Soxibov salohiddin anvar o‘G‘li jamiyatda korrupsiyadan xavfsizlik: ijtimoiy-falsafiy tahlil (Monografiya)


III BOB. JAMIYATDA KORRUPSIYA XAVFSIZLIGINI


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/19
Sana12.10.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1700175
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
III BOB. JAMIYATDA KORRUPSIYA XAVFSIZLIGINI 
SHAKLLANTIRISHDA DAVLAT SIYOSATINING ISTIQBOLDAGI 
VAZIFALARI 
3.1-§. Korrupsiyaga qarshi kurashga doir davlat siyosati va strategiyasining 
ijtimoiy-falsafiy jihatlari 
O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida ijtimoiy barqarorlikni 
shakllantirish uchun korrupsiyaviy xavfsizlikni yaratish, bu illatga qarshi 
kurashishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish, davlat siyosatida bu illatga 
qarshi kurashning yo‘nalishlarini aniqlashtirib olish masalalari dolzarblik kasb 
etadi. Shu bois korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi yangi qonunchilikda davlat 
siyosatining usutuvor vazifalari sifatida quyidagilar keltirib o‘tilgan: «aholining 
huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga 
nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish; davlat va jamiyat hayotining 
barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga 
oshirish; korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek 
qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni 
bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun 
javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash»
84
. Mana shu ustuvor vazifalar 
asosida jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasizlikni qaror toptirish, korrupsiyaga 
qarshi qonunchilik va jazo choralarini qat’iylashtirish maqsad qilingan. Zero, 
«korrupsiya har qanday davlat va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy putur yetkazadi. 
Qolaversa, fuqarolarning ijtimoiy adolat, haqiqat hamda davlat organlariga bo‘lgan 
ishonchini yo‘qotadi. Shuning uchun ham yangi taraqqiyot bosqichida mazkur 
illatga qarshi kurashish, unga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish 
yo‘lida qat’iy ishlar olib borilmoqda»
85

84
O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni. 4 yanvar 2017 // 
http://parlament.gov.uz/uz/laws/adopted/253/19165 
85
Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllanmoqda. // https://old.xs.uz/index.php/homepage 
/ahamiyat/item/10421-zhamiyatda-korruptsiyaga-nisbatan-murosasiz-munosabat-shakllanmoqda. 


78 
«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi mutaxassislari 
tomonidan xalqning korrupsiyaga munosabati o‘rganilgan
86
. Unda ishtirok etgan 
ishtirokchilarning aksariyat qismi — 91,5 foizi korrupsiyaga qarshi kurashish 
sohasida huquqiy munosabatlarni kompleks tartibga solish, ushbu sohadagi chora-
tadbirlar samaradorligini oshirish, ushbu illatni ildizi bilan yo‘q qilish, jamiyatda 
korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni qaror toptirish kerakligini bildirgan.
So‘rovnomada ishtirok etgan respondentlarga qaysi sohada korrupsiya 
ko‘proqligi so‘ralganda, respondentlarning 37,6 foizi tomonidan sog‘liqni saqlash 
ko‘rsatib o‘tilgan. Undan keyin 31,4 % natija bilan ta’lim sohasi tanlangan. 
So‘rovda ishtirok etgan hamyurtlarimizning har to‘rtinchisi ayrim huquq-tartibot 
organlari korrupsiyalashgan, degan fikrni bildirgan.
Shu bilan birga, ishtirokchilarning 64,4 %i korrupsiyani huquqiy, 51%i 
iqtisodiy, 46,3 %i ijtimoiy, 45,8 %i axloqiy muammo sifatida baholagan. 
Ijtimoiy so‘rovnomada ishtirk etganlarning aksariyatining fikricha
«fuqarolik jamiyati keng miqyosda rivojlanmaganligi, jamoatchilik nazorati yaxshi 
yo‘lga qo‘yilmaganligi, huquqiy madaniyatning yetarli darajada emasligi kabi 
muammolar korrupsiyaning turli idoralar faoliyatida keng tarqalishiga sabab 
bo‘layapti. Mansabdor shaxslar vakolat doirasining kengligi, ularning fuqarolar 
farovonligi bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilishga ta’sir etish imkoniyati ham 
korrupsiyaning paydo bo‘lishi ehtimolini oshiradi»
87

Ishtirokchilar fikriga ko‘ra, o‘z moddiy ahvolini yaxshilab olish hamda 
boyish istagi mansabdor shaxslarni korrupsiyaga undaydi. Ayni paytda shaxsiy 
muammolarini hal qilish evaziga fuqarolarning o‘zlari beradigan moddiy mukofot 
yoki boshqa ko‘rinishdagi hadyalar ham korrupsiyaga yo‘l ochadi. Shu bois 
aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va korrupsiyaga qarshi axloq 
standartlarini yaratish juda muhim. 
Fuqarolarning fikricha, korrupsiyaga qarshi kurashish faqat huquq-tartibot 
organlarining emas, balki barchamiz uchun ham birinchi galdagi vazifadir. 
86
O‘sha joyda  
87
Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllanmoqda.// 
https://old.xs.uz/index.php/homepage 
/zhamiyat/item/10421-zhamiyatda-korruptsiyaga-nisbatan-murosasiz-munosabat-shakllanmoqda
.  


79 
Aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini 
kuchaytirish, jamoatchilikning korrupsiyaga qarshi murosasizlik kayfiyatini 
shakllantirish hamda ijro hokimiyati organlari faoliyatining yanada ochiq va 
shaffofligini ta’minlash uchun shart-sharoit yaratish, qolaversa, fuqarolik jamiyati 
institutlari tomonidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kabi sa’y-harakatlar 
ham korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining ajralmas qismi bo‘lishi kerak. 
Bugungi kunda ustuvor maqsadlar yo‘lidagi qilinishi lozim bo‘lgan eng 
muhim masalalardan biri korrupsiya illatini bartaraf etish hisoblanadi. Mazkur 
yo‘nalishdagi ishlarni tizimli va kompleks davom ettirish uchun 2021-2025 
yillarga mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasi qabul 
qilish maqsadga muvofiq. Bu haqida
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 
7-dekabrdagi Konstitutsiya kuni bilan bayram tabrikida O'zbekiston xalqiga 
konstitutsiyaviy normalarni amalga oshirish bo'yicha amalga oshirilgan islohotlar 
haqida so'z boradi. 
Rivojlangan davlatlar korrupsiyaga qarshi kurashishda strategik kompleks 
hujjatlarni qabul qilish va undagi vazifalarni tizimli tadbiq etish orqali sezilarli 
ijobiy natijaga erishmoqda. Masalan, Norvegiya 2004 yilda, Janubiy Afrika 
Respublikasi 2016 yilda, Buyuk Britaniya 2017 yilda, Italiya 2018 yilda, 
Malayziya 2019 yilda, MDH davlatlari orasida Rossiya Federatsiyasi 2008 yilda, 
Qozog‘iston 2015 yilda, Ukraina esa 2020 yilda korrupsiyaga qarshi kurashish 
strategiyasini ishlab chiqqan. 
Bundan tashqari, Gruziyaning korrupsiyaga qarshi kurashish milliy 
strategiyasi va harakatlar rejasi 2005 yilda tasdiqlanib, ushbu hujjatlar orqali 
korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan keskin chora-tadbirlar amalga oshirildi. 
Jumladan, korrupsiyaga murosasizlikni shakllantirish, biznes muhitni yaxshilash, 
xalqaro standartlarni implementatsiya qilish va jamoatchilik nazoratini 
kuchaytirish choralari ko‘rildi, korrupsiyaviy jinoyatlar uchun jazo tizimi 
og‘irlashtirildi. 


80 
Milliy strategiya qabul qilingandan keyin Gruziyaning xalqaro indekslardagi 
o‘rni keskin yuqoriladi. Masalan, «Transparency international»ning reytingida 
2005 yilda 23 ball bilan 130-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2008 yilga kelib, 39 ball 
bilan 69-o‘ringa chiqib oldi. 
Estoniya Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng dastlabki yillardan 
boshlab, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha turli xil dasturlarni ishlab chiqib, 
amalga oshirdi. Jumladan, Boltiqbo‘yi davlatlari korrupsiyaga qarshi kurashish 
dasturi (2004 yil), 2004-2007 yillar uchun «Adolatli davlat» korrupsiyaga qarshi 
kurashish milliy strategiyasi, 2008-2012 yillar va 2013-2020 yillar uchun 
korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyalari qabul qilingan. Mazkur 
dasturlar natijasida Estoniyaning bu boradagi xalqaro reytinglari doimiy yuqori 
darajada bo‘lib qolmoqda. 1998 yilda «Transparency international»dagi 
korrupsiyani qabul qilish indeksida 57 ball bo‘lgan bo‘lsa, 2009 yilda 66 ballgacha 
ko‘tarilgan. 
2009 yilda ro‘y bergan moliyaviy inqirozdan so‘ng, Gretsiya Respublikasi 
Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi 
kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni boshladi. 2010 yildan 
boshlab shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul 
qilindi. 2012 yilda Yevropa Komissiyasi bilan hamkorlikda Korrupsiyaga qarshi 
kurashishda yo‘l xaritasi ishlab chiqildi va 2013 yilda Milliy korrupsiyaga qarshi 
kurashish strategiyasi qabul qilindi. Milliy strategiyalar doimiy qabul qilinib 
kelinadi. Natijada, Gretsiya «Transparency international»dagi korrupsiyani qabul 
qilish indeksida 2011 yilda 35 ball bo‘lgan bo‘lsa, 2015 yilda 46 ballgacha 
ko‘tarilgan. 
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash strategiyasida belgilanishi lozim 
bo‘lgan yo‘nalishlar quyidagilardan iborat: Korrupsiyaga qarshi kurashish 
agentligi tomonidan ishlab chiqilayotgan strategiya loyihasida ham uzoq va yaqin 
muddatlarga mo‘ljallangan bir qator strategik masalalar, joriy holat tahlili, ijobiy 
tendensiyalar, muammolar, korrupsiyani keltirib chiqarayotgan asosiy omillar, 


81 
maqsad va uning indikatorlari o‘rin olishi lozim. Xususan, unda davlat xizmatida, 
shuningdek xususiy sektor hamda nodavlat notijorat tashkilotlarida korrupsiyaga 
qarshi kurashish, samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, sud va huquqni 
muhofaza qiluvchi organlarda korrupsiyaning oldini olish, ushbu sohada xalqaro 
hamkorlikni rivojlantirish kabi masalalar o‘rin olgan. 
Korrupsiyaga qarshi kurash strategiyada quyidagi asosiy yo‘nalishlar 
mavjud: 
1. Sud hokimiyati mustaqilligi va samaradorligini ta’minlash; 
2. Davlat xizmatchilari tomonidan mol-mulkni majburiy deklaratsiya qilish; 
3. Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga soluvchi qoidalarni ishlab chiqish; 
4. Davlat hokimiyati vakillari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarda inson 
omilini maksimal darajada kamaytirish; 
5. Davlat xizmatiga qabul qilishning ochiq va shaffof mexanizmlarini joriy 
etish, ishga qabul qilishning aniq standart va tartiblarini belgilash; 
6. Davlat xizmatchilari uchun yetarli ish haqi, ijtimoiy himoya bilan 
ta’minlash; 
7. Davlat boshqaruvida nomarkazlashtirish ishlarini jadallashtirish; 
8. Nazorat qiluvchi organlar uchun byudjet jarayonlarining shaffofligini 
oshirish; 
9. Soliq ma’murchiligining ochiqligini oshirish. 
O‘zbekistonda milliy taraqqiyotning yangi bosqichi Sh.M.Mirziyoyev nomi 
bilan bog‘liqdir. Xo‘sh, yangi bosqichning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan 
iborat? U nimasi bilan o‘tgan o‘n yilliklardan farq qiladi? Yangi bosqichning 
mavzuga, innovatsion tafakkurga nima daxli bor? Milliy taraqqiyot yangi 
bosqichining o‘ziga xos xususiyatlari oldingi davrdagi holatga nisbatan aniqlanishi 
mumkin. Sh.M.Mirziyoyev o‘tgan o‘n yilliklarni tanqidiy tahlil qilishni, shu 
asosda jamiyat hayotini yangilash konsepsiyasini taklif etdi. U ishlab chiqqan va 
jamiyatga taqdim etgan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» 
nafaqat besh, shuningdek, siyosiy fundamental mohiyatiga ko‘ra, uzoq yillarga 


82 
qaratilgan hujjat, dasturdir. Chunki unda belgilangan vazifalarni amalga oshirish 
2021 yildan keyingi bosqichlarda ham davom etadi, aks holda, ular palliativ 
xususiyatga ega bo‘lib qoladi. Davlat rahbarining fikricha, «bu borada 
mamlakatimiz 
fuqarolarining 
huquq 
va 
erkinliklarini, 
O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishini ta’minlashni, 
O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini 
muhofaza etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rishni, respublika oliy 
hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlashni, yaqin va 
uzoq qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirishni 
eng asosiy vazifa deb hisoblayman»
88
. Bu so‘zlarda Prezidentning mustaqil 
rivojlanish yo‘liga sodiq ekani, o‘tgan yillarda boshlangan islohotlarni davom 
ettirishni niyat qilib qo‘ygani namoyon bo‘ladi. Shuningdek, Harakatlar 
strategiyasida belgilangan beshta asosiy ustuvor vazifalar, yo‘nalishlar ham oldingi 
yillarda e’lon qilingan islohotlar konsepsiyasiga muvofiqdir. Ammo davlat 
rahbarining Harakatlar strategiyasida, islohotlar negizida tajribalarni va yig‘ilgan, 
ob’ektiv va sub’ektiv sabablar bois hal qilinmay kelgan muammolarni tanqidiy 
tahlil qilish orqali milliy taraqqiyotni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadi yotadi. 
Uning barcha sa’y-harakatlarida, e’lon qilinayotgan Farmonlari va Qarorlarida 
ushbu yondashuv yaqqol ko‘rinadi. O‘tgan o‘n yilliklarda shakllangan to‘rachilik, 
xalqdan uzoqlashish, amaldorlarning o‘z huzur-halovati uchun yashashi, 
poraxo‘rlik, korrupsiya, kvaziskorxonalar va birlashmalar tashkil etish, davlat 
mablag‘larini o‘marish, «men senga tegmayman, sen menga tegma» tarzida 
ishlash, dabdababozlik, sanoxonlik, laganbardorlik kabi demokratik jamiyatga 
muvofiq kelmaydigan, g‘ayriqonuniy odatlar keskin tanqid ostiga olindi. Bu 
odatlar hayotda aniq ko‘zga tashlanayotgan bo‘lsa-da, lekin yillar davomida ularni 
tag-tomiri bilan yo‘q qilish mexanizmlari yaratilmadi. Aholi to‘rachilikdan iztirob 
chekayotgan bo‘lsa-da, rahbariyat uni tanqid qilishga imkon bermadi, ommaviy 
axborot vositalari ularni fosh etishdan ko‘ra siyqa, hech kimda qiziqish 
88
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. – T.: 
O‘zbekiston NMIU, 2017. – 21-b. 


83 
uyg‘otmaydigan fikrlarni takrorlashga, tavtalogiyaga berilishga o‘rganib qoldi. 
Bizda mustaqil sud va ommaviy axborot vositalari, 5 mingdan oshiq fuqarolik 
jamiyati institutlari, to‘rtta siyosiy partiya, millionlab kishilarni birlashtirgan 
ommaviy uyushmalar mavjud edi. Ammo mehnatkashlar o‘z vaqtida maoshini, 
nafaqaxo‘rlar nafaqalarini ololmasdi, maishiy kommunal xizmat ko‘rsatish 
idoralarining faoliyati har qanday tanqiddan past, ularning samarali ishlashini 
ta’minlash bilan hech kim shug‘ullanmasdi, har qanday vazifani yechishga aqli va 
kuchi yetadigan millionlab mutaxassislar har yili chet ellarga ketib ishlayotganiga 
qaramay, ular imkoniyatlaridan foydalanish boshqarish institutlarining xayoliga 
kelmas edi. Yoshlar o‘rtasida oshib borayotgan huquqbuzarlik esa qog‘ozdagina 
to‘xtatilar edi, xolos. Xalq ommasining dardini, o‘y - fikrlarini, arzini eshitadigan 
kimsa qolmadi, barcha arzlar tag‘in o‘sha muassasalarga qaytarilib yuborishdek 
sansalorlik odati qaror topgan edi. Fermerlar va tadbirkorlar soni yildan yilga oshib 
borayotgani keltirilardi-yu ijtimoiy iqtisodiy hayotda an’anaviy ish usullari ustun 
edi, paxta yetishtirish va hosilni yig‘ib terib olish tartibi hatto sobiq sovet totalitar 
davridagidan ham keskinroq «siyosiy masala»ga aylangan edi. Davlat 
korxonalarini xususiylashtirishda kimlar «olg‘irlik» qilgani maxsus yuridik 
kriminalistik tadqiqotni taqozo etadi.
Zamonaviylik hech qachon o‘zidan o‘zi, osonlik bilan real voqelikka 
aylanmagan, ijtimoiy hayotning o‘zgaruvchan, dinamik xususiyati esa yangilikni 
keskinroq, shiddatliroq, hatto, ma’lum guruhlar manfaati va istaklariga zid tarzda 
faolroq bo‘lishga undaydi. Zamonaviylik va innovatsiyaning bunday faolligi 
zararli emas, ammo ularning ijtimoiy-tarixiy imkoniyatni qo‘ldan boy berib, 
nofaolligi, xotirjamlikka, o‘zini o‘zi ulug‘lashga berilishi jamiyatga qimmatga 
tushadi. Ijtimoiy falsafiy va psixologik muammolar bilan shug‘ullanuvchi olimlar 
bu hodisani «jamiyatdan qochish»
89
, ya’ni ommaviy tushkunlik, indiferentizm deb 
atashadi. Bu ommaviy psixologik voqelik, yuqumli virus kabi avlodlardan-
avlodlarga, diaxron o‘tishi bilan ham xavflidir. Shuning uchun xalqning, millatning 
89
Fromm E. Begstvo ot svobodi. 2 izd.- M.: Progress, 1995. – 158 s. 


84 
kelajagi haqida o‘ylaydigan, qayg‘uradigan siyosiy kuchlar, jamiyat va davlat 
taqdiri uchun mas’ul sub’ektlar, ijtimoiy hayotning transformatsiyaga moyilligini, 
yangilanib turish har bir jonli organizm rivojlanishi uchun zarurligini bilish darkor. 
Bunday kuchlar innovatorlar, reformatorlar sifatida tarixda qoladi. Ularning tarix 
sahnasiga chiqishi ijtimoiy taraqqiyot talabidir. 
Bugungi kunda O‘zbekistonni rivojlantirish tendensiyalari informatsion 
texnologiyalar va 
innovatsion 
loyihalarga 
bevosita bog‘liq jarayondir. 
Respublikamizda barcha sohalarga informatsion texnologiyalarni joriy qilish 
natijasida ilmiy texnik taraqqiyotning inqilobiy rivojlanishiga va inson 
bunyodkorlik salohiyatini mislsiz o‘sishiga olib keldi. Bu jarayon raqamli iqtisodiy 
texnologiyalarni 
kundalik 
faoliyatimizning 
ajralmas 
qismiga 
aylanib 
borayotganligini ko‘rishimiz mumkin. 
Raqamli iqtisodiyot – bu innovatsion texnologiyalar, platformalar va 
yangicha biznes modellarini yaratish hamda ularni kundalik hayotga joriy etish 
orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko‘chirish deganidir. 
Raqamli iqtisodiyotning joriy etish natijasida:
- insonlarning farovon turmush darajasini sezilarli darajada oshirish; 
- jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qilayotgan salbiy illat ya’ni korrupsiyaga
barham berish; 
- to‘lovlar uchun xarajatlarni kamaytirish ; 
- ma’lumotlar ko‘pligi va tizimliligi yolg‘on va qing‘ir ishlarga yo‘l 
bermaslik; 
- tovarlar va xizmatlar haqida ko‘proq va tezroq ma’lumot olish; 
- fidbek (iste’molchi fikri)ni tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal 
takomillashtirish; 
- iqtisodiyotga legal mablag‘lar oqimini oshirish, budjet taqsimotining 
ochiqligi, soliqlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri to‘lanishi, ijtimoiy sohaga 
yo‘naltirilayotgan mablag‘larni sarflanishining ta’minlanishi inson taraqqiyotiga 
ijobiy ta’sir etadi. 


85 
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan 
islohotlar xalqning ezgu niyatlari va yuksak salohiyati ro‘yobga chiqishiga eng 
yaxshi sharoit va imkoniyatlarni yaratdi. Harakatlar strategiyasi asosida 
kechayotgan shiddatli islohotlar xalqning kelajakka ishonchini mustahkamlash, uni 
bunyodkorlik ishlariga safarbar qilish, jamiyatda uchrayotgan illatlar, xususan, 
loqaydlik, mas’uliyatsizlik, boqimandalik, hasadgo‘ylik va korrupsiya kabi 
holatlarga qarshi kurashishga undovchi ijtimoiy buyurtmani shakllantirdi.
Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishning muhim elementlaridan biri – bu 
korrupsiyaga qarshi kurashishining samarali tizimni yaratish. Ushbu tizimga 
vakolatli, kuchli va mustaqil davlat organlari, korrupsiyaga qarshi kurashish 
borasida kompleks dastur va tashabbuslar, faol fuqarolik jamiyati tashkilotlari va 
furqarolar, shuningdek, jamiyatda korrupsiya bilan murosasizlik madaniyati kiradi. 
OAV esa, ushbu g‘oyalarning faol targ‘ibotchisi vazifasini bajaradi. Korrupsiyaga 
qarshi kurashish, fuqarolarni korrupsiya illati haqida xabardor qilish va ularda 
korrupsiyaga nisabatan murosasizlik madaniyatini shakllantirish vazifasini hal 
etishda elektron OAV, avvalambor Internet-OAVning o‘rni ham kun sayin oshib 
bormoqda. Bu yo‘nalishda Gazeta.uz, Kun.uz, Podrobno.uz va boshqa bir qator 
internet nashrlar faollik ko‘rsatmoqda. 
An’anviy va internet OAV, turli-tuman axborot manbalari tomonidan 
jamiyatda shakllangan turli siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa 
munosabatlarni aks ettirilishi mazkur ijtimoiy-siyosiy institutning davlat va 
mahalliy hokimiyat faoliyati, jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 
jamoatchilik nazoratini o‘rnatishning samarali vositasiga aylantirmoqda. Shu 
ma’noda OAV davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hay’at majlislarida 
ishtirok etishlari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan davlat, 
jumladan umummilliy va hududuiy darajadagi dasturlarning amalga oshirish 
jarayonlari bo‘yicha jamoatchilik muhokamalari va eshituvlarini tashkil etish va 
o‘tkazishlari mumkin va shart hisoblanadi.


86 
OAV korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik fikrini shakllantirishda 
o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Jamoatchilik fikrini shakllantirish bo‘yicha ular quyidagi 
vazifalarni amalga oshira oladilar: 
– korrupsion omil va munosabatlar maydonini imkon qadar tizimli 
qisqartirish va minimallashtirishga yordam berish; 
– jamoatchilik ongiga korrupsiyaga murosasizlik tuyg‘usini singdirish; 
– jamiyatda davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini 
o‘rnatish g‘oyasini targ‘ib qilish; 
– o‘z mamlakatiga sadoqatli bo‘lish, fuqarolik mas’uliyatini his qilish, 
jamiyatda sodir bo‘layotgan har qanday voqeaga befarq bo‘lmaslik g‘oyasi ostida 
o‘z a’zolarini jipslashtirgan ijtimoiy-siyosiy tuzilmalarni tuzishda ishtirok etish. 
2017 yil boshidan buyon korrupsiyaga qarshi kurashish mavzularining 
matbuotda e’lon qilinish bilan bog‘liq bo‘lgan uchinchi to‘lqin respublika 
jurnalistlariga so‘nggi 10-15 yil ichida «deyarli unutilgan» sud reportajlari, tahliliy 
janrlar va sud ocherklari imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanish imkonini 
yaratdi. Buni, birinchi navbatda, ijtimoiy-siyosiy bosma davriy nashrlar faoliyatida 
yaqqol ko‘rish mumkin. Maxsus ruknlar, tematik sahifalar hozirda keng 
auditoriyaga bu borada turli xil ma’lumotlarni taqdim etmoqda. 
Mamlakat televideniesi ushbu mavzuga Milliy teleradiokompaniyaning 
«Munosabat» («O‘zbekiston» telekanali), «Ochiq muloqot» (Toshkent telekanali) 
kabi teleko‘rsatuvlar yordamida «yangi hayot baxsh etildi». Xuddi shu mavzuning 
«MY5» va «Milliy TV» nodavlat telekanallari orqali alternativ nuqtai nazar va 
televizion jurnalistik ma’lumotlar yordamida taqdim etishlishi ularning mavqeini
kuchaytirib yuborishga xizmat qildi. 
Fuqarolarning ijtimoiy irodasining birligini namoyon etuvchi jamoatchilik 
nazorati alohida ijtimoiy institutlarga ta’sir ko‘rsatishi, turli ijtimoiy guruh 
manfaatlarining muvozanatini ta’minlash va ular o‘rtasidagi qarama-qarshilikning 
oldini olishning asosiy vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari, 
jamoatchilik nazorati bir vaqtning o‘zida butun jamiyatning xohish va irodasini 


87 
uyg‘unlashtirish va muvofiqlashtirish usuli bo‘lishi bilan bir qatorda qonun 
ustuvorligini amalga oshirishni kafolatlovchi omil hamdir. 
2019 yil 29 may kuni Kun.uz o‘zining «O‘zbekiston mamlakatning asosiy 
ichki dushmaniga qarshi urush e’lon qildi» nomli sharhida O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi 
kurash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga 
binoan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa 
tashkilotlarga ikki oy davomida davlat dasturining har bir bandi bo‘yicha 
maqsadlarga erishishda samaradorlik inikatorlarini ishlab chiqish va idoralararo 
komissiya bilan muvofiqlashtirish vazifasi topshirildi, deb yozadi .
Kun.uz internet nashrining muxbiri Ulug‘bek Akbarov 2019 yil 4 may 
kuni «O‘zbekistonliklar mamlakatning ichki dushmani nomini aytdilar» sarlavhali 
sotsiologik xulosasida «Sizning fikringiz» Telegram-kanali orqali o‘tkazilgan
ekspress-so‘rov natijalariga izoh berdi. So‘rov onlayn tarzda o‘tkazilganligi 
sababli, jinsi, yoshi va boshqa omillar hisobga olinmadi. Respondentlardan 
O‘zbekistonning eng asosiy dushmani nima deb so‘rashdi. 1033 respondentning 58 
foizi korrupsiya O‘zbekistonning asosiy dushmani ekanligini ta’kidladi. Bundan 
tashqari, respondentlarning 17 foizi mamlakatning asosiy dushmani – maqtov, 15 
foizi – oshna-og‘aynichilik, 5 foizi – mahalliychilik, 3 foizi – volyuntarizm va 2 
foizi – nigilizm deb hisoblashadi. 
Shuningdek, respondentlardan: «Sizning fikringizcha, katta maosh 
korrupsiyani yo‘q qiladimi?» deb so‘raldi. Ularning deyarli 70% «ha» deb javob 
berishdi. Respondentlarning yana bir qismi ikki jabhaga bo‘lingan: 20 foizi 
amaldorlar baribir ham pora olishaveradi, 10 foizi esa, ish haqini oshirish befoyda 
chora deb o‘ylashadi. 
Yuqorida qayd etilgan ijobiy o‘zgarishlarga qaramay, O‘zbekiston OAV 
jamiyatda 
korrupsiyaning 
namoyon 
bo‘lishiga murosasiz munosabatni 
shakllantirish bo‘yicha o‘z funksiyalarini to‘la va samarali bajarmoqda, deb aytish 
mumkin emas. Bunday ishlarning samaradorligini oshirish uchun OAVning 


88 
tahririyatlari o‘zlarining o‘rta va uzoq muddatli strategiyalarini ishlab chiqishlari 
kerak bo‘ladi, ular quyidagilarga asoslanishi kerak. 
– OAV tahririyatlari huquqni muhofaza qilish, sud va adliya organlari, 
advokatlar, NNT, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahallalar) va 
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birga korrupsiyaga qarshi 
kurashishda maqsadli tushuntirish ishlarini olib borish, aholining huquqiy ongi va 
huquqiy madaniyatini oshirish uchun samarali ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish. 
Bu yerda nafaqat yangi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni sharhlash, balki 
turli davra suhbatlari, o‘quv seminarlari, tok-shoular, ommaviy munozaralar va 
aholining turli qatlamlari vakillari bilan korrupsiyaga qarshi kurashning dolzarb 
masalalari bo‘yicha munozaralarni tashkil etish ham nazarda tutilmoqda. 
– sud-huquq sohasidagi mansabdor shaxslarning faoliyatini OAVda 
muntazam yoritib borish; huquqni muhofaza qilish idoralari, advokatlik jamiyatlari 
va fuqarolik jamiyati institutlarining axborot-targ‘ibot kampaniyalarini uyushtirish; 
mass-media faoliyatini «qayta aloqa» bo‘yicha monitoringi natijalari bo‘yicha 
tashkil etish. Bu yerda keng auditoriyaning OAVga bo‘lgan munosabati bilan bir 
qatorda jurnalistik axborotlar mazmuniga daxldor davlat va jamoat boshqaruvi 
organlarining munosabati, ya’ni jamoatchilikni korrupsiyaga qarshi va huquqiy 
materiallarning samaradorligi va samaradorligi to‘g‘risida xabardor qilish nazarda 
tutilmoqda; 
– ijtimoiy so‘rov natijalarini OAVda muntazam yoritib borish, 
auditoriyaning muayyan guruhlari va aholining huquqiy madaniyatini oshirish; 
matbuotda sotsiologik ma’lumotlarning keng tarqalishi bilan bog‘liq dolzarb 
masalalar bo‘yicha jamoatchilik fikrining holatini o‘rganib borish. Har bir 
tahririyat o‘z auditoriyasining real huquqiy qiziqishlari, talab va ehtiyojlarini 
o‘rganishi kerak. Shu ma’noda, nafaqat media-tadqiqot zarurati mavjudligi, balki 
OAV orqali jamoatchilik fikrini shakllantirish sohasidagi ham ijtimoiy, ham 
huquqiy siyosat sub’ektlari tomonidan paysalga solib bo‘lmaydigan amaliy 
choralarini ko‘rish mumkin. 


89 
– 
sukut saqlash, ma’lumotni dozalash, faktlar va hodisalarni anglashga 
bir tomonlama yondashish, yillar davomida o‘rnashib qolgan andozalarni rad 
qilish, maqolalarni keng o‘quvchi uchun zerikarli va tushunish uchun qiyin holda 
tayyorlash kabi usullardan voz kechish. 
Tadqiqot doirasida «Jamiyatda korrupsiyadan xavfsizlik: ijtimoiy-

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling