Sport ishlari vazirligi
Download 7.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.
Xalqaro pedagogika fanlari Akademiyasining akademigi,
pedagogika fanlari doktori, professor, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta ’lim va xalq ta ’limi a ’lochisi В. O. Qodirov 5 KIRISH Mamlakatimiz o'z erkiga ega bo'lgandan so'ng, ijtimoiy hayoti- mizning turli jabhalarida, xususan, sport sohasida ham keskin o'zga- rishlar sodir bo'la boshladi. Ayniqsa, yurtboshimiz sport sohasini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratdi. Bu bejiz emas, albatta. Sport — sog'lom muhitni yaratishda, yosh avlodni har tomon- lama jismonan va ma’nan kamol toptirishda hal qiluvchi kuchga ega. Sababi, biz hamon taraqqiyot sari ketayotgan ekanmiz, hali yo'limizda yechilishi kerak bo'lgan ta’limiy muammolar talaygina. Masalan, shu kunlarda hayot talabi va tarbiya uslublari o'rtasida qandaydir zaiflik, bo'shliq mavjud. Binobarin, mana shu bo'shliqni to'ldirish uchun xalqimizning bebaho an’analari, noyob qadriyat- laridan hisoblanmish xalq harakatli o'yinlari, jismoniy tarbiya mashg'ulotlari muhim o'rin tutadi. Xo'sh, xalq harakatli o'yinlarining maqsadi nima? Albatta, bu o'yinlar ermak uchun o'ynalmaydi. Chunki, bu zukko xalqimizning asrlar mobaynida jamlagan ma’naviy javohirlar majmuasidir. O'zbek elining donishmandligini qarangki, har bir o'yin, awalo, sodda, qiziqarli tuzilgan bo'lib, uning mag'ziga xalqona ohang, milliylik, mehr-oqibat, jasorat, mardlik, vatanpavarlik, fidoiylik, insoniylik kabi tuyg'ular singdirilgandir. Ta’lim va tarbiyaning bunday uyg'unligi yetuk insonni tarbiyalash uchun dasturulamal vazifasini o'taydi. Tarixga murojaat qiladigan bo'lsak, ibtidoiy jamoa davridayoq xalq harakatli o'yinlarining dastlabki namunalari paydo bo'la boshlagan. Bu haqda keyinroq alohida to'xtalamiz. Fidoiy xalqimiz necha yuz yillar davomida har bir o'yinni qalb qo'ri bilan yaratdi, sayqalladi va mukammallashtirdi. Saralangan o'yin turlarini kelgusi avlodlar uchun ko'z qorachig'iday asrab- avaylab keldi. Taraqqiyotning har qanday bosqichlarida ham katta avlod vakillari kenja avlod vakillari uchun yordam qo'llarini cho'zib, im- kon qadar, o'z to'plagan bilim va tajribalarini sevimli mashg'ulot- lariga bo'lgan munosabatlarini yoshlarga ham tinmay o'rgatib, tadrijiy bog'lanishni vujudga keltirdi. Natijada, yoshlarda jismoniy tarbiyaga bo'lgan intilish kuchayib, bu hoi odatiy bo'lib borgan. Agar xalq harakatli o'yinlarini sinchik- 6 lab o'rganadigan va ularning har birini ko‘rib tanishadigan boisak, nafaqat ko'zingiz quvnaydi, balki bu qalbingizga ma’naviy yetuklik, jismoniy barkamollik tuhfa etadi. Demak, yoshlarni jismoniy tarbiyalash jarayonida xalq harakatli o ‘yinlaridan o'z o'mida ko'proq foydalanilsa, o'yinlarning ta ’sir- chanligi ham oshadi. Buning mamlakatimiz va millatimizning dunyo miqyosidagi nufuzi yuksalishi uchun ahamiyati katta. Shun- day qilib, xalq yaratgan harakatli o'yinlar mehnat, turmush tarzi, atrof-muhit tabiati, xalqning madaniy merosi, an’analari, urf- odatlari, umuminsoniy qadriyatlari bilan birikib, ajoyib mutano- siblikni hosil qiladi. j Yoshlarni jismoniy tarbiyalash jarayonida ayrim majburiy mashqlar o'miga milliy xalq o'yinlari, raqslari, jismoniy mashqlari va milliy sport turlarini saralab olish, ularning hajmi, yo'nalishi va ta ’sirchanligini belgilashda Alisher Navoiyning “Mahbubul-qulub”, “Farhod va Shirin” , Umar Hayyomning “Navro'znoma”, Ibn Sinoning “Al-Qonun”, Kaykovusning “Qobusnoma” , Mahmud Koshg'ariyning “Devonul lug'atit turk” asarlari ajoyib manba bo'lib xizmat qiladi. O'zbek xalq o'yinlarini o'rganish, tadqiq qilish va uni yoshlarni tarbiyalash amaliyotiga joriy qilish, o'z qadriyatlarimiz, madani- yatimiz va ma’naviy boyliMarimizning yuksaklikka ko'tarilishida asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Xalq yaratgan buyuk xazinani ehtiyot qilib saqlashimiz, milliylik bo'yog'ini asrashimiz hamda uni kelajak avlod uchun bekamu-ko'st yetkazishimiz zimmamizdagi asosiy vazifadir. Nima uchun uzoq o'tmishdan beri xalq harakatli o'yinlariga bunday beqiyos ahamiyat berib kelingan? Ulami ichki va tashqi mohiyati nimadan iborat? Nima uchun bugungi kunda ham ta’lim- tarbiya muassasalarida, sport maktablarida va sog'lomlashtirish maskanlarida xalq harakatli o'yinlari fan sifatida o'quv-mashg'ulot reja-dasturlaridan joy olgan? degan o'rinli savollar tug'iladi. Gap shundaki, 1891-yilda ilk bor basketbolni ixtiro qilgan kollej o'qituvchisi amerikalik Djeyms Neysmit, 1895-yilda birinchi bo'lib voleybolni yaratgan va kollej talabalari o'quv faoliyatiga joriy etgan Uilyam Morgan (AQSh)lar hamda mazkur yo'nalishda ilmiy izlanishlami olib borayotgan ko'plab mutaxassis-olimlar tadqiqotlariga qaraganda jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida doimo gimnastika, yugurish kabi standart mashqlar bilan shug'ullanish asab-nerv organlariga salbiy ta’sir ko'rsatar ekan, bir xillik xususiyatiga ega 7 bunday standart (stereotip) mashqlar mushak to ‘qima va tolalarida tezroq toliqish alomatlarini yuzaga keltirar ekan. Kuzatuvlar va tadqiqotlar asosida isbotlanganki, jismoniy tarbiya darslarida yoki bo'sh vaqtlarda harakatli o‘yinlardan foydalanish inson organizmining funksional organlar faoliyatini boshqaruvchi markaziy nerv tizimiga har tomonlama ijobiy ta’sir etar ekan. Harakatli o'yinlar davomida bolalarni muayyan rollaiga, obrazlarga (ovchi, mergan, topqir, ayiq polvon, tulkivoy va boshqa taqlidlar) kirib ketishi ularda izlash, ijodkorlik, topqirlik, zukkolik va boshqa shu kabi xislatlarga erishishga undovchi motivatsiyani yuzaga keltirib, nafaqat ushbu taqlid, balki harakatga bo'lgan extiyojni qondirish yo'llarini topishga chorlar ekan. Darhaqiqat, xalq harakatli o'yinlarning turlari va mazmuniy shakllari xilma-xil bo'lib, ular xotira, diqqat, idrok, ong, tafakkur, iroda kabi qobiliyatlar, talaffuz, nutq, intonatsiya kabi hislar, hamjihatlik, haqgo'ylik, vatanparvarlik, o'zaro yordam berish, odob- axloq, mardlik, botirlik, jasurlik kabi fazilatlami shakllantiradi, tarbiyalaydi. Shuning uchun ham umumbashariy va milliy xalq harakatli o'yinlari inson salomatligi, uning dunyoqarashi, yosh avlodni jismonan va ma’nan barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda ustuvor vosita ekanligi isbot talab qilmaydi. Ta’lim-tarbiya muassasalari, sport maktablari va murabbiylari va sog'lomlashtirish maskanlari, o'quvchi-yoshlari, o'qituvchilari, murab biylari, tashkilotchilari va mutasaddi rahbarlar ixtiyoriga taqdim etilayotgan mazkur darslik shu soha mutaxassislari pedagogika fanlari doktori, professor, I darajali “Sog'lom avlod uchun” ordeni sohibi T.S. Usmanxodjaev, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Sh.X. Isroilov, dotsent A.A. Pulatov va pedagbgkka fanlari nomzodi Sh.A. Pulatovlar tomonidan tayyorlangan. DarsliKni ishlab clliqishda mual- liflar o'z kuzatuvlari natijalari, aw&ldan chop etilib kelingan “Ha rakatli o'yinlar” (1963); Harakatli f'yinlar (1968); 1-4 sinflar uchun harakatli o'yinlar (1973), “Harakati o'yinlar” (1983), “ 1001 o'yin” (1990); “500 harakatli o'yinlar” (2002, 2014) va boshqa manbalar, xorijiy mutaxassislar tajribalari va yurtimizda mustaqillik davridan boshlab (1991-2005) xalq harakatli o'yinlari, sport turlari bo'yicha o't- kazilib kelinayotgan ilmiy-amaliy anjumanlar, shu tarzda “Alpomish” va “To'maris” o'yinlari festivaliga doir materiallardan foydala-nishga. Albatta, hech qanday darslik bekami-ko'st bo'lmaydi, binobarin o'qish va foydalanish jarayonida uchragan kamchiliklarni bildirgan o'quvchilar mualliflar tashakkuriga loyiqdir. Mavjud kamchiliklarni qabul qilish va ularni e’tiborga olish mualliflarning sharafli burchi. 8 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling