So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/78
Sana21.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1791379
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   78
Bog'liq
6438e812ab16e

Nazorat savollari 
 
1. Ko‘z dori shakllarini ta’rifi va turlari. 
2. Ko‘z dori shakllariga qo‘yiladigan talablar. 
3. Ko‘z tomchilarining izotonik konsentratsiyasini
hisoblang (misol keltiring). 
4. Ko‘z surtma dorilarini umumiy tayyorlash texnologiyasini
tushuntiring. 
5. Ko‘z amaliyotida ishlatiladigan dori shakllari to‘g‘risida
tushuncha bering. 
6. Ko‘z tomchilari va namlamalar tayyorlashda ishlatiladigan 
filtrlar. 
7. Ko‘z surtma dorilarini tayyorlashda ishlatiladigan 
asoslar to‘g‘risida tushuncha bering. 
8. Ko‘z tomchilari tayyorlashda ishlatiladigan qo‘shimcha
yordamchi moddalar to‘g‘risida tushuncha bering. 
9. X DF da keltirilgan ko‘z surtma dorisi tarkibi va 
texnologiyasi. 
10. Ko‘z surtma dorisi tayyorlashda ishlatiladigan asoslarga
qo‘yiladigan talablar. 
11. Ko‘z tomchilari turg‘unligini oshiruvchi moddalar 
to‘g‘risida tushuncha bering. 
12. Ko‘zga ishlatiladigan suspenzion surtma dorilarni 
sifatini aniqlash. 
13. Ko‘z tomchilarining tozaligini ta’minlash usullari va 
ta’sir vaqtini uzaytirish. 
14. Ko‘z surtma dorilariga qo‘yiladigan talablar. 
15. Тurli dori moddalari bilan ko‘z surtma dorilarini 
tayyorlashni o‘ziga xosligi. 
16. Dorixona sharoitida tayyorlanadigan dori shakllarida
ko‘proq uchraydigan antibiotiklar. 
17. Antibiotiklar bilan surtma dorilar qaysi asoslardan 
tayyorlanadi. 
18. Antibiotiklar bilan turli dori shakllari
tayyorlashning o‘ziga xosligi. 
19. Antibiotiklar bilan turli dori shakllari tayyorlashda 
aseptik sharoitning bo‘lishi. 
20. Ko‘z dori shakllari va antibiotiklar bilan tayyorlangan 
dori shakllari sifatini baholash.


ANТIBIOТIKLAR BILAN DORI SHAKLLARI ТAYYORLASH 
ТOPSHIRIQ: 
1. Antibiotiklar bilan poroshoklar tayyorlash; 
2. Antibiotiklar bilan eritma tayyorlash; 
3. Antibiotiklar bilan surtma dori tayyorlash. 
Antibiotiklar bilan dori shakllari tayyorlash o‘ziga xos sharoitlarda, qator texnologik bosqichlar asosida olib 
boriladi. 
1. Antibiotikni kimyoviy tuzilishi, fizik-kimyoviy xossasi, turg‘unligi hisobga olinishi lozim. Bu esa, uni dori 
moddalar bilan mutanosibligini va har xil dori shaklini tayyorlash mumkin ekanligini ko‘rsatadi. Bu xususiyat 
yordamchi moddani to‘g‘ri tanlashga yordam beradi. 
2. Antibiotiklar bilan dori shakllari aseptik sharoitda tayyorlanadi. Antibiotiklarning hammasi har xil 
mikroblarga va ularning fermentlariga juda ta’sirchan bo‘ladi. Antibiotiklar mikroblarga ta’sir qilgandan keyin 
o‘zini faolligini ma’lum darajada yo‘qotadi va nofaol holatga o‘tadi. 
Ayrim antibiotiklarni turg‘unlik darajasini oshirish maqsadida (penisillin, tetrasiklin gidroxlorid, levomisetin
va boshqalar) erituvchi sifatida bufer eritmalar ishlatiladi. 
Тayyor eritmalarga «Salqin joyda saqlansin» deb yozilgan ogohlantiruvchi yorliqlar yopishtiriladi. 
Dorixonada antibiotiklar bilan surtma dori, shamcha, eritma, sirtga va ichish uchun poroshok tayyorlanadi. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling