So‘z boshi xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA
- PEDAGOGIK TAJRIBA
- PEDAGOGIK MUXIT
- TA’LIMIY KENGLIK
- TADQIQOT OB’EKTI
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA - ta’lim va tarbiya
jarayoniga yangicha yondashuv bo‘lib, pedagogikada ijtimoiy- muhandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnikaviy tafakkur asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog‘liq tushunchadir. Birlashgan millatlar tashkilotining nufuzli idoralaridan YuNESKOning ta’rifi bo‘yicha, «PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA – bu bilim berish va uni egallashda texnika va inson resurslarini o‘zaro uzviy bog‘liq holda ko‘rib, butun ta’lim jarayonini loyihalashda va amalda qo‘llashda majmuli yondashuv usulidan foydalanishdir». PEDAGOGIK TAMOYIL (PRINSIP)lar – o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi munosabatda beriladigan bilim turi, hajmi va mazmuni, shuningdek o‘quv qurollari va tarbiyalanuvchilarning ruhiy xususiyatlari va shular oralaridagi zaruriy bog‘liqlik (qonuniyat)lardan kelib chiqqan qoidalar. PEDAGOGIK TAJRIBA - ta’lim-tarbiya beruvchi tomonidan ma’rifatning tamoyillari va ta’lim-tarbiya berishning muayyan usul va uslublarini to‘liq o‘zlashtirish hamda ularni amalda qo‘llashdagi real shart-sharoitlarni, bolalar jamoasi va har bir shaxsning o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda amaliyotda tatbiq etishdir. PEDAGOGIK MUXIT – ta’lim-tarbiya maqsadlariga muvofiq ravishda tuzilgan shaxslararo munosabatlar majmui. PEDAGOGIK MULOQOT – bevosita ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq muloqot turi. ILG‘OR PEDAGOGIK TAJRIBA – o‘qituvchi tomonidan ma’rifat fanining tamoyillari va ta’lim-tarbiya berishning usul va 179 uslublarini yaxshi o‘zlashtirib ularga ijodiy yondashgan xolda, nisbatan samaraliroq usul yoki uslub yaratish tushuniladi. TA’LIMIY KENGLIK – ta’lim jarayonlari amalga oshiradigan, ya’ni tashqi atrof – muhit bilan o‘zaro harakat anglanadigan va amalga oshiriladigan kenglik. Pedagogik jarayonda ta’limiy kenglikning son va sifat jihatdan tavsifi asosan pedagogga, uning ichki madaniyati, dunyoqarashi, qarashlariga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham pedagogning professional tayyorgarligi nafaqat aniq mazmunni egallashga, balki, ekologik madaniyat, ma’naviyat, umumiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan taqdirda maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tashqi va ichki ta’limiy kenglik kasbiy faoliyatning ahamiyati bugungi kun ta’limining eng dolzarb muammolaridandir. Muayyan ilm soxasi yoki tarmoq ilmi tadqiqotlarni aniq bir majmuiga qaratishi shu ilmning TADQIQOT OB’EKTI deyiladi. Majmuni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi funksional aloqadorlik ma’lum narsa yoki hodisaning alohida jabhasi xisoblanib, ilm uchun TADQIQOT PREDMETI vazifasini o‘taydi. USLUBIYOT – pedagogika soxasidagi tarixan tarkib topgan va aniqlangan atama, tushuncha va qonuniyatlardan foydalanib, didaktika tamoyillariga asoslangan holda ta’lim va tarbiya berishning usul va uslubiyotini yaratuvchi va ularni boshqalarga o‘rgatuvchi ilm-fan tarmog‘idir. BILIM- bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi ularning ichki zaruriyatidan kelib chiqqan bog‘liqlikdir. Uni qonuniyat deb ham yuritiladi. Chunki bu zaruriy bog‘liqlik narsa va hodisalarning tabiatidan kelib chiqib, bizning ixtiyorimizdan tashqari o‘zi mavjud. Uni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Bilim kishidan kishiga ma’lumot (axborot) orqali o‘tadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling