Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov
Download 1.93 Mb.
|
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ahmad Donish
Ilm-fan. Adabiyot
u davrda Xiva va Qo‘qon xonliklari, Buxoro amir- ligida ilm-fan ma’lum darajada rivojlangan. Xiva xonligida Eltuzar (1804-1806) farmoyishi bilan Shermuhammad Munis Xorazmning 1812-yilga qadar bodgan tarixini yozgan. Uning asl ismi Shermuhammad Amir Avazbiy o‘gdi bodib, tarixchi, ayni paytda shoir, tarjimon, xattot, ma’rifatparvar bodgan. U 1819-yilda Mirxondning «Ravzat us-safo» («Soflik bogd») tarixiy asarini o‘zbek tiliga tarjima qilishni boshladi va asar- ning 1-jildini tarjima qilishga ulgurdi. Uning «Firdavs ul-iqbol» («Baxtlar bogd») asarini va «Ravzat us-safo» tarjimasini shogirdi va jiyani Ogahiy ni- hoyasiga yetkazdi. Ogahiyning asl ismi Muhammad Rizo Emazarbiy o‘g‘li bo‘lib, 1809-1874-yillarda yashagan. 16 ta tarixiy, ma’rifiy, tarjima asarlar muallifi. U arab, fors, turk tillarini puxta bilgan va Xorazmning 1812-1872- yillardagi tarixiga bag‘ishlangan asar yozgan. Xiva xonligi tarixiga oid «Riyoz ud-davla», «Zubdat ut-tavorix», «Gulshani davlat», «Shohidi iq- bol» nomli asarlar yozgan. Ogahiyning xalqparvarligi va xalq holiga befarq emasligi uning «Qish» g‘azalida o‘zining yorqin ifodasini topgan. Ogahiy she’riyati, tarixnavislik va tarjimonlik faoliyati 0‘rta Osiyo hududidagina emas, balki XIX asr Sharq dunyosi madaniy hayotida chuqur iz qoldirdi. B Ahmad Donish uxoro amirligida ham bir qator ilm-fan namo- yandalari yetishib chiqdi. Ulardan biri yozuvchi, faylasuf, musavvir, ma’rifatparvar Ahmad Donish edi. U Buxoro amiri Nasrulloning elchilari bilan 1857-yilda Moskva, Peterburg va boshqa Rossiya shaharlari bo‘ylab sayohat qilgan. U «Buxorodan Peterburgga sayohat», «Buxoroi sharif mang‘it amirlari muxtasar tarixi», «Navodir ul- vaqoe’» («Nodir voqealar») asarlarining muallifi dir. Ahmad Donish 1865-yilda amir Muzaffar taklifi bilan «Ma- nozir ul-kavokib» («Sayyoralarning joylanishlari») nomli astronomiyaga oid kitob yozgan. U faqat Buxoro amirligi emas, balki 0‘rta Osiyoning boshqa xonliklarida ham eng ko‘zga ko‘ringan madaniyat arbobi sifatida tanilgan edi. XIX asr boshlarida amir Umarxon hukmronlik qilgan davrda Qo‘qon xonligidamarkazlashgan hokimiyat o‘matilishi, savdo-sotiqmunosabatlari- ning tartibga solinishi, xonlikdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik ilm-fan rivojlanishida muhim o‘rin tutdi. Xon saroyida o‘zbek milliy ma- daniyati rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan namoyandalar ko‘paydi. Saroyda tarixnavislik, adabiyot, xattotlik rivojlandi. Saroy tarixchi- si Muhammad Yunus tomonidan 1859-yilda yozilgan «Xudoyqul an- var» asarida Muhammad Alixon davri tarixi voqealari batafsil yoritilgan. Xonlikdagi eng mashhur xattot Turdi Ali boTgan. Xonlik o‘rdasi quril- gach, Xudoyorxon saroy devorlaridagi xattotlik ishlarini bajarishni ikki shaxsga - Turdi Ali va Mirzo Mahmudlarga topshirgan. Turdi Alining xon saroyidagi nufuzi baland boTgan va ba’zi madaniy tadbirlarda xon undan maslahatlar olgan. 1m 0‘zingizni sinangl Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling