Specialist rePack [Заголовок документа]
-jadval O‘zbekiston Respublikasida yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilgan ish o‘rinlari soni (2021-yil)15
Download 82.48 Kb.
|
Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Respublika bo‘yicha jami 290 597 103 850
6-jadval
O‘zbekiston Respublikasida yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilgan ish o‘rinlari soni (2021-yil)15
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida tashkil etilgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va uning mamlakat mintaqalaridagi hududiy filiallari faoliyati ham muhim ahamiyatga ega, ular 2021-yilning 1-yanvariga qadar, yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari, barcha turdagi soliqlar, yig‘imlar, badallar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ozod etilgan. 3. 2019-yilda yakka tadbirkorlik sohasi 104,3 ming kishining bandligini ta’minladi. Yuridik shaxs maqomini olmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarga, shu jumladan oziq-ovqat tovarlarining chakana savdosini, dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishni, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari savdosini amalga oshirayotgan, o‘z mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanayotgan, maishiy xizmatlar ko‘rsatayotgan shaxslarga solinadigan soliqning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-1887-sonli qaroriga muvofiq qat’iy belgilangan stavkalari yakka tadbirkorlikni rivojlantirish uchun haqiqiy moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlarni yaratgan. Xulosa Iqtisodiyotning barqarorligi va sog‘lomligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan biri ishsizlik darajasi hisoblanadi. Biroq, har qanday mamlakatda doimiy ravishda ma’lum darajada ishsizlik mavjud bo‘ladi. Umuman olganda, mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta’minlanmaganlar ishsizlar deyiladi. Namoyon bo‘lish xususiyati va vujudga kelish sabablariga ko‘ra ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, institutsional, texnologik, hududiy, yashirin va turg‘un ishsizlik turlariga bo‘linadi. Ishsizlikning umumiqtisodiy xarakteri ishchi kuchi bozorining o‘zi, mehnatga talab va uning taklifi o‘rtasidagi mutanosiblik ishsizlikni emas, ish bilan bandlikni shakllantirishidan ham kelib chiqadi. Ishsizlik, bir tomondan, go‘yo ish bilan bandlikning «teskarisi» hisoblanadi, ikkinchi tomondan, ish bilan bandlikni shakllantiruvchi omillardan farq qiluvchi omillar ta’sirini his qiladi. SHunday bo‘lsada, ishsizlik doimo ish bilan bandlik bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi: ish bilan bandlikning ko‘payishi, qoidaga ko‘ra ishsizlikni kamaytiradi, bu esa ishsizlikni, o‘z navbatida ish bilan bandlikni ko‘paytiradi. Ta’rifga ko‘ra ishsizlik – bu ishlashni istaydigan mehnatga layoqatli aholining ish bilan band bo‘lmagan miqdoridir. Makroiqtisodiy jihatdan ishsizlik – bu doimo jamiyat mehnat salohiyatidan, ishchi kuchi majmuidan ishlab chiqarish omili sifatida to‘la foydalanmaganlikdir. Aholining ish bilan bandligini ta’minlashda qator muammolar va kamchiliklar mavjud: ish bilan ta’minlanishga muxtoj aholi sonining ko‘pligi, ishsizlik darajasining yuqoriligi; xorijda ishlab qaytganlarni ish bilan ta’minlash borasidagi ishlarning samarasi past ekanligi, bu borada mavjud imkoniyatlarning ishga solinmaganligi; kasanachilik ish joylarini ko‘paytirish imkoniyatlari ishga solinmayotganligi; yangi ob’ektlarni ishga tushirish, mavjud korxonalarni modernizatsiyalash ishlari (natijadorligining past ekanligi); tashkil etilgan ish joylarining salmoqli qismi qisqa muddatli va mavsumiy xarakterga egaligi; ish bilan band aholining salmoqli qismi ish haqi past bo‘lgan sohalarda, norasmiy sektorda va barqaror bo‘lmagan ish joylarida band etilganligi. Download 82.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling