"spirituality and educational" centre under the high and secondary ministry of
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
22 ҲАФТА АХБОРОТ СОАТИ МАТЕРИАЛИ
1494—1529-yillarda Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindistonda sodir boʻlgan
tarixiy-siyosiy voqealar yilma-yil oʻta aniqlik bilan bayon qilingan. Boburning shoh asari – “Boburnoma” turli soha olimlari uchun qimmatli manba boʻlish bilan birga, milliy maʼnaviyatimizning noyob durdonasi sifatida xalqimiz tafakkurining oʻziga xos jihatlari, koʻhna qadriyatlarimiz, shonli tariximizni bamisoli tiniq koʻzgu kabi aks ettirib turadi. Saidbek HASANOV, filologiya fanlari doktori, professor. Boburning xotiralari bir askarning harbiy yurish va chekinishlari haqidagi oddiy kundalik daftar emas; bu xotiralarda Sharq adabiyotini juda yaxshi bilgan, nozik va bilimdon kuzatuvchi, odamlarni sinchiklab oʻrganadigan, ular haqida xolis va odil fikr yurita oladigan mutaassir qalb egasining dunyo haqidagi shaxsiy taassurotlari va nozik fikrlari berilgan. Uning oʻz qiyofasini chizishdagi samimiyligi, fazilat va nuqsonlarini ham mardona tasvirlashi, ochiqkoʻngilligi, haqqoniyligi va ajoyib hazilkashlik tuygʻulari bu goʻzal xotiralarning qadri va ahamiyatini yanada oshiradi. Leyn PUUL, Ingliz boburshunosi Maʼlumki, bunday aql-zakovat sohibi hayotda ashaddiylik, keskinlikni rad etadi. Shu bois Bobur oʻzining dabdabalardan xoli, oddiy hayoti bilan turli kishilarni oʻziga jalb qilgan. Hazil-mutoyibani yoqtiradigan va boshqalarning hazilini ham koʻtaradigan, iqtidor va qobiliyat egalarini qadrlaydigan, nazm va musiqani yurakdan sevadigan, barcha isteʼdodli insonlarga, ularning kim boʻlishidan qatʼi nazar, iltifot bilan qaraydigan Bobur oʻz atrofiga eng yaxshi odamlarni toʻplashga muvaffaq boʻldi va koʻpchilikning yuksak hurmat-ehtiromini qozondi. Pave de KURTEYL, Fransuz sharqshunosi 1521-yil Hindistonga yurishlari davrida Bobur „Mubayyin“ asarini yaratdi. Masnaviy tarzida yozilgan, islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga bagʻishlangan bu asar valiahd Humoyun va Komron Mirzolarga dastur ul-amal sifatida moʻljallangan boʻlib sharʼiy mezonlar bayon qilingan. Bobur ijodida, xususan, sheʼriyatida kindik qoni toʻkilgan ona yurtini dil dildan qoʻmsash, uning tuprogʻiga talpinish, gʻariblik azoblaridan oʻtli hasrat, yor- u diyor sogʻinchi va visol ilinji, taqdir zarbalari va turmush uqubatlari, zamona nosozliklaridan nola badiiy tahlil etiladi. Xulosa Bobur hamisha el-yurt, xalq uchun masʼuliyatni his etib kelgan. U oʻz oldiga Temuriylar davlatini barpo etish, Samarqand atrofida markazlashgan imperiya tuzish, shu tariqa Sohibqironning orzusini roʻyobga chiqarish vazifasini qoʻydi. Ammo uning istaklari amalga oshmadi. Taqdir irodasi bilan Qobulda taxtga chiqdi, Hindistonda buyuk Boburiylar imperiyasiga asos soldi. Temuriylar sulolasining buyuk vakillari hisoblanmish boburiylar tarixi hind xalqlari tarixida oʻzining munosib oʻrniga ega. Gʻarbdagi boburshunos olimlardan biri ingliz olimi Valdemar Xansen oʻzining 1986-yilda Dehlida chop etilgan “Tovus toj yoki moʻgʻullar saltanati qismati” kitobida boburiylar sulolasining Hindistondagi 332 yillik faoliyatiga yuksak baho beradi: “Hindiston va uning 8 ming yillik tarixi bamisoli bir tovus boʻlsa, oʻsha koʻp ming yillik tarixdagi boburiylar sulolasining 332 yillik hukmronlik davri ana shu tovusning gultojisidir”. Hindistonda davlatchilik siyosatini mustahkamlash, mayda-mayda feodal, rojaliklarga boʻlinib ketgan yurtni yaxlit davlatga aylantirish, oʻlka viloyatlarini markaziy saltanatga birlashtirish kabi maqsadlarda Bobur Mirzo Hind zamini sari harbiy yurishlarini amalga oshirdi. 1525-yilda Bobur Rano Sango bilan ittifoq tuzib, Shimoliy Hindistonni egallash maqsadida Ibrohim Loʻdiyga qarshi jangga kirdi. 1525-yil kech kuzda Bobur Panjobni boʻysundirdi, 1526-yilda Panipat qishlogʻi yaqinidagi birinchi jangda Boburshoh qoʻshini Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyning ukasi Mahmud Loʻdiy qoʻshini ustidan gʻalaba qozonib, Bengal shohi Nusratshoh bilan doʻstona aloqalarni oʻrnatdi. 1527-yil martda Bobur Sikri yaqinidagi jangda rajputlar sardori Rano Sango qoʻshinini tor-mor etib, butun Shimoliy Hindiston boʻysundirdi. Zahiriddin Bobur Hindistonda Boburiylar imperiyasiga asos solish bilan birga, pochta-aloqa sohasiga ham jiddiy oʻzgartirishlar kiritdi, vaqt birligiga yangilik joriy etdi, arxitekturada Movarounnahr meʼmorlik uslublarini qoʻlladi, milliy artilleriya, harbiy-dengiz flotiga asos soldi. Buyuk Boburiylar imperiyasi davri nafaqat tarixiy ahamiyatga ega, balki Hindistonni ulkan meʼmoriy yodgorliklar, noyob adabiy-tadqiqot ishlari bilan boyitdi. Hindistonning Buyuk Boburiylar sulolasiga qarashli meʼmoriy obyektlari — Fotihpur-Sikridagi Shoh saroy majmuasi, Agra, Dehli va Lahor qirgʻoqlari saroylari va bogʻlari kabilardir. Boburiylar tomonidan yaratilgan bogʻlarning eng koʻzga koʻringan namunalari — Kashmirdagi Shalimar (1620) va Lahor bogʻlari (1642), Anantag yaqinidagi Achabal bogʻi, Chashma Shahi Bagh (1632), Kashmirdagi Nishat Bagh bogʻi (1633), Lahor, Dehli, Agra qirlari ichidagi koʻplab bogʻlar; Qobuldagi maqbara va oʻnlab bogʻlar. Bobur doimo bogʻdorchilik faoliyatiga alohida mehr berdi va Hindiston hamda Pokistonda hanuzgacha Samarqand nomi bilan mashhur boʻlgan uzumning yangi navlarini oʻstirdi. Hozirgacha uning koʻplab bogʻlari “Boburi Anguri Xudo” – “Bobur uzum bogʻlari” deb nomlanadi. Zahiriddin Muhammad Boburning Hindistonni qoʻlga kiritishi tufayli Hindistonda buyuk oʻzgarishlar sodir boʻldi, sanʼatda, meʼmorchilik va madaniyatning qator sohalarida ulkan oʻzgarishlar yuz berdi. Boburning tarixchi, geograf, etnograf, nasriy yozuvchi va shoir sifatidagi layoqati hozirgi kunda jahon sharqshunoslari tomonidan keng eʼtirof etilmoqda. Tarixchi, isteʼdodli soʻz sanʼatkori, davlat arbobi va sarkarda Bobur vafotidan toʻrt asrdan koʻproq vaqt oʻtdi, ammo uning nomi boqiydir. Hindiston boburiylardan boʻlgan Humoyun, Akbarshoh, Jahongirshoh, Shohjahon davrlarida, ayniqsa gullab- yashnadi, hududlari kengaydi. Xususan, Akbarshoh va uning nabirasi Shohjahon hind xalqining qalbidan chuqur joy oldilar. Boburshohning yuragi baʼzan Vatanni – Andijonni qoʻmsab tursa ham, vaqti soati kelib boqiy dunyoga ketgunicha hayotining qolgan qismini Hindistonda bunyodkorlik, davlat va maʼmuriy ishlarni odilona hal qilish bilan oʻtkazdi. Boburiylar butun dunyoga mashhur boʻlgan tarixiy obidalarni bunyod etdilarki, ular hozirda ham dunyoni lol qoldirib kelmoqda. Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Bobur va boburiylar xalqimizning buyuk farzandlaridir. Ular oʻzlarining serqirra faoliyati va ijod durdonalari bilan jahon madaniyati tarixiga munosib hissa qoʻshdilar. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling