Sport ishlari vazirligi


Sharq allomalari xalq o‘yiniari haqida


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/198
Sana20.07.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1661247
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

1.2. Sharq allomalari xalq o‘yiniari haqida
O'zbek xalq o'yinlarining paydo bo'lishi va taraqqiyotini 
o'rganishda sharqning buyuk mutafakkirlari Abu Ali ibn Sino, 
Mahmud Qoshg'ariy, Kaykovus, Umar Xayyom, Amir Temur, 
Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Zayniddin Mahmud Vosifiy 
va boshqa tabarruk zotlar qoldirgan moddiy va ma’naviy meroslarni 
tadqiq qilish, ularni jismoniy, madaniy nazariyasi hamda amaliyotga 
tatbiq etish o'z yechimini kutayotgan dolzarb muammodir.
Ushbu bobda taniqli allomalarimizning kelgusi avlodlar uchun 
fan va madaniyat sohasida ibrat boladigan ma’rifiy saboqlari haqida 
muxtasar hikoya qilamiz.
MAHMUD QOSHG‘ARIY
Ma’lumki, har bir xalqning ulug' farzandlari o'z xalqining urf- 
odatlarini, yashash tamoyillarini, tarixini puxta o'rganib, kelajak 
istiqbollarini ham ko'ra bilganlar.
O'zbek xalq o'yinlari tarixida birinchi marta milliy o'yin 
namunalarining bayon etilishi, ulaming ta’rifi-tavsifi qomusiy 
allomalardan biri Mahmud Qoshg'ariy qalamiga mansubdir. U
12Н.ХЛзизов. "БелбоглиТуркистонкураши". Тошкент, Укитувчи, 1998, 7-8 бетлар

24


bundan 1000 yil burun, 6 yil mobaynida Turkistondan Termizgacha, 
Xazar va Orol sohillaridan Tangritog‘ etaklarigacha bo'lgan hududda 
yashagan turkman, o‘g‘iz, chigil, yag'mo, qirg'iz va boshqa 
turkiyzabon xalqlaming tarixi, o'lkalar jug'rofiyasi, urug‘, qabila, 
clatlarning 
til 
xususiyatlari, 
yozma 
va 
og'zaki 
adabiyoti, 
ko'chmanchi tuyakashlar, yilqichilar, cho'ponlar, o'troq dehqonlar, 
bog'bon va kosiblaming tirikchilik usullari, so‘z talaffuzlari va turli 
so‘z atamalarini teran o'rganib, ,,Devon-u-lug‘atit turk“, ya’ni 
„Turkiy so‘zlar devoni“ni tuzib chiqdi. O'z xalqi, vatanini sevgan, 
uning tili va madaniy-ma’naviy boyliklarini qadrlagan Mahmud 
Qoshg‘ariy turli qabila-urug'laming bayramlari, tantanalari, urf- 
odatlari, rasm-rusumlari, kundalik mashg'ulotlari, qo'shiq va 
o'yinlari, diniy e’tiqodlari bilan astoydil qiziqib, bu benazir 
qadriyatlarning barchasini kelajak avlodlarga qimmatli meros sifatida 
yozib qoldirdi.
Devonda 150 ga yaqin xalq o'yinlari tilga olinib, shulardan 20 
taga yaqin o'yin turiga batafsil ta’rif berilgan. Olim kattalar va 
bolalarning yosh jihatlariga nisbatan mos bo'lgan o'yin turlariga 
alohida to'xtalib, musobaqa turlarini bayon qiladi. U o'yinlami 
diqqat bilan o'rganib, ham jismoniy, ham aqliy mashg'ulotlarga 
ajratgan. 
Shundan bilsa bo'ladiki, 
hozirgi zamonaviy sport 
o'yinlarining juda ko'pchiligi o'sha davrlardayoq, ya’ni XI asrda 
ham mavjud bo'lgan ekan.
Hozirgi paytda biz „Sport musobaqalari" deb ishlatib yurgan 
ibora Mahmud Qoshg'ariy devonida ,,bahs“ atamasi bilan berilgan. 
Bunday ,,bahs“laming turlari ko'p bo'lganligi ham bayon qilingan. 
Masalan, mexganlikda bahs qilmoq, o'q-yoy otib, qush va 
hayvonlami ovlamoq, shuningdek, arqon, taxtali sopqonlarda tosh 
otmoq, balandga ilib qo'yilgan qovoqni mo'ljalga olib otmoq bahsi. 
Bu „Oltin qovoq" o'yini deb atalgan. Devonda bunday bahslarning 
qoida va shartlari, usullari, g'oliblarga beriladigan sovrinlar, zaruriy 
asbob-anjomlar, maxsus atamalar batafsil bayon etilgan.
Ma’lumki, chavgon — O'rta Osiyo xalqlarining juda qadimgi 
hamda sevimli ot sporti o'yinlaridan biri hisoblanadi.
Chim ustida xokkey o'yini qadimda yigitlar ot ustida uzun, uchi 
egri, 
yapaloq „klushka" 
bilan 
o'ynalgan 
o'yinning hozirgi 
ko'rinishidir. Mahmud Qoshg'ariy chavgon o'yinining o'ziga xos 
qoidalari, maydonning o'lchami va chegarasi ta’rifi, darvozalar, 
koptokning o'lchami, katta-kichikligi, nimadan tayyorlanishi va 
boshqa xususiyatlarini to'liq bayon qilib beradi. Shuning o'zi ham, 
chavgon o'yini yigitlaming balog'at yoshiga yetib, otda yurganda
25


o'zini bemalol his qilib, tuta bilish, uning ustida chaqqonlik va bilak 
kuchi bilan xilma-xil harakatlar qilishga tayyorlaydigan milliy sport 
turi ekanligini ko'rsatib turibdi. Ayniqsa, chavgon o'yini el-yurt 
mudofaasida zaruriy jismoniy mashqlardan biri bo‘lganligi uchun 
ham, o'yin g'olibiga beriladigan sovrinlarning darajasiga alohida 
to ‘xtalib o ‘tadi. Shuningdek, devonda o‘sha davrda otda poyga 
chopish, quvlashish, tez yo‘rtib yurish, toqqa chiqish, pastlikka 
tushish kabi ,,bahs“lar bayoni ham keltirilgan.
Suvda o‘tkaziladigan musobaqalar ham alohida diqqatga 
sazovordir. Suv mashqlaridan biri bo'lgan g'owoslik juda qadimiy 
kasblardan biri bo'lib, devonda suv bahslarining ikki turi uchraydi: 
birinchisi — suvda cho'milish, sho‘ng‘ish, suvdan suzib o'tish, suv 
kechish, suvda quvlashmoq, suvga biron narsani, masalan, suvda 
cho‘kmaydigan yog'och, biror ashyoni tashlamoq; ikkinchisi — 
ermak, ko'ngil ochish mashg'ulotlari ma’nosidagi o'yinlardir. Bular: 
suv yoki sut simirmoq, suv ustida yalpoq toshni kim o'zarga otmoq, 
ya’ni bahslashmoq. Hozirgi paytda bolalar buni „qaymoq" o'yini 
deb o'ynashadi. O'yinda toshning suvga necha marta tegib sakrab 
„qaymoq" hosil qilishini e’tiborga olinadi va kim ko'p „qaymoq" 
hosil qilsa, o'sha g'olib sanaladi.
Devonda bolalar o'yinlarining turi ko'p uchraydi. Ularning 
ba’zilari yo'l-yo'lakay sanab o'tilgan bo'lsa, ba’zi-bir o'yinlar 
tafsiloti bilan keltirilgan. Masalan: bolalarning qorong'ida kelib 
„kurgon" olishlari — „Ko'ragumi" deyilsa, bir to'daning ikkinchi 
to'dani chaqqonlik bilan asir olishlari „Bandol" deb atalgan. 
Shuningdek, „Jangli-mangli" degan o'yin turi ham bor. Oshiq 
o'yini, to'p o'yini, cho'pon bolalar o'yinlari, chillak o'yinlari, 
qizlarning arg'imchoq o'yinlari ham birma-bir sanab o'tilgan.
O'sha davrdagi ko'pgina o'yinlar bolalarning hozirgi davrdagi 
o'yinlarini eslatadi. Masalan, ,,0'tish-o‘tish" deb atalgan o'yin „Kesak 
kuydi", „Darra soldi”, „Musht ketdi" o'yinlariga o'xshab ketadi.
Amudaryo va Sirdaryo sohillarida, Orol etaklarida, shuningdek, 
yaqin joylardagi soylar, anhorlar, hovuzlar va ko'l bo'ylarida 
bolalarning „Muguzmuguz" nomli qadimiy o'yini o'ynalgan.
Devonda „Oqsuyak" o'yini misol tariqasida keltiriladi. Alisher 
Navoiy ham o'zining „Mahbub ul-qulub“ asarida „Oqsuyak" 
o'yinining ta’rifini beradi. Mahmud Qoshg'ariy devoni XI asrda 
bitilgan bo'lsa, Alisher Navoiyning „Mahbub ul-qulub“ asari XV 
asrda yozilgan. Hozirgi paytda ham bolalar „Oqsuyak" o'yinini 
xuddi o'sha qoida asosida o'ynaydilar.
26


„Oqsuyak" o ‘yini nafaqat O'rta Osiyoda, balki yer kurrasining 
ko'p joylarida keng tarqalgan. Bu o'yinni Yevropaning Skandinaviya 
mamlakatlari xalqlari etnografiyasiga oid adabiyotlarda o'qish 
mumkin. Hattoki, ushbu o'yin Avstraliyada ham uchraydi. Aslida, 
xalq o'yinlari hech qachon chegara bilmaydi. Aksincha, o'yinlar 
xalqlar, elatlar orasidagi o'zaro do'stlik, qon-qardoshlik rishtalarini 
mustahkamlash uchun xizmat qiladi.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling