180
Ko‘nikma va malakalar deganda
biror shaxsning muayyan
faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishi uchun shart-sharoitlar yaratib
beruvchi, tashqaridan kuzatish mumkin bo‘lgan
harakatlari va
reaksiyalari tushuniladi. Malakalar ongli ravishda amalga oshirilgan
faoliyatning tarkibiy qismiga kiruvchi avtomatik tarzda yuz
beradigan harakatlardir.
MAHORAT- o‘zlashtirilgan bilimlar
va hayotiy tajribalar
asosida barcha amaliy harakatlarni (shu jumladan dars berishni)
kam kuch va kam vaqt sarflab bajarish.
BAHOLASH- ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv
maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar
asosida o‘lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat
bo‘lgan jarayondir.
MILLIY PEDAGOGIKA - Davlat konstitutsiyasi, “Ta’lim
to‘g‘risidagi qonun” hamda
istiqbol rejalanish dasturlari,
jamiyatning tarixiy taraqqiyot qonuniyatlari va jahondagi ilg‘or
pedagogik texnologiyalar asosida tuzilgan ta’lim tarbiya nazariyasi,
usul va uslublar majmui tushuniladi.
MA’NAVIYAT – bu shaxsning egallagan foydali bilimlari
(bilim turidan qat’iy nazar) uning
hayotida bir necha bor
takrorlanishi natijasida ko‘nikma va malaka bosqichlaridan o‘tib,
ruhiga singib, uning hayot tarziga aylanib ketgan ijobiy ijtimoiy
sifatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: