Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


§. JADIDLARNING DASTURIY MAQSAD VA VAZIFALARI


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/44
Sana17.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1536017
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44
Bog'liq
9-uzbek


§. JADIDLARNING DASTURIY MAQSAD VA VAZIFALARI 
O
’rta Osiyoda taraqqiyparvarlar rivojlangan jamiyat yaratishdek o’z g’oyalarini 
amalga oshirishda mutaassiblik, loqaydlik, qoloqlikka qarshi kurash olib 
borishga alohida ahamiyat berganlar. Ular bu vazifalarni amalga oshirishda 
quyidagi yo
’nalishlarni ustuvor deb hisoblaganlar: o’lkada yangi usul 
maktablari tarmog
’ini kengaytirish, qobiliyatli yoshlarni chet elga o’qishga 
yuborish, turli ma
’rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish, gazeta va jurnallar 
chop etish, xalqning ijtimoiy-siyosiy va madaniy ongini yuksaltirish yo
’li bilan 
Turkistonda milliy demokratik davlat qurish edi. 
Ilg
’or milliy ziyolilar faoliyatining muhim yo’nalishi yangi usul maktablari 
tarmog
’ini kengaytirish edi. Bu maktablar bolalarning tez va oson savodxon 
bo
’lishlarini ta’minlabgina qolmay, balki ularda fanatizm va konservatizmdan 
xoli bo
’lgan yangi dunyoqarashning shakllanishiga ham xizmat qilar edi. 
Ular ham Sharq, ham G
’arb madaniyati yutuqlarini egallashga intildilar, 
o
’qidilar va o’zgalarni ham shunga da’vat etdilar. Ma’rifatparvarlar xorijga 
chiqib, turli mamlakatlardagi madaniyat va ta
’lim taraqqiyoti darajasini ko’ra 
oldilar, ularni solishtirdilar va bu zehnli yoshlarda jahon taraqqiyoti yutuqlarini 
Turkistonga keltirish istagi paydo bo
’ldi. Natijada jadidlarning diqqat markaziga 
birinchi bosqichda ta
’limni isloh etish vazifasi qo’yildi. 
Yangi usul maktablarida ta
’lim jarayonida Yevropa standartlari mezon qilib 
olingan edi. Arifmetika, tarix, geografiya, tabiatshunoslik asoslari singari fanlar 
bilan bir qatorda islom ta
’limoti asoslarini o’rganishga ham katta e’tibor 
berilgan. 


Yangi darsliklar yaratish masalasi juda dolzarb bo
’lib turar edi. Dastlabki 
paytlarda Turkistondagi yangi usul maktablarining ko
’pchiligida Qozon va 
Orenburgda nashr etilgan darslik va o
’quv qo’llanmalaridan foydalanildi. 
Toshkent, Buxoro, Samarqand, Andijon, Qo
’qon, Xiva shaharlari jadidchilik 
harakati markaziga aylandi. Bu shaharlarda ochilgan madaniy-ma
’rifiy 
yo
’nalishdagi jamiyat va uyushmalar Turkistonda jadidchilikning keng 
yoyilishiga olib keldi. 
Jadidchilikning asosiy g
’oya va maqsadlari: 
1) Turkistonni o
’rta asrchilik, feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish 
2) `Usuli qadim`ni inkor etgan holda o
’lkani, xalqni, millatni taraqqiyot yo’liga 
olib chiqish 
3) Milliy davlat bunyod etish 
4) Konstitutsion, parlament idora usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish 
5) Turkiy tillarga davlat tili maqomini berish 
6) Milliy pul birligi va milliy qo
’shin tuzish 
Jadidlar o
’z nashrlarida jahonda va Turkiston hududida ro’y berayotgan 
voqealar haqida ma
’lumotlar berib borishdi. Ular bu orqali o’z g’oyalari 
mazmunini va ularni keng yoyish zarur ekanligini ko
’rsatdilar. 
Ma
’rifatparvarlar yangi usul maktablarining Turkistonda milliy kadrlar 
tayyorlash, yosh avlodni o
’qitishdagi ahamiyatini ko’rsatib berdilar. XIX asr 
oxirida O
’rta Osiyoda yangi usuldagi maktablar sanoqli bo’lgan bo’lsa, 1911-
yilga kelib ularning soni 63 taga, o
’quvchilarning soni 4106 nafarga yetdi. 
1910-yilda Toshkentning o
’zida 24 ta jadid maktabi faoliyat ko’rsatib, ularda 
1740 nafar bola o
’qigan. 1917-yilga kelib o’lkada 100 ga yaqin yangi usuldagi 
maktablar mavjud edi. 
Taraqqiyparvarlarning qarashlarida xotin-qizlar ta
’limi masalasi alohida o’rin 
tutgan. Jadidlar, islom ma
’rifatli bo’lishni istagan ayollarga to’sqinlik qilmaydi, 
deb ta
’kidladilar. Islom ilm o’rganishni erkaklarga ham, ayollarga ham farz deb 
hisoblashidan kelib chiqqan holda jadidlar o
’g’il va qiz bolalarni birga o’qitishda 
tashabbuskor bo
’ldilar. 
Jadidchilik harakati namoyandalarining asosiy faoliyatlari ma
’rifatparvarlikdan 
boshlangan bo
’lsa-da, ularning ta’siri Turkistondagi milliy-ozodlik harakatlarida 
g
’oyaviy rahnamolari sifatida muhim o’rin tutdi. 
Yakunlarni chiqaramiz! 
> Milliy g
’oya millatni ma’naviy yuksaltiradigan milliy g’urar, erkinlik hissini 
tarbiyalaydigan dasturdir.
> Jadidlar milliy-ozodlik harakatlarining g
’oyaviy rahnamolari sifatida 
maydonga chiqdilar. 
27-
Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling