So'z yasalishi haqida ma'lumot Asosdosh so’zlar So’z yasovchi qo’shimchalar


Download 97.5 Kb.
bet3/6
Sana30.10.2021
Hajmi97.5 Kb.
#169447
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
so'z tarkibi

Sintaktik usul bilan so'z yasashi ham unumdor usullaridan sanaladi.
Ikki yoki undan ortiq so'zlarning o'zaro qo'shilishi natijasida so'z yasalishi sintaktik usul bilan so'z yasalishi deyiladi. Sintaktik usul bilan qo'shma va juft so'zlar yasaladi. O'zbek tilida bulardan tashqari so'z yasalishining yana bir qator usullari mavjud.

Chunonchi, bir turkumdagi so'z boshqa turkumga ko'chadi va o'z ma'nosini o'zgartiradi. Masalan, barno (sifat), Barno (ot), to'xta (fe'l), To'xta (ot). Shuningdek, bir turkumdagi o'zaro so'z o'z ma'nosini o'zgartirishi, boshqa ma'no ifodalashi mumkin. Masalan, uzdi (ipni uzdi), uzdi (orani uzdi) yozdi (xat), yozdi (barg), yetdi (manzilga), yetdi (maqsadga). So'z yasalishidagi bu usul lug'aviy—semantikusul deyiladi.

O'zbek tilida so'z yasalishining yana bir usuli - abbreviatura usulidir. Bu usul bilan qisqartma so'zlar hosil bo'ladi: BMT, MDH, DAN kabi. Bu usul bilan so'z yasash faqat ot turkumi uchun xosdir. So'z yasash usullaridan yana biri - konversiya usulidir. Bu usulga ko'ra bir kategoriyaga mansub so'z boshqa kategoriyadagi so'z o'rniga qo'llaniladi. Masalan, mard maydonda bilinar, gapidagi mard so'zi aslida sifat turkumiga xos bo'lib, otga ko'chgan, "odam" ma'nosida qo'llangan. Bu holat sifatdoshlarda ham mavjud: o'qigan—o'zar kabi.

So‘z yasalishi, u bilan boglid bo‘lgan hodisalar, shuningdek, so‘z yasalishi bahsining predmeti aniq bo‘lsada, lekin bu sohaning bogasa sohalarga, tilshunoslikning boshqa bo‘limlariga munosabati, uning tilshunoslikdagi o‘rni masalasida hanuz bir fikrga kelingan emas. Ko‘pchilik ishlarda so‘z yasalishi grammatikaning bir qismi sifatida dgalqin etilgani holda, ayrim ishlarda u leksikologiyada beriladi, hatto so‘z yasalishining mutlaqo leksikologiyaga mansubligi ta’kidlanadi.

Aniqrog‘i, yasama so‘zlarning asosiy dismi affikslar yordakida yasalgan so‘zlar bo‘lgani, so‘z yasalshpining asosiy usuli affiksatsiya usuli (affiksal morfema yordamida so‘z yasalishi) bo‘lganidan so‘z yasalishi hodisasi morfologik hodisa deb haralar va u morfologiyada o‘rganilar edi.

So‘nggi yillarda esa, hodisalarning mohiyati chusurroq yoritilishi munosabati bilan, so‘z yasalishi tilshunoslikning (fonetika, leksikologiya va boshqa sohalari kabi) o‘ziga xos alohida tekshirish ob’ektiga ega bo‘lgan mustaqil sohasi ekanligi isbot etildi va u deyarli ko‘pchilik mutaxassislar tomonidan e’tirof etildi. Buning otsibatida morfologiya va so‘z yasalishi bahsiga oid ko‘pgina tortishuvli masalalarning to‘g‘ri hal etilishiga, noto‘g‘ri nuhtai nazarlarning bartaraf etilishiga imkon tug‘ildi. Birok, shunga karamay, so‘z yasalishi va uning tilshunoslikning boshsa sohalariga bo‘lgan munosabati masalasida hanuz kat’iy bir fikrga kelingan emas. Bu hasda gap borganda, avvalo, so‘z yasalishining grammatika va leksikologiya bilan munosabati masalasiga siska to‘xtab o‘tishga to‘g‘ri keladi.

O‘zbek tiliga oid ishlarda ham so‘z yasalishining leksikologiya va grammatika bilan alokadorligi, shu sohalarga yakinligi hakida gapiriladi. Jumladan, nrofessor A. G‘. G‘ulomov bu hakda kuyidagilarni yozadi: «Demak, so‘z yasalishining o‘z ob’ekti bor, bunda grammatika va leksika sohalari bilan umumiylik tomonlari ham bor. Hozirgi tillarda so‘z yasashning eng keng tarkalgap usuli affiksatsiya... bo‘lganligidan uning (so‘z yasashning) birinchi navbatda morfologiya bilan yatsinligi... ko‘zga tashlanib turadi.

Holbuki, so‘z yasashning bottgka yo‘llari uning leksika bilan ham, fonetika bilan ham, sintaksis bilan ham... bog‘lik ekanini ko‘rsatadi. Demak, so‘z yasalishi hodisasi uning asosiy, yetakchi xususiyatlari bilan grammatika va leksikologiyaga yaqin turadi... Ko‘rinadiki, so‘z yasashning morfologiya yoki leksikologiyaga kiritilishi uniig bir tomoninigina o‘z ichiga oladi»2. Avtor so‘z yasalishining o‘z tekshirish ob’ektiga ega bo‘lgan alohida soha ekanini sayd etadi va morfema bilan ish ko‘ruvchi sohalarning bayonida avval morfemika, so‘ngra so‘z yasalishi va morfologiyaning alohida-alohida sohalar sifatida berilishi, ko‘rsatilgan grammatikada «ilmiy jihatdan puxta asoslangan bo‘lib, praktik tomondai ham afzalliklarga ega» ekanini ta’kidlaydi.

So‘z yasalishining leksikologiyaga yaqinligi va uning leksikologiya bahsiga mansubligi hakida gapirganda, so‘z yasalishi natijasida hosil bo‘ladigan birlikning leksik birlik, leksema bo‘lishi va bu birlik leksikologiyaning o‘rganish ob’ekti ekani nazarda tutiladi. Lekin bu fakt so‘z yasalishining leksikologiyaga yatsinligiga ham, uni leksikologiyaga kiritish kerakligaga ham asos bo‘la olmaydi. Shu sababli so‘ngga yillarda yaratilgan ishlarda so‘z yasalishi leksikologiya bahsiga maisub degan darash uchramaydi.

So‘z yasalishi termini ikki ma’noda qo‘llanadi'

1) umuman, so‘z yasalishi, til materiali asosida yang so‘z hosil bo‘lish hodisasini bildiradi;

2) tilshunoslikning so‘z yasalishi bilan bog‘liq hodisalarni (mas? lalarni) o‘rganuvchi bo‘limini bildiradi.

Har bir tilning boshqa sohalari, masalan, mor sintaksis sohalari o‘z sistemasiga ega bo‘lgani kabi, uning so‘z yasalishi ham o‘z sistemasiga ega. So‘z yasalishi bo‘limida ana shu sistema tahlil etiladi. Har bir so‘z turkumidagi so‘z yasalishini tahlil etishdan avval so‘z yasalishi uchun umumiy bo‘lgan hodisalar (tushunchalar) haqida gapirish kerak bo‘la" O‘zbek tilshunosligida bunday umumiy tushunchalar - belgilanmagan.

Ma’lum bo‘lgan ayrim umumiy hodig i_ nipg talqinida ham har xilliklar bor. Rus tilsh1 i ishlarda so‘z yasalishining umumiy tushunchalari a aniq belgilangan va bular yuzasidan deyarli bir fg kelingan.

O‘zbek tili so‘z yasalishining umumiy tu chalarini belgilash va bayon etishda ana shu ishlar; fikrlarga asoslandik.

So‘z yasalishi bahsining o‘rganish ob’ekti so‘z yasalishi nuqtai nazaridan o‘zaro motivlangan (motivatsiyaga ega bo‘lgan) so‘zlardir. Boshqacha aytganda, strukturasida yasovchi komponentlari bo‘lgan va ma’nosi shu yasovchi komponentlarining ma’nosi asosida kelib chiqadigan (motivlanadigan, asoslanadigan) so‘zlar so‘z yasalishi sohasining o‘rganish ob’ekti hisoblanadi. So‘z yasalishi motivatsiyasi — yasama so‘z va uning yasalishida qatnashuvchi komponentlarning ma’no jihatdan bo‘lgan o‘zaro munosabati. Bunda yasama so‘zning ma’nosi yasovchi komponentlarning ma’nosi bilan motivlanadi, shu komponentlar ma(‘nosidan kelib chiqadi.

Masalan, xabar — xabarchi (xabar beruvchi, xabar qiluvchi), tekis — tekislamos (tekis holatga keltirmoq). Yasama so‘zga asos bo‘lgan komponent — s o‘z yasalish asosi, motivlovchi asos, undan hosil bo‘lgan so‘z (yasama so‘z) motivlanuvchi so‘z deyiladi: chanqoq:

Yasama so‘zga xos ma’no hadida gap borganda ikki hodisani, ya’ni ikki xil yo‘l bilan yuzaga keluvchi ma’noni farhlash kerak bo‘ladi. Ko‘p ma’noli yasama so‘zlarning barcha ma’nosi shu so‘zning yasovchi komponentlari ma’nolari bilan motivlanishi mumkin. Ayrim ko‘p ma’noli so‘zlarniig ma’nolaridan biri yoki ba’zilari esa yasovchi komnonentlar ma’nosi bilan motivlanmasligi mumkin. Masalan, ishlamos fe’lining dalada ishlayapti gapidagi ma’nosi yasovchi asos (ish so‘zi) va yasovchi affiks (-la affiksi) ma’nolari bilan motivlanadi. Lekin un so‘m ishladi gapidagi ma’nosini shu so‘zning yasovchi komponentlari ma’nosidan keltirib chiharish mumkin emas.

Bu ma’no ishlamos fe’lining yasalishi bilan yuzaga keladigan ma’nosi emas, balki shu fe’l semantik tarahhiyoti protsessida kelib chihhan ma’nodir. Demak, bu ma’no so‘z yasalishi ma’nosi hisoblanmaydi.

Har bir so‘z yasalish tipiga oid yasama so‘zlar uchun umumiy bo‘lgan ma’no so‘z yasalish ma’nosi deyiladi. Masalan, pishischilik, to‘kinchilik qimmatchilik, surgoschilik kabi -chilik ko‘psha affiksi yordamida yasalgan so‘zlarda asosdan anglashilgan narsa-hodisaning borligi ma’nosi so‘z yasalish ma’nosi hisoblanadi. Demak, so‘z yasalish ma’nosi so‘z yasash formantiga xos ma’no bo‘ladi, shu formant yasama so‘z ma’nosini reallashtiradi. Lekin shu bilan birga, bu ma’noning reallashuvi so‘z yasalish asosiga ham boglih bo‘ladi. Masalan, no- affiksining.

So’zlarning grammatik ma’nolari va ularni ifodalovchi grammatik shakllarni o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi Morfologiya deyiladi. Morfologiya yunoncha so’zdan olingan bo’lib morphe “shakl” logos “so’z” , “ta’limot ” so’zlaridan olingan bo’lib so’z shakllari haqidagi ta’limot demakdir.

So’z tarkibi asos va qo’shimchalardan iborat.

Masalan: O’quvchilarmiz , ishchilarning

So’zning asosiy ma’nosini ifodalab mustaqil qo’llana oladigan qismi asos deyiladi.

Mustaqil qo’llana olmaydigan , asosga qo’shilib unga yangi yoki qo’shimcha ma’no yuklaydigan shuningdek so’zlarni bir-biriga bog’lashga hizmat qiladigan qismiga qo’shimcha deyiladi

Qo’shimchalar vazifasiga ko’ra ikki turli bo’ladi



  1. So’z yasovchi qo’shimchalar

  2. Lug’aviy shakl yasovch qo’shimchalar

  3. Sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar

Asosga qo’shilib unga yangi ma’no hosil qiluvchi qo’shimchalar so’z yasovchi qo’shimchalar deyiladi.

Tarkibi asos va qo’shimchalarga bo’linmaydigan so’zlarga tub so’zlar deyiladi.Masalan: tosh , temir , oy…

Asosga so’z yasovchi qo’shimchalar qo’shilishi orqali hosil qilingan yangi asos sodda yasama so’zlar deyiladi.Masalan :toshloq , temirchi , serquyosh… Bir umumiy asosga ega bo’lgan so’zlarga asosdosh so’zlar deyiladi. So’zning shakl yasovchi qo’shimchalarsiz qismi asos deyiladi.

Asosga qo’shilib , uning ma’nosiga qo’shimcha ma’no yuklash yoki o’zi qo’shilayotgan so’zni boshqa so’zga bog’ lash vazifasini bajaruvchi qo’shimchalarga shakl yasovchi qo’shimchalar deyiladi. Shakl yasovchi qo’shimchalar vazifasiga ko’ra ikki turli bo’ladi.



  1. Lug’aviy shakl yasovchi so’zlar

  2. Sintaktik shakl yasovchi so’zlar

Asosga qo’shilib , uning ma’nosiga qo’shimcha ma’no yuklovchi qo’shimchalar lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar deyiladi. Shakl yasovchi qo’shimchalar –lar, -cha , -roq , -xon , -jon , -oy… kabi qo’shimchalar qo’shilishi orqali hosil bo’ladi. O’zi qo’shilayotgan so’zni boshqasiga bog’lash vazifasini bajaruvchi qo’shimchalar sintaktik shakl yasovchi qo’shimchar deyiladi. . sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar egalik , kelishik , shaxs-son… kabi qo’shimchalar qo’shilishi orqali hosil bo’ladi.

So’zning ma’noli qisimlar ma’lum tartibga ega. Ularning joylashuvi quydagicha bo’ladi: Asos+so’z yasovchi+lug’aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi. Uni quydagi chizmada ifodalaymiz:

Masalan: Olmalarni , kitobchining



  1. Download 97.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling