176
DIDAKTIKANING PREDMETI – ta’lim-tarbiya muassasasi
sharoitda muallimning rahbarligi ostida amalga oshadigan o‘quv
jarayonidir. Didaktikada ana shu jarayonning
qonuniyatlari tadqiq
qilinadi, har xil tipdagi ta’lim-tarbiya muassasalarida u yoki bu
darajada beriladigan ta’lim mazmunini belgilashning ilmiy asoslari,
o‘qitish vositalari va metodlarining samaradorligini oshirish yo‘llari
hamda ta’limning tashkiliy shakllari ishlab chiqiladi.
METODIKA – Pedagogikaning o‘qitish,
qonuniyatlari,
qoidalari, tashkil etish shakllari, amalga
oshirish va natijalarini
nazorat qilib baholash metodi hamda vositalarini o‘zida
mujassamlashtiruvchi fan tarmog‘idir. Har bir o‘quv fani o‘qitish
sohasi o‘rgatishning vazifalari, mazmuni,
metodlari va tashkiliy
ko‘rinishi haqidagi metodika asosida quriladi.
Maqsadga еtishda muayyan to‘siqni еngib o‘tish uchun
qo‘llaniladigan tadbir va choralar majmuini
USUL deyiladi.
O‘QITISH METODIKASI - bu turli usullar tizimi bo‘lib,
o‘quv-didaktik materiallardan foydalanish orqali belgilangan
maqsadga erishish uchun nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlar
paytida qo‘llaniladigan usullar majmuasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: