So’z boshi elektr uskunalarini ekspluatasiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarni davlat tilidagi 1 nashri Energoatom nashriyoti tomonidan 1987 yilda nashr etilgan rus tilidagi nusxasi, amaldagi rahbariy
Download 0,99 Mb. Pdf ko'rish
|
TB китоб
KUCHLANISH YO’QLIGINI TEKSHIRISH 5.3.1. Kuchlanish yo’qligini kuchlanishi ko’rsatuvchi asbob yordamida tekshiriladi. Uni ishlatish oldidan ishga yaroqligini tekshirishga mo’ljallangan maxsus asbob yordamida yoki yaqin orada avvaldan kuchlanish ostida bo’lgan tok o’tkazuvchi qismga yakinlashtirib tekshirib olinadi. 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida kuchlanish ko’rsatuvchi asbobdan dielektrik qo’lqop kiyib foydalanish kerak. 35 kV va uidan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida kuchlaiish yuqligini izolyasion shtanga bilan uni tok o’tkazuvchi qismga bir necha marta tekkizib tekshirish mumkin. Kuchlanish yo’qligi uchqun chiqish va chirsillash alomatini yo’qligidan hisoblanadi. Bir zanjirli 330 kV va undan yuqri kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish yo’qlign koronasiya alomati ovozi chiqib tojlanishni yo’qligidir. 5.3.2. Elektrostansiya va podstansiyalarning elektr uskunalarida kuchlanish yo’qligini 1000 V kuchlanishdan yuqorisida IV gruppaga ega bo’lgan va 1000 V kuchlanishgacha bo’lgan uskunalarida III gruppaga ega bo’lgan bitta navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimi tomonidan tekshirishga ruxsat etaladi. Elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish yo’qligini ikki ishchi bajarishi shart: 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uzatish tarmoklarida IV va III gruppali; 1000 V kuchlanishgacha bo’lgan elektr uzatish tarmoklarida III gruppali bo’lishlari zarur. 5.3.3. Kuchlanish yo’qligini sxemaga solishtirib joynda tekshirish quyidagi hollarda ruxsat etiladi: ochiq taqsimlovchi elektr uskunalarida, tashqarida o’rnatiladigan komplekt taq- simlovchi elektr uskunalar va komplekt transformator punktlarida, shuningdek elektr uzatish tarmoqlarida tuman, yomg’ir, qor yog’ayotgan taqdirda maxsus kuchlanishni ko’rsatuvchi asbob yo’q bo’lgan hollarda; 330 kV va undan yuqori kuchlanishli ochiq taqsimlovchi elektr uskunalari va ikki zanjirli 330 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoklarida; Havo va kabel elektr tarmoqlarining kirimlarida kuchlanish yo’qligini sxemaga qarab joyida tekshirilgan taqdirda, buni tarmoqning boshqaruvi kimning ixtiyorida bo’lsa, o’sha navbatchi tasdiqlaydi, Havo elektr tarmog’ida kuchlanish yo’qligini sxemaga qarab joyida tekshirish dispetcherlik nomiga mos kelgan tarmoqni yunalishi va tashqi belgisini hamda uning ustunlariga yozilgan belgilariga qarab aniqlashdan iborat. 5.3.4. 6-20 kV kuchlanishli yog’och yoki temirbeton ustunli elektr uzatish tarmoqlarida, shuningdek teleskopik minorala turib o’zidan sig’im toki oqishi asosida ishlangan kuchlanish ko’rsatuvchi asbob bilan kuchlanish yo’qligini tekshnrganda, ushbu asbobni yetarlicha sezuvchanligi ta’minlanishi kerak. Buning uchun ushbu asbobni ishchi qismini yega ulash kerak. 5.3.5. Simlari har xil balandlikda osilgan elektr uzatish tarmoqdarida kuchlanish yo’qligini kuchlanish ko’rsatuvchi asbob yoki izolyasion shtanga bilan tekshirish va yega ulagichlarni o’rnatish eng pastdagi simdan yuqorisiga qarab bajarilishi shart. Simlari gorizontal holda osilgan elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish yo’qligini tekshirish eng yaqin joylashgan simdan boshlab bajarilishi kerak, 5.3.6. Neytrali yega ulangan 1000 V kuchlanishgacha bo’lgan elektr uskunalarida ikki kutbli kuchlanish ko’rsatuvchi asbob ishlatilganda o’zaro kuchlanish yo’qligi-ni ham fazalar orasida, ham fazalar orasi bilan uskunalarning yega ulangan korpusi yoki yega ulangan nollarn umumlashtirilgan sim orasida tekshirish kerak. Oldindan tekshirilgan voltmetr ham ishlatishga ruxsat ztiladi. Kontrol lampa qo’llash man qilinadi. 5.3.7. Kommutasion apparatlarning o’chganligini xabar qiluvchi uskunalar, blo-kirovka uskunalari, doimiy ulanib ishlab turgan voltmetrlar va boshqalar fa-qat kuchlanish yo’qligini bildiruvchi qo’shimcha vosita hisoblanib, ularning ma’-lumotlari bo’yicha kuchlanishni yo’qligi to’g’risida xulosa. chiqarish mumkin emas. 5.4. YYEGA ULAGICHNI O’RNATISH. UMUMIY TALABLAR. 5.4.1. Tok o’tkazuvchi qismga yega ulagichni o’rnatish kuchlanish yo’qliginn tekshirilgan zaxotiyoq bajarilishi kerak, 5.4.2. Kuchma yega ulagich avval yega ulanadigan qurilmaga, keyin kuchlanish yo’qligi tekshirilgan zahoti tok o’tkazuvchi qismga o’rnatilishi kerak. Kuchma yega ulagichni olishda uni teskari tarzda: oldin tok o’tkazuvchi qismidan olib tashlab, keyin yega ulangan uskunalardan olib tashlanadi, 5.4.3. Kuchma yega ulagichni dielektrik qo’lqopda 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida izolyasion shtanga qo’llab qo’yish va olish shart. Kuchma yega ulagichni tok o’tkazuvchi qismga shu shtanga bilan yoki dielektrik qo’lqop kiyib qo’lda mahkamlash kerak. 5.4.4. Ushbu Qoidaning 9.2. bandida ko’rsatib o’tilgandan tashqari hollarda yega ulagnch uchun mo’ljallanmagan simlardan foydalannsh man qilinadi. 5.5. ELEKTROSTANSIYA VA PODSTANSIYALARNING ELEKTR USKUNALARIDA YEGA ULAGICHNI O’RNATISH. 5.5.1. 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida ish olib borish uchun ajratilgan uchastkaga kuchlanish qaysi tomondan berilishi mumkin bo’lgan barcha taraflaridagi tok o’tkazuvchi qismlarni hamma fazalari (qutblari) yega ulanishi shart. Butunlay o’chirilib, bitta yega ulagich o’rnatish yetarli bo’lgan umumiy shinadagi ish bundan mustasno. Uchirilgan tarmoq ayirgichlarida ish olib borganda g ulardagi yega ulagich pichoqlarining borligidan qat’ny nazar, aynrgichlardan ketgan elektr uzatish simlariga, ish jarayonida ayirgichlarni o’chirib-yoqqanda buzmaydigan qilib, qo’shimcha yega ulagich o’rnatilishi shart. 5.5.2. Elektr uskunalarning yega ulangan tok o’tkazuvchi qismi kuchlanish ostida qolgan tok o’tkazuvchi qismidan ko’zga kurinadigan qilib uzilgan joy bilan ajratilishi shart. O’rnatilgan yega ulagichlar bevosita ish bajarilayotgan tok o’tkazuvchi qismlardan o’chirilgan o’chirgichlar, ajratgichlar, uztichlar yoki quvvat o’chirgichlari, olib qo’yilgan saqlagichlar, olib tashlangan shina va simlar orqali ajratilgan bo’lishi mumkin. Agar boshqa kuchlanish osgidagi elektr uskunalari elektr maydoni ta’sirida ish joyida kuchlanish (potensial) hosil qilishi mumkin bo’lsa, bevosita ish joyiga qushimcha yega ulagich qo’yilishi shart. 5.5.3. Ko’chma yega ulagichlar tok o’tkazuvchilarning buyoklaridan tozalangan joylariga qo’yilishi kerak. 5.5.4. 1000 V kuchlanishgacha bo’lgan elektr uskunalarining umumiy shikalari, (izolyasiyali simlardan qilingan shinalardan tashqari) va shchitlarida ish olib borganda, ushbu uskunalardan kuchlanish olinishi va yega ulanishi shart. Bu taqsimlovchi elektr uskunalarning ulamalariga ulangan elektr tarmoqlariga, shchitlariga yig’imlari va ularga ulangan jihozlariga yega ulagichni o’rnatish kerakligini va mumkinligini naryad beruvchi yoki farmoyish beruvchi aniklaydi. 5.5.5. Ishni bajarish xususiyati (izolyasiya qarshiligini o’lchash va h.k.) talab qalgan taqdirda ish joyini tayyorlashda quyilgan yega ulagichni vaqtinchalik olib qo’yshpga ruxsat beriladi. Yega ulagichni vaqtinchalik olish va qayta o’z joyiga qo’yishni navbatchi, tezkor- ta’mirlash xodimi yoki naryad beruvchi ko’rsatmasi bilan ishboshi amalga oshiradi. Yega ulagichni vaqtinchalik olishga va uni ish bajaruvchi tomonidan amalga oshirilishini naryadnikg «Alohida ko’rsatmalar» satriga, yozib qayerda va nima maqsadda yega ulagich olinishi kerakligi qayd qilinishi shart. 5.5.6. Elektr uskunalarning yega ulagich o’rnatish xavfli yoki o’rnatishning iloji bo’lmagan konstruksiyalarida (masalan, ayrim taqsimlovchi yashiklarda, komplekt taqsimlovchi elektr uskunalarining ayrim tiplarida, fazalari vertikal joylashgan taqsimlovchn shchitlarda) ish joyini tayyorlashda yega ulagichni qo’ymasdan ajratgich pichoqlariga dielektrik qalpoq kiygizish yoki kommutasion apparatlarining kontaktlari orasiga izolyasion nakladka qo’yish mumkin, 5.5.7. 1000 V kuchlanishgacha bo’lgan elektr uskunalarida yega ulagichni qo’yish va olish III grutshaga ega bo’lgan bir navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimiga ruxsat etiladi. 5.5.8. 1000 V va undan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida: Ko’chma yega ulagichlarni o’rnatishni ikki kishi bajarishi shart: biri IV gruppali (navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimlaridan), boshqasi III gruppali; III gruppali ishchi ta’mirlash xodimlaridan bo’lishi mumkin, iste’molchilar ulamasiga yega ulagichni o’rnatish-iste’molchi xodimlari qatnashuvida bajariladi. Uzoqda joylashgan podstansiyalarda ma’muriy-texnik xodimlarning yoki disnegcherning ruxsati bilan asosiy sxemalarda yega ulagichni o’rnatiщda ikkinchi xodim sifatida III gruppali isge’molchi xodimi ishlashiga ruxsat bernladi; yega ulagich pichoqlarini IV guppaga ega bo’lgan navbatchi yoki tezkor-tamirlash xodimlaridan bir kishi ulashi mumkin; yega ulagich pichoqlarini o’chirish va ko’chma yega ulagichni olishni navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimlaridan III gruppaga ega bo’lgan bir kishi bajarishi mumkin. Download 0,99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling