Metodik ко ‘rsatmalar.
Ishtirokchilar o'yinni bilib olganlaridan
keyin bu o'yinni musobaqa tarzida o'tkazish kerak.
5.7.2. Yo‘ldatutish
Oyinning tavsifi.
Maydoncha o'rtasidan ko'ndalangiga chiziq
o'tkazilib, ikkiga bo'linadi. 0 ‘ynovchilar teng ikki jamoaga bo'linib,
o'tkazilgan chiziqning ikki tomonidan bir-birlariga yuzma-yuz tizilib
turadilar.
I
O'qituvchining birinchi ishorasidan so'ng jamoalardan biri
ikkinchisiga qarab keladi. To'qnashuvga 5-6 qadam qolganda
o'qituvchi to'satdan ikkinchi ishorani qiladi. Yurib kelayotgan
jamoadagi o'yinchilar bu ishoradan keyin tez orqaga qarab
qochadilar, ikkinchi jamoaning o'yinchichlari esa ulami quvlab
yetib, tutishlari kerak. Tutilgan o'yinchilar o'sha joylarining o'zida
to'xtab qoladilar. O'qituvchi tutilganlami sanab chiqadi va ular yana
o'z joylariga borib turadilar. Tutgan o'ynovchilar ham o'z
jamoalariga qo'shiladilar. So'ngra jamoalar rollarini almashtiradilar.
O'yin bir necha marta takrorlangandan keyin o'qituvchi yakun
yasaydi. Kamroq a’zolari tutilgan jamoa yutgan hisoblanadi.
0 ‘yinning qoidalari.
1. Yurib ketayotgan o'ynovchilar orqaga
burilib ishora qilgunicha baravar yurib borishlari lozim. 2. Quvlovchi
jamoaning o'yinchichlari ishoradan oldin chiziqdan o'tmasliklari
kerak. 3. Maydoncha chizig'idan tashqariga chiqqan o'ynovchi tutil
gan hisoblanadi.
5.7.3. Tez yugurish
Oyinning tavsifi.
O'ynovchilar qo'l ushlashib, aylana hosil
qiladilar va qo'llarini pastga tushirib, erkin turadilar. Onaboshi
davrani tashqaridan aylanib o'tayotib, qo'lini o'yinchilardan birining
yelkasiga tegizadi va istalgan tomonga qarab (davra bo'ylab)
qochadi. Onaboshining qo'li tekkan o'yinchi ham davra bo'ylab
(ammo qarama-qarshi tomonga) yuguradi. Ulardan qaysi biri
davrani tezroq aylanib chiqsa va birinchi bo'lib bo'sh o'ringa turib
qolsa, u qo'lini baland ko'taradi va “Men tezroq yugurdim!” deydi.
Shundan keyin davrada tizilib turgan o'yinchilar yugurgan
o'yinchilaming nomlarini aytib shunday deydilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |