“So‘z san’atining mohiyati, tabiati, o‘ziga xos xususiyatlari, taraqqiyot qonuniyatlarini, kishilik jamiyati rivojidagi rolini tadqiq qiladi, badiiy asarlarni tahlil qilish tamoyillari va unga baho
berish me’yorlarini belgilab beradi” Ushbu ta’rif adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlaridan qaysi biriga tegishli? Adabiyot nazariyasi
|
“So‘z san’atining vujudga kelishi va rivojlanish tarixini tadqiq etadi, kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyotida badiiy adabiyotning roli va ahamiyatini belgilaydi”. Ushbu ta’rif
adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlarridan qay biriga tegishli? Adabiyot tarixi
|
1926 yilda chop etilgan “Adabiyot qoidalari” qo‘llanmasi kimning qalamiga mansub edi? Fitrat
|
“Badiiy adabiyot va adabiyotshunoslikka oid kitoblarning yozilgan,
ko‘chirilgan yoki bosilib chiqqan yili va joyi, muallifiga oid ma’lumotlarning yi g‘indisidir”. Mazkur fikr adabiyotshunoslikning qaysi sohasiga tegishli? Bibliografiya
|
“Hech to‘xtamasdan harakat qilib tur g‘on vujudimizga, tanimizga suv-havo ne qadar zarur bo‘lsa, maishat yo‘lida har xil qora kirlar ila kirlangan ruhimiz uchun ham shul qadar adabiyot kerakdir. Adabiyot yashasa — millat yashar. Adabiyoti o‘lmagon va adabiyotining taraqqiysiga
chalishmagan va adiblar yetishtirmagon millat oxiri bir kun hissiyotdan, o‘ydan, fikrdan mahrum qolub, sekin-sekin inqiroz bo‘lur...” Fikr muallifini aniqlang. Cho’lpon
|
Mumtoz she’riyatda qofiyadan keyin takrorlanib keluvchi so‘z yoki gap nima deb ataladi? Radif
|
“Farhod va Shirin” dostonining vazni qaysi javobda to‘ g‘ri ko‘rsatilgan? Aruzning hazaji musaddasi mahzuf vaznida (V - - - /V - - - / V - - )
|
Ruboiy vaznikim, ani dubayti va tarona ham derlar. Hazaj bahrining ahram va ahrabidan istihroj qilibdurlar va ul vazningdur aslo humoyanda va ba g‘oyat raboyanda…”
Ushbu ta’rif egasi qaysi javobda to‘ g‘ri ko‘rsatilgan? Navoiy
|
“Qutad g‘u bilig” dostonidagi qaysi badiiy lavhani turkiy adabiyotdagi ilk qasida sifatida baholash mumkin? Xotima qismidagi ikki qasida (Yigitlikka achinib, qarilikdan shikoyat qilish – 44 bayt va zamon buzuqligi, doʻstlar jafosidan yozgʻirish – 40 bayt)
|
“Devoni lu g‘otit-turk”ka kirgan adabiy shakllarning asosiy qismini qaysi janr tashkil etadi? To’rtliklar
|
Boburning “Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen, Ham mol yi g‘ishtirur laim ermasmen…” misralari bilan boshlanuvchi she’rining janrini aniqlang. Ruboiy
|
XI asrda Abu Mansur as-Saolibiy yaratgan “Yatimat ud-dahr fa mahosini ahli asr” (“zamona
ahlining fazilatlari haqida yagona durdona”) asarining janri qaysi javobda to‘ g‘ri ko‘rsatilgan Tazkira
|
Nazmda dam asl anga ma’ni durur, Bo‘lsun aning surati harne durur.
Nazmki ma’ni anga mar g‘ub emas, Ahli maoniy qoshida xo‘b emas.
Nazmki ham surat erur xush anga,
Zimnida ma’ni do g‘i dilkash anga. Shakl va mazmun borasida aytilgan ushbu fikrlar muallifini toping. Navoiy
|
Personajning moddiylashmagan, o‘ziga qaratilgan va ichidagina kechuvchi nutqi nima deb
ataladi?Ichki monolog
|
Mumtoz adabiyotdagi she’riy san’at, she’r yoki nasrda bir o‘zakdan tashkil topgan so‘zlarni ishlatish qanday san’atni yuzaga keltiradi? Ishtiqoq
|
Xarakterlar, holat va voqealar kulgili tarzda, komiklikka yo‘g‘rilgan holda taqdim etiladigan
dramatik janr nima deb ataladi? Komediya
|
Til, badiiy tasvir vositalari, konflikt, kompozitsiya, adabiy tur, janr, she’r tuzilishi kabilar,
birinchi navbatda… Shakl unsurlari
|
Hayot haqiqatiga monand obrazlar bo‘lib, ular jonli odamlarga xos bo‘lgan xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Bu ta’rif qanday obrazga hos? Realistik obrazlar
|
Nasriddin afandi obrazi qaysi janrda uchraydi? Latifa
|
Lug‘aviy ma’nosi nozik, yoqimli, zarif ma’nolarini beruvchi janrni toping. Latifa
|
Predmetlar, o‘simliklar, narsalar, jonivorlar, ranglar orqali ijtimoiy hodisalarni umumlashtirish
demakdir. Chunonchi, kabutar — tinchlik ramzi, gul va bulbul — ma’shuqa va oshiq ramzi, qizil rang — ozodlik ramzi va hokazo. Ushbu ta’rifga mos keluvchi javobni belgilang. Simvolik obrazlar
|
Bunda qush, hayvon, hasharot kabilar insonlarga xos bo‘lgan xususiyatga ega qilib ko‘rsatiladi,
boshqacha qilib aytganda, ular insoniylashtiriladi va shu orqali hayotdagi ayrim odamlarning nuqsonlari ustidan kulinadi. Ushbu ta’rifga mos obraz turini aniqlang.Majoziy obraz
|
Asar voqealarining markazida turib, syujetni harakatga keltiradigan, yozuvchi ifodalamoqchi bo‘lgan asosiy g‘oyani o‘zida tashiydigan shaxslar...Bosh qahramon
|
Badiiy asarda ma’lum bir g‘oyani ifodalovchi, juda kam ishtirok etgan obrazlar...Epizodik obrazlar
|
Hayotning yozuvchi idealiga muvofiq tomonlarini tasdiqlash uchun asarga kiritilgan obrazlar...Ijobiy Obraz
|
Hayotning biror tomonini inkor qilish uchun xizmat qila- Salbiy obraz
|
|