So'z mulkining sultoni Alishcr Navoiy qalamiga mansub «Xamsa»ning beshinchi dostoni
Download 466.27 Kb. Pdf ko'rish
|
saddi iskandariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- liangomai darddur. Birov hamdidadindur bidoyat unga, Ki yo q ibtidodur shikoyut ungu.
ISKANDARNING VAFOTI Bu ishlar Iskandarga ayon bo'lgach, u o'z hayoti quyoshiga tutilish vaqti yetganini sezdi. Yaqin bildiki, ketmak chog'i yetibdi. Shunday mahzun kunlarda ajal jomidan zaharli ovqat yeb-ichib turarkan, onasi yodiga tushdi. Ko'zini ochibon elga nigoh tashlab, ajal yelida bir sovuq oh tortdi. Kotib chaqirtirib, onasiga xat yozmoq uchun qog'ozu qalam so'radi. Qog'oz yuzini qaro qiladi. Dabir qog'ozni tayyorlagach, unga shu so'zlarni yozishni buyurdi: < liangomai darddur. Birov hamdidadindur bidoyat unga, Ki yo 'q ibtidodur shikoyut ungu. Shu yerga yetganda shoh, tugatdi so'zi-yu, dog'i yumdi ko'zin. Foniy mulkni jasurlik bilan tez egallagan edi, endi baqo mulkin olgali jazm qildi. Solib tan tilsimini tufroq uza bu charxi nuh toqqa qarab parvoz etdi. Ko'kka qarab safar ayladi, yeru ko'kni zeru zabar ayladi. Ajal sarsari getinavard bo'lib, qorong'i tutun olam yuzini qora qildi. Xisravoniy taxt yerga yiqilib, toj ham yerga tushdi, taxti ham yuz pora bo'ldi. Hikmat ahli kitoblardek qaro kiydi, falak bo'lsa, beshiqdor ish qilib qiyomat kunini oshkora ayladi. Negaki, jahonning bor xalqi ohu noladan shovqin-suron ko'tardi. Shunday qiyomatki, nogoh tushib, arzi falak ko'kka tushardi. Falak bilan yer sarbasar chayqalib, dame chayqalib, barchasi qo'zg'alib, hamul dam oradan chiqib, hamon yana zamon ko'rmay qolanli. Keyin odamlar Iskandarni mahofoga yotqizib, mahkam bog'lab, na'shini aytganidan ham chiroyli bezatishib, shohi jahon shoh vasiyatlarini yoddan chiqarmay, xorlik bilan faryodu fig'on qilib ovoz chiqarmay, na'shi tartibini o'zi aytganday shaklda vasab saroy sari yo'lga tushdilar. Burunroq bir kishidan nomani berib yubordilar. Onasi voqeadan xabar topib, Rustamdan ayrilgan Zolday behol hushini yo'qotgan holda o'tirar, ko'ksini chok-chok tilishni istasa ham, bu holdan o'zini halok aylashni istasa ham, lekin o'g'li yuborgan noma mazmuniga boqib, shu bilan joni mahzuniga tasalli berib o'tirardi. Iskandar nimanikim yozsa, uni eshitish foydali ekanligini u yaxshi bilardi. Lekin o'zining olamiga qanday chora topishni bilmay, qalbidagi o'tdan jahon o'rtashini, jahongina emas, to'qqiz osmon o'rtashini tilar edi u. Lekin shoh so'ziga sadoqat, uni so'zsiz ado qilish uni zo'rg'a saqlab turardi. Na'sh uning tomon yaqinlashib kelar ekan, tog'lar, dashtlar qora rang ostida qoldi. Odamlar na'shni bo'yinlariga olishdi, buni ko'rgan onaizor aso tutib, belini qattiq bog'ladi-da, ichidan bir o'tlig' oh tortdi. Uyatdan falak boshini quyi soldi. Yiroqdan o'g'li tobutini ko'rgan ona falakdan shunday rev eshitdiki, u malika saroyigacha yetib bordi. Zo'rg'a-zo'rg'a tobutga yetib olgan ona uchun chekib oshuftahol faryod qildi: Download 466.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling