^ Atamalar izohi
Protektorat (lotincha - homiy) - mustamlaka mamlakat qaramligi- ning bir shakli. Bunday mamlakat ichki siyosatida birmuncha mustaqil bo‘lsa-da, tashqi siyosati mustamlakachi davlat qo‘liga o‘tadi.
To‘ra - yuqori tabaqaga mansub kishi. Xiva xonligida xon qarindosh- lari va yaqinlariga beriladigan unvon.
Vassal - bir davlatning boshqa bir davlatga bo‘ysunish tartibi.
S avol va topshiriqlar
K. P. Kaufman nima uchun Samarqandga yurish qildi?
Zirabuloq jangida amir qo‘shinlari nima uchun magMubiyatga uchradi?
Samarqandda xalq harakatlariga kimlar boshchilik qildi?
1868-yilgi shartnomaga ko‘ra amirlikning qaysi hududlari Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o‘tdi?
1873-yildagi shartnomaning mohiyatini aytib bering.
Rossiya imperiyasi 0‘rta Osiyoda istilochilik yurish- lari natijasida bosib olingan hududlarda dastlab mus- tahkam o‘rnashib oldi. Xiva xonligiga qarshi olib bo- riladigan harbiy yurishga besh yil tayyorgarlik ko‘rdi. Yurish uchun bunday uzoq tayyorgarlik ko‘rishning asosiy sababi A. Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi qo‘shinning magTubiyatga uchraganligi (1717) bo‘Isa, boshqa yana bir sabab 1839- yilda V. Perovskiy boshchiligidagi qo‘shinlarning Xiva xonligigacha yetib borolmay orqaga qaytib ketganligi bo‘ldi. Xonlikni bosib olish Rossiya imperiyasi uchun Amudaryoni qo‘lga kiritish edi. Amudaryo- ni egallash birinchi navbatda suv manbasi, suv orqali savdo aloqalari, daryoning quyi oqimidagi tekisliklardagi serhosil yerlardan foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘lish hisoblangan.
R
Do'stlaringiz bilan baham: |