So'z mulkining sultoni Alishcr Navoiy qalamiga mansub «Xamsa»ning beshinchi dostoni


Download 466.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/18
Sana11.10.2023
Hajmi466.27 Kb.
#1698194
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
saddi iskandariy

 
ISKANDARNING VAFOTI 
Bu ishlar Iskandarga ayon bo'lgach, u o'z hayoti quyoshiga tutilish vaqti 
yetganini sezdi. Yaqin bildiki, ketmak chog'i yetibdi. Shunday mahzun 
kunlarda ajal jomidan zaharli ovqat yeb-ichib turarkan, onasi yodiga tushdi. 
Ko'zini ochibon elga nigoh tashlab, ajal yelida bir sovuq oh tortdi. Kotib 
chaqirtirib, onasiga xat yozmoq uchun qog'ozu qalam so'radi. Qog'oz yuzini 
qaro qiladi. Dabir qog'ozni tayyorlagach, unga shu so'zlarni yozishni 
buyurdi: 


<
liangomai darddur. Birov hamdidadindur bidoyat 
unga, Ki yo 'q ibtidodur shikoyut ungu.
Shu yerga yetganda shoh, tugatdi so'zi-yu, dog'i yumdi ko'zin. Foniy 
mulkni jasurlik bilan tez egallagan edi, endi baqo mulkin olgali jazm qildi. 
Solib tan tilsimini tufroq uza bu charxi nuh toqqa qarab parvoz etdi. Ko'kka 
qarab safar ayladi, yeru ko'kni zeru zabar ayladi. Ajal sarsari getinavard 
bo'lib, qorong'i tutun olam yuzini qora qildi. Xisravoniy taxt yerga yiqilib, 
toj ham yerga tushdi, taxti ham yuz pora bo'ldi. 
Hikmat ahli kitoblardek qaro kiydi, falak bo'lsa, beshiqdor ish qilib 
qiyomat kunini oshkora ayladi. Negaki, jahonning bor xalqi ohu noladan 
shovqin-suron ko'tardi. Shunday qiyomatki, nogoh tushib, arzi falak ko'kka 
tushardi. Falak bilan yer sarbasar chayqalib, dame chayqalib, barchasi 
qo'zg'alib, hamul dam oradan chiqib, hamon yana zamon ko'rmay qolanli. 
Keyin odamlar Iskandarni mahofoga yotqizib, mahkam bog'lab, na'shini 
aytganidan ham chiroyli bezatishib, shohi jahon shoh vasiyatlarini yoddan 
chiqarmay, xorlik bilan faryodu fig'on qilib ovoz chiqarmay, na'shi tartibini 
o'zi aytganday shaklda vasab saroy sari yo'lga tushdilar. 
Burunroq bir kishidan nomani berib yubordilar. Onasi voqeadan xabar 
topib, Rustamdan ayrilgan Zolday behol hushini yo'qotgan holda o'tirar, 
ko'ksini chok-chok tilishni istasa ham, bu holdan o'zini halok aylashni istasa 
ham, lekin o'g'li yuborgan noma mazmuniga boqib, shu bilan joni 
mahzuniga tasalli berib o'tirardi. Iskandar nimanikim yozsa, uni eshitish 
foydali ekanligini u yaxshi bilardi. Lekin o'zining olamiga qanday chora 
topishni bilmay, qalbidagi o'tdan jahon o'rtashini, jahongina emas, to'qqiz 
osmon o'rtashini tilar edi u. Lekin shoh so'ziga sadoqat, uni so'zsiz ado qilish 
uni zo'rg'a saqlab turardi. 
Na'sh uning tomon yaqinlashib kelar ekan, tog'lar, dashtlar qora rang 
ostida qoldi. Odamlar na'shni bo'yinlariga olishdi, buni ko'rgan onaizor aso 
tutib, belini qattiq bog'ladi-da, ichidan bir o'tlig' oh tortdi. Uyatdan falak 
boshini quyi soldi. Yiroqdan o'g'li tobutini ko'rgan ona falakdan shunday rev 
eshitdiki, u malika saroyigacha yetib bordi. Zo'rg'a-zo'rg'a tobutga yetib 
olgan ona uchun chekib oshuftahol faryod qildi: 

Download 466.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling