Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


§. TURK3STONDA SUD TIZIMI VA HARBIY POLITSIYA TARTIBOTINING 0‘RNATILISHI


Download 1.93 Mb.
bet38/126
Sana15.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1484468
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   126
Bog'liq
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY

§. TURK3STONDA SUD TIZIMI VA HARBIY POLITSIYA
TARTIBOTINING 0‘RNATILISHI


T
Sudlov tizimining
niustanilaka
manfaatlariga
moslashtirilishi

urkiston oTkasida imperiya manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlardan yana biri bu sud ti- zimi boTgan. Xonlik davrida qozilarning chiqargan qaroridan norozi boTganlar qozikalonga murojaat qilgan. Qozilar qat’iy belgilangan uchastkaga ega boTishmagan; har bir da’vogar o‘zi ishongan qoziga murojaat qilgan. Qozi sud majlisi boshlanishidan oldin tomonlarga kelishib olishni taklif etgan. Bu taklifdan bosh tortilsa, qozi ularga qasam ichirib, tomonlarning arzini, guvohlarning ko‘rsatmalarini tinglagan, so‘ng qaror chiqargan va bu qaror mahalliy hokimiyat tomonidan zudlik bilan ijro etilgan. Odat- da, qozilar, asosan, bilimdon, adolatli va xalq orasida hurmat qozongan kishilar boTgan. Qozilar o‘zlariga murojaat qilgan tomonlarga betaraf va ularga nisbatan beg‘araz boTishi, ulardan pul, sovg‘a, har xil xizmatlami qabul qilmasligi lozim edi.
Podsho hukumati tomonidan dastlab oTkadagi mavjud sud tizimida- gi qozikalon lavozimi tugatilib, barcha qozilarning huquqi tenglashtirildi. Boshqa mustamlakachi davlatlar singari Rossiya imperiyasi ham o‘z mus- tamlakasiga aylangan Turkiston oTkasida dastlab tub joy aholining di- niy e’tiqodiga mos ravishda amal qilingan shariat qoidalariga asoslangan qozilik va ko‘chmanchi tarzda hayot kechiruvchi aholining urf-odatlariga asoslangan biy sudlarini butunlay tugatmasdan, uni saqlab qoldi. Milliy va
diniy tartiblarga asoslangan sudlar faoliyati cheklanib, ular ustidan kuch- li nazorat o‘matildi. Bu o‘zgarishlar bosqichma-bosqich, mahalliy aho- lining noroziligini keskinlashtirmagan holda o‘zgartirib borildi. Bundan tashqari shu yo‘l bilan podsho hukumati vakillari ko‘plab mahalliy aholi o‘rtasidagi o‘zaro janjal va kelishmovchiliklarga aralashishdan o‘zini saq- lashga harakat qildi.
Sud tizimida amalga oshirilgan siyosatda qozi va biy sudlari oxir- oqibat tugatilishi hamda ungacha faqat kichik ko‘rinishdagi sud ishlarini, ya’ni asosan, oilaviy mojarolar, kishilar o‘rtasida janjal va kelishmovchi- liklarni ko‘rib turishi maqsad qilib olingan edi. 1867-yilgi «Nizom» loyi- hasi bo‘yicha o‘lkada qozilar va biy sudlari, uyezd sudlari, muvaqqat harbiy-sudlov komissiyalari, viloyat boshqaruvining sud boMimlari va general-gubernatorlik Devonining sudlov boMimi tashkil qilindi.
S

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling