So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»
Gidrofil bo‘kuvchi moddalardan suspenziya tayyorlash
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
6438e812ab16e
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidrofob moddalardan suspenziya tayyorlash
Gidrofil bo‘kuvchi moddalardan suspenziya tayyorlash
Gidrofil bo‘kuvchi moddalarga tanalbin, tealbin, sanalbinlar kiradi. Bunday moddalardan suspenziya tayyorlashda ularni quruq holda maydalab olish zarur. Rp: Tannalbini 4,0 Sirupi simplicis 15 ml Aq. purif. 180 ml M.D.S. Ichish uchun. Тanalbin gidrofil bo‘kuvchi modda — taninni oqsil bilan birikmasi. Bu retseptni tayyorlash uchun 4 g tanalbin quruq holda yaxshilab hovonchada maydalanadi. Ustiga 15 ml qand sharbati qo‘shib aralashtiriladi. So‘ng oz-ozdan tozalangan suv qo‘shib yana aralashtiriladi va shisha idishga chayib solinadi. Gidrofob moddalardan suspenziya tayyorlash Gidrofob moddalar ikki guruhga bo‘linadi: a) kuchli gidrofob xossaga ega bo‘lgan; b) kuchsiz gidrofob xossaga ega bo‘lgan. Kuchli gidrofob xossani namoyon etuvchi moddalarga kamfora, mentol, timol, oltingugurt kiradi. Kuchsiz gidrofob xossani namoyon etuvchi moddalarga sulfanilamid preparatlari, terpingidrat, benzonaftol, fenilsalisilat kabilar kiradi. Ulardan dispersion usulda suspenziya tayyorlaganda dispers faza suyuqlik ustiga qalqib chiqib flokulyatsiyaga uchraydi yoki idish devorlariga yopishib qoladi. Shunday hodisalarni oldini olish uchun bu moddalarni gidrofillash talab qilinadi. Gidrofillash uchun ishlatiladigan moddalar stabilizatorlar deb ataladi. Ularga jelatoza (jelatinani chala gidroliz mahsuloti), yelimlar, o‘simliklardan olinadigan shilimshiq moddalar, kraxmal kleysteri, polisaxarid komplekslari, MS, KMS, PVP, poliglyukin, spanlar, tvinlar, bentonit va boshqalar misol bo‘ladi. Masalan, stabilizator sifatida jelatoza ishlatsak, 1 g kuchli gidrofob xossaga ega bo‘lgan moddaga — 1 g, kuchsiz gidrofob xossaga ega bo‘lgan moddalarga — 0,5 g jelatoza qo‘shiladi. Rp: Sol. Natrii bromidi 0,5%—120 ml Camphorae 1,0 Coffeini natrii — benzoatis 0,5 M.D.S. 1 osh qoshiqdan 3 mahal. Yordamchi idishga 112 ml tozalangan suv, 5 ml kofein benzoat natriy eritmasi (1:10), 3 ml natriy bromid eritmasi (1:5) solamiz. Hovonchada 1 g kamfora 1 ml 90% li etanol bilan maydalanadi. So‘ngra 1 g jelatoza qo‘shib aralashtiriladi. Ustiga 1 ml tayyorlangan eritmadan qo‘shib mayin pulpa hosil qilinadi va beriladigan idishga oldin tayyorlab qo‘yilgan eritma bilan chayib solinadi. Oltingugurt bilan tayyorlanadigan suspenziya o‘ziga xos usulda tayyorlanadi. 1g oltingugurtga 0,1—0,2 g tibbiyot sovuni (kaliyli sovun) qo‘shish kerak. YuMB larni stabilizator sifatida ishlatish mumkin emas. Chunki ular oltingugurtning farmakologik ta’sirini kamaytirib yuboradi. Rp: Sulfuris praecipitati 4,0 Spiritus aethylici 10 ml Glycerini 15,0 Aq. purif. ad 180 ml M.D.S. Sirtga. Hovonchada 4 g oltingugurt, 2 g glitserin bilan maydalanadi. So‘ng qolgan glitserin va suv qo‘shib shisha idishga chayib quyiladi. 10 ml 90% li etanol va oxirida suspenziyaga 0,4 g kaliyli sovun qo‘shiladi va yaxshilab chayqatiladi. Rp: Extr. Belladonnae 0,15 Phenylii salicylatis 2,0 Aquae Menthae 150 ml M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin. Silindrga 150 ml yalpiz suvi, 0,3 g tomchilab quyuq ekstrakt eritmasi solinadi. Hovonchada 2 g fenilsalisilatni 16—20 tomchi 95% li etanol bilan maydalanadi, unga 1,0 g jelatoza qo‘shib aralashtiriladi. Uning ustiga 1,5 ml eritma qo‘shib pulpa hosil qilinadi. So‘ng 30 ml eritma qo‘shib uni shisha idishga quyiladi. Qolgan eritma oz-ozdan qo‘shib chayib quyiladi. Rp: Sulfadimetoxyni 2,0 Natrii benzoatis 0,5 Aq. rurif. 100 ml M.D.S. 1desert qoshiqdan kuniga 3 mahal. Suspenziyani tvin — 80 va PVS bilan barqarorlash mumkin. Buning uchun 0,2 g tvin — 80, 2 g PVS kerak bo‘ladi. 10 ml suvda 0,2 g tvin —80 eritib olinadi. Qolgan suvda (85 ml) yordamchi idishda PVS eritiladi. Hovonchada 2 g sulfadimetoksin 1 ml tvin — 80 eritmasi bilan maydalanadi. So‘ngra unga 25 — 30 ml PVS eritmasidan qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi va beriladigan idishga solinadi. Hovoncha tagida qolgan poroshokka qolgan tvin — 80 va PVS eritmasi qo‘shib aralashtiriladi va yana beriladigan idishga quyiladi. Oxirida 5 ml natriy benzoat eritmasi solinib «Ichish uchun», « Ishlatishdan oldin chayqatilsin» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling