"spirituality and educational" centre under the high and secondary ministry of


Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana23.02.2023
Hajmi0,7 Mb.
#1226049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
22 ҲАФТА АХБОРОТ СОАТИ МАТЕРИАЛИ

BOBUR GʻAZALLARI 
 
Keltursa yuz baloni oʻshal bevafo manga, 
Kelsun agar yuzumni evursam, balo manga. 
Netgayman ul rafiq bilakim, qilur base, 
Mehru vafo raqibgʻa, jabru jafo sanga. 
Begona boʻlsa aql meni tilbadin, ne tong, 
Chun boʻldi ul parisifatim oshno manga. 
Ohu yoshimdin orta durur zaʼf, ey tabib, 
Bildim yarashmas emdi bu obu havo manga. 
Dardim koʻrub muolajada zoyeʼ etma umr, 
Kim, jonda dardi ishq durur bedavo manga. 
To yor kimni istaru koʻngliga kim yoqar, 
Tashvish bejihat durur oxir sango,manga. 
Bobur, boʻlub turur ikki koʻzum yoʻlida toʻrt, 
Kelsa ne boʻldi qoshima bir-bir mango manga. 
Oʻzni , koʻngul, aysh bilan tutmoq kerak, 
Bizni unutqonni unutmoq kerak. 


Ayshu tarab gulbunigʻa suv berib, 
Gʻussa niholini qurutmoq kerak. 
Tiyra turur zuhd damidin koʻngul, 
Ishq oʻti birla yorutmoq kerak. 
Har nimagʻa gʻam ema, gʻam koʻp turur, 
Aysh bila oʻzni unutmoq kerak. 
Qoʻyma mashaqqat aro, Bobur, koʻngul, 
Oʻzni farogʻat bila tutmoq kerak. 
Ne xush boʻlgʻayki, bir kun uyquluq baxtimni uygʻotsam, 
Kechalar tori moʻyidek beligʻa chirmashib yotsam. 
Gahi guldek yuzini ul shakar soʻzlukni islasam, 
Gahi shakkar kibi ul yuzi gulning laʼlidin totsam. 
Qani Shirin bila Layliki sendin noz oʻrgansa, 
Qani Farhodu Majnunkim, alargʻa ishq oʻrgatsam. 
Yoruq kunduz, qorongʻu kechada anjum kibi boʻlgay, 
Chekib gar oh dudini koʻngul oʻtini tutratsam. 
Koʻzum ravshanligʻida boʻlgʻay, Bobur, base kamliq, 
Agar qoshi bila yuzun hilolu kunga oʻxshatsam. 
Bobur Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng oʻz yurtida haqiqiy qadr-
qimmat topdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga koʻra 1993-yilda 
Bobur tavalludining 510 yilligi tantanali nishonlandi. Andijon shahrida Bobur 
nomida teatr, kutubxona, milliy bogʻ (“Bogʻi Bobur”) bor. Bobur milliy bogʻi 
majmuasida “Bobur va jahon madaniyati” muzeyi, shoirning ramziy qabr maqbarasi 
bunyod etilgan. Shahar markazida (muallifi Ravshan Mirtojiyev) va Bobur 
bogʻidagi yodgorlik majmuida (muallifi Qodirjon Salohiddinov) shoirga haykal 
oʻrnatildi. Andijondagi markaziy koʻchalardan biriga, shuningdek Toshkentdagi 
koʻchaga, Andijon viloyati Xonobod shahridagi istirohat bogʻiga Bobur nomi 
berildi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali taʼsis etildi. 
Sharqshunos olim Ubaydulla Karimov bu medalning birinchi sovrindori boʻldi.
Bobur ijodini oʻrganish 1958-yil yoʻlga qoʻyilgan. Shu yili Toshkentda katta 
ilmiy anjuman tashkil qilingan. Sharof Rashidov Bobur ijodini oʻrganish uchun 
alohida eʼtibor qilgan. Bobur asarlari nashr qilingan va Hamid Sulaymonov Bobur 
miniatyuralarining nusxalarini xorijdan olib kelib nashr qilgan. 
Sharqshunos Sabohat Azimjonova Bobur hayoti va tarixi toʻgʻrisida 
doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va fundamental monografiya nashr qilgan. 
Bobur nafaqat buyuk sarkarda, shoh balki buyuk shoir boʻlgan. Bobur haqida oʻzbek 
xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov “Yulduzli tunlar” asarini yozgan. Bu asar aynan 
Boburning yoshligidan to vafot etgunga qadar voqealarini oʻz ichiga qamrab oladi. 


Andijonlik tabiatshunos olim Zokirjon Mashrabov rahbarlik qiladigan Xalqaro 
Bobur jamgʻarmasi (1993.23.12) Bobur ijodini oʻrganishda katta ishlarni amalga 
oshirdi.
Boburnoma — jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim va noyob 
yodgorlik; oʻzbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar. 
“Boburiya”, “Voqeoti Bobur”, “Voqeanoma”, “Tuzuki Boburiy”, “Tabaqoti 
Boburiy”, “Tavorixi Boburiy” kabi nomlar bilan ham maʼlum. Boburnomada 

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling