- - —■ j
Muhammad Aminxon - ... Otamurodxon - ... Ernazarbiy - ...
Qo‘zg‘olon markazi - ... Zarliq - ... Bobo Go‘klan - ...
Q
Savol va topshiriqlar
oraqalpoqlarda qanday soliq turlari bo‘lgan?
0‘zbek xonliklari va qoraqalpoqlarning soliq tizimida qanday o‘xshashliklar bor?
Ernazarbiy boshchiligidagi qo‘zg‘olonning ahamiyati nimada?
XIX asr ikkinchi yarmida bo‘lgan qo‘zg‘olonlarning mohiyati nimadan iborat?
§. QORAQALPOQLAR TURK3STON
GENERAL-GUBERNATORLIGI TARKIBIDA
X
Gandimiyon
shartnomasidan
so‘ng qoraqalpoqlar
hayotidagi
o‘zgarishlar
iva xonlari tomonidan qoraqalpoqlarning ko‘ch- manchi hayoti cheklangandan so‘ng qisqa davr mobaynida ular xonlikda bir nechta yangi deh- qonchilik tuma.n1a.rini tashkil etishdi. XIX asrning 70-yillariga kelib ular deyarli o‘troq turmush ke- chira boshladilar. Qoraqalpoqlar Amudaryoning har ikkala qirg‘og‘ida yastanib yotgan kengliklarni o‘zlashtirib, sholi, bug‘doy, arpa va paxta yetishtirishdi. 1868-yilda Rossiya gazetalaridan biri shunday yozadi: «Bu xalqning asosiy va deyarli bir dan bir hunari dehqonchilikdir. Mehnatsevarlik sharofatidan qoraqalpoq yerlari yaxshi
sug‘oriladi va hech qayerda, hatto chigdr bilan kodariladigan joylarda ham suv taqchilligi sezilmaydi».
Podsho hukumati qo‘shinlarining 1873-yil Xiva xonligiga bosqinchilik yurishidan va Gandimiyon shartnomasi imzolanganidan keyin Amudaryo- ning o‘ng qirg‘ogdda joylashgan qoraqalpoqlar yashaydigan yerlari Ros- siya imperiyasiga qo‘shib olindi. Bu yerda Turkiston general-gubematorli- gining Sirdaryo viloyati tarkibiga kiruvchi Amudaryo bodimi tashkil etil- di. Qoraqalpoqlaming Amudaryoning chap qirg‘ogdda yashagan kamroq qismi Xiva xonligi tarkibida qoladi.
A
Do'stlaringiz bilan baham: |