Qisqartma otlar. Nutqda qisqalikka erishish maqsadida bir qator tarkibli otlar qisqartirilib qo'llaniladi. Bunday otlar qisqartma otlar deyiladi. Masalan, BMT, DAN, MHD kabi.
So'zlarni bu tipda qisqartirib qo'llash faqat ot turkumiga xos. So'z qisqarishi ham yasalishning bir turi bo'lib, unga abbreviatura usuli deyiladi.
Qisqartma otlar quyidagicha shakllardan iborat bo'ladi:
So'zlarning bosh harflari olingan holda so'z qisqartiriladi.Bunday qisqartmalar bosh harflar bilan yoziladi. GES,BAA(Birlashgan Arab Amirligi).
Birinclii so'zning birinchi bo'g'ini, keyingi so'zlarning boshharflari olingan holda so'zlar qisqartiriladi; O'zR, O'zRFA,O'zMU kabi .
Do'stlaringiz bilan baham: |