Specialist rePack [Заголовок документа]


-jadval O‘zbekiston Respublikasida ish bilan band aholi soni va tarkibining o‘zgarishi, ming kishi9


Download 82.48 Kb.
bet9/12
Sana17.06.2023
Hajmi82.48 Kb.
#1537086
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Reja

2-jadval
O‘zbekiston Respublikasida ish bilan band aholi soni va tarkibining o‘zgarishi, ming kishi9

T/r

Ko‘rsatkichlar

2020-yil

2021-yil

2021-yilda
2020-yilga nisbatan

(+,-)

(%)

1

Jami ish bilan bandlar

12818,4

13058,3

239,9

101,9


Shu jumladan:





1.1.

Iqtisodiyotning rasmiy sektorida ish bilan bandlar soni

7755,7

7849,2

93,5

101,2


Shundan:





1.1.1.

Iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan bandlar soni (yirik biznesda)

2419,8

2431,6

11,8

100,5

1.1.2.

Kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarida ish bilan bandlar soni

2228,7

2229,5

0,8

100,0

1.1.3.

Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs sifatida rasman ro‘yxatga olingan fuqarolar soni

844,2

871,1

26,9

103,2

1.1.4.

Dehqon xo‘jaliklarida ish bilan bandlar soni

1815,2

1869,2

54,0

103,0

1.1.5.

Boshqa tashkilot va muassasalarda ish bilan bandlar soni

447,8

447,8

0,0

100,0

1.2.

Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan bandlar soni

3989,1

4207,8

218,7

105,5


shundan:





1.2.1.

Nomuayyan, bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaruvchilar soni

1572,4

1656,8

84,4

105,4

1.2.2.

Mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan oila boshliqlariga ularning tadbirkorlik faoliyatida yordam beruvchi oila a’zolari

991,2

1081,3

90,1

109,1

1.2.3.

Ro‘yxatdan o‘tmasdan va tegishli ruxsatsiz faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar

1425,5

1469,7

44,2

103,1




  • respublikadan tashqariga ishlash maqsadida ketgan fuqarolar.

Tahlil qilinayotgan davrda iqtisodiyotning rasmiy sektorida ish bilan bandlar soni 1,2 foizga ortgan. Rasmiy sektorida ish bilan bandlar tarkibi quyidagilardan tarkib topgan:

  • iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan bandlar (yirik biznesda);

  • kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarida ish bilan bandlar;

  • uridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs sifatida rasman ro‘yxatga olingan fuqarolar;

  • dehqon xo‘jaliklarida ish bilan bandlar;

  • boshqa tashkilot va muassasalarda ish bilan bandlar.

Bu davrda (2020-2021-yillar) iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan bandlar
(yirik biznesda) soni – 0,5 foizga, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs sifatida rasman ro‘yxatga olingan fuqarolar
– 3,2 foizga, dehqon xo‘jaliklarida ish bilan bandlar soni – 3,0 foizga ko‘paygan, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarida ish bilan bandlar soni esa o‘zgarishsiz qolgan.
Tadbirkorlik sohasida ish bilan bandlar sonining ortishi mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona islohotlar bilan bog‘liq. 2015-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-fevraldagi “Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 26-sonli qaroriga10 asosan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblash tartibi va to‘lash tartibi o‘zgardi. Yangi tartibga muvofiq 2015-yil 1-yanvardan boshlab mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek fermer xo‘jaliklari uchun yagona ijtimoiy to‘lovning 2014-yilda amal qilgan 25 foiz o‘rniga, mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 15 foiziga teng bo‘lgan stavkasi belgilandi.
2015-yilning 1-iyulidan yakka tartibdagi tadbirkorlarga, faoliyatidan kelib chiqqan holda, har bir yollangan ishchi uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida sug‘urta badali va yakka tartibdagi ish beruvchi tadbirkor uchun belgilangan soliq stavkasining
30 foizi miqdorida soliq to‘lash sharti bilan bir nafardan uch nafargacha ishchini yollash huquqi berildi11.
Ya’na jadval ma’lumotlarining tahlili respublikada iqtisodiyotning norasmiy
sektorida ish bilan band aholi sonining 2020-yildagi 6542.1 ming kishidan
2021-yilda 8036.2 ming kishiga ortganligini ko‘rsatdi.
Odatda iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band aholining tarkibi quyidagilarga bo‘linadi:

  • nomuayyan, bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaruvchilar;

  • mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan oila boshliqlariga ularning tadbirkorlik faoliyatida yordam beruvchi oila a’zolari;

  • ro‘yxatdan o‘tmasdan va tegishli ruxsatsiz faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar.

Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi yillarda respublikada nomuayyan, bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaruvchilar soni – 5,4, mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan oila boshliqlariga ularning tadbirkorlik faoliyatida yordam beruvchi oila a’zolari soni – 9,1 foizga, ro‘yxatdan o‘tmasdan va tegishli ruxsatsiz faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar soni esa 3,1 foizga ortgan.
Respublikada aholini bir martalik ishga jalb qilish ishlari yildan-yilga takomillashib bormoqda. Bu faoliyatning mohiyati shundaki, o‘z mehnat layoqatini qisqa muddatli sotish istagida bo‘lgan fuqarolarga mehnat muassasalari ish beruvchi va yollanma ishchini bir-biri bilan uchrashtirish va kelishib olishlariga ko‘maklashmoqda. Bunday tadbirlar aholi gavjum bo‘lgan va ilgaridan norasmiy tarzda mehnat layoqati savdosi amalga oshirilgan joylarda tashkil qilinmoqda.
Ishchi kuchi bozoridagi talab va taklif miqdori, aholi turmush darajasi, mamlakatdagi bir qator makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning holati ish bilan bandlikdagi vaziyatga chambarchas bog‘liq. Birgina ish haqi darajasining o‘zi ishchi kuchi bozoridagi talab va taklif, aholi daromadlari, mamlakat iqtisodiy holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ishchi kuchi bozoridagi vaziyat qulay bo‘lib, Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga ish so‘rab murojaat qilganlarning aksariyat qismi ishga joylashtirilgan (3-jadval).
3-jadvaldan ko‘rinadiki, 2021-yilda Bandlikka ko‘maklashish va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish (tuman, shahar) markazlariga ish so‘rab murojaat
qilganlar soni 3,0 mln.kishini tashkil etgan, shundan markazlar tomonidan
2,84 mln. kishi yoki 94,6 foizi ishga joylashtirilgan.

Download 82.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling