Gidrofob suyuqliklar bilan hab dori tayyorlash
Gidrofob suyuqliklardan hab dori massasi tayyorlash uchun ularni emulgirlash zarur. Emulgirlash uchun
chuchukmiya ildizining quruq ekstrakti, bug‘doy uni yoki na’matak kukuni ishlatiladi.
Moysimon suyuqliklarni chuchukmiya ildizining quruq ekstrakti bilan emulgirlaganda yordamchi modda
taxminan quyidagi nisbatda olinadi: chuchukmiya ildizi quruq ekstrakti suvsiz suyuqlikning og‘irligiga teng
miqdorda va glitserin-moysimon moddaning yarmicha, suv moysimon suyuqlikka nisbatan 1/4 qism miqdorda
qo‘shiladi.
Rp: Extracti Filicis maris spissi 2,0
Massae pilularum q.s.
ut fiant pilulae №10
Da. Signa. 2 ta hab doridan har 10 daqiqada ichilsin.
Hovonchaga 2 g chuchukmiya ildizi ekstrakti solinadi, mayin kukun hosil bo‘lguncha maydalanadi va unga 1 g
glitserin, 0,5 ml suv qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. Тayyor bo‘lgan bir xil quyuq aralashmaga, oz-ozdan chinni
kosachadagi erkak paporotnigi ekstraktini qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. Aralashtirish bir xildagi o‘ziga xos
tovush chiqquncha (emulsiya hosil bo‘lguncha) davom ettiriladi. Keyin unga chuchukmiya ildiz kukunini hab dori
massasi hosil bo‘lguncha qo‘shib aralashtiriladi.
Sifatli tayyorlangan hab dori qog‘oz orasiga olib siqilganda qog‘ozda moysimon dog‘ qoldirmasligi kerak. Hab
dori jips berkiladigan shisha idishlarda chiqariladi.
Yuqorida keltirilgan retseptdagi hab dorini tayyorlashda emulgator sifatida bug‘doy uni ishlatilsa ham bo‘ladi.
Hovonchaga 2 g bug‘doy uni solib, uni teng miqdordagi glitserinli suv bilan aralashtiriladi. Keyin oz-ozdan
ekstrakt qo‘shib yaxshilab aralashtirish davom ettiriladi. Тayyor emulsiyaga hab dori massasi hosil bo‘lguncha
chuchukmiya ildiz kukuni yoki na’matak kukuni qo‘shib aralashtiriladi. Тayyor hab doriga likopodiy kukuni sepib,
og‘zi jips yopiladigan shisha idishga solinib, tegishli yorliq yopishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |