Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


Download 1.93 Mb.
bet46/126
Sana15.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1484468
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   126
Bog'liq
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY

Mustamlakachilik
jabr-zulmining
kuchayishi
ossiya imperiyasi Turkiston oTkasini bosib ol- gach, mahalliy aholining milliy davlatchilik, ozod- lik tuyg‘ularini so‘ndirishni asosiy vazifa deb hi- soblagan. Bu vazifani amalga oshirmay turib, o‘z hukmronligini osongina saqlab boTmasligini podsho hukumati yaxshi bilar edi. Har qanday mustamlakachi davlat harbiy va bosqinchilik yoTi bilan bosib olgan hududning boyliklaridan o‘z manfaati yoTida foydala- nishga harakat qiladi. Turkistonda ham xuddi shu taxlitda ish yuritilib, o‘lkani Rossiya imperiyasining asosiy xomashyo bazasiga aylantirish- ga kirishildi. 0‘lkada sanoat ishlab chiqarish rivojlana borib, kapitalis- tik munosabatlarga asta-sekin yo‘1 ochilayotgan boTsa-da, bu xalqning moddiy ahvolini yaxshilamadi, balki korxona xo‘jayinlari, savdogarlar, amaldorlarning boyishiga yo‘1 ochib berdi.
Yer-mulkning boylar va yirik savdogarlar qoTida to‘plana borishi kam yerli dehqonlarning, chorakorlarning ko‘payishiga sabab boTdi. Sudxo‘rlik mislsiz darajada avj oldi. Qarz beruvchi kassa mablagTaridan faqat ayrim vositachilar - boylar, sudxo‘rlar, savdogarlar va shunga o‘xshash yulg‘ichlar foydalanib, uni o‘zlari xohlaganlaricha tasarruf qi- lardilar. Paxtani sotib oluvchilar dehqonning nihoyat darajada muhtoj boTib qolganligidan foydalanib, kelasi yil hosiliga juda past narx belgi- lab, qarz berardi. Sudxo‘r changaliga tushib qolgan dehqon xo‘jalik mus-
taqilligidan mahrum bo‘lib, qarz bergan kishi nimani buyursa, shuni ekishga majbur edi.
Q arz va nasiyalardan foydalanish avj olgan sari dehqonlaming ahvoli to- bora yomonlashib, qashshoqlikka yuz tutgan. Ular qarzlar tufayli o‘z yerlarini sotib yuborishga majbur bodganlar.
Turkistonning mustamlakaga aylan- tirilishi nafaqat dehqonlaming, balki minglab oilalarning tirikchiligini tebratib turgan hunarmand-kosiblarning ham ahvolini og‘irlashtirdi. Rossiya sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan uy-ro‘zg‘or buyumlari, ayniqsa, to‘qimachilik mahsulotlari bilan 0‘rta Osiyo bozorlarining to‘ldirilishi natijasida hunarmandchilikning ko‘plab turlari inqirozga uchradi. Bu vaqtga kelib iqtisodiy qiyinchiliklar, ya- shash sharoitining yomonligi, soliqlarning ko‘pligi, mehnat majburiyatla- rining og‘irligidan mahalliy aholining ahvoli yomonlashib ketdi. Bunday holat kambag‘allar satining yanada ko‘payishiga olib keldi. Bularning barchasi o‘lka xalqlarining siyosiy mustamlaka zulmiga tushishi, milliy davlatchilikning yo‘qotilishi va hukmron ma’muriyat tomonidan har to- monlama kamsitilishiga sabab bo‘ldi.
X

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling