So‘z boshi xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/85
Sana22.06.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1649183
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   85
TA’LIM USLUBI – o‘qituvchi (pedagog) bilan o‘quvchi 
(talaba)lar orasida bilim berish va uni olish maqsadida amalga 
oshiriladigan o‘zaro aloqalarni tizimga soluvchi pedagogik 
tadbirlar. 
O‘QITISH – o‘qituvchi va ta’lim oluvchining birgalikdagi 
faoliyati va bu jarayonda bolalarning ma’lumot olishi, o‘quv 
ko‘nikma va malakasini egallashi, tarbiyalanib, rivojlanib borishi 
nazarda tutiladi. 
DIDAKTIKA – grekcha didaskien so‘zidan olingan bo‘lib, 
o‘qitaman, o‘qishni o‘rgataman ma’nolarini anglatadi. Shunga ko‘ra 
didaktika – bu o‘qitish nazariyasidir. Didaktika o‘qitish 
jarayonining shakllari, metodlari, tamoyillari, mazmuni, vazifasi va 
maqsadlarini ishlab chiqadi.


176 
DIDAKTIKANING PREDMETI – ta’lim-tarbiya muassasasi 
sharoitda muallimning rahbarligi ostida amalga oshadigan o‘quv 
jarayonidir. Didaktikada ana shu jarayonning qonuniyatlari tadqiq 
qilinadi, har xil tipdagi ta’lim-tarbiya muassasalarida u yoki bu 
darajada beriladigan ta’lim mazmunini belgilashning ilmiy asoslari, 
o‘qitish vositalari va metodlarining samaradorligini oshirish yo‘llari 
hamda ta’limning tashkiliy shakllari ishlab chiqiladi. 
METODIKA – Pedagogikaning o‘qitish, qonuniyatlari
qoidalari, tashkil etish shakllari, amalga oshirish va natijalarini 
nazorat qilib baholash metodi hamda vositalarini o‘zida 
mujassamlashtiruvchi fan tarmog‘idir. Har bir o‘quv fani o‘qitish 
sohasi o‘rgatishning vazifalari, mazmuni, metodlari va tashkiliy 
ko‘rinishi haqidagi metodika asosida quriladi.
Maqsadga еtishda muayyan to‘siqni еngib o‘tish uchun 
qo‘llaniladigan tadbir va choralar majmuini USUL deyiladi. 
O‘QITISH METODIKASI - bu turli usullar tizimi bo‘lib, 
o‘quv-didaktik materiallardan foydalanish orqali belgilangan 
maqsadga erishish uchun nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlar 
paytida qo‘llaniladigan usullar majmuasidir. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling