Sport inshootlari gigiyenasi va jismoniy tarbiya sport bilan shug’ullanuvchilarning shaxsiy gigiyenasi
Download 35.85 Kb.
|
1 2
Jismoniy tarbiya, badan tarbiya — sogʻliqni mustahkamlashga, odam organizmini uygʻun ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi. Jamiyatdagi jismoniy madaniyat ahvolini bildiruvchi koʻrsatkichlardan biri. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari: jismoniy mashgʻulotlar, organizmni chiniqtirish, mehnat va turmush gigiyenasi. Jismoniy tarbiya aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya b-n qoʻshib olib boriladi.
Ibtidoiy davrdan boshlab Jismoniy tarbiyaga alohida eʼtibor qaratilgan. Dastlab u jismoniy mashqlar, turli oʻyinlar, mehnat jarayonlari, ovchilik, harbiy harakatlarga oʻxshatilgan musobaqalar va sinovlar shaklida mavjud boʻlgan, turli marosimlarni aks ettirgan. Keyinchalik yoshlarni qilichbozlik, chavandozlik, kamondan otish, yakkama-yakka kurash mahoratiga oʻrgatish jamiyatning asosiy vazifalaridan biriga aylana borgan. Uygʻonish davrida Jismoniy tarbiyaga eʼtibor yanada kuchaydi. Gumanistlar Jismoniy tarbiyani oʻquv dasturiga kiritishga uringanlar. Jismoniy tarbiyaga oʻrta asrlarda Yevropada oilaviy tarbiya va maktabdagi pedagogik jarayonning muhim qismi sifatida karala boshlandi. J. J. Russo "Emil, yoki Tarbiya toʻgʻrisida" deb atalgan pedagogik risolasida Jismoniy tarbiyaning bolalarning aqliy kamoloti va mehnat tarbiyasidagi ahamiyatini taʼkidlagan. 18-asrda asosan Russo gʻoyalari taʼsirida Germaniyada paydo boʻlgan "insonparvarlik va yaxshi xulq maktablari" — filantropinlar Jismoniy tarbiyaning shakl va uslublarining takomillashuviga olib keladi. Gimnastika mashqlari maktab dasturlaridan mustahkam oʻrin oladi. 19-asr oxiri va 20-asr boshida Fransiya, Buyuk Britaniya va b. mamlakatlarda Jismoniy tarbiyaning milliy tizimlari tarkib topdi. Oʻzbekistonda Jismoniy tarbiyaga juda qadimdan salomatlikni mustahkamlashning asosiy vositasi deb qaralgan. Mahmud Koshgariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida 100 dan ziyod xalq oʻyinlari toʻgʻrisida maʼlumot berilgan. "Alpomish" oʻzbek xalq qahramonlik dostoni, Alisher Navoiyning "Farxod va Shirin", Zayniddin Vosifiyning "Badoye ul-vaqoye" ("Nodir voqealar"), Boburning "Boburnoma" asari va b.da jismoniy, jangovar mashqlar, kuchlilik bahsmunozaralarining xilma-xil namunalaridan xikoya qilinadi. Oʻzbekistonda mustaqillik yillariga kelib Jismoniy tarbiya va sport davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. 1992 y.da (2000 y.da esa yangi tahrirda) "Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida"gi qonunning qabul qilinishi, 1993 y.da Sogʻlom avlod davlat dasturining ishlab chiqilishi, Vazirlar Mahkamasining sportning alohida turlarini rivojlantirishga oid va nihoyat 1999 y.da "Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori Jismoniy tarbiyaning huquqiy asoslarini yaratdi. Jismoniy tarbiyaning keng tarmoqli tizimi: oilaviy-maktabgacha davr (chaqaloqlikdan boshlab bogʻcha yoshidagi), maktab yoshi, oʻrta maxsus va oliy taʼlim davri hamda katta yoshdagi (erkak va ayol)lar Jismoniy tarbiyasini oʻz ichiga oladi. Oʻzbekistonda umumtaʼlim maktablaridagi Jismoniy tarbiya pedagogik jarayon hisoblanib, Jismoniy tarbiya darslari, sport seksiyalaridagi mashgʻulotlar orqali amalga oshiriladi. "Umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun jismoniy tarbiyadan davlat taʼlimi standarta" boʻyicha 1 — 9-sinflarda haftasiga 2 soatdan Jismoniy tarbiya darslari joriy etilgan. Oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida Jismoniy tarbiyani yanada ommalashtirish va ularning salomatligini mustahkamlash maqsadida 1999 y.da maxsus test sinovlari ishlab chiqildi. Mazkur testlarni muvaffaqiyatli topshirganlar uchun 3 darajali "Alpomish" va "Barchinoy" nishonlari taʼsis etildi. 1.588.298 nafar oʻquvchi mazkur testlarni muvaffaqiyatli topshirdi (2002). Shuningdek, maktab oʻquvchilari uchun "Umid nihollari", litsey-kollej oʻquvchilari uchun "Barkamol avlod", oliy oʻquv yurti talabalari uchun "Universiada" ommaviy musobaqalarini har 2 y.da oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi. Xalq oʻyinlari va ommaviy sport turlari boʻyicha qar 2 y.da "Alpomish oʻyinlari" festivali hamda "Toʻmaris oʻyinlari" oʻtkazib kelinadi. Jismoniy tarbiyaning ilmiy-amaliy asoslari va shu soha mutaxassislari Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, oliy oʻquv yurtlarining f-tlari hamda boʻlimlarida tayyorlanadi. Respublikada 6 ta olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurti, 8 ta oliy sport mahorati maktabi va 369 ta bolalar-oʻsmirlar maktabida ham oʻquvchilarga Jismoniy tarbiyadan saboq beriladi. "Yoshlik" koʻngilli sport tashkiloti, "Vatanparvar" mudofaaga koʻmaklashuvchi tashkiloti, "Dinamo" sport klubi kabi sport jamiyatlari aholining turli qatlamlarini Jismoniy tarbiya mashgʻulotlariga jalb etishga xizmat qiladi. Gigiyenani har xil tekshirish usullari bor. Ulardan eng soddasi sanitariya holatini yozish. Buning uchun tekshiriladigan obyektni borib o ’z ko’zi bilan ko’rib, so’ngra yoziladi. Buning uchun sanitariya tekshirish kartasidan foydalaniladi. Bunday usuldan tashqari aniq, eksperimental usullar ham bor. Laboratoriya tekshirish usuli: fizik, kimyoviy, bakteriologik. Bularning hammasi taqqoslanib, so’ng gigiyena chora va tadbirlar belgilanadi. Hainma tekshirish usuliaridan tashqari: fiziologik, bioximik, klinik usullar ham ishlatiladi. Ommaviy tekshirish usullaridan statistik analiz usuli ham ishlatiladi. Kasallari, tuilish, o’lim, jismoniy rivojlanish o ’rganilayotgan vaqtda sog’lom muhit yaratishga ishlash va hayot kechirish uchun juda qadimdan harakat qilingan. Bunga yunonlar, rimliklar misol bo’la oladi. Bular hayot tarzi, ovqatlanish, yuqumli kasalliklarni oldini olish va jismoniy tarbiyadan iborat bo’iadi. Bu boshlanishida din bilan bog’langan bo’lib, keyinchaiik xalqlarni sihat-salomatligini mustahkamlash uchun mo’ljallangan qonunga aylanib bordi, chunki o ’sha davrdagi janglarda qatnashish uchun jangovor qo’shin lozim edi. Shu sababli jismoniy tarbiya va chiniqishga asosiy e’tibor beriladi. Gigiyena o ’zini yuksak taraqqiyotini qadimgi Gretsiyadan boshladi. Gigiyenadan birinchi ilmiy maqola taxminan bizning eramizdan oldingi 460-377 yillarda yashagan Gippokrat tomonidan «suv, havo va joylar haqida» deb nomlandi, Gretsiyada asosiy diqqat-e’tibor individual profiiaktika, jismoniy tarbiya bilan ta’min!ash, ovqatlanish, axlatlarni chiqarib tashlashlarga qaratilgan edi. Bularning hammasi amaliy bilimlarga qaratilgan bo’lib, nazariyjihatdan kam e’tibor berilgan edi. Bularni hammasini merosxo’ri rimliklar bo’ldi. Rimliklaming shon-shuhrati boMib o’sha davrdagi vodoprovodlar, cho’miladigan hammomlar, axlatlarni chiqarib tashlash inshootlari hisoblanadi. Shaharning hamma axlatlari kanalizatsiya yordamida chiqarib tashlanib, bog’ va dalalar ular bilan o’g’itlangan. 0 ’rta asrlardagi aholini madaniy va iqtisodiy darajasi, ular doim boMib turadigan urushlar ommaviy yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sababchi boMadi Jismoniy tarbiya va sport gigiyenasi Jismoniy tarbiya va sport gigiyenasi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanadigan va tashqi muhit bilan muloqotda boMadigan tanani rganadi. Buning natijasida gigiyena me’yorlari ishlab chiqiladi, bularning hammasi jismoniy tarbiya va sportchilarning sihat-salomatligini yaxshilashga, ish qobiliyatini oshirishga qaratilgan boMadi. Shunga asoslangan holda jismoniy tarbiya va sport gigiyenasi oldiga quyidagi asosiy vazifa qyiladi: 1. Jismoniy tarbiya va sportni sportchilar tanasiga ta’sir etadigan har xil omillarini o’rganish. 2. Jismoniy tarbiya va sport mashqlarini optimal sharoitda bajarish uchun ilmiy ravishda asoslangan gigiyena me’yorlar ishlab chiqish. 3. Jismoniy tarbiya va sportda sportchi sihat-salomatligini yaxshilash, gormonik rivojlanish, chiniqish, ish qobiliyatini va sport ko’rsatkichlarini ko’tarish uchun foydalanish qonun va qoidalarini ishlab chiqish. Bu vazifalami amalga oshirish uchun har xil gigiyenik uslublardan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda ko’proq, kompleks gigiyena usullari qoMlanilmoqda. Bularni yordamida jismoniy tarbiya va sport sportchi tanasiga ta’sir etadigan har xil omillarga differensial gigiyena baho berilmoqda. Bu tekshirishlar yordamida sportchini asab, ruhiyati ta’sir etadigan omiliar ham 0'rganiIadi. Bunday tekshirishlar o ’quv-mashq mashg’ulotlari jarayonida ham o’rganilib boriladi. Bular qatorida boshqa tekshirish usullari fizioiogik, psixologik, biokimyo usullari qo’llaniladi. Yuqorida qayd etilgan uslublar yordamida sportchi tanasida kechadigan tiklanish jarayonlari ham rganiSadi, Gigiyena tekshirish usuli vaqtida har xil tajribaiar ham ishiatiladi: tabiiy, laboratoriya, modelli, almashtirish va h.k. Zamonaviy tekshirishning boshqalardan farqi uzoq vaqt tekshirish, uzoq tajriba o ’tkazish, bunda jismoniy tarbiya va sportchilarning ko’pchiiigi qatnashadilar. Ijtimoiy gigiyena omillariga alohida e’tibor beriladi, chunki jismoniy tarbiya va sportni ommani sog’lomlashtirish maqsadida kersg qoMlash mumkin. Bu tekshirishlar asosida gigiyena me’yoriar, qoidalar, chora va tadbirlar ishlab chiqiladi, bunday chora va tadbirlar jisrnoniy tarbiya va sogMomlashtirish ommaviy ishlarda sport mashqlanish amaliyotida ishlatiladi. Jismoniy tarbiya va sport faqat mashq harakatlaridan iborat boMishi kerak, u o’z tarkibiga albatta shaxsiy va jamoat gigiyenasini, mehnat va dam olishni to’g’ri tashkil etishni qamrab oladi. Tanani mustahkamlash va ish qobiliyatini oshirish uchun tabiiy omillardan foydalanish kerak. Ommaviy sportni samaradorligini oshirish maqsadida gigiyena omillar va tabiiy omillar keng miqyosida ishlatiladi. Shu munosabat bilan fizkultura va sport gigiyenasida ham ilmiy izianishlar kuchaytirilmoqda. Kundan-kunga kuchayib borayotgan gigiyenaning quvvati sportchi faoiiyatining nazariy va amaliy vazifalariga chambarchas bogMiqdir. MaMuinki sportchilar tayyorlash tizimi uchta omillarga bogMiq: 1. Musobaqatizimi. 2. Sport mashq mashg’ulotIari. 3. Musobaqa va trenirovkani samaradorligini optimumga yetkazish omillar tizimlari. L.P. Matveyevning ta’kidlashicha, sportchilarni tayyorlash muvaffaqiyati shu yuqorida ko’rsatilgan omillarning majmuasiga bogMiqdir. Musobaqa va trenirovkani to’lg’azadigan tizimiga faqat gigiyena omillari kiradi, jumladan: kun tartibi, shaxsiy gigiyena, chiniqish, maxsus ovqatlanish, tiklawish gigiyena vositalari va h.k. Bular katta ahamiyatga ega boMib, sportchilaming malakasini oshirishda har taraflama o’z ta’sirini ko’rsatadi. Download 35.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling