181
Ilmiy aoslanib, maromiga еtkazilgan
taxmin konsepsiyaga
aylanadi. Har qanday ilmiy asoslangan loyihani amalda sinab
ko‘rish talab qilinadi. Maqsadga еtishishning ilmiy asoslangan
loyihasini amalda sinab ko‘rishni
TAJRIBA deyiladi.
NAZARIYA deb tafakkurning barcha bosqichlaridan o‘tgan va
amaliyotda sinab ko‘rilib maromiga еtkazilgan
bilimlar majmuiga
aytiladi.
EVOLYUTSION PEDAGOGIKA - (V.P. Vaxterov) ta'limni
bola rivojlanishining tabiiy qonuniyatlariga mos keladigan kognitiv
faoliyat jarayoni sifatida tushunish.
ELEKTRON O‘QUV ADABIYOTLARI - zamonaviy
axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash,
yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va
nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan manba hisoblanadi.
ELEKTRON O‘QUV NASHRI - ta’lim
oluvchilar
tomonidan bilimlar, ko‘nikmalar va mahoratlarni ijodiy va faol
egallashlarini ta’minlaydigan ilmiy
amaliy bilim sohasiga mos
ravishdagi tizimlashtirilgan o‘quv materialga ega bo‘lgan elektron
nashr.
Do'stlaringiz bilan baham: