So’z birikmasi va gap bo'laklari I to’plam


Qaysi gapda qaratqich tobelangan gap bo’lagi


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/75
Sana22.04.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1378379
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75
Bog'liq
so\'z birikmasi va gap bo\'laklari 1 test to\'plam javobsiz

2. Qaysi gapda qaratqich tobelangan gap bo’lagi 
yasama so’z bilan ifodalangan? 
A) Yaxshi kitob muallifning insoniyat uchun atalgan 
tortig’idir.
B) Yigitning ukasi kelib, qo’yarda-qo’ymay 
kasalxonaga borib kelishini iltimos qildi.
C) Saroy ahli uch toifaga bo’linadi: ular bir-biridan 
farqli.
D) Ilm va dinning mashhur kishilari o’z maslahatlari 
bilan podishohlarga yordam berib kelganlar.
3. Or-bu o’ziga nomunosib yoki ep ko’rilmagan 
ishdan, narsadan xijolat tortish, uyalish va nomus 
qilish tuyg’usidir.
Berilgan gapda fe’lning vazifa shakllari qaysi gap 
bo’lagi vazifasida kelmoqda? 
A) aniqlovchi B) ot kesim C) hol D) ega 
4. Murakkab hol nechta ekanligini ko’rsating?
Tursunali bir-bir bosib minbarga chiqdi, dona-dona 
gapirdi, vazifaning muhimligini takror-takror 
ta’kidladi, jon kuydirib tushuntirdi.
A) 3 ta  B) 4 ta C) 2 ta D) 5 ta 
5. Butoqlarda ming-minglab qushlar chax-chax 
sayraydi. Chax-chax………? 
A) undov, aniqlovchi B) undov, hol
C) taqlid, aniqlovchi D) taqlid, hol 
6. Dorini yotishda ichib olaman. Harakat nomi 
qaysi gap bo’lagi vazifasida kelmoqda? 
A) ega B) to’ldiruvchi C) kesim D) hol  
7. Vatanimizni jon-dildan sevamiz.
Nechta gap bo’lagi bor? 
A) 1 ta
B) 2 ta
C) 3 ta
D) gap bo’lagiga ajralmaydi 
8. Bulbul to’qayzor, butazorlarda, suvi ko’p bo’lgan 
bog’ va o’rmonzorlarda yashaydi.
Yasama so’zlar qaysi gap bo’lagi vazifasida 
kelgan? 
A) ega va hol
B) hol va kesim
C) hol va to’diruvchi D) to’ldiruvchi va kesim 
9. Bir inson taqdirida o’n yil mobaynida ne-ne 
o’zgarishlar bo’lmaydi.
Qaratqichli aniqlovchi qaysi bo’lakka tobelangan? 
A) kesimga
B) holga
C) to’ldiruvchiga D) egaga 
10. Mabodo shunaqa xayollar boshiga kelsa qo’rqib 
ketardi.  Olmosh….. 
A) to’ldiruvchi B) aniqlovchi C) hol D) ega 
11. Hammani kuldirish uchun ataylab shunday 
kiyinadi. Holning ma’no ruri….? 
A) maqsad va ravish holi  B) sabab holi
C) vaziyat holi C) ravish holi 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling