Sport ishlari vazirligi
I ll bob. TURLI YOSHLI 0 ‘QUVCHILAR BILAN HARAKATLI
Download 7.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.
77
I ll bob. TURLI YOSHLI 0 ‘QUVCHILAR BILAN HARAKATLI O'YINLARNI 0 ‘TKAZISH 3.1. 0 ‘qituvchi — harakatli o ‘yinlar tashkilotchisi va boshqaruvchisi Jismoniy tarbiya o'qituvchisi harakatli o'yinlarni tashkil qilish va o'tkazishda quyidagilami nazarda tutishi lozim: 1. O'quvchilaming jismoniy barkamolligiga, salomatligining yaxshilanishiga, chiniqishiga, tana a’zolari va umumiy ish qobiliya- tining o'sishiga yordam berish. 2 . 0 ‘quvchilarda har xil sharoitlarda erkin harakat qila olish imkonini beradigan bilimlar va kerakli harakat malakalarini hosil qilish. 3. 0 ‘quvchilarda hayotiy faoliyatda yordam beradigan aqliy va irodaviy sifatlarni tarkib toptirish. 4. 0 ‘quvchilarni turli o'yinlar va jismoniy mashqlarga qiziqtirish, kundalik jarayonlar tartibiga rioya qilishga odatlantirish. 5. O'quvchilarda harakatli o'yinlarni mustaqil holda tashkil etish Va o'tkazish uchun zarur bilim va malakalar hosil qilish. Harakatli o'yinlarni o'tkazishda o'qituvchining tashkilotchi va tarbiyachi sifatidagi vazifalari juda keng va mas’uliyatlidir. O'yinlar awalo to'g'ri tanlanishi, shug'ullanuvchi bolalar yoshi, jinsi va jismoniy imkoniyatlariga mos bo'lishi darkor. O'yinni to'g'ri tanlash va maqsadga muvofiq ravishda o'tkazish juda muhim ahamiyatga ega. Ammo o'yin hamma vaqt ham tarbiyaviy vazifalami hal qilavermaydi. Taibiya sohasida yaxshi natijaga erishish uchun harakatli o'yinlar tarbiyaviy ruhda tashkil qilinishi va o'tkazilishi kerak. O'yin rahbari bolalar jamoasini yaxshi bilishi, har bir o'yinning mazmuni va qoidalari bilan batafsil tanishishi, yuksak pedagogik mahoratga ega bo'lishi lozim. Shundagina u harakatli o'yinlardan ko‘zlangan ta’limga va tarbiyaviy maqsadlarga erisha oladi. Bolalar o'yin davomida o'z fe’l-atvori va shaxsiy xususiyatlarini namoyish qiladilar. Bundan esa o'qituvchi ularning turli odatlarini, salbiy va ijobiy qiziqishlarini bilib olishi, tegishli tadbirlarni belgilashi, o'yinni muayyan yo'nalishga solib, ularda sofdillik, mardlik, rostgo'ylik, hamjihatlik, o'zaro hamkorlik, hurmat-izzat, 78 kabi hislatlami shakllantirishi lozim, Shu bilan birga u bolalarga o'yin qoidalarini buzmagan holda ijodiy tashabbus ko'rsatishda har jihatdan yordam berishi kerak. O'qituvchi o'yinlami o'tkazish jarayonida pedagogikaning didaktik prinsiplaridan foydalanishi va doimo ulami amalga oshirishga crishishi lozim. O'qituvchi o'quvchilarga har bir o'yinning mazmuni, vazifasi va qoidalarini tushuntirib beradi. Bu esa ularga o'yinga ongli I munosabatda bo'lish, uni to'g'ri o'rganib olish, o'z xatolari va 1 yutuqlarini to'g'ri tushunish va o'z harakatlarini o'rtoqlarining I harakatlariga qiyoslab tahlil qilish imkonini beradi. O'quvchining o'yin mashqlarini o'iganishda o'qituvchiga ko‘r-ko‘rona taqlid qilaverishi ham maqsadga muvofiq emas. O'qituvchi o'rgatadigan va o'quvchilar ongli ravishda bajaradigan harakatlar bolalarda lashkilotchilik ko'nikmalarini tarbiyalashda yordam berishi kerak. Bunga o'yinni o'tkazish uchun o'quvchilardan hakamlar va ularning yordamchilarini tayyorlash yo'li bilan erishiladi. O'qituvchi bolalar bilan o'tkaziladigan o'yinlar bir oz muayyan qiyinchiliklami yengish bilan bog'liq bo'lishiga, o'yin jarayonida bajaxiladigai har bir vazifa amalga oshishiga erishishi va to'siqlar qanday zabt etilishiga ko'ra murakkablashtirib borilishi zarur. Bu ish bolalami mehnatsevarlikka o'rgatadi, ulardagi iroda kuchini orttirib boradi. O'qituvchi o'yinni o'tkazishga tayyorgarlik ko'rishda uning aniq vazifalarini belgilab chiqadi, bu vazifalar bolalarning yoshiga mos, ya’ni ular bajara oladigan bo'lishi kerak. O'yinni tashkil qilish va o'tkazishda o'quvchilarni iloji boricha tashabbus ko'rsatib, faol qatnashishga rag'batlantirish juda muhimdir. Bolalar ijodiy faollik ko'rsatib o'ynasalar, o'yinlar ularda tashkilotchilik malakasini o'stiradi. Ko'zlangan maqsadga erishish uchun o'rtog'iga yordam berish, o'z holicha yoki o'rtoqlari bilan darhol bir qarorga kelish — ijodiy tashabbuskorlik hisoblanadi. Agar bolalar o'yinni ilgari o'zlashtirgan bo'lsalar, o'yin paytida ularning faolligi yanada ortishi mumkin. O'yin paytida bolalarning faollik ko'rsatishi o'qituvchining ana shu o'yinni o'tkazishga qanday tayyorlanishiga ham bog'liq bo'ladi. O'qituvchiiing o'zi o'yinni aniq va yaqqol tasawur qilishi, o'yin paytida o'ynovchilarning o'zaro munosabatlarini yaxshi tushunishi lozim. O'yin rahbari keyinchalik bolalar o'yinni qanday o'zlashtirish- lariga qarab, ularga sardorlik, hakamlik qilish ishlarini topshirishi va bolalar o'yinga uyushqoqlik bilan qatnashadigan bo'lganlaridan so'ng, 79 ular orasidan o‘ziga yordamchilar tayinlashi kerak. Shunda ham bolalar o'yinini rahbarning o'zi kuzatib turmog'i lozim. O'yinni obrazli qilib tushuntirish, eng muhim omillardan sanaladi. Bu ish, ayniqsa, mazmunli o'yinlarni so'zlab berishda g'oyat zarur bo'lib, o'yin qatnashchilari o'z rollarini to'g'ri bajarishlarida yordam beradi. O'quvchilar o'yin mazmunini puxta o'zlashtirishlari uchun rahbar og'zaki tushuntirishni amalda ko'rsatish bilan, ya’ni o'yinning ayrim harakatlarini bajarib ko'rsatish bilan olib borishi lozim. O'yin qoidalarini tushuntirishda, harakatlami ifodalab berishda, ko'rgazmali qurollardan foydalanishda uning aniq vazifalarini doimo nazarda tutishi zarur. O'yinlarni rejalashtirishda ulaming mazmuni va o'zaro bog'liqligini ham unutmaslik muayyan yoshdagi o'quvchilami jismoniy tarbiyalash vazifalariga muvofiqligini hisobga olishi kerak. Masalan, yangi bilim va malakalar mavjud bilim va malakalarga bog'lab berishi lozim. Aytaylik, mashg'ulotlarda to'pni uzatish, ilib olish, o'ynatib olib yurish va savatga tashlashning asosiy qoidalari o'rganilgan bo'lsin. Mana shunga oid bilim va malakalami mustahkamlash uchun “To'p onaboshiga” o'yinini yoki uch variantli “To'p o'yinlari”ni tavsiya etish mumkin. Shuningdek bunda qatnashuvchilarning o'sish va jismoniy tayyorgarlik darajasiga mos o'yinlarni tanlash va o'tkazish lozim. Har bir o'yinning o'ziga xos xususiyatlari va qiyinchiliklari bo'ladi. Shuning uchun o'yinni tanlashda undagi qiyinchiliklami o'quvchilar bir oz kuch sarflab yenga olishlarini nazarda tutish kerak. To'siq yoki qiyinchiliklami yengishga, ya’ni yetarli darajada kuch sarflashga majbur qilmaydigan o'yin bolalarda hech qanday qiziqish o'yg'otmaydi. Lekin kuch talab qiladigan o'yin bolalarning qo'lidan keladigan bo'lishi ham kerak. Shundagina u bolalarda o'z kuchlariga bo'lgan ishonchni hosil qiladi va ularga ijobiy ta ’sir ko'rsatadi. Juda yengil yoki haddan tashqari og'ir o'yinlar ham qiziqarli o'tmaydi. O'qituvchi o'yinlarni osondan qiyinga, oddiydan murakkabga tamoyili bo'yicha belgilashi lozim. Tashkil qilinishi sodda va jamoalarga bo'linmay o'ynaladigan o'yinlar oddiy o'yinlar hisoblanadi. Bunday o'yinlarning qoidalari juda oson bo'ladi. Teng tarkibli jamoalarga bo'linib o'ynaladigan o'yinlar bir oz murakkab va eng murakkab o'yinlarga kiradi. Bunday o'yinlarning qoidalari qiyinroq va murakkabroq ham bo'ladi. O'qituvchi tanish o'yinlardan notanish o'yinlarga o'tishni ham nazarda tutishi kerak. Bu tadbir bolalarni o'yinga qiziqtirishda yordam beradi. Yangi 80 o'rganiladigan o'yinlardagi harakatlaming tanish o'yinlardagi hnrakatlarga o'xshashi va ularga hali bolalar uchun noma’lum qoidalar va harakatlar kiritilishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, o'quvchilar “Epchil bolalar” o'yinini biladilar, endi ularga “Ikki nyoz” o ‘yinini o'rgatish mumkin va bu ish ancha oson bo'ladi. Chunki mana shu ikkala o'yinning qoidalari o'xshash, faqat ikkinchi o'yin murakkabroqdir. Shu tariqa o'rganiladigan o'yinlar asta-sekin murakkablashib borsa bolalarda yangi harakat ko'nikmalari hosil bo'lib boradi va ilgari o'rganilgan harakatlar takomillashib boradi. O'quvchilar harakat ko'nikmalarini, shuningdek, ilgari olgan bilimlarini puxta o'zlashtirishiga erishmoq uchun o'yinlami muntazam ravishda lakrorlab borishi zarur. Ammo bu bir xil o'yinlami takrorlayverish lozim, degan gap emas, balki mazmuni har xil o'yinlamiig ma’lum bir qismini takrorlab turish, o'quvchilarning o'yinlami puxta o'zlashtirishlariga erishish, ularning bilim va malakasini uzluksiz tekshirib borish, demakdir. Bu ish o'yin qatnashchilarining kamchiliklarini va yo'l qo'ygan xatolarini aniqlashda, o'z vaqtida tuzatishda yordam beradi. Bolalarning o'yinlami puxta o'zlashtirishi ularga bu o'yinlardan bolalar oromgohi va boshqa joylarda mustaqil ravishda foydalanish imkonini ham beradi. Download 7.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling