So‘z boshi xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/85
Sana22.06.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1649183
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   85
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA - ta’lim va tarbiya 
jarayoniga yangicha yondashuv bo‘lib, pedagogikada ijtimoiy-
muhandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnikaviy 
tafakkur asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib 
chiqish bilan bog‘liq tushunchadir. 
Birlashgan 
millatlar 
tashkilotining 
nufuzli 
idoralaridan 
YuNESKOning 
ta’rifi 
bo‘yicha, 
«PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYA – bu bilim berish va uni egallashda texnika va 
inson resurslarini o‘zaro uzviy bog‘liq holda ko‘rib, butun ta’lim 
jarayonini loyihalashda va amalda qo‘llashda majmuli yondashuv 
usulidan foydalanishdir». 
PEDAGOGIK TAMOYIL (PRINSIP)lar – o‘qituvchi va 
o‘quvchi orasidagi munosabatda beriladigan bilim turi, hajmi va 
mazmuni, shuningdek o‘quv qurollari va tarbiyalanuvchilarning 
ruhiy xususiyatlari va shular oralaridagi zaruriy bog‘liqlik 
(qonuniyat)lardan kelib chiqqan qoidalar. 
PEDAGOGIK TAJRIBA - ta’lim-tarbiya beruvchi tomonidan 
ma’rifatning tamoyillari va ta’lim-tarbiya berishning muayyan usul 
va uslublarini to‘liq o‘zlashtirish hamda ularni amalda qo‘llashdagi 
real shart-sharoitlarni, bolalar jamoasi va har bir shaxsning o‘ziga 
xosliklarini hisobga olgan holda amaliyotda tatbiq etishdir. 
PEDAGOGIK MUXIT – ta’lim-tarbiya maqsadlariga muvofiq 
ravishda tuzilgan shaxslararo munosabatlar majmui. 
PEDAGOGIK MULOQOT – bevosita ta’lim-tarbiya bilan 
bog‘liq muloqot turi. 
ILG‘OR PEDAGOGIK TAJRIBA – o‘qituvchi tomonidan 
ma’rifat fanining tamoyillari va ta’lim-tarbiya berishning usul va 


179 
uslublarini yaxshi o‘zlashtirib ularga ijodiy yondashgan xolda, 
nisbatan samaraliroq usul yoki uslub yaratish tushuniladi. 
TA’LIMIY KENGLIK – ta’lim jarayonlari amalga 
oshiradigan, ya’ni tashqi atrof – muhit bilan o‘zaro harakat 
anglanadigan va amalga oshiriladigan kenglik. Pedagogik jarayonda 
ta’limiy kenglikning son va sifat jihatdan tavsifi asosan pedagogga, 
uning ichki madaniyati, dunyoqarashi, qarashlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Shuning uchun ham pedagogning professional tayyorgarligi nafaqat 
aniq mazmunni egallashga, balki, ekologik madaniyat, ma’naviyat, 
umumiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan taqdirda 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tashqi va ichki ta’limiy kenglik kasbiy 
faoliyatning ahamiyati bugungi kun ta’limining eng dolzarb 
muammolaridandir.
Muayyan ilm soxasi yoki tarmoq ilmi tadqiqotlarni aniq bir 
majmuiga qaratishi shu ilmning TADQIQOT OB’EKTI deyiladi. 
Majmuni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi funksional 
aloqadorlik ma’lum narsa yoki hodisaning alohida jabhasi 
xisoblanib, ilm uchun TADQIQOT PREDMETI vazifasini 
o‘taydi. 
USLUBIYOT – pedagogika soxasidagi tarixan tarkib topgan 
va aniqlangan atama, tushuncha va qonuniyatlardan foydalanib, 
didaktika tamoyillariga asoslangan holda ta’lim va tarbiya 
berishning usul va uslubiyotini yaratuvchi va ularni boshqalarga 
o‘rgatuvchi ilm-fan tarmog‘idir. 
BILIM- bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi 
ularning ichki zaruriyatidan kelib chiqqan bog‘liqlikdir. Uni 
qonuniyat deb ham yuritiladi. Chunki bu zaruriy bog‘liqlik narsa va 
hodisalarning tabiatidan kelib chiqib, bizning ixtiyorimizdan 
tashqari o‘zi mavjud. Uni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Bilim kishidan 
kishiga ma’lumot (axborot) orqali o‘tadi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling