Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


Download 1.93 Mb.
bet64/126
Sana15.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1484468
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   126
Bog'liq
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY

Orolda baliq ovlash
mudaryo bodimida qoraqal­poqlar soni qariyb 70 ming kishi- ga yetib, bu yerdagi jami aholining 48,6% ini tashkil etar edi. Rossiyadan ko‘chib kelgan odamlar qariyb ming kishi bodib, Petro-Aleksandrov sk (hozirgi To‘rtkod)da, Uralskiy po- syolkasida va Nukus qishlogdda ya- shardi. Ularning aksariyati 1875-yilda podsho hukumati tomonidan armiya xizmati to‘g‘risidagi yangi nizomga bo‘ysunmagani uchun bu yerga surgun qilib ko‘chirilgan Ural kazaklari edi. Bu kazaklar, asosan, baliq ovlash bilan shug‘ullanishgan.
Xiva xonligi hududida qoraqalpoqlar soni 3,8% ni, ya’ni qariyb 25 ming kishini tashkil etar edi. Qoraqalpoqlar yashab kelgan hududlarning Rossiya imperiyasiga qo‘shib olinishi natijasida podsho hukumatining 0‘rta Osiyodagi ta’sir doirasi yanada kengaydi.
Har ikkala hududda yashaydigan qoraqalpoqlaming 70% dan ziyodi yersiz dehqonlar bodib, ular, asosan, yollanib mehnat qilishar edi.
Qoraqalpoqlar yashab kelgan hududlarga Rossiya kapitalining kirib kelishi tovar-pul munosabatlarini o‘zgartirib yubordi. Paxta tozalash va baliqchilik sohasida dastlabki sanoat korxonalari paydo boddi. Ularda mahalliy aholi vakillari ham ishlay boshladi.
XIX asrning 70-yillarida qoraqalpoqlarda savdo-sotiq munosabatlari rivojlanib bordi. Chimboyda aholi yashaydigan tumanlarni iqtisodiy ji- hatdan birlashtirgan shahar bozori vujudga keldi. Qoraqalpoq hunarmand va dehqonlari bozor bodadigan kunlarda o‘z mahsulotlarini sotish uchun Chimboyga kelishar edi.
Chimboy Rossiya imperiyasini Xiva xonligining asosiy iqtisodiy markazlari bilan bog‘lardi. Bu yerda ko‘plab do‘konlar bo‘lib, katta bozor yaqi- nida yirik karvonsaroy joylashgan edi. Dastlabki kasalxona va maktablar paydo bo‘ldi, ammo ular yetarli emasdi. Jumladan, 1914-yilda qoraqal- poqlar yashaydigan joylarda atigi to‘rtta umumta’lim maktabida 200 na- far o‘quvchi o‘qir, ikkita kasalxona va feldsherlik punktida uch shifokor ishlar edi.
D
Ijtimoiy-iqtisodiy

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling