Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov
Islomxo‘ja minorasi - ... Andijon jome masjidi -
Download 1.93 Mb.
|
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sitorai Mohi Xosa
Islomxo‘ja minorasi - ... Andijon jome masjidi - ...
Usta Shirin Murodov — ... Xorazm me’morchiligi — ... Yevropa uslubidagi davrda o‘lkaga Yevropa uslubidagi me’morchilik binolar qurilishi an’analari ham kirib keldi. Qurilish ishlarida milliy an’anaviy uslublar bilan birga Yevropa me’mor- Sitorai Mohi Xosa chiligiga xos uslublar qo‘llanila boshlandi. Jumladan, xalq me’mor- chiligida an’anaviy paxsa, guvala va xom g‘isht qo‘llash bilan birga zamonaviy to‘rtburchak yuzli g‘isht, faner, tunuka, oyna kabi qurilish ashyolaridan keng foydalanildi. Yevropa me’morchiligiga xos boMgan ayrim uslublar o‘sha davrda qurilgan Buxoro amirining yozgi saroyi - Sitorai Mohi Xosa, Xiva xoni Muhammad Rahimxon II tomonidan qurilgan Nurullaboy nomi bilan ata- luvchi saroyda (1904-1912) ham ko‘zga tashlanadi. Sitorai Mohi Xosa Buxoro shahri markazidan 2,5 km janubda joylash- gan. Saroy Buxoro amiri Olimxonning yozgi qarorgohi bo‘lgan. Bundan tashqari amir chet el elchilarini va rus vakillarini shu yerda qabul qilgan. Saroyning bir qismi bo‘lgan Oq zalning qurilishida Yevropacha qurilish uslubi ustunlik qiladi. Oq zal Buxoro ganch o‘ymakorligi san’atining eng so‘nggi yutuqlari asosida usta Shirin Murodov rahbarligidagi ustalar tomonidan ikki yil davomida ishlangan. Xivadagi Nurullaboy saroyida ham G‘arb me’morchiligi an’analari ustunlik qiladi. Saroy yetti xona- dan iborat: kutish zali, qabulxona, taxtxona, ziyofatxona va uchta meh- monxona. Qasr qurilishi munosabati bilan rus podshosi Nikolay II ikkita maxsus qandil va kamquvvatli nurquvvat uskunasi sovg‘a qilgan. Qabul- xonadagi baland eshiklar, katta rangdor oynalar, parket pollar va koshin- kor pechlar Yevropa me’morchiligi bilan uyg‘unlashgan. Tashqi tomoni silliq g‘ishtlar va feruza rang koshinlar bilan shaxmat taxtasi shaklida bezatilgan. Bino qurilishida ham G‘arb, ham Sharq me’morchiligi an’analari dan foydalanilgan. Turkistonning bosib olingan yirik shaharlari va viloyatla- rida harbiy qo‘shinlar uchun qal’alar, kazarmalar, harbiy-siyosiy amal- dorlar, generallar uchun yevropacha ko‘rinishdagi qarorgohlar qurila boshlandi. Toshkentning Yangi shahar qismida general-gubematorlikning ma’muriy va boshqa binolari qad ko‘tardi. Ular me’moriy jihatdan g‘arb muhiti va uslubida qurilgan binolar edi. ?0 ‘zingizn i sin ang! — Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling