Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov
Amir Olimxon islohotlari
Download 1.93 Mb.
|
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amir Olimxonning yoshligi
Amir Olimxon
islohotlari mir Abdulahaddan so‘ng Buxoro taxtini uning o‘g‘li Sayid Olimxon (1910-1920) egalladi. Uni 1893-yilda otasi Peterburgga o‘qishga jo‘natdi. Bu yerda u 3 yil davomida harbiy ishlar va davlat boshqarish asoslarini o‘rgandi. Amirlik taxtiga o‘tirgan Sayid Olimxon Buxoroda davlat asosla- ri va diniy tizimni o‘zgartirish taraddudida boMmadi. Ammo Rossiyadagi voqealar va amirlikning o‘zidagi muxolafatchi harakatlar uni chora-tadbirlar ko‘rishga va Yosh buxoroliklarning (jadidlar) mamlakatni demok- ratlashtirish va islohotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi talablariga yon berishga majbur qildi. 1917-yil Rossiyadagi fevral voqealari va u tufayli Buxoro siyosiy hayotidagi jonlanish, siyosiy o‘zgarishlarning Buxoro amirligida ham takrorlanishidan saqlanish amirni ayrim islohot- larni amalga oshirishga undadi. 1917-yil baho- rida bosh qozi amir qabulxonasida mamlakatda Amir Olimxonning yoshligi islohotlar o‘tkazish haqida va’da berdi. U amirning mavjud tuzum asoslariga daxl qilmaydigan va xalq- ning ahvolini ko‘p ham o‘nglamaydigan farmonini o‘qib eshittirdi. F Buxoro amiri Olimxon armonda odil sudlov, xiroj, zakot va boshqa so- liqlarni undirishning barqaror asoslarini yaratish haqida so‘z borardi. Sanoat va savdoni rivojlantirishga ham e’tibor qaratilgandi. Amaldorlarga xizmat yu- zasidan vazifalami ijro etish chog‘ida qo‘shimcha ustama haq olish taqiqlandi. Buning o‘rniga davlat tomonidan qat’iy belgilab qo‘yilgan maosh ta’sis etildi. «So‘ngra biz tomonimizdan, - deyiladi farmonda, - xususan, shariat amri bilan mamlakatda foydali bilimlarni rivojlantirish va rag‘- batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘riladi». Shuningdek, amir o‘z xazinasidan tashqari alohida davlat xazinasini ta’sis etishga, davlat ehtiyojlaridagi kirimlar va chiqimlarni aniq hisob- lab boruvchi budjet belgilashga ham va’da bergandi. Farmonda bosma- xona ochish, mahbuslami zindonlardan ozod qilish haqida ham va’dalar berildi. Ana shu maqsadda poytaxtda istiqomat qiluvchi «tiniq fikrli va oqil» odamlardan «assambleya» (majlis) tuzuvchi «millat»ni saylash ham mo‘ljallangan edi. Farmon katta va’dalar asosida tuzilgan bo‘lsa-da, jadidlarda u shub- ha uyg‘otdi. Yosh buxoroliklar rahnamolari (farmonni amalga oshirish maqsadida tuzilgan qo‘mita Yosh buxoroliklar qo ‘mitasi deb atalgan) o‘zlarining islohotlar borasidagi fikr-mulohazalarda yakdillikka erisha olmadilar. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Mullaxon o‘g‘li, Mirzo G‘ulom vaz- min, bosiq harakatlar bilan farmonni qo‘llab-quvvatlagan bo‘Isa, radikal harakat tarafdorlari Fayzulla Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat va Usmon Xo‘ja kabilar yanada chuqur islohotlar o‘tkazishni talab qilib, o‘z tarafdorlarini zudlik bilan namoyish o‘tkazishga da’vat etdilar. 1 917-yil 8-aprelda jadidlar Karki va Buxoroda namoyishlar o‘tkazish- di. Buxoroda namoyishga to‘plangan 150 kishiga Fayzulla Xo‘jayev va Abdurauf Fitrat rahnamolik qilishgan. Shiorlarda «Yashasin Amir!» qa- torida «Hurriyat, Adolat, Musavvat!» kabi boshqa mazmundagi da’vatlar ham bor edi. Namoyishga chiqqanlar Arkkacha yetib kelishganida amir sarbozlari ularni to‘xtatishga buyruq oldi. 200 ta piyoda va 300 ta otliq sarbozdan iborat amir qo‘shini namoyishga chiqqanlarni tarqatib, hibsga ola boshladi. Bundan tashqari Ark ostonasini islohotlarga qarshi chiqqan 7 mingdan ziyod ancha uyushgan mullalar guruhi egallab oldi. Mullalar Arkka yaqin kelishga botingan har qanday kishini oddirish bilan tahdid qildilar. Namoyishchilarga toshlar yog‘dirilib, ularni do‘pposlay va ha- qoratlay boshlashdi. 30 dan ziyod namoyishchi hibsga olindi, ko‘plariga tan jarohati yetkazildi. Qutulib qolgan namoyishchilar boshqa shaharlar- ga qochib jon saqlashdi. Buxorodagi voqealar jadidlarni sergaklantirdi. Ma’rifatli hukmdor ta- riqasida namoyon bodgan Sayid Olimxonning xalq orasida hurmati qol- madi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling