Specialist rePack [Заголовок документа]


Kurs ishi obyekti va predmeti


Download 82.48 Kb.
bet2/12
Sana17.06.2023
Hajmi82.48 Kb.
#1537086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Reja

Kurs ishi obyekti va predmeti. Kurs ishining obyekti ishsizlik va uning ijtimoiy iqtisodiy sohalarga ta’siri.
Kurs ishi predmeti ishsizlikni qisqartirish va ishsiz aholini bandlik bilan ta’minlash.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari.Kurs ishining maqsadi O’zbekistondagi aholining oqilona bandligini ta’minlash, mehnat bozori infrastrukturasining mutanosibligi va rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini qisqartirish choralarini ilmiy jihatdan izlab topish.
Ushbu maqsadga erishish uchun kurs ishi oldiga quyidagi vazifalar qo’yilgan:
-Ishchi kuchi bandligi tushunchasining mazmun mohiyatini ochib berish
-Ishsizlikning mohiyati hamda uni hisoblash usullari haqida batafsil ma’lumot berish
-O’zbekistonda ishsizlik sabab va oqibatlarini o’rganib chiqib atroflicha tahlil etish
-O’zbekistonda yangi ish o’rinlarini yaratish bo’yicha qilinishi kerak bo’lgan ishlar va ko’rilishi kerak bo’lgan choralarni o’rganib chiqish
Kurs ishi tarkibi.Mazkur kurs ishi kirish, 4 ta reja, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar royxatidan iborat.

1.Ishchi kuchi bandligi to‘g‘risidagi turli xil nazariyalar sharhi


Ishchi kuchining bandligi to‘g‘risidagi nazariyalar muammoga nisbatan yondashuv, qo‘llanilgan tadqiqot usullari va vositalari jihatidan bir-biridan farqlanadi. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarda ishchi kuchi bandligi bo‘yicha neoklassiklar, keynschilar, monetarism, institutsional-sotsiologik va boshqa ilmiy maktab vakillarining qarashlari bayon etiladi3.
Neoklassik maktab konsepsiyasi A.Smitning klassik nazariyasi qoidalari asosida shakllantirilib, D.Gilder, A.Laffer, M.Feldstayn, R.Xoll kabi bir qator olimlarning fikr-mulohazalari orqali namoyon bo‘ladi. Bu maktab namoyandalari ishchi kuchi bozorini maxsus qonunlarga bo‘ysunuvchi aloqalar tizimi sifatida ko‘rib chiqib, ular bozor mexanizmi orqali boshqarilishini ta’kidlaydilar. Ish haqi darajasi ishchi kuchining narxi sifatida ko‘rsatiladi. U ishchi kuchi talab va taklifiga ta’sir ko‘rsatib, ular o‘rtasidagi nisbat va zarur muvozanatni ta’minlaydi. Ishchi kuchining narxi bozor kon’yunkturasiga tezlik bilan javob qaytaradi, ya’ni bozordagi talab va taklifning o‘sishi yoki kamayishiga qarab o‘zgaradi. Shunga ko‘ra, ishchi kuchi bozoridagi taqchillik yoki taklif ortiqchaligi ish haqi darajasini o‘zgartirish orqali bartaraf etiladi. Ishchi kuchi bozorining klassik modeli uning o‘zini-o‘zi tartibga solish tamoyiliga asoslanadi.

Download 82.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling