So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»


-rasm. Yuqori molekulyar moddalar bilan suspenziyani stabillash


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/78
Sana21.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1791379
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78
Bog'liq
6438e812ab16e

8-rasm. Yuqori molekulyar moddalar bilan suspenziyani stabillash. 
Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalardan suspenziyalar tayyorlanmaydi! Istisno tariqasida agar bunday 
modda miqdori retseptda 1 martalik eng yuqori dozadan oshmasagina, uni suspenziya holida berish mumkin. 
Suspenziyalar shisha idishlarda «Ishlatishdan oldin chayqatilsin» deb yozilgan yorliq yopishtirilib beriladi.
Dispersion usulda suspenziyalar tayyorlash. 
Gidrofil bo‘kmaydigan moddalardan suspenziya tayyorlash 
Gidrofil bo‘kmaydigan moddalardan (vismut nitrat asosi, rux oksidi, magniy oksidi, magniy karbonat, oq gil, 
kraxmal, talk) suspenziyalar tayyorlashda ularni professor B.V. Deryagin qoidasiga ko‘ra maydalanadi. Bunda 1 g 
modda 0,4—0,6 ml suyuqlik bilan dispergirlanadi. Hosil bo‘lgan bo‘tqaga 10—20 barobar ko‘p suyuqlik qo‘shib 
yaxshilab hovoncha dastasi bilan aralashtiriladi. Aralashma 2—3 daqiqa tindiriladi. Ustki qismi idishga solinadi, 
cho‘kmasi esa yana maydalanib ustiga yana 10—20 barobar ko‘p suyuqlik qo‘shiladi va yuqoridagi jarayon 
takrorlanadi. 
Rp: Bismuthi subnitratis 4,0 
Aq. Menthae piperitae 200 ml 
M.D.S. Ichish uchun. 
Vismut nitrat asosi 1,5—2 ml yalpiz suvi bilan hovonchada maydalanadi. Hosil bo‘lgan pulpa 40 ml yalpiz suvi 
bilan suyultiriladi (aralashtirib turgan holda). 2—3 minutga qoldiriladi. So‘ng ustki qismi shisha idishga solinadi. 
Тagidagi cho‘kma yana 40 ml yalpiz suvi bilan aralashtiriladi. Bu jarayon cho‘kma tugaguncha davom ettiriladi. 
«Ishlatishdan oldin chayqatilsin» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi.
Rp: Zinci oxydi 1,5
Hexamethylentetramini 1,0 
Aquae purificatae 120 ml
M.D.S. Sirtga qo‘llash uchun. 
Rux oksidi miqdori 3% dan kam bo‘lgani uchun suspenziya og‘irlik — hajm usulida tayyorlanadi. Dastlab 
yordamchi idishga 110 ml tozalangan suv 10 ml geksametilentetramin eritmasi (1:10) solib eritma tayyorlanadi. 
Hovonchaga 1,5 g rux oksidi solib 0,75 ml eritma bilan aralashtirib maydalanadi (Deryagin qoidasiga ko‘ra). 
So‘ngra 15 ml (10 barobar ko‘p) eritma qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. 2—3 daqiqa tindirilib, ustki qismi idishga 
solinadi. Cho‘kma yana maydalanib, ustiga 15 ml eritma qo‘shib aralashtiriladi. Yana 2—3 minutga qoldirilib, ustki 
qismi idishga solinadi. Bu jarayon rux oksidi qolmaguncha takrorlanadi. Suspenziyaga «Ishlatishdan oldin 
chayqatilsin», «Sirtga qo‘llash uchun» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi.
Rp: Extracti Belladonnae 0,1 
Bismuthi subnitratis 2,0 
Aq. rurif.100 ml 
M.D.S. 1 desert qoshiqdan 3 mahal 
Dastlab quyuq ekstraktning suvli eritmasi tayyorlab olinadi. So‘ngra yuqoridagi retsept texnologiyasi bo‘yicha 
suspenziya tayyorlanadi.
Rp: Zinci oxydi 20,0 
Тalci 20,0 
Glycerini 30,0 
Aq. rurif. 100 ml 
M.D.S. Sirtga. 
Bu retseptda quruq modda miqdori 3% dan ko‘p bo‘lgani uchun suspenziya og‘irlik usulida tayyorlanadi.
Hovonchada rux oksidi, talk aralashtiriladi va 20 g glitserin bilan dispergirlanadi. So‘ng qolgan glitserin solinadi 
va oz-ozdan suv qo‘shib shisha idishga yana chayib solinadi. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling