Soxibov salohiddin anvar o‘G‘li jamiyatda korrupsiyadan xavfsizlik: ijtimoiy-falsafiy tahlil (Monografiya)


-§. Korrupsiyani vujudga keltiruvchi sabab va shart-sharoitlarning


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana12.10.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1700175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
1.2-§. Korrupsiyani vujudga keltiruvchi sabab va shart-sharoitlarning 
ijtimoiy-falsafiy tahlili 
Falsafiy nuqta nazardan muammolar sabab va shart-sharoitlar ta’sirida 
shakllanadi. Ya’ni har qanday jinoyatning sababi va uni yuzaga keltiruvchi sharoit 
bo‘ladi. Shuning uchun korrupsiya ham ma’lum bir muammo sabali yuzaga keladi. 
Qonunchilik yaxshi ishlamaydigan va jazo choralari qat’iy bo‘lmagan sharoitda 
korrupsiya mazkur muammoning yagona yechimi bo‘ladi. Bir tomondan, bu 
muammolar korrupsiyani kuchaytiradi, ularni yechish esa korrupsiya darajasini 
pasaytirishga ko‘maklashishi mumkin, boshqa tomondan, korrupsiya keng 
tarqalgani o‘tish davri muammolarini keskinlashtiradi, ularni yechishga xalaqit 
beradi. Bundan xulosa shuki, birinchidan, korrupsiyani faqat uni vujudga 
keltiruvchi muammolar va shart-sharoitlarni yechish yo‘li bilan kamaytirish va 
cheklash mumkin; ikkinchidan, bu muammolarni yechishga korrupsiyaga qarshi 
barcha yo‘nalishlarda qat’iy va murosasiz kurash olib borish ko‘maklashadi.
Har qanday jinoyatchilik kabi korrupsiya ham ma’lum bir sabablar va 
yuzaga kelgan qulay shart-sharoitlar asosida vujudga keladi. Korrupsiyani vujudga 
kelishida ikki tomonlama dialektik bog‘lanishlar mavjud: Bir tomondan, 
korrupsiyaga qarshi kurashish uning ta’sirini va zararini kamaytirishi mumkin, 
boshqa tomondan bu illat keng tarqalgan o‘tish davri muammolarini ham 
keskinlashtiradi. Shunday ekan korrupsiyaviy xavfsizlikni uni keltirib chiqaruvchi
muammolar va shart-sharoitlarni yo‘q qilish bilan bartaraf etish mumkin bo‘ladi. 
Buning uchun esa, korrupsiyaga qarshi kurashda barcha sohalarda kompleks 
kurash mexanizmlari ishlab chiqish va jamiyatda bu illatga qarshi keskin 
murosasizlikni yuzaga keltirish kerak bo‘ladi. 
Korrupsiyaviy munosabatlarning asosiy sababi va o‘ziga xos xususiyati 
uning xufyoni va munosabatga kirishuvchi har ikki tomon uchun ham manfaatli 
bo‘lishi bilan belgilanadi. Ya’ni, korrupsiya jinoyati bu munosabatga kirishgan 
tomonlarni o‘zaro manfaatli kelishiuvchi asosida sodir etiladi. Shuning uchun ko‘p 


26 
holatlarda tegishli kurashuvchi organlarga shikoyat qilinmaydi. Shu bilan birga 
bugungi kunda ko‘p davlatlarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga 
ishonchsizlik shakllanib qolganligi uchun ham pora so‘rash holatlariga tegishli 
oranlarga shikoyat qilinmaydi. O‘zbekistonda ham korrupsiyaga qarshi kurashish 
tizimining 
samarasizligi, 
kurashuvchi 
tizimlarning 
ham 
korrupsiyaviy 
munosabatlar botqog‘iga botib qolganligi va ko‘p hollarda shikoyatlarning 
natijasiz va pora talab qiluvchilarning jazosiz qolib ketishi ortidan kuchli 
ishonchsizlik shakllanib qolgan va bu uzoq yillar davomida odatga ham aylanib 
qolgan edi. Xalqda korrupsiyaviy munosabatlarga shunchaki odat sifatida qarash, 
ma’lum bir muassasa xodimiga «uni ham bola-chaqasi bor» tamoyili asosida o‘zi 
talab qilmasa ham «abedlik» berib chiqish odati shakllanib qolgan edi. So‘ngi 
yillarda davlat organlari faoliyatini isloh qilinishi, uni xalqqa yaqinlashtirilishi va 
inson manfaatlari uchun ishlash prinsipining qat’iylashtirilishi ham bu odatlarni 
yo‘qotish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Shu bilan birga korrupsiyaga 
qarshi kurashning yangi bosqichga olib chiqilishi, davlat amaldorlari va davlat 
xizmati xodimlarining jazoga tortilishi boshlanishi ortidan bu holatlarga sekin-
astalik bilan chek qo‘yilmoqda.
Korrupsiyaviy holatlar ko‘pincha davlat organlari faoliyatini tushunmaslik 
asosida ham kelib chiqadi. Ya’ni ma’lum bir davlat organining ishlash tizimi, 
vakolatlari va tartibini yaxshi bilmaydigan fuqaro mazkur faoliyat mutaxassisi 
tomonidan qo‘yilgan barcha talablarni bajaradi. Bunday bo‘lishi mumkin emas 
degan fikrga kelmaydi. Shuning uchun ham jamiyat a’zolarining huquqiy 
savodxonligini yuqori bo‘lishi, davlat organlari faoliyati va vakolatlari to‘g‘risida 
bilimga ega bo‘lishi, davlat xizmatlari to‘g‘risida ularda dastlabki reprezentativ 
ma’lumotlar mavjud bo‘lishi juda muhim hisoblanadi.
Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda barcha davlat xizmatlari 
raqamlashtirilib, inson omilidan holi tizim yaratilmoqda. Bu korrupsiyaviy 
munosabatlarni ham kamaytiradi. O‘zbekistonning ham yangi taraqqiyot 
bosqichida davlat organlari faoliyatini takomillashtirish, ularni raqamlashtirishni 


27 
tezlashtirishga doir ko‘plab islohotlar olib borilmoqda. Barcha davlat xizmatlarini 
yagona markazga birlashtirilishi va turli qog‘ozbozlik bilan bog‘liq holatlarga chek 
qo‘yilishi, byurokratik to‘siqlarning olib tashlanayotganligi ham korrupsiya 
xavfsizligini yaratish borasidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Korrupsiyaviy xavfsizlikni shakllantirishda aksar mamlakatlarga xos 
bo‘lgan korrupsiyani yuzaga keltiruvchi sabab va shart-sharoitlarni quyidagicha 
tasniflash va ularni falsafiy jihatdan tahlil qilish mumkin:
1. Demokratik siyosiy an’analar hali chuqur ildiz otmagani. Aksar 
mamlakatlarga xos bo‘lgan muammolardan biri, demokratik qadriyatlarning 
shakllanmaganligi va demokratik siyosiy an’analar hali chuqur ildiz otmaganligi 
va rivojlanmaganligi bilan bog‘liq. Shu bilan birga demokratik institutlarning faol 
emasligi, qonunlardan ko‘ra, avtoritar shaxsning buyruqlarining ustunligi va bir 
so‘z bilan aytganda totalitar va avtoritar boshqaruvning saqlanib qolingani bunga 
sabab bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, jamiyatda korrupsiyaviy xavfsizlikni 
shakllantirish va ijtimoiy ongda murosasizlikni tarkib toptirish uchun ham avvalo 
demokratik qadriyatlar qaror topgan bo‘lishi, so‘z erkinligi, jamoatchilik nazorati 
va monitoringi hamda qonun ustuvorligi qaror topgan bo‘lishi kerak bo‘ladi. 
2. Fuqarolik jamiyatining zaifligi, jamiyat hokimiyatdan ajralib qolgani. 
Rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyatining qaror topganligi va hukumat 
halq uchun xizmat qilishi an’anasi ularda korrupsiyaga qarshi kurash 
samaradorligini ham namoyon qiladi. Jamiyatda korrupsiyaga qarshi qat’iy 
munosabat shakllangan bo‘ladi. Ammo rivojlanayotgan yoki uchinchi dunyo 
mamlakatlarida fuqarolik jamiyatining to‘liq shakllanmaganligi yoki xalq bilan 
hokimiyat tizimi munosabatlarini uzilib qolishi, hamkorlikda faoliyat yo‘lga 
qo‘yilmaganligi, jamiyatda elita qatlam va oddiy xalq o‘rtasida qarama-
qarshiliklarni kuchayib borishi va boshqa omillar korrupsini keng qulloch 
yoyishiga ta’sir ko‘rsatadi. «Demokratik jamiyat o‘z muammolarini faqat fuqarolik 
jamiyati institutlari bilan hamkorlikda yechishga qodir. Modernizatsiya 
jarayonining dastlabki bosqichlariga xos bo‘lgan fuqarolar ijtimoiy-iqtisodiy 


28 
ahvolining yomonlashuvi jamiyat hokimiyatdan uzoqlashishiga, hokimiyatning esa 
ajralib qolishiga olib keladi. Vaholanki, jamoat tashkilotlarining sa’y-harakatlarisiz 
quyi darajadagi korrupsiyani ham, yuqori darajadagi korrupsiyani ham yengish 
mumkin emas»
38
. Demak, jamiyatda korrupsiyaviy xavfsizlikni shakllantirish 
uchun demokratik qadriyatlarni rivojlantirish bilan birga fuqarolik jamiyati 
yaratish, inson qadri, huquq va erkinliklari ustuvorligi, xalq hokimiyatiga 
asoslangan tizimni yaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
3. Hokimiyat institutlarining samarali emasligi. Davlat boshqaruvi 
hokimiyatning bo‘linish tamoyiliga asoslanadi va ular o‘zaro teng va bir biridan 
mustaqil faoliyat olib boradi. Shu bilan birga davlat xizmatlari va boshqaruv 
tuzilmalari ham hokimiyat institutlarini tashkil etib, qonunga asoslangan holda 
ma’lum bir funksiyalarni amalga oshiradilar. Biroq rivojlanmagan mamlakatlarda 
hokimiyat institutlaridagi byurokratik munosabatlar va avtoritar boshqaruv 
tamoyillarining saqlanib qolinishi korrupsiyaviy munosabatlarga keng yo‘l ochadi. 
Chunki byurokratik to‘siqlar turli davlat xizmatlaridan foydalanish vaqti va 
imkoniyatini kechiktiradi. Shu bilan birga byurokratiya buyruqbozlik va 
qog‘ozbozlikka alohida urg‘u beradi, bunda inson qadri emas, tizimning shaklan 
samarali faoliyat ko‘rsatishi ko‘proq ahamiyatli hisoblanadi. Shu bilan birga 
hokimiyat institutlaridagi byurokratik munosabatlar korrupsiya uchun yetarlicha 
sabab bo‘la oladi. Chunki korrupsiyaviy munosabatlar imkonsizlik, ilojsizlik, 
tezkor xizmatdan foydalana olmaslik asosida kelib chiqadi. «Totalitar rejimlar juda 
katta davlat apparatini vujudga keltiradi. Bu yerda avvalo ijro etuvchi hokimiyat 
nazarda tutilmoqda. Byurokratik tuzilmalar juda chidamli bo‘lib, har qanday 
bo‘hronlarga bardosh beradi, bunda islohotlar qancha faol amalga oshirilsa, 
byurokratik apparat o‘zini saqlab qolishga shuncha ko‘p kuch-g‘ayrat sarflaydi. 
Pirovardida hayot shitob bilan o‘zgaradi, byurokratik institutlar va, binobarin, 
38
Abdurahmonov B. Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘ining Istanbul harakatlar rejasi tavsiyalarining 
O‘zbekistonda bajarilishi: erishilgan yutuqlar va muammolar. Scientific progress. Volume 2. Issue 3. 2021. – 873-
874 b 


29 
boshqaruv tizimi bu o‘zgarishlardan orqada qoladi»
39
. Demak, ijro hokimiyatidagi 
byurokratik to‘siqlar va totalitar rejim xususiyatlari jamiyatda boshqaruvga 
ishonchsizlikni, 
adolatli 
munosabatlardan 
umid 
qilmalik, 
xizmatlarning 
shaffofligiga shubha bilan qarash kabi munosabatlarni yuzaga keltiradi. Bu esa, iro 
etkuvchi hokimiyat amaldorlarida va davlat xizmatlari faolityatini tartibga soluvchi 
nazorat organlari faoliyatini ham samarasiz holatga keltiradi. Jamiyatda 
boshqaruvga nisbatan ishonchsizlik va korrupsiyaviy munosabatlarda ilojsiz rozilik 
xarakterini yuzaga keltiradi.
4. Qonunchilik lozim darajada rivojlanmagani va uning nomukammalligi. 
Jamiyatda qonunchilik asoslarining mustahkamligi va qonunlarning to‘liq ishlashi 
barcha huquqbuzarliklar uchun eng samarali kurash usulidir, aslida. Har qanday 
ijtimoiy muammolar qonunlarning yaxshi ishlamasligi yoki qonunchilikdagi 
bo‘shliqlarning ko‘pligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Qonunlarni takomillashtirilmasligi 
va 
yetarli 
darajada 
qonunchlik 
tizimi 
rivojlanmaganligi 
korrupsiyaviy 
munosabatlar uchun yo‘l ochadi. Misol uchun qonunchilikda manfaatlar 
to‘qnashuvi uchun javobgarlikning mavjud emasligi, amaldorlar va ularning 
yaqinlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi uchun keng yo‘l ochadi. Shu bois 
jamiyatda qonunchlik asoslarining mustahkamligi, tizimli takomillashtirib 
borilishi, bo‘shliqlar hosil bo‘lishi uchun tizimli qayta ishlanishi va qonunlarning 
qat’iyligi korrupsiyaviy xavfsizlikni shakllantiradi. «Islohotlar jarayonida 
iqtisodiyotning tub negizlari va iqtisodiy amaliyotning yangilanishi ularni qonun 
yo‘li bilan ta’minlashga qaraganda ancha ildamroq kechadi. Ayni shu hol o‘tish 
davrining belgilaridan biri hisoblanadi va korrupsiyaga qulay zamin yaratadi. 
Qonunchilik lozim darajada rivojlanmagani qonunlar sifatining pastligida, huquq 
tizimining nomukammalligida, qonun ijodkorligi tartib-taomillarining noaniqligida 
namoyon bo‘ladi»
40
. Demak, qonunlar sifatining pastligiga qarshi professional 
39
Abdurahmonov B. Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘ining Istanbul harakatlar rejasi tavsiyalarining 
O‘zbekistonda bajarilishi: erishilgan yutuqlar va muammolar. Scientific progress. Volume 2. Issue 3. 2021. –873-
874 b. 
40
Abdurahmonov B. Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘ining Istanbul harakatlar rejasi tavsiyalarining 
O‘zbekistonda bajarilishi: erishilgan yutuqlar va muammolar. Scientific progress. Volume 2. Issue 3. 2021. – 873-
874 b. 


30 
qonuchlilik tizimini yaratishga harakat qilmaslik, qonunlarda «bo‘shliq»larni 
keltirib chiqaradi. Bu esa, korrupsiyaviy munosabatlarga keng imkoniyatlarni 
keltirib chiqaradi.
5. Iqtisodiy tanazzul va siyosiy beqarorlik. Mamlakatning ijtimoiy 
taraqqiyoti va barqarorligi uning iqtisodiy asoslarini mustahkamligi va siysiy 
institutning barqarorligiga bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiy barqarorlik xalq farovonligini 
belgilab bersa, siyosiy barqarorlik boshqaruv yuritish asoslarining to‘g‘riligi bilan 
belgilanadi. Bu mexanizmlarni to‘g‘ri ishlashi jamiyatda korrupsiyaviy 
munosabatlarni yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatadi. Chunki korrupsiyaviy 
munosabatlar iqtisodiy inqiroz holatida kuchayadi. Iqtisodiy barqarorlik jamiyat 
a’zolarining moddiylikka bo‘lgan o‘chligini kamaytiradi. Shunday ekan, iqtisodiy 
tanazzulni bartaraf etish va siyosiy boshboshdoqlikka qarshi kurashish korrupsiya 
xavfsizligini 
shakllantirishning 
muhim 
asoslaridan 
biridir. 
«Aholining 
qashshoqlashuvi, davlat o‘z xizmatchilariga munosib maoshni ta’minlashga qodir 
emasligi aholini ham, davlat xizmati xodimlarini ham quyi darajada 
korrupsiyaning avj olishiga olib keluvchi qonunbuzarliklarga qo‘l urishiga turtki 
beradi». Quyi darajadagi korrupsiya jamiyatni sekin-astalik bilan ichdan 
yemiradigan omil hisoblanadi. Misol uchun ta’lim, sog‘liqni saqlashda yetarli 
maoshning mavjud emasligi, insonda yuksak axloqiylik tarbiyalangan bo‘lsa ham 
korrupsiyaga moyillikni keltirib chiqaradi. Demak, bu vaziyatda korrupsiyaviy 
munosabatlarni yuzaga keltirganlarni jazolash bilan birga, bunday vaziyatni yuzaga 
kelishiga sabab bo‘lgan omillarni ham aniqlash, ularni bartaraf etish ham muhim 
vazifalardandir. Bu esa mamlakatning iqtisodiy asoslarini rivojlantirish, iqtisodiy 
islohotlar asosida jamiyatning moddiy ahvolini yaxshilash, axolining turmush 
tarzini yaxshilash korrupsiyaga qarshi kurashning smarali yo‘llaridan biri
hisoblanadi. Biroq buning o‘zi yetarli emas. Chunki korrupsiya birgina omil 
asosida yo‘q bo‘lib ketmaydi. «Davlatdagi siyosiy beqarorlik turli darajadagi, 
ayniqsa oliy martabali amaldorlar o‘rtasida ertangi kunga ishonchsizlik hissi 
kuchayishiga sabab bo‘ladi. Bunday sharoitlarda o‘zini o‘zi saqlash uchun biron-


31 
bir kafolatlarga ega bo‘lmagan amaldorlar korrupsiya domiga osonroq ilinadi»
41

Demak, mamalakatda sityosiy boshboshdoqlikka chek qo‘yish, siyosiy 
boshqaruvni professionallashtirish va qonun oldida barchaning tengligini va 
jinoyatga jazo muqararligini ta’minlash korrupsiyaga qarshi kurashda eng samarali 
pozitsiyasi hisoblanadi.
Fikrimizcha, korrupsiya quyidagilarga sababchi bo‘ladi: 
− davlat mablag‘lari va resurslarini samarasiz taqsimlash va sarflash; 
− mamlakat iqtisodiyoti nuqtai nazaridan korrupsion moliyaviy 
yo‘qotishlar samarasizligi; 
− soliq organlari soliqlarning bir qismini o‘zlashtirib olgan hollarda 
soliqlarning yo‘qotilishi; 
− qo‘yiladigan to‘siqlar tufayli vaqt yo‘qotilishi, davlat apparatida ish 
samaradorligining pasayishi; 
− xususiy tadbirkorlarning xonavayron bo‘lishi; 
− malakali kadrlarning boshqa mamlakatlarga ketib qolishi; 
− ishlab chiqarishga investitsiyalar pasayishi, iqtisodiy o‘sishning 
pasayishi; 
− ijtimoiy servis sifatining pasayishi; 
− rivojlanayotgan mamlakatlarga xalqaro yordamdan maqsadli yo‘nalishda 
foydalanmaslik, bu uning samaradorligini keskin tushirib yuboradi; 
− shaxslar qobiliyatlaridan samarasiz foydalanish: moddiy ne’matlar 
ishlab chiqarish o‘rniga odamlar unumsiz renta izlashga vaqt ketkazib 
o‘tiradi; 
− ijtimoiy tengsizlikning o‘sishi; 
− uyushgan jinoyatchilikning kuchayishi – «banda»lar «mafiya»ga 
aylanadi; 
− hukumatning siyosiy qonuniy huquqlariga putur yetishi; 
41
Abdurahmonov B. Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘ining Istanbul harakatlar rejasi tavsiyalarining 
O‘zbekistonda bajarilishi: erishilgan yutuqlar va muammolar. Scientific progress. Volume 2. Issue 3. 2021. – 873-
874 b. 


32 
− jamiyatda odob-axloq pasayib ketishi
42

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashda ayrim xususiy muammolarni ham 
ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
1. Sud tizimi samaradorlik darajasining pastligi. Sud tizimi hokimiyatni 
bo‘linishida asosiy vazifani bajaruvchi, baholovchi funksiyani amalga oshiruvchi 
tizim hisoblanadi. Qonun chiqaruvi, Ijro etuvchi va Sud hokimiyatining bir-biridan 
mustaqilligi, bir-birini tiyib turish amaliyoti ularning o‘ziga xos tuzilmasi 
mavjudligini anglatadi. Rivojlangan davlatlarda sud tizimining samaradorligi 
qonunlarga bo‘lgan hurmatda, jinoyatchilikni kamligida va xalq manfaatlarining 
ustuvorligida, inson qadrining yuqoriligida va eng asosiysi har qanday jinoyatga 
jazoning muqarrarligi bilan belgilanadi. Agar sud tizimning samradolrligi past 
bo‘lsa, mustaqil faoliyati ta’minlanmagan, kafolatlanmagan, sudiyalar xavfsizligi 
kafotalanmagan bo‘lsa jamiyatda huquqbuzarliklar, qonunni mensimaslik bilan 
birga korrupsiyaviy munosabatlar avj oladi. Mayda korrupsiya bilan birga elita 
doirasidagi yirik korrupsiyaviy munosabatlar, o‘zlashtirishlar va budjetni talon-
taroj qilishgacha avj olgan bo‘ladi. Shuning uchun ham korrupsiya xavfsizligini 
shakllantirishda sud tizimi mustaqilligi, shaffofligi va faqat qonunlarga tayangan 
holda ish olib borishini ta’minlash, jinoyatga jazo muqarrarligi tamoyilini to‘liq 
darajada ishlashiga erishish kerak bo‘ladi.
2. Aholi huquqiy ongining rivojlanmagani. «Huquqiy madaniyat – keng 
tushunchadir. Huquqiy ong huquqiy madaniyatning g‘oyat muhim tarkibiy 
qismlaridan biri bo‘lib, u eng avvalo odamlarning qonunga munosabatlarini 
ifodalovchi qarashlari, e’tiqodlari, ularning huquq haqidagi tasavvurlari, intilishlari 
va tuyg‘ularidan iboratdir»
43
. Huquqiy tarbiya - bu davlat muassasalari, jamoat 
tashkilotlarida va mehnat jamoalarida shaxslarni huquqiy bilimlari, huquqiy 
madaniyati va huquqiy ongini oshirishda o‘zlarining subektiv huquqlari va 
majburiyatlarini, ijtimoiy qadr-qimmatlarini anglab yetishlarida doimiy va maqsad 
42
Kak pisal Tomas Gobbs, korrupsiya «yest koren, iz kotorogo vitekaet vo vse vremena i pri vsyakix 
soblaznax prezrenie ko vsem zakonam». 
43
Xalilov E.H. Ijtimoiy turmushda huquqiy ongning o‘rni. – T.: O‘zbekiston, 1997, – 7 b. 


33 
sari yo‘llangan faoliyatidan iboratdir. «Huquqiy tarbiya murakkab va ko‘p qirrali 
hodisadir, uni bir yoqlama tariflash qiyin. Huquqiy tarbiya bu shaxsga nisbatan 
huquqiy ongni, huquqiy ko‘rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko‘nikmalari 
va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko‘zlagan 
holdagina tasir ko‘rsatishidir»
44
. Zamonaviy huquqiy jamiyat, davlat, iqtisod, 
siyosat, ma’naviy-madaniy tarbiya va boshqa tizimlarni chuqur, har tomonlama 
amalda o‘rganishni keskin his qiladi.
3. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ularning vakillari faqat «davlat 
manfaatlari» va «jamoat mulki»ni muhofaza qilishga odatlangani. Korrupsiyaga 
qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyati va ularning 
mas’uliyatli vazifalarini alohida ta’kidlash kerak. 
4. Amaldorlar qonunga emas, balki yo‘riqnomalar va boshliqqa 
bo‘ysunishga odatlanganiQonun ustuvor bo‘lgan jamiyatlarda davlat xizmachilari 
va amaldorlar qonunga bo‘ysunadi, ularning faoliyati qonunlar bilan tartibga 
solinadi. Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik ularning faoliyatiga baho 
beradi, munosabat bildiradi. Biroq qonunlar emas, og‘zaki topshiriqlar, 
yo‘riqnormalar yoki o‘zidan yuqori turuvcha amaldorlarning so‘zi ustun bo‘lgan 
jamiyat korrupsiyaga yo‘l ochadi va uni rivojlantiradi. Qonunlar ishlamaydigan 
yoki amaldorlar tomonidan unga bo‘ysunilmaydigan normativ-huquqiy hujjatlarga 
xalqda ishonchsizlik paydo bo‘ladi, ularning ishonadigani, suyanadigani va himoya 
qiladigani qolmaydi. Bu esa ilojsizlikdan yoki «tinchligini o‘ylab» korrupsiyaviy 
munosabatlar ishtirokchisiga aylanishiga olib keladi. Shuning uchun yuqori 
boshqaruv qatlamida, amaldorlar orasida qonunlarga hurmatni shakllantirish, 
qonunni buzganni qat’iy jazolash mexanizmlarini ishlab chiqish jamiyat a’zolarida 
ham qonunlardan, ham jazodan qo‘rqishni yuzaga keltiradi.
Korrupsiya kuchli bo‘lgan byurokratik apparatlarda davlat resurslarining 
katta qismi ongli ravishda ularni talon-taroj qilish oson bo‘lgan yoki pora to‘plash
oson bo‘lgan kanallarga yo‘naltiriladi. Hukmron elita siyosati korrupsiya 
44
Tadjixanov U, Saidov A. HGuquqiy madaniyat nazariyasi. 2-jild. –T.:O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi. 
1998 . – 195 b.. 


34 
ustidan nazorat mexanizmlarini – matbuot erkinligi, odil sud tizimi,
raqobatlashuvchi elitalar (oppozitsiya) va shaxslarning mustaqilligini bosishga
yo‘naltirilgan bo‘ladi
45
. Masalan, ayrim kishilarning ta’kidlashicha, odam xulq-
atvori va tashqi ko‘rinishi huquqni muhofaza qilish organlri uchun pora tama
qilish maqsadida bu kishini to‘xtatishga signal hisoblanadigan holatlar mavjud. 
Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurash va har qanday korrupsion 
munosabatlarga qarshi murosasizlikni shakllantirish sharoitida alohida e’tibor 
qaratish kerak bo‘lgan quyi darajadagi korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni 
ham ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘lardi. Quyi darajadagi korrupsiya 
ko‘proq kam miqdordagi pora oldi va berdisi bilan bog‘liq jarayon bo‘lib, «undan 
pora oluvchigina emas, balki pora beruvchi ham foyda ko‘rishi bilan ajralib turadi. 
Pora muayyan maishiy muammolarni hal qilishga ko‘maklashadi, shuningdek u 
ayrim mayda qonunbuzarliklar, ko‘rsatmalarni buzish imkoniyati uchun 
to‘lanadigan haq bo‘lib xizmat qiladi. Quyi darajadagi korrupsiya oddiy fuqaro 
davlatga murojaat etish zaruriyati bilan to‘qnash keluvchi yoki aksincha, davlat 
fuqaroni tashvishga solish lozim deb hisoblovchi barcha sohalarga kirib boradi»
46

Mayda korrupsiya to‘g‘ri tashkil qilinmagan davlat xizmatlari, tashkilot va idoralar 
faoliyatida kuzatiladi. Misol uchun, kommunal xizmatlar, xo‘jalik sohasi, huquqni 
muhofaza qiluvchi organlar, avvalo ichki ishlar organlari, soliq va boj yig‘imlari, 
harbiy xizmatga chaqiruv va boshqa shakllarda namoyon bo‘ladi. Bunday mayda 
korrupsiyaviy munosabatlar aslida ijtimoiy taraqqiyot uchun unchalik zarar 
keltirmagandek tuyilsada, u sekin-asta ijtimoiy munosabatlarni ishonchsizlashtiradi 
va yirik korrupsiyaviy munosabatlar uchun yo‘l ochadi. Misol uchun ta’lim 
tizimida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi korrupsiya ta’lim tizimini sekin-asta 
inqirozga olib keladi. Ta’limning inqirozi bo‘lsa, jamiyatni tanazzulga yetaklydi.
Sog‘liqni saqlash yoki ichki ishlar organlari faoliyatidagi mayda korrupsiya 
insonlarning huquq va erkinliklarini poymol bo‘lishiga yoki sog‘lig‘i xatar ostida 
qolishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, korrupsiya xavfsizligini falsafiy tahlili 
45
Jain A. K. Corruption: a review // Journal of Economic Surveys. — 2001. — Vol 15, No. 1. — P. 71. 
46
Abdurahmonov B. Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘ining Istanbul harakatlar rejasi tavsiyalarining 
O‘zbekistonda bajarilishi: erishilgan yutuqlar va muammolar. Scientific progress. Volume 2. Issue 3. 2021. – 873-
874 b. 


35 
doirasida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarini 
ham ko‘rib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Korrupsiyaviy munosabatlarni 
kelib chiqishida korrupsiya ishtirokchilarining ma’naviy-psixologik holati ham 
ta’sir ko‘rsatadi. Jamiyatda huquqiy nigilizmning yuzaga kelishi ya’ni, huquqqa 
salbiy munosabat, uning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning samarali 
vositasi bo‘lib xizmat qilish imkoniyatiga ishonchsizlik korrupsiyaviy munosabatni 
muammoni yechishdagi yagona yo‘l sifatida shakllanishiga olib keladi. Shu bilan 
birga, «jamiyatda mavjud bo‘lgan ma’naviy-psixologik muhit hokimiyat 
organlaridagi korrupsiya darajasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Aksariyat amaldorlar o‘zlarini korrupsiyaviy qaror qabul qilish yoki qabul 
qilmaslik o‘rtasida yo‘l tanlashga majbur etadigan holatlarga ertami, kechmi – 
albatta duch keladilar. Bunday holatlarga fuqarolar bilan bevosita aloqada ish olib 
boruvchi quyi va o‘rta bo‘g‘in amaldorlari ayniqsa ko‘p duch keladilar»
47
. Bu esa, 
ularda tanlash imkoniyatining yo‘qlishgi, korrupsiyaviy munosabatlarni keltirib 
chiqaruvchi omillarni aniq namoyon bo‘lishi, shart-sharoitlarning aniq ko‘rinib 
qolishi asosida kechadi. Bunday vaziyatda davlat mana shu omillar va shart-
sharoitlarga qarshi kurashishi va ularni bartaraf etish orqali qarshi kurash 
strategiyasini ishlab chiqishi kerak bo‘ladi. Bunda jarayon tabiatini anglash ular 
bilan kurashish tizimini osonlashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev fikricha, «so‘nggi 
yillarda tub islohotlar davriga qadam qo‘ygan O‘zbekistonda ham taraqqiyot 
kushandasi bo‘lgan illat - korrupsiyaga qarshi izchil kurash olib borilmoqda. 
Ushbu kurash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Afsuski, mamlakatimizda hali-
hamon korrupsiyaning turli ko‘rinishlari ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning ko‘pgina 
sohalarida butunlay barham topmagani sir emas. Misollarga murojaat qiladigan 
bo‘lsak, 2020 yilda turli darajadagi mansabdorlar tomonidan sodir etilgan 
jinoyatlar uchun 1723 shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ular tomonidan 
yetkazilgan zarar 500 milliard so‘mni tashkil etgan. 2021 yilning besh oyida esa 
47
Abdurahmonov B. Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘ining Istanbul harakatlar rejasi tavsiyalarining 
O‘zbekistonda bajarilishi: erishilgan yutuqlar va muammolar. Scientific progress. Volume 2. Issue 3. 2021. – 873-
874 b. 


36 
1696 nafar mansabdorga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Yetkazilgan zarar 450 
milliard so‘mni tashkil etmoqda»
48
. Davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bu 
muammoni yangicha yondashuvlar asosida o‘rganish, yangi taraqqiyot 
strategiyasida murosasizlik bilan kurashish metodologiyasini falsafiy jihatdan 
tadqiq etish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. 
Bugungi kunda korrupsiyaviy munosabatlarga sharoit yaratuvchi, asos 
bo‘luvchi omillar, sabab va oqibatlarni tushuntirib beruvchi falsafiy yondashuvlar 
ham mavjud bo‘lib, ularni amaliyotga tadbiq etishning umumiy ilmiy-amaliy 
mexanizmlari jumlasiga quyidagilar kiradi. 
Birinchidan, ichki nazoratni mustahkamlash. Bunga davlat boshqaruv
apparatida mavjud bo‘lgan ichki mexanizmlar va rag‘batlantirish omillari
kiradi. Bularga mansabdor shaxslarning o‘z vazifalarini bajarishi uchun aniq
standartlarning ishlab chiqilganligi va uni bajarish yuzasidan xodim ustidan
qat’iy nazorat o‘rnatilishni ta’minlashning mavjudligi kiradi. Nazoratni
ta’minlash uchun ko‘pincha avtonom ishlaydigan maxsus bo‘limlar tashkil
qilinadi. Masalan, huquqni muhofaza qilish idoralari ko‘pincha ijro etuvchi
hokimiyat rahbariga, shuningdek byurokratik apparatga bo‘ysunsada, ammo
shu bilan birga sezilarli darajada ichki nazoratni amalga oshirish bo‘yicha o‘z
vakolotlariga ega bo‘ladi. Shu tufayli korrupsiyaga qarshi kurashning falsafiy
paradigmalarini amalga oshirishning asosiy usuli bo‘lgan ichki nazorat
bugungi kunda asosiy, salmoqli, samarador o‘rinlardan birini egallab kelmoqda.
Ikkinchidan, tashqi boshqaruvni takomillashtirish. Bunga ijro
hokimiyatidan yuqori darajada mustaqillikka ega bo‘lgan mexanizmlar kiradi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2003 yilda qabul qilingan «Korrupsiyaga 
qarshi konvensiyasi»da korrupsiyaga daxldorligi uchun ogohlantirish,
korrupsiyada ishtiroki uchun jinoiy ta’qib va tergov hamda amaliyot 
operatsiyalarini ishga solmaslik, jinoyat yo‘li bilan topilgan mablag‘larni
qaytarish maqsadida xatlash, musodara qilishga yo‘naltirish bo‘yicha amal
qiladigan mexanizmlar ko‘rsatib o‘tilgan. Bunday mexanizmlar qatoriga kiruvchi 
48
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekison taraqqiyot strategiyasi. –T.: O‘zbekiston. 2022.– 427 b. 


37 
mustaqil sud tizimining mavjudligi va uning qonunni buzgan byurokratni
osongina va samarali sud qilishi, amalda korrupsiyaning potensial 
jozibadorligini keskin pasaytiradi. Shu bilan bir qatorda so‘z va ommaviy
axborot vositalarining erkinligi byurokratik apparatda korrupsiya holatlarini
nazorat qilishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. 
Sh.Mirziyoyevning fikricha, «o‘tgan asrda yashab o‘tgan amerikalik 
yozuvchi Teodor Drayzerning «Sarmoyador» asarida aytilganidek, «Korrupsiya 
avj olgan davlat, go‘yo ichidan yemirilgan mo‘rt daraxtga o‘xshab qoladi. Shak 
shubha yo‘qki, u birinchi jiddiy sinovga duch kelishidayoq ag‘dariladi». Bu 
fikrlarning naqadar to‘g‘ri va o‘rinli ekanini bugun hayotning o‘zi ko‘plab 
misollarda isbotlab turibdi. Hozirgi kunda insoniyatning kelajagiga raxna 
solayotgan ushbu illatga qarshi global, mintaqaviy hamda alohida davlatlar 
miqyosida keng qamrovli va ko‘p taraflama yondashuvga asoslanib kurash olib 
borilmoqda»
49
. Demak, korrupsiyaga qarshi global kurash muhitini yaratish 
dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolaveradi. Shuningdek, «tashqi nazorat erkin
bozor iqtisodiyoti va liberal demokratik davlatlarga xosdir. Bu birinchi navbatda,
bozorning normal ishlashini ta’minlash uchun aniq qoidalar, mexanizmlarni
yaratish va ishga tushurish, ikkinchi navbatda sog‘lom raqobat muhitini
ta’minlaydigan samarali huquqiy tizimini shakllantirishni talab etilishi bilan
bog‘liqligi bilan tavsiflash mumkin. Liberal demokratiya o‘z maqsadlariga
erishish uchun saylov tizimiga, qonun ustuvorligiga, mustaqil sud tizimiga,
hokimiyatning taqsimlanishiga va «cheklash va muvozanat»ni saqlash tizimiga
tayanadi. Ushbu siyosiy institutlarning barchasi bir vaqtning o‘zida korrupsiya
ustidan tashqi nazorat mexanizmlari bo‘lib xizmat qiladi»
50
. Biroq, liberal
demokratiyaning barcha qoidalari ham korrupsiyaga qarshi kurashish uchun bir 
xilda ahamiyatga ega emas. Masalan, «hokimiyatning taqsimlash prinsipi.
Vakolatlarning taqsimlanishi ularning gorizontal ravishda bir-birlarini nazorat
qilishlarini rag‘batlantiradi. Yoki, parlament demokratiyasida vakillik
49
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. –T.: O‘zbekiston. 2022. – 422 b 
50
Xoshimov I, Qayumov A, Rashidova R. Korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi falsafiy paradigmalar. 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 //Volume: 1, ISSUE: 4. 93 b. 


38 
hokimiyati hukumatni ishdan bo‘shatish vakolatiga ega. Boshqa tomondan,
prezidentlik demokratiyasida hokimiyat tarmoqlari yanada funksional ravishda
bo‘linadi. Shunga qaramay, prezidentlik respublikalarida korrupsiya odatda 
parlamentdagi kabi yuqori, bu, ehtimol, prezidentga impichment e’lon qilish 
protsedurasining og‘irligi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, vakolatlarni hududiy 
darajaga ko‘ra taqsimlash va shu bilan ijro etuvchi hokimiyat vakolatlarining 
ko‘p qismini mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish darajasiga o‘tkazish davlat 
organlari sonining samarali qisqarishiga olib keladi. Bu hukumatning axborot 
shaffofligini oshiradi va korrupsiyani kamaytiradi»
51
. Shunga qaramay, maksimal 
darajada markazsizlashtirishni ta’minlaydigan davlatning federal tuzilishi 
ko‘pincha bir xil faoliyatning turli qirralarini turli darajadagi mansabdor 
shaxslar tomonidan tartibga solinishiga va binobarin, unitar davlatlarga 
nisbatan ko‘proq korrupsiyaga olib keladi. 
Uchinchidan, saylov tizimi. Demokratik mamlakatlarda saylangan
vakillarni korrupsiya uchun jazolashning asosiy usuli, ularni keyingi
saylovlarda hokimiyatdan chetlashtirish hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, 
saylovchining o‘zi tanlagan kishilarning halolligi va javobgarligi darajasi
uchun javobgardir. Korrupsiyaga qarshi qurol sifatida saylovlarning yuqori
samaradorligiga qaramay, ularning ta’siri juda sust. Bir qator mualliflarning 
ta’kidlashicha, saylov jarayonidagi kamchiliklar korrupsiya doirasiga sezilarli
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar saylovlar qonunbuzarliksiz o‘tkazilgan bo‘lsa
ham, ularning o‘zi saylovchilarni u yoki bu nomzodga mafkuraviy sabablarga 
ko‘ra ovoz berishni rag‘batlantirishi mumkin, bunda uning shaxsan o‘zi, 
bo‘ysunuvchilari yoki umuman o‘z partiyasi korrupsiyasini e’tiborsiz qoldiradi.
Bu amalda tasdiqlangan gipoteza hisoblanadi. 
Davlat korrupsiyaga barham berishi bilan korrupsiyaga qarshi kurash 
xarajatlari shunchalik o‘sadiki, korrupsiyani to‘liq tugatishga cheksiz 
harakatlar sarflashga to‘g‘ri keladi. Korrupsiyadan ko‘riladigan yo‘qotishlar va 
51
Xoshimov I, Qayumov A, Rashidova R. Korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi falsafiy paradigmalar. 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 //Volume: 1, ISSUE: 4. 93 b. 


39 
korrupsiyaga barham berish xarajatlarini taqqoslab, eng kam umumiy
yo‘qotishlarni aks ettiradigan korrupsiya optimal darajasini aniqlash mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, jamiyat uchun bu jarayon xarajatlari juda katta ekanligi 
sababli korrupsiyani oxirigacha yakson qilmagan ko‘proq foyda keltiradi. Biroq
korrupsiya bilan kurashga sarflangan mablag‘larning keyingi samaradorligini 
ham esdan chiqarmaslik kerak. Bundan tashqari, korrupsiya sabablarini bartaraf
qilish ishiga ziyon yetkazgan holda korrupsiyaga qarshi kurashga berilib
ketish ma’muriy tizimni moslashuvchanlikdan, aholini esa fuqarolik
erkinliklardan mahrum etishi mumkin
52
. Hukmron guruhlar jamiyat ustidan
nazoratni kuchaytirish va siyosiy raqiblarni ta’qib qilish uchun jazolashga oid 
qonunchilikdan foydalanishi mumkin. 
Xulosa qilganda, korrupsiyaga qarashi kurashda davlat xizmati tizimini 
tegishli 
tartibda 
o‘zgartirish, 
jamoatchilik 
nazorati 
mexanizmlarini 
takomillashtirish talab etiladi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling