"spirituality and educational" centre under the high and secondary ministry of


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana23.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1226049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
22 ҲАФТА АХБОРОТ СОАТИ МАТЕРИАЛИ

Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak, 
Oʻrgangali ilm tolibi ilm kerak. 
Men tolibi ilm tolibi ilm yoʻq, 
Men borman ilm tolibi, ilm kerak. 
Bobur ilmli boʻlishni istaganlarni ilmni zoʻr havas, ishtiyoq bilan egallashga 
daʼvat etdi. 
Bobur axloq-odob haqidagi qarashlariga yaxshilik, vafodorlikni eng goʻzal 
fazilat sifatida ulugʻlaydi, yomonlikni jafo keltiruvchi illat sifatida qaradi: 
Har kimki vafo qilsa,vafo topqusidur, 
Har kimki jafo qilsa jafo topqusidur. 
Yaxshi kishi koʻrmagay yomonligʻ hargiz, 
Har kimki yomon boʻlsa, jazo topqusidur. 
Bobur odamlarni elga yaxshilik qilib,oʻzidan yaxshi nom qoldirishga chorlaydi: 
Bori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yoʻq. 
Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshi yoʻq,. 
 


Bobur yaxshi xulqlikni, kishilarga yaxshilik qilishni insonni oliyjanobligini 
hisoblaydi.
Boburning bu insonparvarlik qarashlari “Boburnoma” asarida dehqon 
xoʻjaliklarida ishlayotgan qullar, asrlarning achinarli ahvoli tasvirida ham oʻz 
ifodasini topgan. Zahiriddin Muhammad Boburning ilm-maʼrifat haqidagi gʻoyalari, 
axloq odob, yaxshilik, vafo, insonni xalqqa yaxshilik, qiladigan qilib tarbiyalash
mehnat ahlini qadrlash, insonparvarlik,Vatandan judolik gʻam, alam ekanligi, adolat 
haqidagi qarashlari, axloqiy-taʼlimiy fikrlari hozirgi davr yoshlar tarbiyasida ham 
gʻoyat ahamiyatlidir. Bobur Hindistonda katta hajmdagi davlat ishlari bilan bir 
qatorda oʻzining adabiy-badiiy faoliyatini ham davom ettirdi. 1503-yilda “Xatti 
Boburiy” 
ni 
yaratdi. 
1521-yilda 
“Mubayyin 
al-zakot”, 
1523-1525-
yillarda“Muxtasar”, “Harb ishi”, “Musiqa ilmi”, “Volidiyya” asarlarini, 1519-yilda 
1-devon “Qobul devoni”ni, 1528-1529-yillarda 2-devon “Hind devoni”ni yaratdi. 
“Tuzuki Boburiy”, “Voqeoti Boburiy”, “Voqeanoma”, “Boburnoma” nomlari bilan 
mashhur boʻlgan asarni 1525-1530-yillarda yozdi. 
Boburning tarixiy, ilmiy va adabiy merosini oʻrganish va ommalashtirishda 
Oʻzbekiston, Tojikiston va Rossiya olimlarining faoliyatlari diqqatga sazovordir. 
XIX-XX asrlar davomida Georg Ker, N.Ilminskiy, O.Senkovskiy, M.Sale, Porso 
Shamsiyev, Sodiq Mirzayev, V.Zohidov, Ya.Gʻulomov, R.Nabiyev, S.Azimjonova, 
A.Qayumov kabi olimlarning harakatlari tufayli “Boburnoma” bir necha bor nashr 
qilindi (oʻzbek va rus tillarida).
Bobur ikki tilda — oʻzbek va forsiy tillarida erkin ijod qilgan boʻlsa-da, faqat 
oʻzbekcha sheʼrlarini toʻplab 2 ta devon tuzgan. 1519-yilda Qobulda, 1529-yilda 
Hindistonda tuzilgan bu devonlar oʻsha joylar nomi bilan yuritiladi. Qobul devoni 
topilmagan. Bobur sheʼrlarining maʼlum bir qismi hasbi hol xususiyatiga ega 
boʻlgan gʻazaldir. 
Bobur gʻazallari orasida hayotga qaynoq mehr aks etgan, joʻshqin gʻazallar, 
afsus-nadomat ohanglari bilan toʻlgan gʻazallarni ham uchratish mumkin. 
Bobur oʻzbek adabiyotida oʻzining nozik lirik asarlari bilan ham mashhurdir. 
Uning hayoti va adabiy faoliyati Movarounnahrda siyosiy hayot nihoyat 
murakkablashgan feodal guruhlarning boshboshdoqlik harakatlari avjiga chiqqan va 
Temuriylar davlatining inqirozi davom etayotgan bir davrga toʻgʻri kelgan edi. 
Bunday murakkabliklar inʼikosini “Boburnoma”da koʻrgan boʻlsak, ularning shoir 
ruhiyatida qanday aks etgani uning sheʼrlarida namoyon boʻladi. Movarounnahrni 
birlashtirishga urinishlari natija bermagach, Bobur ruhan qiynalgan, amaldorlarning 
xiyonatlari taʼsirida umidsizlikka tushgan kezlardagi kayfiyati sheʼrlarida aks etgan. 
Keyinchalik oʻz yurtini tark etib, Afgʻoniston va Hindistonga yuz tutganda Bobur 
sheʼriyatida Vatan tuygʻusi, Vatan sogʻinchi, unga qaytish umidi mavj ura boshladi. 
Bobur “Boburnoma”ni 925-hijriy — 1518-1519-milodiy yilda yozishga 
kirishib, shu vaqtdan boshlab keyingi yillarda sodir boʻlgan voqealarni ketma-ket 


yozib borgan. 934-hijriy – 1527-milodiy yildan soʻng, yaʼni Rano Sango ustidan 
gʻalaba qozonib, shimoliy Hindistonda oʻz saltanatini mustahkamlagan Bobur oʻz 
kitobida boshdan kechirgan sarguzashtlarini, yaʼni 899 hijriy – 1494-milodiy yildan 
925-hijriy 1518-1519-milodiy yilgacha boʻlgan voqealarni ham kiritishni maʼqul 
deb bilib, ularni esdalik uslubida yozib borgan.
Shuni ham nazarda tutmoq lozimki, “Boburnoma”da ana shu yillar orasida 
oʻn olti yil (910, 915-924, 927, 928, 930, 931 va boshqa hijriy yillar) voqealarining 
alohida bayoni uchramaydi. Ammo bu “Boburnoma”ning yaxlitligiga katta taʼsir 
koʻrsatmaydi. 
Shunday qilib, “Boburnoma”da Boburning Fargʻona viloyati hokimi boʻlib, 
Kobulda oʼzini podshoh deb eʼlon qilgani va nihoyat Hindistonda oʻz saltanatiga 
asos solgani bilan bogʻliq voqealar tizmasi oʻz aksini topgan. 
“Boburnoma”ning mazmuni unda tasvirlangan hodisa-voqealar shunchalik 
boy va koʻp qirraliki, buning natijasida u Movarounnahr, Afgʻoniston va 
Hindistonning XV asr va XVI asr boshlaridagi tarixiy, madaniy, urf-odatlar, ilmi va 
adabiyoti, oʻsimliklar va hayvonot dunyosi, shahar, qishloq, meva va gullarining boy 
manzarasini chizuvchi nodir manbaga aylanib qoldi.
Asarning bosh qahramoni-hikoya qiluvchisi Zahiriddin Muhammad Boburdir. 
“Boburnoma”ni oʼqigan kishi bosh qahramonning achchiq-chuchuk sarguzashtlari, 
oʼziga xos fazilatli shaxsiyati, nihoyatda hassos, qiziquvchan, oʼtkir zehn va serqirra 
idrokli, keng dunyoqarashli ekanligi, mard va jasur, toʼgʼri soʼz va mustahkam 
iymon-eʼtiqodli boʼlganligining guvohi boʼladi. Shunisi muhimki, bosh qahramon-
Bobur oʼzgalar aybini axtarishga intilmaydi, balki oʼz aybi va xatosini ham, oʼzining 
“gunohlarini ham shafqatsiz boʼlib qalamga oladi. Shundan-da, Bobur baʼzan qiyin 
ahvolda qolganini ham yozib, shunday deydi: Manga bisyor dushvor keldi, beixtiyor 
gʼalaba (koʼp) yigʼladim” (Boburnoma, 113-bet). 
“Boburnoma”da hayotiylik, haqqoniylik, haqgoʻylik va sodda-turkona bayon 
yetakchilik qiladi. Boburning quyidagicha yozganlari ham bu fikrlarni qoʻllab-
quvvatlaydi: “Chun bu tarixda andoq iltizom qilinibdurkim, har soʻzning rostini 
bitilgay va har ishning bayoni voqeyini tahrir etilgay” (Boburnoma,292-bet). Asarda 
oʼsha davrning tarixiy shaxslari — otasi Umarshayx mirzo, amakisi Sulton Mahmud 
mirzo, Sulton Husayn Boyqaro, Shayboniyxon va boshqa koʻplab tojdorlar, 
hokimlar, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Muhammad Solih, Badriddin 
Chochiy kabi ijodkorlar ham qalamga olingan. Ularning tasviri esa bir xil emas, 
balki har birining tashqi siymosi-surati, ichki dunyosi, urf-odat, qilmishlari, afzaliyat 
va kamchiliklari boburona koʼrish va qarash asosida oʻziga xos tarzda tasvirlanadi. 
Masalan, Sulton Husayn Boyqaroning tasvirini nazardan oʼtkazaylik: 
“Shujoʻ va mardona kishi edi… Temurbek naslidin hech kim maʼlum 
emaskim, Sulton Husayn mirzocha qilich chopmish boʼlgʼay. Tabʼi nazmi bor edi. 
Devon ham tartib qilib edi. Turkiy aytur edi. Taxallusi “Husayniy” edi… 


Bovujudkim, ham yosh va ham saltanat bila ulugʼ podshoh edi, kichiklardek 
qoʼchqor saxlab, kabutar oʼynar edi, tovuq ham urushqa solur edi…”
“Boburnoma”dagi tabiat moʼjiza va manzaralari tasvirlari ham Boburning 
yozuvchi sifatidagi nozik didi, shoirona idroki, qiziquvchan va hassosligidan dalolat 
beradi. Jumladan, Kobulning sharqi-shimolidagi Koʼhiston tasvirida chilgʼoʼza 
daraxti haqida shunday yozadi: “Koʼhiston elining chirogʼlari tamom chilgʼoʼza 
yigʼochindindur, shamʼdek yonar, xele gʼarobati bordur” . 
Yoki, Dashti shayx deb ataladigan mavze tasvirida quyidagicha yozganlari 
qiziqarlidir: “Bu domanada (togʻ etagida) rango-ranga har navʼ lola boʻlur. Bir qatla 
sanattim, oʻttiz ikki-oʻttiz uch navʼ gʻayri mukarrar lola chiqti. Bir navʼ lola 
boʻlurkim, andin andak (ozgina) qizil gul hidi kelur, lolai gulboʻy, der eduk” 
(Boburnoma, 193-bet). “Boburnoma”da Hindiston bilan bogʻliq voqea-hodisa, joy 
hamda tabiat manzaralari va boshqa tasvirlarda urdu tilidagi soʻzlardan foydalanish 
ham koʻzga tashlanadi. Shunisi borki, Bobur urdu tilini oʻrgana boshlagan va hatto 
oʻzbekcha-urducha ayrim baytlarni ham yozgan: 
Mango na havoi kuch-u havasi monak-u mutti, Faqr ahligʻa bas boʻlgʻusidur 
poni-yu rutti. Baytda ishlatilgan urducha soʻzlarning izohi: kuch-hech narsa; monak-
qasr; mutti-marvarid; poni-suv; rutti-non. 
Agar diqqat qilinsa, mazkur oʻzbekcha-urducha baytda “faqir-mening 
faxrim”, degan hadisning mazmuni Boburona uslubda bayon etilgan. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling