Ijodiy genitek metod
Mazkur metod tadqiqotchining asar qoralamalari, uning turli nashr variantlari, tarixiy hujjatlar va
shu kabilarni chuqur o`rganishini, konkret faktlar asosida asarning yaratilish tarixi va omillarini ochib berishini taqozo etadi. Fikr qaysi metod haqida? Ijodiy genitek metod
|
R.Qo`chqorning A.Qahhor romanlarining ijodiy tarixi haqidagi ilmiy ishida qaysi yondashuv
samara bilan qo`llangan? Ijodiy genitek yondashuv
|
Qaysi tahlilda badiiy asarga belgilar tizimi, badiiy obrazga esa belgi deb qaraladi, shu bois
semiotik tahlil badiiy asardagi obraz belgilarning ma'no qirralarini o`rganishni maqsad qiladi? Semiotik yondashuv
|
Epik asarning noplastik elementlari deyilganda....Muallif mushohadalari fikrlari tasvir predmetiga hissiy munosabati
|
Bu tipdagi she’rning an'anaviy barmoq yoki aruzdagi she’rdan farqli jihatlaridan biri shundaki, bundagi ohangdorlik avval boshdan ma'lum maromga solinmaydi, muayyan maromga mos kechinmalar ifodalanmaydi. Aksincha, bunda fikr-tuyg`uga mos ohang so`zning ma'nosi asosida yuzaga keladi, ya'ni bu o`rinda ma'no asosida o`qiymiz va so`zlarni shunga mos ohanglarga
o`raymiz. Mazkur fikrga mos javobni belgilang. Erkin (Sarbast)
|
Qaysi o‘zbek olimi "Bizning O`rta Osiyo turklari tomonidan qachon qabul etilgani aniq emas. Biroq hijriy 462 da Qashqarda yozilgan mashhur "Qutadg`u bilik" kitobining shu aruz vaznida
yozilg`ani e'tibor etilsa, juda eskidan qabul etilgani ma'lum bo`ladur” deb aruz vazni haqida fikr bildirgan? Fitrat “Adabiyot qoidalari”
|
Hayotni badiiy aks ettirishning qaysi prinsipi xarakterlarning ularni shakllantirgan ijtimoiy
tarixiy sharoitga, ko`proq shu sharoit bilan belgilanuvchi xarakter mantiqiga muvofiq harakat qilishlarini taqozo qiladi? |