So’z birikmasida so’zlarning o’zaro birikish usullari ”


Download 1.71 Mb.
bet5/5
Sana05.01.2022
Hajmi1.71 Mb.
#213256
1   2   3   4   5
Bog'liq
Zarnigor Hikmatova

Kelgusi rejalar:


O'qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish va darsda tatbiq etish, takomillashtirish, o'z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.

O'quvchi: Mustaqil ishlashni o'rganadi. O'z fikrini ravon bayon qila oladi. O'rganilgan mavzu asosida qo'shimcha materiallar izlaydi, ularni o'rganadi. Do'stona muhitda, hamkorlikda ishlash ko'nikmasi shakllanadi.



Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

I-bosqich.

Tashkiliy qism

O‘quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o‘quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi,guruhlarga ajratiladi




4 daqiqa

2-bosqich.

O’tilgan mavzuni takrorlash

1.59-mashq tekshirilib tahlil qilinadi.1-guruh aniqlovchili,2-guruh to’ldiruvchili,3-guruh holli birikmalarni izohlanadi

2. “Tushunchalar tahlili” o’tkaziladi.

3. “Aqliy hujum” orqali faollashtiruvchi savollar beriladi


Guruhlarda ishlash

10 daqiqa

3-bosqich.

Yangi mavzuni o’rganish

Darslikdagi 60-,61-mashqlarni bajarish asosida so’z birikmasi va ularning o’zaro bog’laninsh usullari haqida ma’lumot beriladi


suhbat

hamkorlikdagi ish

6x6x6

guruhlarda ishlash



bahs-munozara


15 daqiqa

4-bosqich

Mustahkamlash

1.Darslik bilan ishlash.

62-mashq , 63-mashq

2. 6x6x6 Guruhlar o’rtasidagi musobaqa

3. Perfokartalar bilan ishlash

4. Ma’naviy daqiqa


mustaqil ish

guruhlarda ishlash

bahs-munozara


10 daqiqa

5-bosqich.

Dars yakuni va baholash

O‘quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib, reytingi e`lon qilinadi, rag’batlar soniga ko’ra g’olib guruh aniqlanadi. Dars yakunlanadi.

baholash

4 daqiqa

6-bosqich.

Uyga vazifa berish

Uyga 64-mashq beriladi.

tushuntirish

2 daqiqa

O'quvchilar o'zlashtirishi zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malaka:

- So’z birikmalari va ularning o’zaro bog’lanish usullari haqida ilmiy ma’lumotga ega bo’lish

- Til birliklarini,so’z birikmalarining turlarini farqlay olish;

- Til birliklari haqida o'z tushunchasini bildira olish.



Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashiladi,davomat aniqlanadi,sinf o’quvchilarning darsga tayyorligi tekshiriladi,o’quvchilar 6x6x6 metodi yordamida guruhlarga ajratiladi

1-guruh - “Tadqiqotchi”

2-guruh - “Targ’ibotchi”

3-guruh - “Tilshunos”

2. O’tilgan mavzuni takrorlash:

1.59-mashq tekshiriladi.O’quvchilar daftarlarini bir-birlari bilan almashtirishadi va uyga vazifalarni slad orqali tekshirishadi. (2-slayd)



2.“Tadqiqotchi” guruhi aniqlovchili , “Targ’ibotchi”guruhi to’ldiruvchili, “Tilshunos” guruhi holli birikmalarni izohlaydi.



3. “Tushunchalar tahlili” metodidan foydalanib quyidagi jadval to’ldiriladi(3-slayd)



4.Faollashtiruvchi savollar orqali “Aqliy hujum” uyushtiriladi:

1.Otli birikma deb nimaga aytiladi?

2.Otli birikmaga misollar keltiring.

3.Qanday birikmalarga fe’lli birikma deyildi?

4.Fe’lli birikmalar hosil qiling.

5.Hokim so’z va tobe so’zning o’rni qanday?

6.Sintaksis bo’limida nimalar o’rganiladi?



3.Yangi mavzuni o’rganish:

Yangi mavzuni o’rganish darslikdagi 60-mashqning topshirig’ini bajarish bilan boshlanadi.

60-mashqda berilgan so’z birikmalari tarkibidagi ajratilgan vositalardan qaysilari so’zlarning bir-biriga bog’lash uchun,qaysi biri esa lug’aviy ma’noga qo’shimcha ma’no berishga xizmat qilishi aniqlanadi.(Qo’shimchalar haqidagi ko’rgazmadan foydalaniladi)

Namuna: choynakdan kattaroq

-roq qo’shimchasi lug’aviy ma’noga qo’shimcha ma’no berishga xizmat qilmoqda;

-dan chiqish kelishigi qo’shimchasi so’zlarni bir -biriga bog’lash uchun xizmat qilmoqda.



Shundan so’ng qoida esga olinadi (4-slayd)

Kelishik va egalik qo’shimchalari hamda ko’makchilar so’z birikmalari tarkibida so’zlarni bir-biriga bog’lashga xizmat qiladi.

61-mashq guruhlarga bo’linib bajariladi:

1-guruh tobe so’z hokim so’z bilan faqat ohang va ma’nosiga ko’ra birikkan so’z birikmalarini ;

2-guruh tobe so’z hokim so’zga kelishik (qaratqichdan boshqa) va ko’makchilar yordamida birikkan so’z birikmalarini;

3-guruh tobe so’z qaratqich kelishigi , hokim so’z egalik qo’shimchalari yordamida birikkan so’z birikmalarini ajratib yozishadi.



(5-,6-,7-slaydlar)



So’ngra yangi mavzu yuzasidan nazariy bilim beriladi.(8-,9-,10-slaydlar)




4.Yangi mavzuni mustahkamlash:

62-mashqning 1-topshirig’i og’zaki bajariladi.Berilgan so’z juftliklaridan bitishuv,boshqaruv, moslashuv usullari bilan so’z birikmalari hosil qilinadi va ular ishtirokida gaplar tuziladi.

Namuna : tilla tish –bitishuv;

masalani yechmoq –boshqaruv ;

shahrimiz ko’chalari –moslashuv.

2- topshiriq yozma bajariladi.Unda hosil bo’lgan so’z birikmalarini hokim so’z fe’l yoki ot turkumiga mansubligiga ko’ra ikki guruhga ajratib yoziladi.(11-slayd)



\

63-mashqda berilgan matn o’qitiladi.(12-slayd. Vatan haqida video rolik)




Matn mazmuni yuzasidan suhbat tashkil qilinadi.So’ngra ajratib ko’rsatilgan so’z birikmalarida aniqlovchi va toldiruvchining belgili yoki belgisiz shakllarida kelganligi aniqlanadi.

Namuna:

Ona allasi –belgisiz aniqlovchi

Bahorni tanigan –belgili to’ldiruvchi

Mashq bajarilgach ona vatanni ulug’lovchi she’rlar yod aytish orqali ifodali o’qish mashqi o’tkaziladi hamda o’quvchilarga vatanparvarlik,yurtga sadoqat va muhabbat tuyg’ulari yana bir bora singdiriladi.

So’ngra perfokartalar bilan ishlanib o’quvchilarning mavzu yuzasidan egallagan ko’nikma va malakalari sinovdan o’tkaziladi. Bunda quyidagi ko’rgazma doskaga ilinadi.

A –Bitishuv

B –Moslashuv

D –Boshqaruv



Quyidagi so’z birikmalari ekranda ko’rsatiladi. (13-slayd)O’quvchilar so’z birikmalarini diqqat bilan o’qib mustaqil ravishda kerakli ustunga X shaklida to’g’ri javobni belgilashadi.

O’quvchilarning ishlari slayd orqali tekshiriladi(14-slayd)

5. Baholash: O’quvchilar 5 balli tizim asosida baholanadi.Rag’batlar soniga ko’ra g’olib guruh aniqlanadi.

6. Uyga vazifa: 64-mashq.(15-slayd)

Ushbu fanni mustahkam o’zlashtirgan o’quvchilarning ruhiyatida ona vataniga, xalqiga nisbatan muhabbat shakllanadi. Ona tilini mukammal bilgan insonda to’g’ri va ravon so’zlash, bexato yozish va so’zamollik sifatlari namoyon bo’la boshlaydi. Ona tili fanini o’qitishda turli talablardan kelib chiqqan holda, mavzularga turli interfaol usullarni qo’llagan holda yondashish dars sifatini oshiribgina qolmay, ko’zlangan natijaga erishishni ham ta’minlab beradi.

.

Ushbu metodni 5, 6, 7 va hatto 8 nafar tahsil oluvchidan iborat bo’lgan bir necha guruhlarda ham qo’llash mumkin. Biroq yirik guruhlar o’rtasida «6x6x6» metodi qo’llanilganda vaqtni ko’paytirishga to’g’ri keladi. Chunki bunday mashg’ulotlarda munozara uchun ham, axborot berish uchun ham birmuncha ko’p vaqt talab etiladi. So’z yuritilayotgan metod qo’llanilayotgan mashg’ulotlarda guruhlar tomonidan bir yoki bir necha mavzu (muammo)ni muhokama qilish imkoniyati mavjud.



«6x6x6» metodidan ta’lim jarayonida foydalanish o’qituvchidan faollik, pedagogik mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega bo’lishni talab etadi. Guruhlarning to’g’ri shakllantirilmasligi topshiriq yoki vazifalarning to’g’ri hal etilmasligiga sabab bo’lishi mumkin. «6x6x6» metodi yordamida mashg’ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi:

1. O’qituvchi mashg’ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo’yib chiqadi.

2. Tahsil oluvchilar o’qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo’linadilar. Tahsil oluvchilarni guruhlarga bo’lishda o’qituvchi quyidagicha yo’l tutishi mumkin: 6 ta stolning har biriga muayyan ob’ekt (masalan, kema, to’lqin, baliq, delfin, kit, akula) surati chizilgan lavhani qo’yib chiqadi. Mashg’ulot ishtirokchilariga kema, to’lqin, baliq, delfin, kit hamda akula surati tasvirlangan (jami 36 ta) varaqchalardan birini olish taklif etiladi. Har bir tahsil oluvchi o’zi tanlagan varaqchada tasvirlangan surat bilan nomlanuvchi stol atrofiga qo’yilgan stuldan joy egallaydi.

3. Tahsil oluvchilar joylashib olganlaridan so’ng o’qituvchi mashg’ulot mavzusini e’lon qiladi hamda guruhlarga muayyan topshiriqlarni beradi. Ma’lum vaqt belgilanib, munozara jarayoni tashkil etiladi.

4. O’qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o’rinlarda guruh a’zolariga maslahatlar beradi, yo’l yo’riqlar ko’rsatadi hamda guruhlar tomonidan berilgan topshiriqlarning to’g’ri hal etilganligiga ishonch hosil qilganidan so’ng guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so’raydi.

5. Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga etgach, o’qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir guruhda avvalgi 6 ta guruhning har biridan bir nafar vakil bo’lishiga alohida e’tibor qaratiladi. Tahsil oluvchilar o’z o’rinlarini almashtirib olganlaridan so’ng belgilangan vaqt ichida guruh a’zolari avvalgi guruhlariga topshirilgan vazifa va uning echimi xususida guruhdoshlariga so’zlab beradilar. Shu tartibda yangidan shakllangan guruh avvalgi guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosalar (topshiriq echimlari)ni muhokama qiladilar va yakuniy xulosaga keladilar.


6 kishidan iborat bo`lgan kichik guruh 6 daqiqa ichida kichik muammo va umuman asosiy muammoni yechimini topishga yordam beruvchi muammoli savollarga aniq javoblar topishga harakat qiladilar. Har bir ishtirokchi alohida

qog’oz varag’iga o`zining javoblarini yozadi.

Guruh ishlari natijasining taqdimoti va muhokamasi o`tkaziladi, taklif qilingan kichik muammo hamda asosiy muammo bo`yicha aniq, strukturaga solingan, ratsionalyechimlar ishlab chiqiladi va taklif qilinadi.

Kichik guruhlarda tayyorlangan javoblar muhokama qilinadi: noto`g’ri fikrlar olib tashlanadi, mujmal fikrlarga aniqlik kiritiladi, asosiylari tanlab olinadi. Tanlab olingan javoblarni tizimlashtirish uchun ma`lum xususiyatlar aniqlanadi va shu asosda kichik muammo hamda asosiy muammo bo`yicha yechimlar guruh-lashtiriladi.

6-6 texnikasi qo`yilgan muammo yuzasidan jamoaviy shakllantirilgan, taklif qilingan yechimlar variantlarning eng sarasini tanlab olish va baholash, so`ngra ularni umumiy xususiyatlariga qarab quyidagi algoritm bo`yicha guruhlashtirish imkonini beradi.

6x6x6» metodi


Muammoli ta’lim usullaridan biri bu “6x6x6” metodi. Ushbu metod yordamida bir vaqtning o’zida 36 nafar tahsil oluvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. «6x6x6» metodi asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo’lgan 6 ta guruh o’qituvchi tomonidan o’rtaga tashlangan muammo (masala)ni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga etgach o’qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo’ladi. Yangi shakllangan guruh a’zolari o’z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo (masala) echimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur echimlarni birgalikda muhokama qiladilar.

«6x6x6» metodining afzallik jihatlari quyidagilardir:

– guruhlarning har bir a’zosini faol bo’lishga undaydi;

– ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta’minlaydi;

– guruhning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko’nikmalarini hosil qiladi;

– ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o’z fikrini himoya qilishga o’rgatadi.



Ushbu metodni 5, 6, 7 va hatto 8 nafar tahsil oluvchidan iborat bo’lgan bir necha guruhlarda ham qo’llash mumkin. Biroq yirik guruhlar o’rtasida «6x6x6» metodi qo’llanilganda vaqtni ko’paytirishga to’g’ri keladi. Chunki bunday mashg’ulotlarda munozara uchun ham, axborot berish uchun ham birmuncha ko’p vaqt talab etiladi. So’z yuritilayotgan metod qo’llanilayotgan mashg’ulotlarda guruhlar tomonidan bir yoki bir necha mavzu (muammo)ni muhokama qilish imkoniyati mavjud.

.

6-6 texnikasi qo`yilgan muammo yuzasidan jamoaviy shakllantirilgan, taklif qilingan yechimlar variantlarning eng sarasini tanlab olish va baholash, so`ngra ularni umumiy xususiyatlariga qarab quyidagi algoritm bo`yicha guruhlashtirish imkonini beradi. Mazkur dars ishlanma misolida ushbu usul imkoniyatlarini ko’rib chiqamiz.
Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling