OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA МАХSUS ТАʼLIM
VAZIRLIGI HUZURIDAGI
“MAʼNAVIYAT VA MAʼRIFAT”
MARKAZI
“SPIRITUALITY AND
EDUCATIONAL” CENTRE UNDER THE
HIGH AND SECONDARY MINISTRY OF
EDUCATION THE
REPUBLIC OF UZBEKISTAN
100095, Тoshkent shahar, Talabalar shaharchasi,
Talabalar koʻchasi, 70 Теlefon: (998-71) 246-95-43 Faks: (998-
71) 246-64-75 e-mail: mm.markaz@umail.uz
100095,Tashkent city,Talabalar city,Street Talabalar,70
Phone:(998-71) 246-95-43 Fax: (998-71) 246-64-75 e-mail:
mm.markaz@umail.uz
2023-yil 13-fevral
1/03-19-son
Oliy taʼlim muassasalari
rektorlari va filiallar
direktorlariga
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim
vazirining
2022-yil 9-sentyabrdagi 301-sonli
buyrugʻiga asosan, 2022/2023-oʻquv yilining
yigirma ikkinchi haftasida
oʻtkaziladigan “Axborot va murabbiylik soati” mashgʻulotlari materiallari ilovaga
muvofiq yuborilmoqda.
Shu munosabat bilan, Sizdan mazkur hafta davomida oʻtkaziladigan “Axborot
va murabbiylik soati” mashgʻulotlarini
“Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir”
(Z.M.Bobur) mavzusida yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlashingiz soʻraladi.
“Axborot va murabbiylik soati” 3 bosqichdan iborat boʻladi.
1-bosqich (20 daqiqa). Axborotlardan xabardorlik va yangi normativ-huquqiy hujjatlar bilan
qisqacha tanishish. Mazkur masala boʻyicha matn har bir oliy taʼlim muassasasi tomonidan dars
oʻtiladigan kundan bir kun avval tayyorlanadi.
2-bosqich (20 daqiqa). Axborot soati mavzusini yoritish.
Bu bosqich ilovada berilgan
mavzu matni asosida oʻtkaziladi.
3-bosqich (20 daqiqa). Badiiy adabiyotlar bilan tanishish bosqichi.
Mazkur bosqichda
albatta shu oy uchun moʻljallangan kitob haqida qisqacha maʼlumot berilishi lozim.
Dars oʻtish haftasidagi vaziyatga qarab mavzular oliy taʼlim
muassasalari tomonidan
oʻzgartirilishi yoki boyitilishi mumkin.
Ilova: ___ bet.