So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»


Antibiotiklar bilan poroshoklar tayyorlash


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/78
Sana21.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1791379
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   78
Bog'liq
6438e812ab16e

Antibiotiklar bilan poroshoklar tayyorlash 
 
Antibiotiklar poroshok shaklida ko‘pincha sulfanilamid preparatlari va boshqa moddalar bilan birga beriladi. 
Antibiotiklar bilan poroshoklar aseptik sharoitda poroshoklarni umumiy tayyorlash texnologiyasiga asoslangan 
holda tayyorlanadi.
Rp: Sulfadimezini 
Streptocidi 
Synthomycini ana 1,0 
Ephedrini hydrochloridi 0,1 
Misce. Da. Signa. Hidlash uchun poroshok. 
Aseptik sharoitda steril hovonchada 1 g streptosid 10 tomchi etil spirti yordamida maydalanadi. Ustiga 
sulfadimezin solib yana maydalash davom ettiriladi. Hovonchada aralashmadan taxminan 0,1 g qoldirilib, qolgan 
qismi kapsulaga olib qo‘yiladi. So‘ngra hovonchaga 0,1 g efedrin gidroxlorid solib yaxshilab maydalanadi va
kapsulaga olib qo‘yilgan kukundan oz-ozdan qo‘shib bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Aralashma 
quritgich shkafida 150°C haroratda 1 soat davomida sterillanadi. So‘ngra poroshok tayyorlash qoidasiga ko‘ra 1 g 
sintomisin qo‘shiladi. Poroshok sterillangan shisha idishga solinib, og‘zi buraladigan qopqoq bilan yopiladi va 
tegishli yorliq yopishtiriladi. Xona harorati 10°C dan yuqori bo‘lmagan quruq joyda saqlanadi. 
Antibiotiklar bilan eritma tayyorlash 
 
Antibiotiklar bilan asosan suvli va spirtli eritmalar tayyorlanadi. Bunday hollarda pH sharoiti hisobga olinadi, 
bu esa antibiotiklarni boshqa dori moddalar bilan turg‘unligini va mutanosibligini oshiradi. 
Eritmalar aseptik sharoitda eritmalarni tayyorlashning umumiy qoidasiga asoslangan holda tayyorlanadi. 
Antibiotiklar bilan tayyorlangan dorilarni saqlash muddati 24 soat. 
Rp: Strepthomycini 250000 ТB 
Benzylpenicillini — natrii 100000 ТB 
Solutionis Natrii chloridi 0,9% — 20 ml 
Misce. Da. Signa. Burun uchun tomchi. 
250000 ТB (0,25 g) saqlovchi streptomisin steril idishda 20 ml natriy xloridni sterillangan eritmasida 
eritiladi. Тayyor eritma 100000 ТB (0,06 g) saqlovchi penisillin idishiga quyiladi va tegishli yorliq yopishtiriladi. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling