Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


Volost boshlig‘i mirshablar bilan. Fai*g‘ona


Download 6.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/148
Sana19.10.2023
Hajmi6.86 Mb.
#1710147
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   148
Bog'liq
9-sinf Ozbekiston tarixi 2014-yil [uzsmart.uz]

Volost boshlig‘i mirshablar bilan. Fai*g‘ona 
viloyati
Q o ‘z g ‘olo n n in g
b o sh la n ish i


dan 11 tasi halok boTdi, 8 tasi yaralandi. Sha- 
harda harbiylar bilan qo‘zg‘olonchilar o‘rtasida 
ro ‘y bergan ayovsiz otishmalar natijasida na- 
faqat qo‘zg‘olonchilar, balki k o ‘plab tinch aholi 
vakillari ham halok boTdi.
Q o‘zg‘olon 
boshlanganligi 
to ‘g‘risidagi 
xabar olinishi bilan podsho hukumati zudlik bi­
lan chora ko‘rishga va uni bostirishga harakat 
qildi. Q o‘zg‘olon Andijonda, ayniqsa, ruslar 
yashaydigan Yangi shaharda vahima uyg‘otdi.
Mustamlakachi amaldorlardan tortib to oddiy 
fuqarolargacha sarosimaga tushib, uylariga ber- 
kinib oldilar. Hatto tumanboshi polkovnik Kon- 
shevskiy ham ko ‘chaga chiqmay, o‘z uyidan telefon orqali harbiy kuchlami 
chaqirdi. Harbiy kuchlar uch soat ichida Andijonga yetib kelib, Yangi sha­
harda duch kelgan mahalliy aholini o‘qqa tutdilar. Buning natijasida umuman 
qo‘zg‘olonga aloqasi boTmagan yuzlab odamlar mustamlakachilar o ‘qidan 
nobud boTdi.

O'zingizni sinang!
M uham m ad Ali eshon — ... 
1898-yil 17-mayda ...
Hibsdagi Dukchi eshon
Andijondagi 1898-yil qo‘zg‘olonidan keyin podsho 
Nikolay 
II 
Turkiston general-gubematori general- 
leytenant A. Vrevskiyni lavozimidan chetlatib, uning 
vazifasini vaqtinchalik Sirdaiyo viloyati harbiy gubernatori N. Korolkov zim- 
masiga yukladi. U mustamlakachilik siyosatini o ‘ta qattiqqoTlik bilan amalga 
oshirish borasida nafaqat oTkada, balki imperiya hukmron doiralari orasida 
ham tanilgan edi. Uning zimmasiga qo‘zg‘olonchilami batamom y o ‘q qilishga 
qaratilgan jazo ekspeditsiyasiga shaxsan rahbarlik qilish ham topshirildi. N. 
Korolkov 1898-yil 20-may kuni qo‘zg‘olon k o ‘tarilishining oldi olinmagan- 
ligi uchun Farg‘ona viloyat harbiy gubernatori va bir qancha amaldorlami 
lavozimidan bo ‘shatdi. Mustamlakachi hukumat qo‘zg‘olonni batamom bos- 
tirish uchun unda ishtirok etganlami shafqatsiz jazoladi. Qo‘zg‘olon bos- 
tirilgach, ikki m ing kishi hibsga olindi. Xalq ko ‘z o‘ngida qo‘zg‘olonchilar 
namoyishkorona jazolandi. Dukchi eshon va uning yaqin safdoshlari osib 
oTdirildi. Manbalarga ko ‘ra jam i 380 kishi oTim jazosiga mahkum qilindi.

Download 6.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling