Badiiy tasvir va ifoda vositalari
Sharq she’riyatidagi ikki misrali band turi nima deb yuritiladi? Masnaviy
|
Raqsbop qo‘shiq degan ma’noni anglatuvchi - 1) o‘rta asrlar fransuz adabiyotidagi qat’iy she’riy shakl, bir xil qofiyalanish tartibidagi (ababbebe) har biri sakkiz misradan tashkil topgan uchta band, bandning oxirgi misrasi tarje’ sifatida takrorlanadigan, o‘quvchiga murojaat kilingan
yarim band (turt misralik - bebe) bilan yakunlanuvchi she’rning nomini aniqlang. Ballada
|
Noshirlikning tijoriy tomoni bilan bog‘lik holda yuzaga kelgan termin, katta tirajda chop etilgan va tez tarqalib ketgan, tijoriy nuqtai nazardan muvaffakiyat qozongan kitob nima deb ataladi? Bestseller
|
Adabiy asardagi obrazlar, syujet motivlari, ayrim epizodlar, xarakterlar va sh.k.larda
kuzatiluvchi mushtaraklik, o‘xshashliklar nima deb ataladi? Sayyor sujet
|
Asar mazmunining qisqacha bayoni. Noshirlik amaliyotida kitoblarning ichki muqovasida, ilmiy
maqolalarning sarlavhasidan keyin beriladi. Fikr nima haqida? Annotatsiya
|
Guldasta degan ma’noni anglatadi. Biror milliy adabiyot, davr, adabiy yo‘nalish va sh.k.larga mansubligi jihatidan tanlangan ijodkorlar asarlaridan namunalarni jamlovchi to‘plam nima deb
yuritiladi? Bayoz
|
Eskirgan, iste’moldan chiqqan so‘z (yoki grammatik shakllar). Ulardan tarixiy mavzudagi asarlarda davr koloritini berish, qahramonlar nutqini individuallashtirish (zamonasiga mos holda)
kabi maqsadlarda foydalaniladi. Ushbu fikrga mos javobni toping. |