‘lar ajratilishi;
v) korrupsiya huquqbuzarliklari uchun huquqiy javobgarlik tartibini
cheklaydigan, imtiyoz beradigan yoki murakkablashtiradigan dahlsizlik huquqi
saqlab qolinishiga yo‘l qo‘ymaslik. 
Korrupsiya viktimligi – jismoniy yoki yuridik shaxsning moyilligi yoki 
qobiliyati tufayli muayyan xususiyatlar (sifatlar, fazilatlar yoki kamchiliklar) ta’-
sirida korrupsiya harakati (jinoyati yoki huqubuzarligi)ning bevosita yoki bilvosita 
qurboni bo‘lishi. 
Karusel – saylov korrupsiyasi shakllaridan biri bo‘lib, davlat hokimiyati
va boshqaruv organlariga saylovlarda saylovchilarni pora berish evaziga
o‘ziga og‘dirish shaklida namoyon bo‘ladi. Ushbu noqonuniy «saylov 
texnologiyasi»da saylov uchastkasi atrofida saylov byulletenlarini yig‘ish «punkt»i 
tashkil etiladi va saylovchi ma’lum bir «haq» yoki «to‘lov» evaziga
«punkt»dan saylov byulletenini olib, saylov uchastkasidan o‘ziga berilgan
byulletenga almashtiradi va o‘z byuletenini «punkt»ga olib kelib beradi va
uning evaziga aroq yoki pul oladi. Bu yerda byulleten tashkilotchilar tomonidan 
kerak yo‘sinda to‘ldiriladi. 
Lobbizm – siyosiy ma’no va huquqiy asosga ega bo‘lgan, odamlarning 
yuqori malakali faoliyati. Bu faoliyat siyosiy demokratik tizimning integral 
elementi bo‘lib xizmat qiladi. Korrupsiyani lobbizmdan farqlay olish lozim.
Lobbizmda mansabdor shaxs ham o‘z xizmat vakolatlaridan belgilangan guruh
manfaatlaridagi harakatlar evaziga lavozim pillapoyasi bo‘ylab harakatlanish


16 
yoki tayinlanish imkoniyatini oshirish uchun foydalanadi. Asosiy farq 
shundaki, lobbizm uchta shartga javob beradi
17
. Birinchisi, mansabdor shaxsga
ta’sir etish jarayoni raqobatli xarakterga ega bo‘lib, barcha qatnashchilarga 
ma’lum bo‘lgan qoidalarga rioya qiladi; Ikkinchisi, sir tutilgan yoki qo‘shimcha 
(ikkinchi darajali) to‘lovlar mavjud emas. Uchinchisi, mijozlar va agentlar bir-
biridan shu ma’noda mustaqilki, hech qanday guruh boshqa guruh ishlab topgan 
foydadan ulush olmaydi. 
Maishiy korrupsiya – fuqarolarga davlat va uning organlari, muassasalari 
yoki davlat nomidan ish yuritadigan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 
tibbiy, ma’rifiy va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda namoyon bo‘ladigan 
korrupsiya holati. 
Manfaatlar to‘qnashuvi – shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik
shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’-sir 
ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy 
manfaatdorlik bilan fuqarolar, tashkilotlar, jamiyat yoki davlatning huquqlari va
qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga 
kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat. 
Mahalliychilik – davlat manfaatlaridan ko‘ra o‘zi tug‘ilgan (o‘sgan)
hududning manfaatlarini qo‘llab-quvvatlashga moyillik qilish. 
Nepotizm – zamonaviy jamiyatda qarindoshlik yoki boshqa belgilariga
ko‘ra muayyan mansabdor shaxsga nisbatan yuqori rahbar tomonidan ustunlik 
berish sifatida ko‘riladigan korrupsiya shaklidir. Nepotizm – bu jamiyatdagi
korrupsiyaning eng xavfli va yashirin shakllaridan biri. Uning ishtirokchilari
o‘rtasidagi munosabatlar ishonchli «o‘zaro javobgarlikni» ta’minlaydigan va
korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bilan shug‘ullanuvchi maxsus qarindoshlar
yoki ichki yaqinlik asosida quriladi. Begona odamlar «oila a’zolari» uchun «oila» 
farovonligini shakllantirish va ta’minlashda vosita yoki vositalar rolini o‘ynaydi. 
Professor B.Omonovning fikricha, «korrupsiya keng qamrovli tushuncha 
bo‘lib, u jamiyatning ayrim qatlamlari, toifalari, guruhlari kundalik faoliyatiga 
17
Jain A. K. Corruption: a review // Journal of Economic Surveys. — 2001. — Vol 15, No. 1. — P. 71. 


17 
aylanib, o‘zaro bir-biriga bog‘lanib, chirmashib ketganligidan ko‘z yumib 
bo‘lmaydi. «Nozik», «chigalroq» ushbu masalada davlatning huquq-tartibot 
idoralari birmuncha hushyor, ziyrak bo‘lishi, shuningdek, nodavlat tashkilotlari, 
turli komissiyalar, jurnalistlar, mustaqil sudlar tizimi faolroq ishlashi haqida 
tadqiqotchilar anchadan beri yozib keladi. Siyosatchilar, sotsiologlar, psixologlar, 
tarixchilar, davlat hamda jamoat organlari, siyosiy partiyalar, eng muhimi
amaliyotchilar masalani tahlil etish va yechimini topish ustida bosh qotirishi 
lozim»
18
. Boshqa bir tadqiqotchi, professor K.R.Abdurasulovaning fikriga ko‘ra, 
«korrupsiya (lotin tilidan olingan bo‘lib, «corruptio» – «og‘dirib olish», «buzilish»
«degradatsiya qilish» ma’nolarini anglatadi) – bu mas’ul mansabdor shaxslari 
hamda muayyan vakolatlar va vazifalar yuklatilgan mas’ul shaxslar tomonidan 
o‘zining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlagan holda (aksariyat hollarda moddiy 
shaklda) mansab vakolatini suiist’emol qilish jinoyati tushuniladi»
19
. Demak, 
mazkur tushuncha vakolatlarni suiist’emol qilish asosida yuzaga kelishi 
oydinlashadi.
Rossiyalik olim A.V.Kurakinning fikricha, «korrupsiya davlat xizmati 
tizimidagi hodisa sifatida davlat xizmatchilari yoki ularning vositachilari 
yordamida mulkiy boylik orttirishga qaratilgan, o‘z mavqeidan qonunga hilof 
ravishda foydalanish, davlat xizmatchilarini, jismoniy va yuridik shaxslarni sotib 
olish kabi turli huquqqa zid harakatlarni o‘z ichiga oladi»
20
. «Korrupsiya keng 
ma’noda mansabdor shaxslarning shaxsiy va guruhiy manfaatlari yo‘lida o‘z 
mansab vakolatlari va mavqelarini suiiste’mol qilishi bilan ifodalangan 
qilmishdir»
21
. Tadqiqotchi olim K.Tojiboevning fikriga ko‘ra, «korrupsiya 
jinoyatchiligi natijasida davlatning iqtisodiy negiziga mansabdorlik jinoyatlarining 
kiritilishi bu jinoyatlarning davlat boshqaruvining imkoniyatlaridan foydalanish, 
18
Korrupsiya-va-milliy-taraqqiyot-muammo-va-yechim // https://xs.uz/uzkr/post.  
19
Abdurasulova K.R. Ponyatie korrupsii i aktualnыe voprosы borbы s ney. Korrupsiyaga qarshi kurash 
muammolari: milliy va xalqaro tajriba. Xalqaro ilmiy-amaliy seminar materiallari 2009 yil 20-21 oktabr. –
Toshkent.: «CHASHMA PRINT», 2010. 39 b. 
20
Kurakin A.V. Administrativno-pravovыe sredstva preduprejdeniya i presecheniya korrupsii v sisteme 
gosudarstvennoy slujbi Rossiyskoy Federatsii. Avtoreferat. Dissertatsii na soiskanie uchenoy stepeni doktora 
yuridicheskix nauk. – Lyubersi: 2008. 9 s.
21
Meliyev X. Korrupsiyaga qarshi kurash muammolari: milliy va xalqaro tajriba. Xalqaro ilmiy-amaliy seminar 
materiallari 2009 yil 20-21 oktabr. –T.: «CHASHMAPRINT», 2010. –139 s. 


18 
uni o‘z manfaatlariga bo‘ysindirilgan holda tashkil etilishi asosida vujudga 
keladi»
22
. Boshqa bir olim K.Y.Igoshev esa «mansabdorlik jinoyatlarining kelib 
chiqishining asosiy sabablariga barham berish jinoyat siyosati doirasidan ancha 
chetga chiqadi, u bunday murakkab jarayonda faqat yordamchi vazifasinigina 
bajara oladi deb xisoblaydi»
23
. Shuningdek, tadqiqotchi M.Sh.Usmanov 
ta’kidlashicha, «bugungi kunda korrupsiyaning iqtisodiy ildizlarini bartaraf qilish 
uchun muntazam ravshida iqtisodiy islohotlar olib borilmoqda va davlat 
boshqaruvini takomillashtirish dasturi hayotga tatbiq etilmokda. Ammo hali 
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, yechimini kutayotgan muammolar ham 
ko‘p»
24
. Shunday ekan, korrupsiya xavfsizligini shakllantirishda uning ijtimoiy, 
iqtisodiy va siyosiy asoslarini aniqlashtirib olish ham muhim ahamiyat kasb etadi.  
Korrupsiya xavfsizligini shakllantirishda «mansabdorlik jinoyatlarini 
o‘rgangan olimlar bu jinoyatlarni davlat apparatining o‘zidan kelib chiquvchi va 
uning o‘ziga jiddiy zarar tug‘diruvchi ekanligini aytib, uni atroflicha o‘rganishni, 
keyingi tarqalishi va ko‘payishini oldini olish choralarini ishlab chiqish kerakligini 
ta’kidlaydilar. Lekin bunday fikrlarni ham ko‘p uchratib bo‘lmaydi»
25
. Aksariyat
hollarda, «mansabdorlik jinoyatlari o‘tmishdan qolgan degan fikrlarni qaytarib, uni 
bartaraf etish mumkin emas degan fikrlarni aytadilar»
26
. Bunday ta’kidlashlar 
aksariyat hollarda «kuchli va mustahkam davlat hokimyatini o‘rnatish va bunday 
davlat hokimiyati qisqa vaqt ichida davlat apparati tizimida tartib o‘rnata oladi, 
mansabdorlik yoki korrupsiya jinoyatlariga barham beradi, deb uqtiradilar»
27

Mana shunday fikrlash tarzi ham korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligini 
kamaytiradi.
22
Tojiboyev K. Mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zgalar mulkini talon–taroj qilganlik uchun 
javobgarlik. – T.: TDYI. 2004. 13 b. 
23
Igoshev K.Y. Metodologiya i metodika prognozirovaniya v sfere borbы s prestupnostyu. – Moskva.: 1989.
29–30 s. 
24
Usmonov M.Sh. Xalqaro huquq normalari va milliy qonunchilikda korrupsiyaga qarshi kurash masalalari. 
Korrupsiyaga qarshi kurash muammolari: milliy va xalqaro tajriba. Xalqaro ilmiy-amaliy seminar materiallari 2009. 
20-21 oktabr. –T.: «CHASHMA PRINT», 2010. 79-80 b. 
25
Galperin I. Organizovannaya prstupnost, korrupsiya i ugolovnыy zakon. // J.Zakonnost.1989.№4. 34–37 s; Karpes 
I.I. Prestupnost: illyuziya i. – M.:1992. 410 s.; Kirpichnikov A.I. Vzyatka i korrupsiya vaRosii. –M.,1997.350 s; 
Baybolov K., Sidikova L., Sidikova A. Korrupsiya. Vzyatochnichestvo. Otvestvennost (voprosi teorii i praktiki). –
Bishkek:KRSU,1999.120 s.
26
Sarkisova E.A. Obshestvennoe mnenie v borbe s prestupnostyu. –Minsk,1975.80 s.; Zaingraev G.G.Borba s 
alkogolizmom. – Moskva.: Nauka.: 1986. 76 s. 
27
Kabanov P.A. Korrupsiya i vzyatochnichestvo s Rossii. – Moskva.: Nauka 1995. 76 s. 


19 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasiga binoan «Davlat 
xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va 
mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar»
28
, deyiladi. Asosiy 
qonunning bunday talablari davlat hokimyati, davlat xizmati va mahalliy o‘zini-
o‘zi boshqarish organlarining faoliyat mexanizmlarida yoki ularning sohalarida 
mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshiradi, davlat apparatining fuqarolar 
oldidagi majburiyatlarini belgilab beradi. Davlat apparati tizimida mansab 
suiiste’molchiligi, poraxo‘rlik, uyushgan yoki korrupsiyaviy jinoyatchilikning 
ijtimoiy xavfliligi aynan shu tizim buzilishiga yoki zararlanishiga sabab bo‘ladi. 
Davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiya tizimiga putur yetkazadi. Korrupsiya 
jinoyatchiligini mansabdor jinoyatlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Mansabni 
suiiste’mol qilish orqali mulkni talon-taloj qilish yoki poraxo‘rlik jinoyatlari 
korrupsiya jinoyatchiligining eng xavfli ko‘rinishlari bo‘lib hisoblanadi.
«Hozirgi vaqtda korrupsiya davlat, jamiyat va shaxs xavfsizligiga real tahdid 
solmoqda. Shuning uchun ham, ishonch bilan aytish kerakki, agar ushbu 
korrupsiya jinoyatiga qarshi rejali va tizimli kurash olib borilmasa, davlatning 
inqiroziga olib keladi»
29
. Ko‘pchilik huquqshunos olimlar korrupsiyaning kelib 
chiqish sabablari haqida turlicha fikrlarni bildirishgan. 
Tadqiqotchi olim M.Sh.Usmonov korrupsiyaning oldini olish va yo‘q qilish 
uchun uni yuzaga keltiruvchi omillarni aniqlash – unga qarshi kurashdagi muhim 
vazifa bo‘lishini aytadi. Korrupsiya va korrupsiyaviy munosabatlarni yuzaga 
keltiruvchi omillarni quyidagicha tasniflaydi: 
1. Iqtisodiy omillar. «Tarixan korrupsiya iqtisodiy hodisadir va tovar-pul 
munosabatlari bor joyda mavjud bo‘lib kelgan. Ayniqsa, ijtimoiy va iqtisodiy 
hayotni bevosita ma’muriy yo‘l bilan boshqarishga intilgan hokimiyat va 
byurokratiyaning mavqei baland bo‘lgan davlat sharoitida u rivoj topadi. Iqtisodiy 
faoliyatga nisbatan o‘rnatilgan turli xildagi cheklashlar, amaldorlarning keng, 
nazoratdan holi, cheklanmagan yo ruxsat berish, yo taqiqlash vakolati 
28
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: O‘zbekiston, 2018.4 b. 
29
Kurakin A.V. Administrativno-pravovыe sredstva preduprejdeniya i presecheniya korrupsii v sisteme 
gosudarstvennoy slujbi Rossiyskoy Federatsii. Avtoreferat. Dissertatsii na soiskanie uchenoy stepeni doktora 
yuridicheskix nauk. – Lyubersi: 2008. 17 s. 


20 
poraxo‘rlikka zamin yaratadi. Shu bilan bog‘liq holda, yirik mablag‘larga ega 
bo‘lgan ayrim ishbilarmonlar o‘z daromadlarini ko‘paytirish maqsadida va 
raqobatda alohida imtiyozlarga ega bo‘lish uchun hukumat amaldorlarini pora 
evaziga sotib olib, ularni o‘z ixtiyorlariga bo‘ysundirishga intiladilar»
30
. Iqtisodiy 
munosabatlardagi 
cheklovlar 
va 
erkinlikning 
yo‘qligi 
korrupsiyaviy 
munosabatlarga yo‘l ochadi. Shuning uchun ham korrupsiyaga qarshi kurashda 
ijtimoiy sohani liberallashtirish, uni raqamlashtirish va inson omilini cheklash 
orqali iqtisodiy munosabatlarni yaratish mexanizmlarini takomillashtirish talab 
etiladi.  
2. Huquqiy omillar. «Korrupsiyaning rivoji qonunlarning sifatiga 
bog‘liqdir. Nomukammal qonun ishlamaydi va poraxo‘rlar bundan ustalik bilan 
foydalanadilar»
31
. Demak, qonunlarning mukammalligi va puxtaligi, ularning 
qat’iy bajarilishini nazorat qilish instituti faoliyatini takomillashtirmasdan turib 
jamiyatda korrupsiya xavfsizligini shakllantirish mumkin emas.  
3. Institutsional omillar. Bu sabablar jumlasiga, avvalo, «davlat boshqaruvi 
tizimidagi nuqsonlar, demokratik institutlarning kuchsizligi, shuning natijasida, 
xukumat faoliyatining yopiqligi, fuqarolik nazoratidan holiligi yoki boshqa so‘z 
bilan aytganda, notransparentligi kiradi»
32
. Shunday ekan, davlat organlari faoliyati 
qonuniyligi va kuchli faoliyat mexanizmlarini yaratish dolzarblik kasb etadi. 
4. Ijtimoiy omillar yoki jamiyatdagi muhit. Bunga aholining «huquqiy 
bilimi va madaniyat darajasi, ma’naviyati, uyushqoqligi va jamoat faolligi kabi 
omillar sabab bo‘ladi»
33
. Shu bois, jamiyatda korrupsiya xavfsizligini 
shakllantirish uchun aholining huquqiy ongi va madaniyatini o‘stirish, ularda 
jamoatchilik nazorati mas’uliyatini shakllantirish dolzarb vazifalardan biridir. 
Korrupsiyaga qarshi kurash jarayonining boshlanishi insoniyat tarixining 
eng olis nuqtalariga borib taqaladi. Eng qadimgi davlatlarda ham korrupsiyaviy 
30
Usmonov M.Sh. Xalqaro huquq normalari va milliy qonunchilikda korrupsiyaga qarshi kurash masalalari. 
Korrupsiyaga qarshi kurash muammolari: milliy va xalqaro tajriba. Xalqaro ilmiy-amaliy seminar materiallari 2009. 
20-21 oktabr. –T.: «CHASHMA PRINT», 2010. –76-77 b. 
31
O‘sha asar. –76-77 b. 
32
Usmonov M.Sh. Xalqaro huquq normalari va milliy qonunchilikda korrupsiyaga qarshi kurash masalalari. 
Korrupsiyaga qarshi kurash muammolari: milliy va xalqaro tajriba. Xalqaro ilmiy-amaliy seminar materiallari 2009. 
20-21 oktabr. –T.: «CHASHMA PRINT», 2010. –76-77 b. 
33
O‘sha manbaa. – 76-77 b. 


21 
munosabatlarni oldini olish va bu munosabatga kirishganlarni jazoga tortishning 
turli yo‘llari qo‘llangan. Shu bilan birga tarixiy taraqqiyotda turli millat va 
elatlarning, davlat va ittifoqlarning korrupsiyaviy munosabatlarga, amaldorlarning 
ta’magirligi bilan bog‘liq jarayonlarga qarshi kurashish turli yo‘llari, jazolash 
mexanizmlarini qo‘llaganligi bilan diqqatga sazovordir. Misol uchun, «Qadimgi 
Bobilda amaldor va sudyalar, shuningdek, podsho xizmatkorlari hisoblanadigan 
ibodatxona ruhoniylarining tovlamachilik yo‘li bilan g‘ayriqonuniy mukofot 
olishlarining oldini olish choralari ko‘rilgan. Podshoh Hammurapi qonunlariga 
ko‘ra, «agar sudya ishni ko‘rib chiqib, qaror qabul qilgan va hujjatni muhrlagan 
bo‘lsa-yu, so‘ngra qarorini o‘zgartirsa, unda bu sudya fosh etilishi kerak va u ish 
bo‘yicha da’vo summasini o‘n ikki baravar miqdorda to‘lashi kerak» bo‘lgan. 
Bundan tashqari, u lavozimidan chetlatilib, unga kelajakda sudya lavozimini 
egallash taqiqlangan»
34
. Bundan ko‘rinadiki, korrupsiyaviy munosabatlarni oldini 
olish, amaldorlarning ta’magirligiga qarshi kuchli jazolash choralarini ko‘rish 
orqali jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlik, korrupsiyaning ijtimoiy taraqqiyotga 
ko‘rsatadigan 
ta’sirlariga 
qarshi 
kurash 
yo‘llari 
yaratilgan. 
Demak, 
davlatchilikning ilk davrlaridanoq, korrupsiyaga qarshi kurash va davlat 
amaldorlarining halolligini shakllantirish ustuvor vazifalar va hukumdorlarning 
alohida e’tiboridagi masala bo‘lgan. 
Shuningdek, tarixiy taraqqiyotda diniy ta’limotlarda ham korrupsiyaga 
qarshi keskin munosabatlar bildirilgan. Jumladan, zardushtiylikda ham ta’magirlik 
va korrupsiyaviy munosabatlarga qarshi keskin munosabatlar bildirilgan va 
insonlarni halol bo‘lishlari va bu orqali erishishlari mumkin bo‘lgan fazilatlarga 
alohida e’tibor qaratiladi. Zero, «olis o‘tmishda mintaqamizda dunyoga kelgan 
zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestoda «haqqoniy hukm chiqarish, pora 
olmaslik, to‘g‘ri guvohlik berish va to‘g‘ri gapirish» ijobiy xislatlar sifatida 
ulug‘langan bo‘lsa, aksincha, «ko‘rib turib adolatsizlik, nohaqlik» qilgan 
amaldorlarning «aytgan va qilgan yomon fikr, yomon kalom va yomon amallari» 
34
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. –T.: O‘zbekiston. 2022. – 417 b 


22 
qattiq qoralangan»
35
. Shu bilan birga zardushtiylik ta’limoti g‘oyalariga ko‘ra, 
halolikdan uzoqlashgan insonlar jamiyatdan ajratib qo‘yilgan va ular ijtimoiy 
munosabatlarda yolg‘izlantirish orqali jamoatchilik nazorti o‘rganilishining 
muhimligi alohida ta’kidlangan.
Muqaddas dinimiz bo‘lgan islom aqidalarida ham ta’magirlik, turli 
korrupsiyaviy munosabatlarga kirishish qattiq qoralangan. Har bir inosn halolu-
pok tarzda yashashlari, boshqalarning mulkini o‘zlashtirmasliklari, tovlamachilik 
va firibgarlik qilmaligi shart qilib qo‘yilgan. Jumladan, «Qur’oni karimda: «Bir-
birlaringizning mollaringizni botil yo‘l bilan yemang. Bilib turib odamlarning 
mollaridan bir qismini yeyishingiz uchun uni hokimlarga gunohkorona 
tashlamang», deb uqtirilgani albatta bejiz emas. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamdan rivoyat qilingan: «Alloh pora berganni ham, pora olganni ham 
la’natlagandir»; «Boshliqlarning hadya va sovg‘alar olishlari haromdir»; «Biz biror 
ishga boshliq qilib tayinlagan odam unga belgilangan maoshdan ortiq mol topsa, 
bu uning uchun haromdir», kabi hadislarni ajdodlarimiz o‘z hayoti va faoliyatida 
dasturilamal deb bilganlar»
36
. Demak, dinimizda ham pora berish va olish 
la’natlanganligi va bunday illatlarga aloqadorlik gunoh amal ekanligi turli 
shakllarda qayd etilgan. Shu bilan birga, islom dinida bir insonning boshqa bir 
insonning molini olib qo‘ishi, uni norozi qilgan holda o‘zlashtirib olishi, biror bir 
ishga mas’ul qilingan insonning halolu-pok bo‘lib ishlashi, ishni tashkil etishi, 
belgilangan miqdordan ortiqcha xizmat haqi olishi harom ekanligi belgilab 
qo‘yilgan.
Islom ta’limotlaridan uzoqlashish oqibatida, korrupsiya deb atalgan og‘ir 
kasallik bilan juda ko‘p musulmon mamlakatlari ham xastalanib qolgan. Quyida
keltirilgan hadislar Islom korrupsiyaga qarshi ekanini hamda har bir
musulmon va butun ummat bu illatni fosh qilishi va jamiyatni undan 
tozalashni o‘ylab ko‘rishi kerak. Misol uchun: Nu’mon ibn Bashir roziyallohu 
anhudan rivoyat qilinadi: «Alloh qo‘ygan chegaralarga rioya qilib turgan kishi
35
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. –T.: O‘zbekiston. 2022. – 418 b. 
36
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. –T.: O‘zbekiston. 2022. – 418 b 


23 
bilan, ularga rioya qilmayotgan kimsaning misoli, xuddi bir kemaga mingan, 
o‘rtalarida qur’a tashlab bir qismi kemaning yuqori qismiga, boshqa bir qismi
esa quyi qismiga joylashgan odamlar kabidir. Kemaning quyi qismiga 
joylashganlar 

suvga 
muhtoj 
bo‘lsalar, kemaning yuqori qismida 
joylashganlarning oldilaridan o‘tishardi. Shunda pastdagilar: biz oladigan
suvimizni shu yerdan teshib olaversak va tepadagilarga ozor bermasak? - deb
maslahat qilishdi. Agar yuqoridagilar bularni o‘z xohishlariga tashlab
qo‘ysalar barchalari (g‘arq bo‘lib) halok bo‘lishadi, ammo ularning qo‘llaridan
tutsalar hammalari (g‘arq bo‘lishdan) najot topishadi». Boshqa bir hadisda 
keltirilishicha, «Abu Humayd as-So’diy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Payg‘ambar alayhissalom A’ddan ibn Lutayba degan odamni sadaqaga ishga 
qo‘ydilar. U qaytib kelganida: «Bu narsa sizlarga. Bu narsa menga hadya qilindi», 
dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rinlaridan turib, Allohga 
hamdu sano aytdilar va so‘ngra: «Ammo ba’d. Men sizlardan bir kishini 
Alloh menga topshirgan ishda bir ishga qo‘yaman. U esa kelib: «Bu narsa 
sizlarga. Bu narsa menga hadya qilindi», deydi. Ota-onasining uyida o‘tirib 
ko‘rsin-chi, unga hadya kelarmikin?! Ko‘ramiz, gapi to‘g‘rimikan! Allohga 
qasamki, Sizdan kimki, biror narsani nohaqdan olsa, albatta, qiyomat kuni uni
ko‘targan holida keladi. Zinhor birortangizni Allohga muloqot bo‘lganingizda 
pishqirib turgan tuyami, bo‘kirib turgan sigirmi yoki ma’rab turgan qo‘yni-mi
yelkasida ko‘tarib yurganini bilmayman», dedilar-da, qo‘llarini qo‘ltiqlarini oqi
ko‘ringuncha baland ko‘tarib: «Ey bor Xudoyo! Yetkazdimmi?!» dedilar». 
Yana boshqa bir hadisda «Adiy ibn Umayra roziyallohu anhudan rivoyat
qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kimni bir ishga qo‘ysagu u 
bizdan bitta ignani yoki undan ko‘proq narsani berkitsa ham xiyonat qilgan
bo‘ladi», deganlarini eshitdim. Shunda ansoriylardan bir qora kishi turib 
oldilariga bordi-da: «Ey Allohning Rasuli, mendan ishingizni qabul qilib 
oling. Men sizning bundoq-bundoq deganingizni eshitdim», dedi. «Men hozir yana 
aytaman. Sizdan kimni bir ishga qo‘ysak ozini ham, ko‘pini ham olib kelsin.


24 
Unga nima berilsa, oladi. Nima berilmasa, olmaydi», dedilar»- sifatida 
korrupsiyaga munosabat bildiriladi.
Tarixdan ma’lumki, jamiyatlar o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini 
ta’minlashda korrupsiyaga qarshi kurash eng ustuvor vazifa sifatida ko‘rilgan. 
Chunki, barcha islohotlar bu illat orqali o‘zining samarasini yo‘qotgan. Ijtimoiy 
munosabatlardagi korrupsiyaviy aloqalar olib borilayotgan islohotlar, xalq 
manfaati uchun chiqazilan qonunlarning to‘g‘ri ishlashiga to‘sqinlik qilib kelgan. 
Asrlar davomida to‘plangan tajribaga ko‘ra, korrupsiyaviy munosabatlarni bartaraf 
etmasdan, poraxorlik va tovlamachilik bilan bog‘liq voqelikni nazoratga olmasdan 
turib va qat’iy qonunlar ishlaydigan va xalq manfaatlari qadrlanadigan jamiyatni 
yaratmasdan turib iqtisodiy-ijtimoiy farovonlikni ta’minlash, fuqarolik jamiyatini 
qurish imkonsizdir. Zero, «har qanday jamiyat alohida insonlardan tashkil topadi. 
Adolatli va yetuk, komil jamiyatni faqatgina komil insonlarni tarbiyalash orqali 
qurish mumkin. Insoniyat, jumladan, bizning buyuk ajdodlarimiz ham, qadim 
zamonlardan beri poraxo‘rlik va korrupsiyadan holi davlat va jamiyat qurish orzusi 
bilan yashab kelganlar»
37
. Shunday ekan, jamiyatda korrupsiyaviy xavfsizlikni 
shakllantirishning eng samarali yo‘li, ma’rifatli, adolatli, iynomu-diyonatli 
insonlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratish va komil insonnni tarbiyalashdir.
Xulosa qilib aytganda, o‘tgan salkam olti yil ichida O‘zbekistonda 
korrupsiyaga qarshi kurashning zamonaviy huquqiy asoslari ishlab chiqildi, ular 
amaliyotda qo‘llana boshlandi. Muhimi, aholining Prezident va Xalq qabulxonalari 
vositasida yuz berayotgan korrupsiyaviy jinoyatlarni davlat hokimiyati organlariga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish imkoniyati yaratildi. Korrupsiyaga barham berish 
uchun maxsus davlat hokimiyati organlari tuzilmalari shakllandi, ularning xalq 
oldidagi mas’ulligi oshirildi. Qisqa davr ichida korrupsiyaviy jinoyatlar ancha 
kamaydi. Mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashning fuqarolik jamiyatiga xos 
bo‘lgan shakllari va taribotlari shakllantirildi, bu sohadagi muhim vazifa sifatida 
aholi huquqiy madaniyatini rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. 
37
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. –T.: O‘zbekiston. 2022. – 418 b. 


25 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling